112
IX-bob. Masofaviy ta’lim va uni tashkil etish asoslari.
1-mavzu: Masofali o‘qitishningnazariy va didaktik asoslari.
Masofaviy ta’limda talaba va o‘qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan
holda o‘zaro maxsus yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elektron
aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari
yordamida doimiy mu-
loqotda bo‘ladilar. Internet texnologiyasini qo‘llashga asoslangan
masofaviy o‘qitish jahon axborot ta’lim tarmog‘iga
kirish imkonini be-
radi, integratsiya va o‘zaro aloqa tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir tur-
kum yangi funksiyalarni bajaradi.
Masofaviy o‘qitish barcha ta’lim olish istagi bo‘lganlarga o‘z mala-
kasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o‘qitish
jarayonida
talaba
interaktiv rejimda mustaqil o‘quv-uslubiy materiallarni
o‘zlashtiradi, nazoratdan o‘tadi, o‘qituvchining
bevosita rahbarligida
nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal o‘quv guruhi»
talabalari bilan muloqotda bo‘ladi.
Ma’lum sabablarga ko‘ra, ta’lim muassasalarining kunduzgi
bo‘limlarida tahsil olish imkoniyati bo‘lmagan, masalan, sog‘ligi
taqoza
etmaydigan, mutaxassisligini o‘zgartirish niyati bo‘lgan yoki yoshi katta,
malakasini oshirish niyati bo‘lgan kishilar uchun masofaviy o‘qitish
qulay
o‘qitish shakli hisoblanadi.
Masofaviy o‘qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad va
masala mohiyatiga bog‘liq. Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan
o‘qitish vositalari (o‘quv qo‘llanma, darsliklar) talabalarni yangi material
bilan
tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferensiyalar
ma’lum vaqt orasida o‘zaro muloqotda bo‘lishga, elektron pochta to‘g‘ri
va teskari aloqa o‘rnatishga, ya’ni xabarlarni jo‘natish
va qabul qilishga
mo‘ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan videoma’ruzalar talabalarga
ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar,
topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o‘zaro teskari
aloqa orqali o‘qitish imkonini beradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta
tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: