Sof (mutloq) monopoliya
sharoitida esa bir firma yoki tashkilot u yoki bu
bozorda mutloq xukmronlikka ega bo‘ladi va bozordagi narxga, tovar va xizmatlar
hajmiga hal qiluvchi ta‘sir ko‘rsata oladi. Monopol bozorlar barcha mamlakatlarda,
shu jumladan raqobat darajasi yuqori rivojlangan iqtisodiyotga ega mamlakatlarda
ham mavjud.
Sof monopoliya bozoriga xos bo‘lgan xususiyatlar quyidagilar:
– tarmoqda yagona firma yoki korxonaning faoliyat yuritishi;
– mahsulot o‘ta noyob yoki uni boshqa turi bilan almashtirish imkoniyati
yo‘q
– narx ustidan nazorat monopolist qo‘lida va narxni u belgilaydi;
– tarmoqqa yangi ishtirokchilarning kirish imkoniyati yo‘q, u iqtisodiy,
moliyaviy, huquqiy va texnologik to‘siqlar bilan bog‘liq
– narx vositasisiz raqobatni tashkil etish imkoni yo‘q.
Bunga misol qilib respublikizdagi ―Sho‘rtangazkimyo‖ kompleksini keltirish
mumkin.
19
Ammo mukammal raqobat amal qiluvchi bozor amalda mavjud emas. Bozor
munosabatlari ishtirokchilari doimiy ravishda mavjud qoida, me‘yor va risklarni
chetlab o‘tishga harakat qilishadi va erkin raqobatni cheklashga arakat qiladilar.
Misol uchun narxlar bo‘yicha kelishuv, savdo belgilarini qalbakilashtirish va
boshqalar. Shuning uchun davlat tomonidan erkin raqobat kurashi olib borishning
huquqiy asoslari va kafolatlari yaratilib takomillashtirilishi lozim bo‘ladi. Bular:
raqobatning mukammalligi;
raqobatning mavjudligi;
narx va sifat raqobatning markaziy ko‘zgusida bo‘lishligi;
ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxiga va boshqa kelishilgan narxlarga
mutanosib bo‘lishligi;
tovar belgilari va markalarining xuqqiy me‘yorlar bilan ximoyalash orqali
iste‘molchilarning tovar va xizmatlarni ajratishlariga imkon yaratib berish,
ularning sifati xaqida ma‘lumotga ega bo‘lishi;
patentlarni ximoya qilish muddatlarini cheklash, sanoat namunalari va
ixtirolarning ro‘yxatga olinishida o‘z aksini topmog‘i lozim.
Raqobat narxlarni tartibga soluvchi ijtimoiy-tabiiy omil, innovasion
jarayonlarning (ishlab chiqarishga yangiliklarni joriy etish: yangi g‘oya, ishlanma,
ixtiro va sanoat namunalari) stimuli hamdir. U smarasiz faoliyat yuritayotgan
korxonalarning resurslardan oqilona foydalanishini, monopoliyaga barham
berishga, eng samarali faoliyat olib borishga undaydi.
A.Smit bozor iqtisodiyotini erkin raqobatga qiyosladi, shuningdek
iqtisodiyotga davlat aralashuvi foydadan ko‘ra zararliroq ekanligini ta‘kidlab o‘tdi
va iqtisodiyotning nomarkazlashuvini targ‘ib etdi. A.Smit raqobatni bozorning
atomistik tuzilmalari va ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat sifatida qaragan va
bu subyektlar bozor tuzilmasiga alohida olib qaralganda ta‘sir ko‘rsata olmaydi
deb hisoblagan.
Shuningdek, raqobat dinamik jarayon hisoblanib ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyotni belgilab beradi. A. Smitning nazariy qarashlari asosida raqobatning
quyidagi funksiyalarni bajarishini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
– raqobatning jamiyat etiyojlarini qondirish funksiyasi. Markazlashmagan
atomistik raqobat jamiyat a‘zolarining ishlab chiqarishga undaydi va ularning
ehtiyojlarini qondiradi.
– xarajatlarini kamaytirish funksiyasi. Erkin raqobat jamiyat a‘zolarining
bir-biriga ta‘sir ko‘rsatmasligi va o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lmaganligi,
shuningdek,
sifatli
mahsulotlarni
ishlab
chiqarish,
ishlab
chiqarishni
takomillashtirish orqali xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi;
– resurslarni oqilona taqsimlash funksiyasi. Raqobat tarmoq ichidagi
korxonalar o‘rtasida resurslarning oqilona taqsimlanishini ta‘minlab beradi.
Keyinchalik A. Smitning laissez fair tamoyili (fransuz tilida ―imkon
bermoq‖)ga bir qator o‘zgarishlar kiritilib, haqiqatan ham afzalliklarga ega
ekanligi tan olindi. Biroq ushbu tamoyilning amal qilishi uchun iqtisodiy tizim
―mutloq‖ yoki ―mukammal‖ raqobat muhitiga ega bo‘lishi zarur bo‘ladi. Chunki
mukammal raqobat:
20
– monopoliyadan holi bo‘lgan, bozor ishtirokchilarining cheklanmagan soni,
ushbu ishtirokchilarning hyech biri ikkinchisining faoliyatiga va bozordagi narxga
ta‘sir ko‘rsata olmaydigan muhit hisoblanadi;
– bozorga kirib borish va undan chiqishda mutloqo to‘siqlar mavjud emas;
– moddiy, mehnat, moliyaviy va boshqa resurslarning cheklanmagan
harakati mavjudligi;
– har bir bozor ishtirokchisi bozordagi talab, taklif, valyuta kurslari, yer
rentasi, kredit stavkasi va shu kabilar to‘g‘risida to‘g‘liq ma‘lumotga ega bo‘ladi.
To‘liq xabardorlik raqobat ishtirokchilarining to‘g‘ri qaror qabul qilishini
ta‘minlaydi.
– bir nomdagi va mutloq bir turdagi tovarlarning mavjudligi bois ularda
savdo belgisi va sifatni ajratish imkoniyatiga butkul barham beradi. Shu bois
barcha sotuvchi va xaridorlar bir xil vaziyatga ega bo‘ladi.
Leon Valras (1834-1910) – shveysariyalik iqtisodchi olim, Lozanna maktabi
asoschisi bo‘lib, iqtisodiyotga matematika tatbig‘ini birinchi bo‘lib qo‘llagan. O.
Kurnoning iqtisodiy qarashlari asosida iqtisodiy nazariya bilan shug‘ullana
boshlagan. L.Valras 1874 yilda ―Siyosiy iqtisod elementlari‖ nomli kitobida
mamlakat xo‘jaligining iqtisodiy-matematik va statistik modelini yaratgan. Bu
model qtisodiy muvozanatning umumiy modeli sifatida shuhrat qozongan. L.
Valras tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy muvozanat modeli tayyor mahsulot va
ishlab chiqarish omillaridan iborat bozor tuzilmalarida bozor mexanizmi asosida va
mukammal raqobat sharoitida yagona muvozanat holati mavjudligini isbotlab
beradi. L. Valrasning muvozanat modeli 1950-60 yillarda uning chiziqli
programmalashtirish modeli shakllantirildi. Bozor modelida:
– tovarlar talabi va taklifi mos kelishining asosiy shartlari keltirilgan;
– ishlab chiqarish va ayriboshlashning asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar tnglamalar sistemasi asosida ko‘rsatib berilgan;
– bozordagi barcha bitimlar bir vaqtda sodir bo‘ladi;
– model statik xususiyatga ega bo‘lib, barcha zahiralar va mahsulot xilma-
xilligi o‘zgarmas deb olinadi;
– ishlab chiqaruvchilarning maqsadi to‘g‘risida mukammal xabardorlik.
Ya‘ni, masalaning yechimi butun iqtisodiyot va uning alohida olingan tarmoqlar
uchun funksiyaning ekstremumlik sharti orqali ifodalanadi. Muvozanat modeli
bozor tuzilmalari soni ko‘pchilikni tashkil etgan holda narx tizimining amal qilish
qonunlarini aniqlashdir.
L.Valrasning fikricha, umumiy muvozanatga erishish uchun davlat quyidagi
funksiyalarni bajarishi kerak:
– pul birligining barqarorligini ta‘minlash;
– fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlash;
– chayqovchilik(spekulyasiya)ni tartibga solish yoki barham berish;
– fuqarolarning umumiy ta‘lim olishini qo‘llab-quvvatlash;
– ishchilarning ijtimoiy himoyalanishini kafolatlash;
– sog‘lom va samarali raqobat amal qilishini ta‘minlash;
– zarur narsalarning ishlab chiqarilishi va iste‘molini rag‘batlantirish.
L.Valras sof siyosiy iqtisodning qisqa va shu bilan birga eng aniq bo‘lgan
21
tarifini ham ishlab chiqdi. Uning tarificha, ―Mutloq siyosiy iqtisod – bu mohiyatan
mukammal raqobat sharoitida narxlarni aniqlash nazariyasidir. Shu tarzda hattoki
nomukammal raqobat sharoitida narxlarni aniqlash ham mutloq siyosiy iqtisod
doirasidan chetga chiqish hisoblanadi. U amaliy iqtisodiy nazariyaning bir bo‘limi
hisoblanib, mukammal raqobat sharoiti har doim ham o‘rinlimi? – degan savolga
joavob topishi kerak‖.
Shu boisdan ham L.Valras bozor tuzilishini mukammal raqobatdan
boshlanib, monopoliya bilan tugallanadi deb hisoblaydi. Bu o‘z zamondoshi
O.Kurnoning nazariyasiga qarama-qarshi bo‘lib, Kurno aksincha bozor tuzilmalari
monopoliyadan boshlanib, mukammal raqobat bilan tugallanadi db hisoblagan.
Agarda siyosiy iqtisodni mukammal raqobat sharoitida narxlarni aniqlash
bilan chegaralaydigan bo‘lsak, uning matematika obyektiga aylanishini sezish
qiyin emas. L.Valras ham shuni nazarda tutadi.
―Agarda matematikaning obyekti umumiy holda bu kabi kattaliklarni
o‘rganish bo‘lsa, u holda ayriboshlash qiymati va munosabatlari haqiqatdan ham
matematikaning bugungi kunga qadar o‘rganilmagan va rivojlantirilmagan
tarmog‘i bo‘lib qoladi. Haqiqatan ham mutloq siyosiy iqtisod barcha iqtisodiy
fanlarni ifodalovchi mukammal fan emas. Masalan, tezlik va kuch o‘lchash
mumkin bo‘lgan kattaliklar, ammo ularning matematik nazariyasi butun
mexanikani qamrab ololmaydi. Agarda siyosiy iqtisodni mexanika, termodinamika
kabi fan sifatida olib qaraydigan bo‘lsak, u holda iqtisodchilar hyech
ikkilanmasdan matematika usullari va tilidan foydalanishlari mumkin.‖
L.Valrasning iqtisodiy nazariyasi iqtisodiy masalalarning amaliy yechimiga
va ijtimoiy nazariyaga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy matematikaning asosi bo‘lib
xizmat qiladi. Xaqiqatan ham, L.Valras 1960 yillardan e‘tiboran rivojlanib
boshlagan iqtisodiy matematika va matematik modellashtirishning asoschisi
hisoblanadi.
L.Valrasning iqtisodiy qarashlari keyinchalik italiyalik iqtisodchi olim,
Lozanna maktabining taniqli professori Vilfredo Pareto tomonidan rivojlantirildi.
V. Pareto 1906 yilda ―Siyosiy iqtisod kursi‖ nomli kitobini nashr ettirdi
19
.
V. Pareto barcha iqtisodiy jarayonlarning o‘zaro aloqadorlik konsepsiyasini
nazariy asoslashga harakat qildi, jumladan L.Valrasning umumiy iqtisodiy
muvozanat va narx nazariyasini ham rivojlantirdi.
L.Valrasdan farqli ravishda V.Pareto iqtisodiy muvozanatni vaqt bo‘yicha
tahlil qildi, shuningdek, ishlab chiqarish funksiyasi koeffisiyentlarining ishlab
chiqarish hajmiga bog‘liq holda variasiyalashuvini ham kiritdi.
V. Pareto iqtisodiy nazariyaga ―befarqlik egri chizig‘i‖ tushunchasini kiritdi.
V.Pareto grafiklar asosida iste‘molchilarning muayyan tovarga nisbatan
munosabatini tovarlarning naflilik darajasini ularning hajmiga bog‘liq holda tahlil
qildi. ‖Befarqlik egri chizig‘i‖ uy xo‘jaliklarining ma‘lum tovarning muayyan
miqdoridan voz kechish hisobiga boshqa tovarlardan xarid qilish qobiliyatini
tushuntirib beradi.
19
V. Pareto (1848-1923)
italyalik iqtisodchi, sosiolog. Daromadlar taqismlanishining ―Pareto prinsipi‖ni fanga
kiritgan. Siyosiy iqtisod kursi (Cours d'économie politique, 1896–1897); Sosialistik tizimlar (Les Systémes
socialistes, 1902–1903); siyosiy iqtisod darsligi (Manuale di economia politica, 1906) muallifi.
22
Shuningdek, V.Pareto daromadlarning taqsimlanishini ifodalovchi ―Pareto
qonuni‖ni ham kiritdi. Ushbu qonunning mohiyati shundan iboratki,
daromadlarning notekis taqsimlanishi daromadlar va ishlab chiqarishning o‘sish
surati aholi sonining o‘sishiga nisbatan yuqori bo‘lgandagina pasayadi.
V. Pareto ham mukammal raqobat sharoitini tahlil qildi. U ―Pareto
optimumi‖ tushunchasini kiritdi. ―Pareto optimumi‖ mukammal raqobat sharoitini
aks ettirib, bu sharoitda makroiqtisodiy muvozanat sodir bo‘ladi. ―Pareto
optimumi‖ quyidagi shartlar bilan izohlanadi:
chegaraviy naflilik narx bo‘yicha barcha tovarlar uchun bir xil;
har bir subyekt uchun uning daromadlari yig‘indisi barcha xarajatlar
yig‘indisiga teng;
muvozanatgacha bo‘lgan holatdagi manfaatlar muvozanatdan keyingi
manfaatlar yig‘indisiga teng;
tayyor mahsulotlar narxi ularning ishlab chiqarish xarajatlariga teng;
Paretoning
makroiqtisodiy
muvozanati
raqobatlashuv
sharoiti
o‘zgarmaganda abadiy davom etgan bo‘lar edi. ―Pareto optimum‖ iqtisodiyotdagi
shunday holatki, bunda hyech bir ishtirokchining vaziyatini ijobiy tomonga
ikkinchisining holatini salbiy tomonga o‘zgartirmasdan imkoni yo‘q. Bu tushuncha
shunday o‘zgarishlarga baho berish uchun foydalaniladiki, unda barchaning
farovonligi yo yaxshilanadi, yoki bozorning biror odami o‘z ahvolini boshqa
odamning ahvolini yomonlashtirmasdan yaxshilay olmaydi. Iqtisodiyotning
―Pareto optimum‖dan keyingi holatini yaxshilash chuqur tarkibiy o‘zgarishlar
orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. V.Paretoning ta‘kidlashicha,
iqtisodiyotning eng mukammal holati va raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘lib, mukammal
raqobat sharoitidagi iqtisodiy muvozanat resurslarning oqilona taqsimlanishiga
olib keladi. Bunda mukammal raqobat sifatida nafaqat narxlarning erkinligi, balki
bozorga kirish va chiqish, barcha uchun foyda olish imkoniyatining mavjudligi
tushuniladi.
V.Pareto ―foydalilik‖ atamasini ―naflilik‖ ―afzallik‖ atamalari bilan
almashtirishni taklif qilgan. Uning fikricha foydalilik aniq miqdoriy ko‘rsatkichlar
bilan o‘lchanadi va qiymatda aks etadi. Naflilik esa nisbiy tushuncha hisoblanib,
uni bir yoki bir nechta manfaat yoki nozu-ne‘matga yoki ularning ma‘lum
guruhiga nisbatan qo‘llash mumkin. Masalan ma‘lum bir tovar ikkinchisiga
nisbatan nafliroq yoki iste‘molchilar uni afzalroq deb qabul qiladi.
F.I. Edjuort
20
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida narx va
ayriboshlash nazariyasini rivojlantirishga sezilarli hissa qo‘shgan ingliz
iqtisodchisidir.
O‘sha davrda alohida xo‘jaliklar tadqiqot obyekti qilib olinar va shu xo‘jalik
jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinar edi. Jamiyatdan mutlaqo
ajralgan shaxs – Robinzon xo‘jaligi mana shunday xo‘jalikning oliy maqsadi, deb
atalardi. Avstriya maktabi kapitalistik xo‘jalikni mana shunday eng oddiy
20
Edjuort Frensis Isidro (1845–1926), ingliz iqtisodchisi. Statistika va iqtisodiy matematika bo‘yicha taniqli olim.
Birinchi bo‘lib fanga ―befarqlik egri chizig‘i‖ tushunchasini kiritgan.
23
elementlarning mexanik yig‘indisi, deb talqin etardi. Umuman iqtisodiyot
qonunlarini o‘rganish uchun alohida olingan bir xo‘jalik (firma, korxona) misolida
shu qonunlarni ko‘rib chiqish yetarli deb hisoblanardi (mikroiqtisodiyot).
Ayirboshlash konsepsiyasining tarafdorlari bo‘lgan F.I.Edjuortning e‘tibori
ko‘proq iqtisodiy nazariyaning raqobat cheklangan va narx diskriminasiyasi bilan
bog‘liq nazariyalarga qaratilgan. Jumladan u oligopoliya nazariyasiga o‘zining
sezilarli hissasini qo‘shgan (Bertran–Edjuort modeli). Edjuort foydalilikning eng
katta darajasini ko‘rib chiqiщda tovar qiymatini aniqlash uchun insonning
buyumga munosabatini, har xil ne‘matlarning foydaliligiga shaxs tomonidan
berilgan subyektiv bahoni tanladi. Iqtisod nazariyasida bunday yondashuv
marjinalistik metod deb ataladi.
U iqtisod nazariyasiga oid zamonaviy darsliklarda ―Robinzon va Iqtisod‖
deb atalgan ajoyib gipotezani kiritdi. Tadqiqotning bu usuli
Dostları ilə paylaş: |