17
2-BOB: MUKAMMAL VA NOMUKAMMAL RAQOBAT NAZARIYALARI
2.1. Mukammal va nomukammal raqobatning klassik nazariyalari
2.2. Monopoliyaning mohiyati, vujudga kelib sabablari va shakllari
2.3. Oligopoliya tushunchasi, mohiyati va turlari
2.1. Mukammal va nomukammal raqobatning klassik nazariyalari
Raqobatni o‘rganar ekanmiz, uning turlarini va ularga xos bo‘lgan
xususiyatlarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor tizimida raqobatni
mukammal (sof raqobat) va nomukammal turlarga ajratish mumkin.
Mukammal (yoki sof) raqobat shunday raqobatki, bunda bozordagi
sotuvchilar va haridorlarning soni juda ko‘p miqdorda bo‘lib, ular bozordagi
narxga ta‘sir eta olmaydi va monopol mavqyeidan foydalanib, bozordagi
ishtirokchilarni o‘z izmiga yurita olmaydi. Shuningdek bu sharoitda kurash doirasi
juda keng bo‘lib, mavjud tarmoqqa kirish va undan chiqish hamda ushbu tarmoq
to‘g‘risida axborot olish erkinligi kafolatlangan bo‘ladi.
Bunda barcha ishtirokchilar bir xil turdagi tovar va mahsulotlar ishlab
chiqaradilar hamda bozordagi narx talab va taklif asosida shakllanadi. Ammo real
xayotda raqobatning bu ko‘rinishini uchratishimiz kiyin.
Mukammal raqobatning o‘ziga xos tomonlari quyidagilar:
– bozordagi raqobatchilar soni uta ko‘p va ularni birlashtirish imkoni yo‘q,
barcha ishtirokchilar o‘z imkoniyatlari va tavakkalchilik (risk)lari evaziga bozorda
ishtirok etadilar;
– mahsulot bir yusinli - standart, sifat bo‘yicha tafovutlar yo‘q;
– kichik korxonalar juda oz miqdorda ishlab chiqaradilar va ular
o‘zgalarning ishlab chiqarish quvvatlariga va korxonalarga ta‘sir eta olmaydilar;
– tarmoqqa kirib borish uchun xech qanday huquqiy, tashkiliy, moliyaviy va
texnologik cheklashlar yo‘q
– standart mahsulot bo‘lgani uchun narx vositasisiz raqobatni o‘zlashtirish
uchun imkon yo‘q, chunki mahsulot sifati, uni namoyish etish uchun farqlanish
belgilari yo‘q.
Dostları ilə paylaş: