91
VIII-bob. Internet tarmog‘ida ishlash asoslari
1-mavzu: Internetda ma’lumotlar izlash
1-topshiriq
Internetni ishga tushirish uchun ishchi stolidan “Internet explorer”
dasturining belgisi
ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta
bosasiz. Ekranga biron bir provayder (rambler, yandex, msn va h.k) ning
asosiy varag‘i chiqadi . Quyida Rambler provayderining asosiy varag‘i.
1- So’rov yozish oynasi, 2 -Найти tugmasi
Internetda axborotni qidirish uchun tuziladigan so’rovlar rus yoki
ingliz tilidagi bir yoki bir necha so’zdan tashkil topishi mumkin.
Har bir
asosiy varaqda qidirish tugmachasi (
Найти
) bo’ladi. Qidirayotgan
ma’lumotingizning kalit so’zlarini shu tugmacha oldidagi oynaga kiritasiz
va shu tugmani bosasiz. Qidirishni bosqichma-bosqich olib borish kerak.
Masalan: “Informatika va axborot texnologiyalari” haqida ma’lumot
olmoqchi bo‘lsangiz avval:
1.
So‘rov yozish oynasiga «texnologiyalar» kalit so‘zi
kiritiladi va
qidirish tugmasi bosiladi.
2.
Ekranga shu so‘zga tegishli ma’lumotlar chiqadi.
3.
«Axborot» so‘zi xuddi shu tarzda kiritiladi.
1
2
92
4.
So‘rov oynasi tagidagi «Искать в найднном» so‘zi ustida
sichqonchaning chap tugmasi bosib qo‘yiladi
va yana qidirish tugmasi
bosiladi.
5.
Endi mana shu ma’lumotlar ichidan informatikaga tegishlisini topish
uchun «informatika» so‘zlarini yozib yana 3 qadamni takrorlaysiz.
6.
So‘rov oynasiga o‘zingizni qiziqtirgan mavzuning kalit so‘zlarini
kiriting.
7.
Ekranga chiqqan veb sahifalar ro‘yxati bilan tanishing.
8.
Sizni qiziqtirgan veb sahifa ustiga sichqoncha kursorini olib boring.
9.
Kursor qo’lcha shaklini olganda sichqonchaning chap tugmasini bir
marta bosing. Veb sahifa mazmuni bilan tanishing.
10.
Asboblar panelidagi «Назад» tugmasini
bosib avvalgi sahifaga
o‘ting.
11.
Ro’yxatdagi boshqa veb sahifalarni ham shu tariqa ko‘rib chiqing.
12.
Sizni qiziqtirgan veb sahifa matnini belgilab (buni xuddi Word
dasturidagidek bajarish mumkin 2 laboratoriya ishi 15 band)
sichqon-
chaning o‘ng tugmasini bir marta bosing.
13.
Ochilgan menyudan «Копировать» bandini tanlang.
14.
Word dasturini ishga tushiring, asboblar panelidan «Вставить »
tugmasini bosing va faylni xotiraga saqlang.
Dostları ilə paylaş: