I. So’rovga tayyorlanish. II. So’rov jarayoni. So’rovni boshlashdan oldin anketachi qanashayotgan respondentlarga o’zini tanishtirishi, tadqiqotning maqsadi va vazifalarini qisqacha tushuntirishi, so’rovning ahamiyatini ta’kidlab o’tishi zarur.
Anketani to’ldirishning alohida jihatlari bo’yicha maslahat berishga kirishganda, uning anonimligiga (metodikaga muvofiq holda) va anketadagi ma’lumotlar qayta ishlanib, umumlashtirilgan holda izohlanishiga respondentning e’tiborini alohida qaratishi lozim. Harbiy xizmatchilarning diqqatini so’rov natijalari bo’yicha xulosalarning haqqoniyligi va ular asnosida ishlab chiqiladigan asosiy tavsiyalarning samaraliligi barcha savollarga samimiy va aniq javoblarning berilishiga bog’liqligiga qaratishi zarur.
Anketani to’ldirish davomida respondentlar savollarning javoblari masalasida o’zaro kelishib olmasliklari va bir birlariga maslahat bermasliklarini nazorat qilishi kerak.
Anketalarni to’plagandan so’ng ularning to’ldirilishi to’liqligini tekshirib ko’rishi va keyingi qayta ishlashga yaroqsiz anketalarni chiqarib tashlashi lozim.
AMALIY MASHG’ULOTLAR MATERIALLARI
1-keys. Topshiriq:
Ayollarniijtimoiy-huquqiyhimoyaqilish vazifasidan kelib chiqqan holda keysni ko’rib chiqish va baholash harakat rejasini ishlab chiqing.
Qizning otasi Sunnatillo O’zbekiston Respublikasidan boshqa mamlakatga chiqib ketgan. Uning turar joyi noma’lum.
Onasi vafot etganiga 8 yil bo’lgan. Buvisi 2 ta nabirasini tarbiyalamoqda. U nafaqaxo’r. Uning turmush o’rtog’i birinchi guruh nogironi. Ijtimoiy ishchiga oila iqtisodiy jihatdan tang axvolda, ekanliklari sababli bolalarni institusional muassasaga topshirmoqchi bo’lib murojaat etdi.