28
nuqtalarini tashkil etish bilan izohlanadi. mahsulot differensiasiyasi lokomotiv
tovarga asoslangan bo‘lib, monopolist firmalarning o‘z monopol ekanligini yaqqol
ajratishga harakat qilishini ham bildiradi.
Aynan monopolistik raqobat E.Chemberlinning fikricha zamonaviy
tadbirkorlik faoliyatining natijasidir. Bir turdagi mahsulotlarni ko‘pchilik firmalar
sifat xossasi, iste‘mol xususiyatlarini mukammallashtirish orqali xaridorlar
tomonidan afzal ko‘rishiga erishish E.Chemberlin tomonidan ―odatiy holat‖ deb
qabul qilingan. E.Chemberlin monopoliya va raqobatning o‘zaro tutash va
uyg‘unligini ilgari surgan. Bunda u monopoliyaning iqtisodiy muvozanatni
beqarorlashtirishi, raqobatni bo‘g‘ib qo‘yishini e‘tiborga olmagan.
E. Chemberlin an‘anaviy yondashuvga ko‘ra raqobat va monopoliya
muqobil tushunchalar deb hisoblaydi. Shuningdek, u raqobatning erkinlashuvi
iqtisodiyot subyektlarining o‘zaro kelishib olishi va hamkorlikda ish olib borishini
ham rad etmaydi. Ammo gigant firmalarni ko‘p sonli mayda firmalarga bo‘lib
tashlash ham monopoliyaning barham topishiga olib kelmaydi. Chunki atomistik
raqobat
mahsulot
differensiasiyasini
kuchaytirgan,
mahsulotlar
ishlab
chiqarishning eng yuqori foyda va hajmini belgilab beradigan standartlardan
chetlanib ketishni kuchaytirgan bo‘lardi. Shu bois E.Chemberlin monopol
hukmronlik faqatgina mehnat bozori va kasaba uyushmalarida mavjud bo‘ladi deb
tushuntirgan.
Dostları ilə paylaş: