142
Bunda
a va b empirik konstantalar; c-analiz qilinayotgan
moddaning konsentratsiyasi. Bunday usulda miqdoriy analizni bajarish
uchun xromatografik qog„ozning start chizig„iga o„lchangan va ma‟lum
tartibda miqdori oshib boradigan bir necha namuna qator qo„yilib,
o„zgarmas sharoitlarda xromatografiyalanadi. Hosil bo„lgan dog„larning
maydonlari
turli
usullar
(planimetrik,
dog„
maydonini
xromatogrammadan kesib olib tarozida tortish va boshqalar)
bilan aniq
o„lchanib, noma‟lum aralashma tarkibidagi dog„larning maydonlarini
aniqlaydilar va miqdoriy jihatdan hisoblaydilar. Shuni ham ko„rsatish
kerakki, dog„ maydonining kattaligi faqat konsentratsiyaga bog„liq
bo„lmasdan, namunani quyish usulikasiga, xromatografik qog„ozning
tuzilishiga, temperatura va boshqa sharoitlarga ham bog„liqdir.
Yuqorida ko„rsatilgan sharoitlar hisobga olinganda, xato kamayib,
solishtirma xató 5-10% dan oshmaydi.
2. Dog„ rangining quyuqligini hisoblash usuli.
Ma‟lumki, xromatogrammada hosil bo„lgan dog„
rangining
quyuqligi, undagi moddaning konsentratsiyasiga proporsionaldir. Bunda
boglanish miqdoriy analiz uchun asos bo„lishi mumkin. Shuning uchun
dog„ maydoni rangining quyuqligini denkometrik usul bilan to„g„ridan-
to„g„ri fotometrlaydilar. Turli xil konsentratsiyali namunalarning
analizidan olingan natijalardan foydalanib hisoblash grafigi tuziladi va
undan turli dog„larning konsentratsiyalari hisoblanadi.
3. Ko„z yordamida solishtirish usuli.
Dog„
maydoni
rangining
quyuqligi,
undagi
modda
konsentratsiyasiga
proporsional
ekanligini
hisobga
olib,
xromatogrammadagi dog„larning ranglari maydonini ko„z
yordamida
bir-biriga solishtirish yo„li bilan aralashmaning yarim miqdoriy analizini
o„tkazish mumkin. Buning uchun chegarali suyultirish usulini qo„llash
maqsadga muvofiqdir. Analiz qilinadigan modda eritmasi har safar
suyultirilib, rangi yo„qolguncha xromatografiyalanadi. Keyin C=an (n-
suyultirish) formula bo„yicha eritmadagi modda miqdori aniqlanadi.
4. Yuvish usuli
143
Bunda xromatogrammadagi aniqlangan moddaning dog„i turli
usullar (ekstraksiya, selektiv erituvchilar bilan ketma-ket yuvish)
bilan
miqdoriy jihatdan qulay fizik-kimyoviy usullar yordamida analiz
qilinadi. Bu usul ancha mehnat talab qilishiga qaramasdan aniq
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: