54
6-topshiriq.
Quyidagi matnni tering. Matnni ajrating va formatlang.
Hujjatni saqlang:
TALABALAR NUTQI
Umuman, talaba «Ona tili»
darslarida, «Bolalar adabiyoti»
saboqlarida, «Nutq madaniyati asoslari» o‘quvlarida
axloqiy kamolat
uchun poydevor bo‘ladigan maqollarni imkon qadar ko‘p va o‘quvli
o‘zlashtirib olsa, juda katta ma’naviy xazinaga ega bo‘ladi.
Birinchi o‘qituvchi boshlang’ich sinf o‘quvchilariga Vatan, ota-
ona, urf-odat, qadriyat, haqiqat, ozodlik, demokratiya, buyuklik haqida
ilk saboqlarni beradi.
Bu muqaddas tushunchalar esa, xalq
maqollarida, ayniqsa, o‘zining yorqin ifodasini ta’bir joiz bo‘lsa,
«obraz»ini to‘la topgan. Bu maqollar
bilan qurollangan talabalar-
bo‘lajak o‘qituvchilar, avvalo, o‘z yuragiga buyuklik
kalitini joylaydi,
so‘ngra shogirdlari ong-u shuuriga komillik «urug’»ini ekadi.
Bulbul chamanni sevar,
Odam Vatanni.
******************
Ona yurting oltin beshiging.
******************
Vatan
uydan boshlanadi,
Qo‘shiq kuydan boshlanadi.
******************
Avval onangga salom ber.
******************
O‘z erkingga ega bo‘l.
******************
Kitob- aqlli do‘st.
******************
Bilimi zo‘r mingni yiqar,
Bilagi zo‘r birni.
******************
So‘ziga boqma,
Ishiga boq.
Qisqasi, talabalar nutqini xalq maqollari bilan qanchalik boyitib borsa,
uning biyronligi, chechanligi, kamoloti shuncha
takomillashib boradi
va tom ma’noda vatanparvar shogirdlar
yetishtira oladigan
Ustozlikning oydin yo‘liga chiqadi hamda el-u yurt duosini oladi.
55
7-topshiriq.
Quyidagi matnni tering. Matnni ajrating va formatlang.
Hujjatni saqlang:
Dostları ilə paylaş: