4-jadval
Ekspertlarning o’zaro baholari
Tanlanganlar
|
Tanlovchilar
|
Necha marta tanlandi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
|
1
|
0
|
-
|
-
|
1
|
1
|
1
|
-
|
1
|
-
|
1
|
5
|
2
|
1
|
0
|
1
|
1
|
-
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
8
|
3
|
-
|
1
|
0
|
-
|
1
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
2
|
4
|
1
|
1
|
-
|
0
|
-
|
-
|
1
|
1
|
-
|
1
|
5
|
5
|
1
|
1
|
1
|
1
|
0
|
1
|
1
|
-
|
1
|
-
|
7
|
6
|
-
|
-
|
1
|
-
|
1
|
0
|
1
|
1
|
1
|
-
|
5
|
7
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
0
|
-
|
1
|
1
|
8
|
8
|
-
|
-
|
-
|
1
|
-
|
-
|
-
|
0
|
-
|
1
|
2
|
9
|
-
|
1
|
1
|
-
|
1
|
1
|
1
|
-
|
0
|
-
|
5
|
10
|
1
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
1
|
1
|
0
|
3
|
Tasavvur etamiz o’nta ekspertdan iborat ro’yxat mavjud. Ularning har biri o’z hamkasblaridan beshta eng kompetent bo’lganlarini tanlashlari lozim. Ularning javoblari asosida 4-jadval tuzilib, bunda birinchi ustundagi 1 dan 10 gacha bo’lgan raqamlar bilan tanlanishi lozim bo’lgan ekspertlar belgilangan. Birinchi qatorda esa tanlashi lozim bo’lganlar raqami kiritilgan. Jadvalning kataklaridagi 1 – tanlovni, tire tinish belgisi - tanlovning mavjud emasligini, 0 – hyech kim o’zini o’zi tanlamaganligini bildiradi. Jadvalning oxirgi ustunida har bir ekspert to’plagan «ovozlar» summasi keltiriladi. Ushbu summadagi sonlar tegishli ekspert to’g’risidagi fikrlarning vazni sifatida qabul qilinadi. Jadvaldagi ko’rsatkichlarning (ustunlar bo’yicha) vazn birliklariga almashtirilishidan so’ng barcha 10 ekspertning kompetentligi darajasi bahosining ranjirlashtirilgan qatori hosil bo’ladi (5-jadval).
5-jadval
Ekspertlar o’zaro baholarini aniqlashtirish
Tanlanganlar
|
Tanlovchilar
|
Baho summasi
|
Rang bahosi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
|
|
1
|
-
|
-
|
-
|
5
|
7
|
5
|
-
|
2
|
-
|
3
|
22
|
7
|
2
|
5
|
-
|
2
|
5
|
-
|
5
|
8
|
2
|
5
|
3
|
35
|
3
|
3
|
-
|
8
|
-
|
-
|
7
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
15
|
8
|
4
|
5
|
8
|
-
|
-
|
-
|
-
|
8
|
2
|
-
|
3
|
26
|
5
|
5
|
5
|
8
|
2
|
5
|
-
|
5
|
8
|
-
|
5
|
-
|
38
|
2
|
6
|
-
|
-
|
2
|
-
|
7
|
-
|
8
|
2
|
5
|
-
|
24
|
6
|
7
|
5
|
8
|
2
|
5
|
7
|
5
|
-
|
-
|
5
|
3
|
40
|
1
|
8
|
-
|
-
|
-
|
5
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
3
|
8
|
10
|
9
|
-
|
8
|
2
|
-
|
7
|
5
|
8
|
-
|
-
|
-
|
30
|
4
|
10
|
5
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
2
|
5
|
-
|
12
|
9
|
Shunday qilib, agarda beshta eng kompetent mutaxassislardan iborat guruhni shakllantirish lozim bo’lsa, unda oxirgi ustundagi baholarning birinchi ustundagi ekspertlar raqamlari bilan solishtirish asosida mazkur guruhiga 7, 5, 2, 9, 4 raqamdagi ekspertlarni kiritish lozim bo’ladi.
Kompetent shaxslarning so’rovi ekspertli sifatida nomlanib, so’rovning natijalari esa – ekspertli baholar deb ataladi. Ushbu metodning sosiologik tadqiqotdagi to’rtta asosiy funksiyasini ajratib ko’rsatish mumkin: obyekt holatini baholash; ijtimoiy hodisa yoki jarayon sabablarini baholash; ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi tendensiyasi prognozi; ijtimoiy muammoni yechishning shakl va metodlarini ishlab chiqish.
2. SOSIOLOGIK TADQIQOTLARDA TANLOV METODI
Tadqiqotning uslubiy-instrumental bo’limining eng muhim bosqichi tanlov (vыborka) majmuini asoslash jarayoni hisoblanadi. Samarali sosiologik tadqiqot haqiqiy reprezentativ15 tanlovga, ya’ni bosh majmuaning barcha xususiyatlarini aks ettiruvchi tanlovga asoslanishi lozim.
Tanlov majmuini shakllantirish bosh majmuaning kam sonli elementlari xususiyatlarini o’rganish asosida ma’lumot to’plash imkonini beradi. Bosh (o’rganiluvchi) majmuani shakllantirishning asosiy yo’llarini quyidagilar tashkil etadi: yaxlit tadqiqot (barcha elementlarni to’liq qamrab olish), asosiy massivni tadqiq etish (elementlarning katta qismi o’rganiladi), monografik tadqiqot (obyekt elementlarining bir qismi unga xos bo’lgan bir qator belgilar asosida o’rganiladi) va tanlov metodi (tanlov tuziladi). Agar belgilangan tadqiqot obyektlarning chegaralangan toifasiga tegishli bo’lsa (masalan, «Birinchi kurs 1-vzovod kursantlarining kasb tanlash motivasiyasi»), unda tanlov majmuni tuzmasdan ham ish olib borish mumkin. Biroq, agarda mavzu nisbatan kengroq ifodalansa (masalan, «Zamonaviy yoshlarning harbiy kasbni tanlash motivasiyasi») unda tanlov majmui zarur bo’ladi.
Tanlov majmui turli metodlar asosida shakllantirilishi mumkin. Ulardan biri tasodifiy tanlov metodiga tegishli bo’lsa, boshqalari maqsadli yo’naltirilgan tanlov metodiga tegishli bo’ladi (6-jadval). Amaliyotda tanlov metodlarini kompleks (majmua) holatda qo’llash nafaqat mumkin, balki keng tatbiq etilgan holatdir. Odatda tanlov majmuini bir necha bosqichda shakllantirishga to’g’ri kelganda (ko’p pog’onali tanlov) shunday yo’l tutiladi. Bu o’rinda bir daraja (masshtab)dagi birlik bir metod, tanlov birliklarini detallashtirishga o’tishda esa boshqa metodlar qo’llanilishi mumkin.
6-jadval
Tanlovning asosiy ko’rinishlari
Tasodifiy (ehtimoliy) tanlov metodlari
|
Oddiy
|
Mexanik (tartibli)
|
Ko’p pog’onali
|
Tanlov majmui birliklarini tasodifiy sonlar yordamida saralash
|
Tanlov majmui birliklarini tanlov odimiga teng ma’lum bir intervalda saralash
|
Bosh majmua tuzilmaviy qismlarini
tasodifiy saralash bo’lib, ulardan tasodifiy (oddiy yoki mexanik) usulda tanlov majmui tarkibiga birliklar saralab olinadi
|
Maqsadga yo’naltirilgan (tasodifiy bo’lmagan) metodlar
|
Stratifikasiyali (seriyali)
|
Uyali
|
Asosiy massiv
|
Kvotali
|
Bosh majmuani o’xshash qismlarga (seriya, strata (tabaqa)) bo’lish, keyin esa birliklarni tasodifiy va maqsadga yo’naltirilgan holda saralash
|
Birliklar sifatida guruhlar, jamoalarni (uyalar) saralash va keyin ular tarkibi bilan yaxlit yoki tanlov asosida so’rov o’tkazish
|
Bosh majmuaning 50-75% birligini qiziqtirgan ma’lumotning tashuvchilari sifatida tanlab olish
|
Bosh majmua tuzilishiga o’xshash bo’lgan tanlov majmuini maqsadli ravishda shakllantirish va kvotalarni belgilash
|
Tanlov metodi va turlari. O’ziga ko’ra tadqiqot obyekti juda ham katta: hudud, viloyat, shahar aholisini tashkil qiluvchi o’n va yuz minglab odamlar; minglab sanoat korxonalarining ishchilari, ilmiy va o’quv muassasalarining xodimlari va boshqalar bo’lishi mumkin. Ularning har birini so’rovdan o’tkazishga ehtiyoj bormi? Anketa so’roviga 20-30 kishidan iborat guruhni jalb etish lozim bo’lganda, bu darhaqiqat to’laqamrovli, yaxlit – ularning har birini qamrab olishi mumkin. Anketa yordamida ko’p sonli insonlarni agarda ular bir joyda masalan, konsert zali, kinoteatrda to’planishgan bo’lsa tezkorlik bilan so’rovdan o’tkazish mumkin. Biroq, intervyu metodi orqali 300 kishini so’roqlash ancha mushkul bo’ladi. Gap shundaki, odatda ma’lumotlarning ishonchliligi agar intervyuyer tomonidan kun davomida 5 kishidan ortiq so’rov o’tkazilmasa ta’minlanishi mumkin. Kun davomida 300 kishi bilan ishlash bir vaqtning o’zida 60 ta intervyuyerni so’rovga jalb etishni talab etadi. Shuning uchun tadqiqot obyekti 500 kishi va undan ortiq bo’lgan hollarda yagona to’g’ri yo’l nazariyasi matematik statistikadan qabul qilingan tanlov metodining tanlanishi hisoblanadi.
Tanlov jarayoni, birinchidan, ijtimoiy obyektlarning belgi va sifat xususiyatlari o’zaro shartlashganligi va o’zaro bog’liqligiga, ikkinchidan, bir qismini o’rganish asosida yaxlitlik to’g’risida chiqarilgan xulosalar, agarda ushbu qism o’z tuzilishiga ko’ra yaxlitlikning mikromodelini aks ettirgandagina haqqoniyligiga asoslanadi.
Tanlov majmui – o’z mohiyatiga ko’ra mikromodel bo’lib, u predmet, hodisalar xususiyatlar to’g’risidagi faraz va taxminlarni tekshirish uchun eng tejamli vositalardan biri hisoblanadi. Masalan, daraxtdan uzib olingan olmalarning ta’mi to’g’risida xulosa qilish uchun bir yoki ikkita olmani tatib ko’rish yetarli. Ushbu «yetarli»lik bir daraxtdan yig’ilgan olmalarning sifatiy xususiyatlari bir biriga mos kelishiga ishonish bilan oldindan belgilab qo’yilgan. Biroq, aytaylik 100 daraxtdan yig’ilgan olmalarning ta’mi to’g’risida xulosa chiqarish uchun qanday yo’l tutish kerak bo’ladi? Buning uchun har bir daraxt olmasidan tatib ko’rish shartmi? Shu o’rinda bir xil shakl va rangga ega bo’lgan olmalar bir vaqtning o’zida o’xshash ta’mga ega ekanligi to’g’risida xulosa chiqarish imkonini beruvchi olmalarning tashqi belgilari (shakli, rangi)ning ularning ta’m sifatlari bilan bog’liqligi yordamga keladi. Davom etgan holda taxmin qilamizki, qayd etib o’tilgan belgilar (shakl, rang) o’z variantlariga egalar. Bu holda tanlov majmu ko’proq miqdordagi elementlarni tashkil etadi, ya’ni ko’proq olmalarni «sinab ko’rish» talab qilinadi. Tasavvur qilaylikki, oldimizda uch xil shakldagi (mayda, yirik, noksimon) olmalardan iborat savat turibdi. Har bir shakldagi olmalar o’z navbatida uch rangda (qizil, sariq, yashil) bo’lishi mumkin. Demak, savatda 3x3=9 navdagi olmalar bo’lib, har bir tur bo’yicha to’g’ri xulosa qilish uchun 9 tadan kam bo’lmagan olmani tatib ko’rish kerak bo’ladi. Aytilganlardan kelib chiqib, ta’kidlash mumkinki obyektning sifati to’g’risidagi ishonchli xulosalar ushbu sifatlar bilan chambarchas bog’liqlikda bo’lgan belgilarga asoslanishi lozim. Shuning uchun tanlov majmuasiga elementlarni saralash nafaqat o’rganilayotgan obyektning sifat xususiyati (keltirilgan misolda - ta’m), balki u bilan chambarchas bog’liq bo’lgan belgilar (shakl, rang) bo’yicha ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday nazorat belgilari qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik ko’p elementlarni tanlab olish talab qilinadi.
Ijtimoiy muammolarni o’rganishda qo’llaniluvchi tanlovning asosiy metodlarini ko’rib chiqish davomida tadqiqot obyekti, bosh majmua, tanlov majmuasi, tanlov birligi, kuzatish birligi kabi muhim tushunchalar qo’llaniladi.
Sosiologik tadqiqotning obyekti sifatida u yoki bu ijtimoiy muammoning egasi (tarqatuvchisi) ko’rib chiqiladi
Bosh majmua sifatida huddudiy, vaqt, demografik yoki ijtimoiy belgilar bo’yicha chegaralangan (lokalizasiyalashgan) va izlanish xulosalari tatbiq etiladigan tadqiqot obyektiga aytiladi. Obyektni hududiy jihatdan chegaralash ko’pincha ma’muriy bo’linish – viloyat, tuman, qishloq (ovul) bo’yicha amalga oshiriladi. Mazkur mezon elektoral tadqiqotlar obyektni chegaralash asosida yotadi. Demografik belgilar bo’yicha chegaralash alohida guruhlar, masalan, yoshlar, xotin-qizlar, nafaqaxo’rlar, etnoslarni; ijtimoiy belgilar bo’yicha – kasbiy guruhlarni, konfessiyalar, siyosiy harakatlar va boshqalarni o’rganishda amalga oshiriladi. Obyektni vaqt bo’yicha chegaralash esa uzoq muddatli ijtimoiy eksperementlar, ommaviy axborot vositalari kontent-tahlili yoki ularning auiditoriyasini o’rganish, takroriy izlanishlarni o’tkazish jarayonida amalga oshiriladi.
Tanlov majmuini qat’iy belgilangan qoida asosida saralab olingan bosh majmuaning ma’lum miqdordagi elementlari tashkil etadi. Tadqiqot paytida u o’zida bosh majmuaning mikromodelini aks ettirishi lozim bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, tanlov majmuining tuzulishi asosiy o’rganilayotgan sifat xususiyatlari va nazorat belgilari bo’yicha bosh majmua tuzilishiga mos kelishi zarur. Bunga erishish uchun esa tanlovni shakllantirish qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim.
Kuzatish birliklari bu tanlov majmuning o’rganilishi (masalan so’rovda ishtirok etishi) lozim bo’lgan elementlari (respondentlar) hisoblanadi. Bunday birliklar sifatida alohida individlar va butun bir guruhlar (oila, kinoteatrga keluvchilar va boshqalar) ko’rilishi mumkin. Tanlov majmuini shakllantirish qoidasi shundayki, saralash jarayonida asosiy elementlar sifatida hamma vaqt ham kuzatish birligi, ya’ni bevosita respondentlar chiqishi shart emas. Xususan, avvaliga u yoki bu ma’muriy hududlar (viloyat, tuman), so’ngra ulardan – shaharlar, keyingisidan – oilalar tanlanishi, ularda esa barcha katta yoshdagilar, yoki belgilangan tamoyil asosida oilaning birgina a’zosi (oila boshlig’i, «boshqaruvchi», to’ng’ich farzand va boshqalar) so’ralishi mumkin.
Tanlovning har bir bosqichida maxsus reja asosida saralab olinadigan elementlari (viloyat, tuman, oila, respondent) tanlov birligi sifatida nomlanadi.
Tanlov majmui ehtimoliy (tasodifiy) va maqsadga yo’naltirilgan (fokuslashtirilgan) tanlovga farqlanadi. Ehtimoliy tanlov modeli statistik ehtimol tushunchasi bilan bog’liq. Umumiy holatda qaysidir kutilgan voqyeaning ehtimoli bu kutilayotgan voqyeallar sonining barcha ehtimollar soniga nisbatidir. Shu bilan birga voqyealarning umumiy soni yetarlicha katta bo’lishi lozim (statistik ahamiyatli; statistik ahamiyatlilikning sonli chegarasi matematik statistikada taniqli bo’lgan yirik sonlar qonuni bilan belgilangan). Xususan, aniqlanishicha, kub, aytaylik 600 marta irg’itilganda (hodisalarning umumiy soni) «oltilik» (kutilayotgan hodisa) taxminan 100 ta holatda tushadi. Kubning «oltilik» tomoni bilan tushish ehtimoli quyidagi formula asosida aniqlanadi:
bunda P – kutilayotgan hodisaning ehtimolligidir. Kubning xohlagan boshqa tomonining tushishi xuddi shunday tartibda aniqlanadi. To’liq ehtimollik (kub albatta xohlagan bir tomon bilan tushishi) o’z navbatida barcha hodisalarning ehtimolligi summasidan tashkil topadi. Bizning misolimizda to’liq ehtimollilik teng bo’ladi:
Shunday qilib, hodisalarning xohlagan biri muqarrar yuz berishi har doim birga teng, ya’ni ishonarli tasdiq hisoblanadi. Misolimizda keltirilgan hodisa teng ehtimollik (kubning har bir tomoning tushishi teng ehtimolga ega) sifatida nomlanib, sharoitlarning o’xshagligi: kubdagi moddaning teng taqsimlanganligi, uning tomonlarining deformasiyalashmaganligi (o’zgarmaganligi), uni irg’itish paytida havoning keskin o’zgarmasligi va shu kabilar bilan ta’minlanadi.
Kuzatish birliklarini saralashning teng ehtimoli sharoitini yaratish muhim rol o’naydi. U bosh majmuaning har bir elementi uchun tanlov majmuiga tushishning teng ehtimolini kafotlatlashi zarur. Bunday holat faqatgina bosh majmua elementlari unda teng taqsimlangandagina namoyon bo’lishi mumkin.
Amaliy sosiologiyada tanlovning quyidagi asosiy turlari qo’llaniladi:
- ayni tasodifiy (ehtimolli), tartibli (mexanik), stratifikasiyali (seriyali), uyali – ehtimoliy metodlarga asoslangan;
- kvotali va stixiyali – maqsadga yo’naltirilgan (fokuslashtirilgan), «tasodifiy bo’lmagan» tanlovlar;
- ko’p pog’onali, ko’p hollarda hududiy tanlov.
Ayni tasodifiy tanlov metodlari «qutili model» tamoyiliga asoslangan. Uni yaxshiroq tushunish uchun misolga murojaat qilamiz. Bunda «qutili modelni» tuzamiz. Buning uchun taxmin qilamizki qutida uch turdagi: 200 ta yashil, 300 ta qizil va 500 ta oq shar (soqqa) mavjud. Vazifa 100 sharni shunday tanlab olish kerakki, barcha rangdagi sharlar mutanosib (proporsional) tarzda tanlanganlar orasida mavjud bo’lsin. Ularning ulushi qutida (bosh majmuada) mos ravishda - 20, 30 va 50 foizni tashkil etadi. Xuddi shu mutanosiblikni saqlab qolish uchun 20 ta qizil, 30 ta qora va 50 oq shardan iborat tanlov majmui saralab olinishi kerak. Bu esa qutidagi har bir shar tanlab olinishning teng ehtimoliga ega bo’lgandagina amalga oshirilishi mumkin. Bu shart sharlar astoyidil aralashtirilganda bajarilishi mumkin. Bundan so’ng tanlovning ikki metodini qo’llash mumkin:
tasodifiy qaytarishsiz, bunda har bir tanlangan shar bir chetga olib qo’yilib, qutidan keyingi shar olinadi va shu tarzda yetarlicha tanlov majmui hosil bo’lgunga (hammasi bo’lib 100 shargacha) qadar davom ettiriladi;
tasodifiy takrorlanuvchi, bunda tanlangan har bir sharning rangi yozib qo’yilib, uning o’zi esa qutiga qaytariladi, sharlar yana aralashtirilib, tanlov takrorlanadi.
Taxminan xuddi shunday ish sosiologik tadqiqotlarda bosh majmua elementlari bilan ham amalga oshriladi. Barcha elementlar (respondentilar) familiyasi bo’yicha yoki kodlar (raqamli sonlar) vositasida kartochkaga kiritilib, so’ngra qutida aralashtirilib, ulardan yuqoridagi ikki metoddan biri asosida tanlov amalga oshiriladi. Shu bilan birga kartochkalar yaxshilab aralashtirilishi juda muhim. Bu respondentlar tanlovi teng ehtimoligini oshiradi. Shartli belgilarga asoslangan misolni ko’rib chiqamiz. Kasbiy malakaning 1-toifasiga ega harbiy xizmatchilarni - shar bilan, 2-toifaga ega bo’lganlarni - konus bilan, 3-toifaga ega bo’lganlarni – kublar bilan belgilaymiz. Ularning xohlagan har birining tanlab olinishi teng ehtimolligi agarda ular teng taqismlangan holatdagina ta’minlanishi mumkin (4-rasm).
Har ikkala metodda ham umumiy kamchilik mavjud: ularni faqatgina 800-1000 kishidan ko’p bo’lmagan bosh majmua uchungina muvaffaqiyatli qo’llash mumkin. Birliklar soni ko’payganda esa ushbu metodlar ko’p mehnat: barcha familiyalar yoki kodlarni kartochkalarga yozib chiqish, ularni teng aralashtirish va shu kabilar talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |