8-jadval
«Xizmat muddati» belgisi bo’yicha kvotaning bir-biridan mustaqil o’rsatkichlari
Xizmat muddati
|
Bosh majmuada kvota ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumot
|
muvofiq belgi bo’yicha tanlanishi lozim bo’lganlar soni
|
Soni
|
%
|
Mutloq son
|
%
|
1-5 yil
|
100
|
5
|
10
|
5
|
6-10 yil
|
750
|
37,5
|
75
|
37,5
|
11-15 yil
|
700
|
35
|
70
|
35
|
16-20 yil
|
450
|
22,5
|
45
|
22,5
|
Jami
|
2000
|
100
|
200
|
100
|
O’zaro bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar kvotasi uchun so’rovda ishtirok etishi lozim bo’lganlar soni 9-jadvalda keltirilgan.
9-jadval
«Malaka» va «xizmat muddati» belgisi bo’yicha kvotaning o’zaro bog’liq ko’rsatkichi
Xizmat muddati
|
Malaka toifasi
|
3-toifa
|
2-toifa
|
1-toifa
|
Jami
|
Bosh majmua tarkibi, %
|
So’rov o’tkazish talab qilinadi, kishi
|
Bosh majmua tarkibi, %
|
So’rov o’tkazish talab qilinadi, kishi
|
Bosh majmua tarkibi, %
|
So’rov o’tkazish talab qilinadi, kishi
|
Bosh majmua tarkibi, %
|
So’rov o’tkazish talab qilinadi, kishi
|
1-5 yil
|
2,5
|
5
|
2,5
|
5
|
0
|
0
|
5
|
10
|
6-10 yil
|
32,5
|
65
|
2,5
|
5
|
2,5
|
5
|
37,5
|
75
|
11-15 yil
|
12,5
|
25
|
17,5
|
35
|
5
|
10
|
35
|
70
|
16-20 yil
|
2,5
|
5
|
12,5
|
25
|
7,5
|
15
|
22,5
|
45
|
Jami
|
50
|
100
|
35
|
70
|
15
|
30
|
100
|
200
|
3. SOSIOLOGIK MA’LUMOTLAR TAHLILI
Sosiologik ma’lumotlar qanday usulda to’planganidan qat’iy nazar to’g’ridan to’g’ri o’rganilgan hodisa to’g’risida umumlashtirilgan xulosa chiqarish, rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, taxminni tekshirib ko’rish imkonini bermaydi. Olingan sosiologik ma’lumotlarni belgilangan vazifalarni yechishda qo’llash mumkin bo’lishi uchun uni qayta ishlash, tahlil qilish, umumlashtirish va so’ngra ilmiy jihatdan izohlash lozim bo’ladi. Faqatgina ushbu jarayonlarni amalga oshirgandan keyingina sosiologik ma’lumotlarni amaliyotda qo’llash uchun yo’l ochib beruvchi xulosa va amaliy tavsiyalarni bayon etish uchun haqiqiy imkoniyat yaratiladi.
Shunday qilib, sosiologik tadqiqotlarni amalga oshirish yakuniy bosqichining asosiy vazifasi – olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va izohlash, xulosalarni umumlashtirish, amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish bo’ladi.
Sosiologik tadqiqotlarda empirik materiallarni to’plash bosqichida olingan ma’lumotlar odatda personal kompyuter texnikasi yordamida dasturlar paketi qo’llanilagan holda ishlanadi. Ushbu qayta ishlash dasturlari empirik ma’lumotlarni kerakli ko’rinishga keltirish, har qanday foizli, o’rtacha ko’rsatkichlar, o’rganilayotgan hodisalar elementlarining barcha ehtimoliy bog’liqliklarni hisoblab chiqish imkonini beradi. Bunday dasturlar boshqa imkoniyatlarga ham ega hisoblanadi. Xususan, ular yordamida grafikli tahlil (grafik va diagrammalar tuzish)ni amalga oshirish va sosiologik tadqiqot natijalarini ko’rgazmali taqdim qilish mumkin. Ma’lumotni grafikli taqdim qilish vositalari Microsoft Office Excel dasturida ham joylashtirilgan.
To’plangan empirik ma’lumotlar bilan ishlashning boshlang’ich bosqichi ma’lumotlarni tahrirlash hisoblanadi.
Ma’lumotlarni tahrirlash – sosiologik ma’lumotlarga tuzatish kiritish, ularni qayta ishlash vazifasiga javob beradigan holatga keltirishdir. Gap shundaki, sosiologik tadqiqotni amalga oshirish natijasida to’plangan ma’lumotlar uning ishonchliligiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan turli xatolik, noaniqlik va kamchiliklarga ega bo’lishi mumkin. Bunday holatni oldini olish uchun esa ma’lumotni tahrirlash amalga oshirilib, bunda ma’lumotning sifati tekshirilib, aniqlangan xatoliklar tuzatiladi.
Tekshirish butun bir hujjat bo’yicha hamda uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar (masalan anketaning alohida savollari) bo’yicha ham o’tkazilishi mumkin. Agarda hujjat ularning sifatiga qo’yilgan talablarga javob bermasa, ular ishlov berish jarayonidan chiqariladi.
Hujjatlarni to’ldirilish to’liqligini tekshirish bajarilishi shart jarayon bo’lib, chunki bunday ko’rinishdagi og’ishlar sosiologik tadqiqotlarda tez-tez uchraydi. Bu o’rinda so’z eng avvalo anketa haqida boradi. Ularda tadqiqot nuqtai nazaridan muhim bo’lgan savolga va hattoki barcha savollarga javoblar mavjud bo’lmasligi mumkin. Buning sababi nimada? Respondentlar hodisalar va insonlar xulq-atvori to’g’risida tanqidiy baho berishni nazarda tutuvchi savollarga javob berishni xohlashmagan. Boshqa bir sabab – savollarning ifodalanishi, bayon etilish tarzini tushunmaslik, anketani to’ldirish jarayonida intervyuyer (anketachi)ning yoki respondentning beparvoligi, e’tiborsizligidir. Ba’zi hollarda kamchilikni so’rov ishtirokchilarga murojaat qilish orqali bartaraf etish mumkin. Agarda buni amalga oshirishning iloji bo’lmasa, unda hujjatdan voz kechish masalasi qo’yiladi. Masalan, agar respondent anketaning ijtimoiy-demografik ma’lumotlar qismida o’z jinsini ko’rsatmasa (so’rov ishtirokchilarining bu xarakteristikasi tadqiqot maqsadi uchun har doim muhim, chunki ayollar va erkaklar javoblarini tahlil qilish imkonini beradi) anketa ishlovdan chiqarilishi lozim.
Odatda sosiologlar hujjatning to’ldirilishi to’liqligini baholash mezonlarini ishlab chiqishadi. Agar hujjatda 60-100% javob mavjud bo’lmasa, u qoidaga ko’ra ishlovdan chiqarib tashlanadi. Savollarning bundan kam ulushi to’ldirilmaganda ham (masalan 30%) shunday yo’l tutilishi mumkin.
Alohida savollarning to’ldirilish aniqligini tekshirish faqatgina ma’lumot manbaining ishonchliligi aniqlansa, barcha savollarga javoblar berilgan bo’lsa, biroq u yoki bu savolni to’ldirish shubha uyg’otsa (umuman olganda bir xil ma’noga ega savollarga turlicha javob olingan bo’lsa)gina amalga oshiriladi. Bunga, respondentning ushbu jamoada xizmat qilishidan qoniqishi to’g’risidagi savolga ham va uning boshqa xizmat jamoasiga o’tish xohishi to’g’risidagi savolga bergan javobi misol bo’lishi mumkin. Har ikala savolga ham ijobiy javob olindi. Tadqiqotchi qaysidir bir savolni ishlovdan chiqarishi, ya’ni ularning qaysi biri diqqat-e’tiborga sazovorligi to’g’risida qaror qabul qilishi lozim.
Texnologik jihatdan tekshiruvning asosiy maqsadi – anketa savollarining barchasini texnik tomonidan personal kompyuter xotirasiga ortiqcha kuch sarflamasdan va xatosiz kiritishiga imkon beruvchi ko’rinishga keltirish hisoblanadi. Bu bosqich faqatgina barcha ma’lumot kodlashtirilgandan so’nggina amalga oshiriladi.
Sosiologik ma’lumotni kodlashtirish – savolning har bir javob variantiga shartli belgilar – tanlangan kodlar asosida shifr yoki belgi qo’yish jarayonidir. Kodlashtirishning maqsadi texnik vositalar yordamida ma’lumotni qayta ishlash, saqlash va ayirboshlash imkonini ta’minlashdir.
Ma’lumotlarni tahrirlash jarayoni yirik sosiologik tadqiqotlarda uzoq muddatli, murakab va ko’p bosqichli bo’lishi mumkin. Uncha katta bo’lmagan tadqiqotlarda esa sosiologik mayeriallar bilan ishlash ko’p vaqtni talab qilmaydi. Har qanday holatda ham u ishning zarur va amalga oshirilishi shart bo’lgan bosqichi sanaladi.
Ma’lumotlarni kiritish – empirik ma’lumotlar bilan ishlashning shak-shubhasiz va sermehnat bosqichi va xatoliklarning qo’shimcha manbai hamdir.
Personal elektron hisoblash mashinasiga ma’lumotlarni kiritishdan oldin sosiologik ma’lumotni qayta ishlash dasturiga kiritiluvchi hujjatning maketini yaratish ishi amalga oshiriladi. Har bir savolning verbal mazmuni kodlashtiriladi. So’ngra esa empirik ma’lumotni kiritish jarayoni boshlanadi (10-jadval).
Bunda texnik xodim va tadqiqotchidan kodlashtirilgan ma’lumotni ko’chirish jarayonida imkoni boricha diqqat-e’tiborli bo’lish talab etilib, chunki aynan shu yerda xatoga yo’l qo’yish foizi juda katta bo’ladi.
Hozirgi kunda anketa ma’lumotlarini kiritish bo’yicha ko’plab maxsus dasturlar ishlab chiqarilgan. Ularning ba’zilari respondent berilgan savollarga kopyuterda javoblarini javob beishi bilan bog’liq bo’lsa, boshqasida respondent intervyuyerning savollariga telefon orqali javob beradi va u personal komppyuter bilan bog’langan bo’lib, ma’lumot avtomatik tarzda qayd etiladi. Bugunda respondent javoblarini skanerdan o’tkazish va ularni elektron ko’rinishga kiritishni qo’llash yanada keng tarqalmoqda.
Dostları ilə paylaş: |