O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti


Masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirish bosqichlari



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/140
tarix12.09.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#142946
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140
Masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirish bosqichlari. 
Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko‘pgina manbalari orasidan 
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
• Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools);
• Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning 
Management Systems);
• Ichki kontentni boshqaruv tizimlari CMS (Content Management 
Systems).
2-rasm. Elektron ta’limni tashkillashtirishda ishlatiladigan dasturiy 
ta’minotlar strukturasi 


116 
O‘quv muassasasida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishga 
qo‘yiladigan texnik va dasturiy talablar.
MT jarayonini amalga oshirishda quyida ko‘rsatilgan bosqichlar aso-
sida amalga oshirish mumkin:
1-bosqich: Tahlil
2-bosqich: Loyihalashtirish
3-bosqich: Joriy qilish
4-bosqich: O‘quv kontentlarini yaratish
5-bosqich: Ishga tushirish
6-bosqich: Rivojlantirish
1-bosqichda o‘quv muassasining masofaviy ta’lim jarayoniga bo‘lgan 
ehtiyojlari, ta’lim jarayonida qatnashayotgan foydalanuvchilarning soni
o‘qitish usullari va shakllari, loyihani amalga oshirishda kerak bo‘ladigan 
texnik, dasturiy va inson resurslari,loyihani iqtisodiy asoslari tahlil qi-
linadi. 
2-bosqichda tahlillar natijasida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami va 
texnik topshiriq loyihalashtiriladi.
3-bosqichda esa tanlangan masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi 
dasturiy majmua tegishli serverda o‘rnatiladi, tizimga tegishli domen tan-
lanadi. Masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuasidan 
foydalanish va unga texnik qo‘llab quvvatloshchi ishchi xodimlarni 
o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar tashkillashtiriladi.
4-bosqichda masofaviy ta’lim jarayonining asosiy elementlaridan biri 
bo‘lmish o‘quv kontentlar o‘quv bo‘limi va soha mutaxasislari bilan 
hamkorlikda yaratiladi. YAratilgan o‘quv kontentlar eskpertlar tomonidan 
tekshiriladi.
5-bosqichda masofaviy ta’lim jarayoni ishga tushiriladi. Ta’lim ja-
rayonida o‘quv jarayoni doimiy nazoratda bo‘lib turadi. Tizimdagi xa-
vfsizlik choralari monitoring qilib boriladi.
6-bosqichda yuqorida keltirilgan bosqichlarda mavjud bo‘lgan kam-
chiliklar to‘g‘rilanadi, yangi o‘quv kurslar yaratiladi, texnik imkoniyatlar 
kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli bo‘lgan ishlar ko‘lami ba-
jariladi. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin