Jami
|
360
|
100
|
30
|
100
|
70
|
100
|
50
|
100,0
|
Hammasi
|
510
|
Empirik ma’lumotlarni grafikli tarzda taqdim etish va izohlash – tadqiqot ishining navbatdagi bosqichi sanaladi. Har qanday chastotali taqsimlanishni diagramma va grafik tarzida aks ettirish mumkin. MS Excel kabi maxsus dasturlar diagrammalarning turli: aylanali, ustunli, chiziqli, nuqtali, konus ko’rinishidagi, sektorlari kesilgan holda va shu kabi shakllarini qo’llash imkonini beradi. Sosiologik ma’lumotlarni grafikli tarzda tasvirlashning asosiy ustunligi uning ko’rgazmaliligi hisoblanadi. Grafikli metodlar yordamida tadqiqotchi nafaqat u yoki bu ma’lumotlar – o’rganilayotgan hodisaning sonli ko’rsatkichlari va baholar, fikrlar, mulohazalarga asoslangan sifat ko’rsatkichlarni tasvirlash, balki shu bilan birga o’rganilayotgan hodisaning o’zaro aloqadorligi va o’zgarish tendensiyasini ham ko’rsatish imkoni tug’iladi. Bu esa tadqiqotchining empirik ma’lumot tahlilini uyog’iga chuqurlashtirmasligiga yo’l beradi.
Ustunli diagramma namunasi
Aylana diagramma namunasi
Ma’lumotlarni umumlashtirish – sosiologik axborot bilan ishlashning yakuniy bosqichi sanaladi. U o’zida ta’riflash, izohlash va taxminni tekshirishni qamrab oladi.
Ishning ushbu bosqichdagi vazifasi – epirik ma’lumotlarni turli nazariy harakatlarni amalga oshirishga, xususan ta’riflash, izohlashga tayyor ko’rinishga keltirishdir.
Ta’riflash o’zida uchta tarkibiy qismni – empirik ma’lumot, belgilar tizimi va ko’rgazma (grafik, diagrapmma, jadval)ni aks ettiradi. Ta’riflashning metodlari guruhlash (yuqorida bayon etilgan) va tipologiyalash bo’lib, uning imkoniyatlari murakkab ko’po’lchovli statistik tahlilning qo’llanilishi asosida yanada oshishi mumkin.
Sosiologik tadqiqot hisobot tayyorlash bilan yakunlanadi. Bunda hisobot ilgari surilgan maqsad va vazifalarga mos ravishda tuziladi. Uning tuzilishi sosiologik tadqiqotning yo’nalishiga bog’liq bo’ladi. Agar tadqiqotda nazariy maqsad va vazifalarni belgilanib, amalga oshirilgan bo’lsa, unda hisobot qat’iy ilmiy xarakterga ega bo’ladi. Tahlil etilayotgan materialni taqdim etish, atamalar, tushunchaviy apparat, tahlil metodlari shakli aynan nazariyani rivojlantirishga yo’naltiriladi. Agarda tadqiqot amaliy xarakterga ega bo’lsa, hisobot shakli va mazmuniga ko’ra nisbatan oddiy bo’lib, unda murakkab matematik-statistik hisob-kitoblar keltirilmaydi va bundan kelib chiqib u buyurtmachi uchun tushunarliroq bo’ladi. Tahliliy hisobotni tayyorlashda, uning qanday maqsadni ko’zlaganidan qat’iy nazar o’rganilayotgan hodisani o’zgartirish (takomillashtirish) bo’yicha amaliy tavsiyalarning ishlab chiqilishi muhim holat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |