118
bog‘langan holda o‘quv kontentdagi so‘zlarni audio formatda o‘tkazgan
holda tinglashi mumkin. O‘quv modulini yozish vaqtida Atutor dasturiy
majmuasining barqaror versiyasi 2.1.1. Tizimning shaxsiy saytida 20 dan
ortiq har xil modullar mavjud.Tizim qo‘llab quvvatlaydigan standartlar
soni ancha bo‘lib bu boshqa LMS tizimlardan farqi ham aynan shu
xususiyatidadir. Tizimning rasmiy internet manzili
:
http://atutor.ca/atutor/.
Claroline
– Erkin va ochiq kodli, masofaviy o‘quv kurslarni tashkil-
lashtirish imkoniyatini beruvchi Webga
orientatsiyalangan dasturiy
majmuasi hisoblanadi. Tizim Luvenadagi (Belgiya) katolik universitetin-
ing pedagogika va multimedia institutida yaratilgan. Dasturiy majmuadan
foydalanish GNU (General Public License)asosida amalga oshiriladi ya’ni
bepul foydalanish mumkin. Tizim ishlashi uchun serverda
PHP/MySQL/Apache larni o‘rnatilishi talab qilinadi. Windows 98 va
NT, Mandrake Linux8.1 muhitiga o‘rnatilgan EasyPHP tizimda tizim
testdan o‘tkazilgan. Claroline dasturiy majmuasidan 80dan ortiq
davlatlarda foydalanishadi va 30 dan ortiq tillarga (dastur interfeysi)
tarjima qilingan[6]. Tizim 2000 dan ortiq talabalarni bir vaqtning o‘zida
qabul qilishi mumkin. Claroline dasturiy majmuasi masofaviy ta’lim ja-
rayonini tashkillashtirish uchun talab qilinadigan
barcha talablarga javob
beradi. Xususan, foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, tizimda foyda-
lanuvchilarning (fan o‘qituvchisi, o‘quvchi va mehmon) rollarini adminis-
trator tomonidan belgilashi, o‘quv kurslarni yaratish, ularning tarkibini
tahrirlash, talabalar bilimini nazorat qilish,
monitoring olib borish, nazorat
natijalarini tahlil qilish, tizim ichida foydalanuvchilar o‘rtasida kommu-
nikatsiya elementlaridan (chat, forum, qisqa xabarlar jo‘natish modullari-
dan) foydalanish va boshqarish imkoniyatini beradi.
Tizimda boshqa
LMSlar singari quyidagi ko‘rsatilgan o‘qitish modullari mavjud: Forums,
Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work ,
Student tracking,
Kalendar, Vikiva boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singariIMS
va SCORM standartlarni qo‘llab quvvatlaydi. Claroline dasturiy
majmuasining imkoniyatlaridan demonstratsiya rejimida foydalanib
ko‘rish mumkin, buning uchun http://demo.claroline.net/havolasiga muro-
jat qilib, tizimga har xil rollarda (administrator, fan o‘qituvchisi,
o‘quvchi) kirib tizimning imkoniyatlari bilan tanishib chiqishi mumkin.
O‘quv modulini yozish vaqtida tizimning barqaror versiyasi Claroline
1.11.8.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.claroline.net
Dostları ilə paylaş: