30
shartlariga javob bermaydi. Mukammal bozorga eng yaqini fermer xo‘jaliklari
mavjud bo‘lganda don bozorlarini keltirishimiz mumkin
28
(2.2.1-jadval).
Monopolistik faoliyat aynan bozor iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan hodisa
emas. Monopolistik faoliyat mamlakatimiz iqtisodiyotida sobiq ittifoq davrida ham
amal qilib kelgan. Sobiq ittifoq davrida mamlakatimizda xom-ashyo bazasiga
asoslangan iqtisodiyot amal qilib keldi. Bu tizim yopiq va o‘z ichki imkoniyatlari
asosida rivojlanishga asoslangan bo‘lib, bunda monopolizm
ayrim korxonalarda
emas, balki xalq xo‘jaligini boshqaruvchi xukumatda o‘z aksini topgan edi.
Mamlakatimizda monopolizmning ma‘muriy-buyruqbozlik shakli davlat mulkiga
asoslangan bo‘lib, na tashkiliy, na boshqaruv nuqta-nazaridan o‘xshash
analogi
mavjud emas edi. Davlat monopoliyasi iqtisodiyotni rejalashtirish va
boshqaruvning barcha pog‘onalari va funksiyalarida iqtisodiy hukmronlik
konsentrasiyasini vujudga keltirgan edi.
Bu davrni ma‘muriy monopoliya deb atash ham mumkin.
Bu hodisa
mamlakatimiz iqtisodiyotiga hanuz ta‘sirini saqlab kelmoqda. Sobiq Ittifoqda xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlari yuqori monopollashuv darajasiga ega bo‘lib, jami
ishlab chiqarishning 60% tashkil etgan. Aksariyat mahsulotlar yagona korxona
tomonidan ishlab chiqarilgan.
Bunda sanoat korxonalarida ishlovchi xodimlar soni rivojlangan
mamlakatlardagi sanoat korxonalaridagi xodimlar soniga nisbatan deyarli o‘n
marta ortiq bo‘lgan. 1987 yilda ishchilar soni 10000 dan ortiq bo‘lgan
yirik
korxonalar ittifoq sanoatining 20,2% yetkazib bergan.
2.2.1-jadval
Dostları ilə paylaş: