134
Moddalarning qutbliligi oshgan sari ularning tutilish vaqtlari
kattalashadi,
elyuentning
qutbliligi
oshganda
esa
kamayadi.
Taqsimlanish YuQX oddiy sorbentlarda (silikagel, kizelgur, sellyuloza)
yoki polyar (DMSO, DMFA, etilenglikol) va gidrofob(parafin moyi,
silikon moyi, undekan, dodekan) moddalar bilan qayta ishlangan
sorbentlarda olib boriladi. Sorbent sifatida (diol-, sian- va amino-fazalar)
guruhlari bilan kimyoviy boglangan gidrofil sorbentlar va (С
2,
С
8,
С
18
)
guruhlar bilan kimyoviy boglangan gidrofob
sorbentlar ishlatilishi
mumkin.
Teskari-fazali taqsimlanish YuQXda suv bilan turli nisbatlarda
aralashtirilgan qutbli erituvchilar: spirtlar, atseton, atsetonitril,
suv yoki
atsetonitril-suv aralashmalari ishlatiladi.
Teskari-fazali taqsimlanish YuQX asosan qutbli va qutbsiz
moddalar aralashmasini analiz qilishda ishlatiladi.
5-jadval
Teskari-fazali taqsimlanish YuQX ishlatiladigan sorbentlar
Plastinka turi
Moddalar
Harakatli fazalar
Diolsilikagel
Glyukazidlar
Etilatsetat-25% ammiak erit-
masi (100:1)
Nitrilsilikagel
Protestaronlar
Petroleybenzin -atseton (8:
2)
Aminosilikagel
Alkaloidlar
Xloroform-metanol (100:4)
RP-2 silikagel
Piridazin hosilalari
Metanol-suv (7:3)
RP-8 silikagel
Aflatoksin
Metanol-suv (20:1)
RP-18 silikagel
Alkaloidlar
Metanol-0,5 NaCl (65:35)
Sorbentlar
Harakatsiz faza sifatida kolonkali suyuqlik xromatografiyasida
ishlatiladigan sorbentlar qo„llaniladi. Sorbentning qalinligi 200-500
mkm, zarracha o„lchami esa 20 mkm tashlil etadi. O„tilgan yo„lning
uzunligi 12 sm bo„lganda nazariy tarelkalar soni 2000
gacha yetishi
mumkin. Tajriba vaqti 25 minut atrofida bo„ladi.
135
Hozirgi vaqtda YuQX da turli xil firmalar tomonidan ishlab
chiqilgan turli tayyor plastinkalar ishlatiladi. Plastinkalar tayyorlashda
adsorbent sifatida silikagel,
alyuminiy oksidi, sellyuloza va boshqa
materiallar ishlatiladi.
YuQXda ishlatiladigan plastinkalar asosan, unga yopishtirlgan
sorbent qatlamidan iborat. Plastinka asosi shishadan, alyuminiy falgadan
yoki polimer plyonkadan tayyorlanadi. Yopishtiruvchi moddalar sifatida
kraxmal, gips, ishqoriy metall silikatlari
va organik polimer moddalar
ishlatiladi.
Teskari fazali YuQX da universal va ko„p ishlatiladigan adsorbent
sifatida silikagelni ko„rsatishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: