Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari
Korxona qoʻyilgan maqsadlarga koʻra bozordagi hulqning u yoki bu strategiyasini tanlaydi. Bunda korxona salohiyatini boshqarish texnologiyasining oʻzi quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
3)korxona salohiyati rezervlari va yoʻqotishlarini tahlil qilish
4) korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha strategiya va taktikani tanlash;
4) korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha strategiya va taktikani tanlash;
5) tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati - bu korxona ixtiyorida boʻlgan resurslar (mehnat, moddiy, nomoddiy, moliyaviy va boshqalar)ning majmuasi va uning xodimlari va menejerlarining tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq daromad olish maqsadida resurslardan foydalanish qobiliyatidir. Korxonaning iqtisodiy salohiyati toʻrtta asosiy alomatlar bilan taʼriflanadi
Birinchi alomat. Korxonaning iqtisodiy salohiyati - uning iqtisodiy faoliyatning u yoki bu sohasidagi haqiqiy imkoniyatlari bidan belgilanadi.
Birinchi alomat. Korxonaning iqtisodiy salohiyati - uning iqtisodiy faoliyatning u yoki bu sohasidagi haqiqiy imkoniyatlari bidan belgilanadi.
Ikkinchi alomat. Har qanday korxonaning imkoniyatlar koʻproq unda mavjud boʻlgan resurslar va ishlab chiqarishda ishga tushirilmagan rezervlar (iqtisodiy,sotsial)ga bogʻliq.
Uchinchi alomat. Shaxsiy va xorijiy tajriba bizni ishontirishicha, har qanday biznesda muvaffaqiyat uchun resurslarga ega boʻlish zarur.
Toʻrtinchi alomat. Korxona salohiyatini amalga oshirishning darajasi va natijalari (yaratilgan mahsulotlar va daromadlarning hajmi) yana tanlangan tadbirkorlikning shakli va korxonaning unga mos keluvchi tashkiliy tuzilmasi bilan belgilanadi.