O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

Robinzonada usuli 
degan nom oldi. Shu usul yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy ishlab chiqarish 
munosabatlari chiqarib tashlandi, iqtisodiy toifalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni 
kuchaytirildi, ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soddalashtirildi. Robinzonada usuli 
asosida siyosiy iqtisod tarixiy va sinfiy muayyanlikdan mahrum bo‘lar, unda 
individuallik keng targ‘ib qilinardi. Bu kiziqarli gipotezaga asosan, biron bir 
ne‘mat birligining qimmati mazkur birlik yordamida qondiriluvchi ehtiyojning 
muhimlik darajasi bilan aniqlanadi. Masalan, Robinzon sof gipotetik nuqtai 
nazardan chuchuk suv manbai bo‘lgan odam yashamaydigan orolga tushib qoldi, 
deb faraz qilaylik. Ichish va ovqat pishirish uchun Robinzonga har kuni 3 l suv 
kerak bo‘lsin. Yuvinish, idish tovoq, kir chir yuvish, tomorqani sug‘orish uchun 
unga tag‘in 12 l suv kerak. Binobarin, Robinzon har kuni 15 l suv iste‘mol qiladi. 
Manba har kuni 100 l suv chiqaradi deb faraz qilsak, 85 l suv ortib qoladi. Xo‘sh, 
Robinzon uchun 1 l suvning qimmati qanchaga teng? Ko‘rsatilgan shartlarda u 
nolga yaqin, chunki 1 l suv ishlatilganidan so‘ng tag‘in 99 l suv qoladi, bu esa 
unga kerak bo‘lgan miqdordan ancha ko‘pdir. Endi suvning qurishi natijasida 
manba har kuni atigi 15 l suv bera boshladi, deb faraz qilaylik. Robinzon bu holda 
ham o‘z ehtiyojlarini to‘la qondiradi, ammo endi 1 l suvning yo‘qolishi ham 
ma‘lum muammolar tug‘dirishi mumkin. Manba qurib borgani sari Robinzon 
uchun har bir litr suvning qimmati ortib boradi.
Eng ahamiyatlisi shundan iboratki, Edjuortning ushbu gipotezasi 
oligopoliyaning mohiyatini ochib beradi va bu sharoitda har qanday vaziyat Pareto 
optimumi yoki muvozanatda bo‘ladi.
Agarda bozor ishtirokchilari ko‘p sonli bo‘lsa, u holda narx bo‘yicha raqobat 
vujudga keladi va bozordagi vaziyat mukammal raqobatga intiladi. Sotuvchilar va 
xaridorlar soni cheksiz bo‘lgan mukammal raqobat sharoitida ayriboshlashning 
muvozanatda bo‘lishi doimo sodir bo‘ladi. 
A. Kurno XVIII asrning taniqli olim-iqtisodchisi sifatida tanilgan. A.Kurno 
iqtisodiy nazariyaning matematik maktabiga asos solgan bo‘lib, keyinchalik uning 
ishlari G.G.Gossen
21
, I.G.Tyunen
22
lar tomonidan rivojlantirildi. A.O.Kurnoning 
21
Gossen German Genrix (1810-1858) 

nemis iqtisodchisi, birinchi bo‘lib ―chegeraviy naflilik‖ tushunchasini 
kiritgan. 


24 
ilmiy izlanishlari va tadqiqot natijalari hayot davridayoq tan olindi. Uning asosiy 
ishlari ―Boylik nazariyasining matematik tamoyillarini tadqiq qilish‖ deb 
nomlanib, differensial hisobning iqtisodiy masalalarga tatbiqini o‘z ichiga olgan. 
A.O.Kurnoning jamiyat va iqtisodiyotdagi har qanday jarayonlarning matematik 
tahlil va modellashtirish orqali obyektiq baholash mumkinligini ko‘rsatib berdi. 
A.O.Kurno narxga bog‘liq bo‘lgan 
talab
funksiyasini 
fanga kiritdi va ushbu 
funksiya asosida 
talab elastikligi
tushunchasini ishlab chiqdi. U turli tovarlarning 
narx bo‘yicha talab elastikligi turlicha ekanligini ham ko‘rsatib berdi. Masalan 
birinchi darajali zaruriy mahsulotlar va narsa buyumlarga bo‘lgan talab elastikligi 
pastroq, chunki ularning xaridiga narx sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Talab 
funksiyasining 
uzluksizligi 
bois 
sotuvchilar 
o‘z 
daromadlarini 
maksimallashtirishga harakat qiladi. Shunga ko‘ra tovar birligiga mos keladigan 
narxni differensial hisob (funksiya limiti) orqali aniqlash mumkin bo‘ladi. 
A.O.Kurno bozor tuzilmalarida raqobatning duopoliya, 
monopoliya, 
cheklangan va cheklanmagan 
raqobat turlarini ajratib ko‘rsatdi. Uning ishlab 
chiqqan modeli Kurno modeli deb nomlandi. Ushbu modelga muvofiq 
muvozanatning ideal holati mavjud bo‘lib, unda raqobatlashuvchi firmalar ishlab 
chiqarish hajmini o‘zgartirmaydilar va bunda muayyan tovarning hajmini aniqlash 
mumkin bo‘ladi. 
Raqobat nazariyasining rivojlanishiga angliyalik iqtisodchi A. Marshall ham 
ulkan hissa qo‘shgan. Uning fikricha, ishlab chiqarish yirik firma qo‘lida 
to‘plangan bo‘lsa, bozorda talab va monopol narx o‘rtasida muvozanat yuzaga 
keladi. Bu muvozanat narxda mukammal raqobat sharoitidagi muvozanatga 
qaraganda ko‘proq hajmdagi mahsulot ishlab chiqariladi. A.Marshall bu yirik 
firmaning xarajatlari bozordagi aynan shunday mahsulot ishlab chiqaruvchi ko‘p 
sonli mayda firmalar xarajatlari yig‘indisidan kam ekanligi, sababi yirik firma 
iste‘molchilarni jalb qilish uchun ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaydi, zarur 
bo‘lgan taqdirda esa mayda firmalar qurbi yetmaydigan texnologik o‘zgarishlarni 
va innovasiyalarni amalga oshiradi. Natijada yangilanishlar natijasida qo‘lga 
kiritilgan foydaning hammasiga egalik qiladi.
Shuningdek, monopol firma oddiy sharoitlarda taklif qilinadigan narxga 
nisbatan past narx taklif qilishini, ushbu past narx esa uning eng yuqori foyda 
olishini ta‘minlab berishini ham ta‘kidlab o‘tgan.
Narx A.Marshallning nazariy fikrlari markazini egallagan. U qiymat va narx 
kategoriyalarini umumiy holda olib qaraydi va narxni bozor iqtisodiyotining eng 
muhim elementi, deb hisoblaydi. Marshall obyektiv qiymat kategoriyasini kiritib, u 
muvozanat narxi rolini bajaradi. A.Marshall tadqiqotlarida talab va taklif 
o‘rtasidagi munosabat (birinchilik) qaraladi. Shunday qilib A.Marshall A. Smitdan 
farqli ravishda savdo va sanoat monopoliyalar har qanday sharoitda yuqori narx 
o‘rnatilishiga olib kelishini, xaridorlarning ushbu yuqori narxda ham xarid 
qobiliyati saqlanib qolishini nazariy dalillar bilan isbotlab berdi.
22
Tyunen Iogann Genrix (1783-1850) 

nemis iqtisodchisi, yer rentasi, qishloq xo‘jaligida samaradorlik va 
unumdorlik masalalarini ilk asoslab bergan olim. ―Izolyasiyalangan davlat‖ tushunchasini kiritgan .


25 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin