O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/140
tarix12.09.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#142946
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
Dokeos - 
Clarolinening 1.4.2 versiyasidan ajralib chiqqan, yangi 
dasturiy majmua hisoblanadi.


119 
Dokeos Claroline platformasini ishlab chiqqan dastlabki ishchi guruhning 
bir necha a’zolarining ish mahsuli bo‘lib, ular ta’lim muassasalari uchun 
yaratilgan Clarolinedan farqli ravishda davlat korxonalarining ishchi xodim-
lariga moslashtirishni maqsad qilishdi va amalga oshirishdi. 
Dokeos dasturiy majmuasining rasmiy Web saytiga tashrif buyursangiz, u 
yerda dasturning 2 ta versiyasini ko‘chirib olishni taklif qilinadi: Dokeos 
FREE – bepul va Dokeos PRO – bepul bo‘lmagan, qo‘shimcha modullari 
mavjud bo‘lgan dastur paketi taklif etiladi. Lekin Dokeos FREE versiyasi biz-
ning fikrimizga ko‘ra, ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun kerak 
bo‘ladigan barcha o‘quv modullari mavjud. 
Tizimning imkoniyatlarini va unda mavjud o‘quv elementlarni quyida 
ko‘rsatilgan aql xaritasi orqali ko‘rish mumkin. Rasmdan ko‘rinib turganidek, 
tizimda mavjud o‘qitish modullarini ta’lim muassasalarida ham foydalanish 
mumkin. Hozirgi vaqtda LMS larining ko‘pchiligi ijtimoiy tarmog‘lardagi 
mavjud g‘oya asosida o‘zlarining ishchi muhitlarini shunday tarmog‘larga 
moslashtirmoqda. SHunga ko‘ra, bu tizimda ham ijtimoiy tarmog‘ elementlari 
keng kiritilgan. Yuqorida keltirilgan LMS tizimlari singari Dokeos dasturiy 
majmuasi ham SCORM standartini qo‘llab quvvatlaydi. Bu esa bu standartni 
qo‘llab quvvatlaydigan boshqa LMS tizimlariga o‘quv kurslarini ek-
sport/import qilish imkoniyatini beradi. Dokeos dasturiy majmuasi o‘quv 
modulini yozish vaqtidagi oxirgi barqaror versiyasi Dokeos 2.2 RC2.
Tizimning rasmiy internet manzili:http://www.dokeos.com 
LAMS
IMS Learning Designstandarti asosida 2003-yilda yaratilgan. 
JAVA dasturlash tilida yozilgan. Kross-platformali, 32 tilga dastur interfeysi 
tarjima qilingan va GPLv2asosida bepul foydalanish mumkin. LAMS dasturiy 
majmuasi boshqa LMS lardan farqi shundaki, o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini 
strukturalashda vizual vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi, bu 
vositalar o‘quv jarayonida o‘quv resurslarini (elektron o‘quv resurslarni, chat, 
so‘rovnomalar, topshiriqlar) va nazorat turlarini qanday ketma-ketlikda 
bo‘lishligini vizual ko‘rinishini ta’minlaydi. Bunda o‘qituvchi “sinchqoncha” 
orqali bu ketma-ketliklarni hech qanday qiyinchiliksiz joylarini o‘zgartirishi 
mumkin bo‘ladi. 
LAMS
– 
elektron o‘quv resursini vizual ravishda o‘quv kontentlarni 
o‘zgartirish boshqarish va yaratishdagi imkoniyatlarining mavjudligi sababli
yangi revolyusion ilova hisoblanadi. U o‘qituvchiga o‘quv kontentini 
yaratishda intuitiv tushunarli interfeys taqdim qiladi. Bu interfeys o‘z ichiga 
har xil individual vazifalar, guruhli o‘qitishda frontal vazifalarni berishini o‘z 
ichiga oladi. O‘quv modulini yozish vaqtidagi tizimning barqaror versiyasi 2.4.


120 
Tizimning rasmiy internet manzili:http://lamsfoundation.org/ 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin