139
24-rasm. Rangli bo‘yoqlarning ikki o‘lchamli YuQX variantidagi
analizi
A – namuna yuborish, B – birinchi erituvchi, V- ikkinchi
erituvch
i.
Sifat va miqdor analizini o‘tkazish usullari
Xromatogrammalarning sifat analizi usullari.
1. Paydo qilish yoki komponentlarning rangli maydonlarini hosil
qilish usuli. Buning uchun xromatogrammadagi komponentlarning
rangsiz
maydonlariga
ular
bilan
rangli
birikmalar
beruvchi
reaktivlarning eritmalari ta‟sir ettiriladi. Hosil qiluvchi reagent
xromatogrammadagi ajralgan har bir modda bilan rangli dog„lar hosil
qiladi va ularning ranglariga qarab identifikatsiyalash mumkin bo„ladi.
Masalan, aminokislotalarni xromatogrammadan
topib olish uchun
ningidrinning atsetondagi eritmasi purkagichdan purkalganda turli
rangdagi aminokislotalarning dog„lari hosil bo„ladi. Natijada ularni
qog„ozdan oddiy ko„z bilan identifikatsiya qilish oson bo„ladi. Bunday
hosil qilingan komponentni xromatogrammadan identifikatsiya qilish
ikki usul bilan olib borilishi mumkin: 1) xromatogrammadagi
komponentlarning alohida dog„lari kesilib
olinadi va zarur kimyoviy
yoki fizik kimyoviy usullar bilan miqdoriy jihatdan analiz qilinadi. 2)
ayrim vaqt hosil qilingan komponentlarning dog„lari to„g„ridan-to„g„ri
xromatogrammadagi o„rnida kimyoviy yoki fizik-kimyoviy usullar
yordamida analiz qilinadi. Ikkinchi usul odatda xromatogrammadagi
dog„larning ranglari har xil bo„lganda qo„llaniladi. Xromatogrammadagi
komponentlarning rangiga qarab identifikatsiya qilish usulikasi ancha
oddiy va qulay bo„lishiga qaramasdan rangli dog„lar hosil qiluvchi
140
xususiy reaktivlar kam bo„lganligi sababli
keng ishlatilmasdan ancha
chegaralangan bo„ladi.
2)
kaftlar
usuli.
Agar
xromatogrammadagi
ajratilgan
komponentlarni hosil qiluvchi reaktivlar bilan bergan rangli dog„larni
bir-biridan farqi identifikatsiya qilish uchun yetarli bo„lmasa, unda
usulini ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Ma‟lumki aniqlanadigan moddalarning
koeffitsiyentlari doimiy
sharoitlarda o„zgarmas bo„lib, aralashmada boshqa moddalarning
bo„lishiga bog„liq emas. Bunga asoslanib xromatogrammadagi start
chizig„iga namunaning yonida aralashmadan axtarilayotgan va borligi
taxmin etilayotgan moddaning toza namunasi (standart) qo„yiladi.
Xromatografik jarayon tamom bo„lgandan keyin hosil qiluvchi reagent
ta‟sirida namunadagi dog„ bilan standart modda dog„ining
larini
solishtirib, taxmin etilgan modda aralshmada bor yoki yo„q
ekanligi
to„g„risida xulosa chiqarish mumkin. Bu usul ancha oddiy va qulay
bo„lishiga qaramasdan aralashmadagi borligi taxmin etilgan hamma
moddalarning toza standartlari bo„lmaganligi sababli chegaralandi.
3.
-koeffitsiyentlarini solishtirish usuli. Bu usulning mohiyati
shundaki, aniq o„zgarmas sharoitlarda ma‟lum aralashmani va uning
tarkibida borligi taxmin qilingan komponentlardan tayyorlangan sun‟iy
aralashmani xromatografik ajratadilar. Ajratish
natijasida olingan har
ikkala
xromatogrammalardagi
komponentlarning
qiymatlari
o„lchanib, bir-biriga solishtiriladi. Har ikkala xromatogrammadagi
qiymatlari bir xil bo„lgan komponentlarning bir modda ekanligi ma‟lum
bo„ladi. Bunday identifikatsiyani bajarish uchun shunday sharoitlarda
olingan boshqa olimlarning
natijalaridan ham foydalanish mumkin.
Bu usulning afzalligi shundaki, kafil sifatida
ishlatiladigan toza
moddalar bo„lmagan taqdirda ko„p moddalarni identifikatsiya qilish
mumkin.
4. Fizik-kimyoviy usullar. Xromatogrammada ajratilgan dog„larni
identifikatsiya qilish uchun kimyoviy usullar bilan birga fizikaviy va
fizik-kimyoviy usullarni birga qo„shib olib borish yaxshi natija beradi.
141
Agar xromatogrammadagi dog„larga ultrabinafsha yorug„ligidagi
lyuminessensiya va radiaktiv izotoplarning nurlari berilsa, yomon rangli
dog„lar va aralashmaning miqdorlari yaxshi identifikatsiyalanadilar.
Xromatogrammadagi lyuminessensiyalanuvchi moddalarni topish uchun
E.N.Brumbergning
past
bosimli
simob-kvars
lampali
lyuminessensiyalanadigan ekranidan iborat maxsus ultraxemiskopi
ishlatiladi.
Radiaktiv
moddalar
saqlagan
xromatogrammani
identifikatsiya qilish uchun Geyger-Myuller schyotchigi ishlatilishi
mumkin.
Xromatografik dog„larni identifikatsiya qilish uchun fizik va fizik-
kimyoviy usullarning qo„llanishi murakkab
va qimmatbaho asbob-
uskunalarni ishlatilishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: