213
tashqi savdo biznesini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Ikkinchidan, monopoliyaga
qarshi qonunchilik va raqobat siyosati ko‘pgina sohalar tabiiy monopoliya
bo‘lganligi bois, xalqaro savdo infratuzilmalariga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi.
(transport, yoqilg‘i, aloqa va axborotlashtirish ).
Uchinchidan, monopoliyaga
qarshi qonunchilik va raqobat siyosati milliy bozorlarga xorijiy kompaniyalarning
kirishiga to‘sqinlik qiladi va proteksionizmni rag‘batlantiradi. To‘rtinchidan,
mamlakatlarning xalqaro munosabatlarida monopoliyaga qarshi qonunchilik
me‘yorlarini majburiy qabul qilish va qabul qildirish amaliyoti schrab turadi. Shu
sababli ko‘pgina mamlakatlar monopoliyaga qarshi
qonunchilikka nisbatan
egiluvchan siyosatni amalga oshiradilar.
Shubhasiz, e‘tibordan qoldirmaslik kerakki ko‘pgina mamlakatlarda
monopoliyaga qarshi qonunchilik mavjud emas. Bu esa ushbu qonunchilik
tarafdorlarining monopoliyaga qarshi qonunchilik faqatgina
rivojlangan davlatlar
uchun xosligini isbotlashga urinishlariga asos bo‘ladi. Ammo shuni ta‘kidlash
joizki milliy iqtisodiyotlarning ko‘pchiligi juda kichik bo‘lib ular o‘z milliy ishlab
chiqaruvchilarining raqobatbardoshligini saqlab qolish maqsadida yirik biznes
subyektlarining paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishadi.
O‘rtacha kattalikdagi milliy iqtisodiyotlar uchun esa monopoliyaga qarshi
qonunchilik yirik kompaniyalarning paydo bo‘lishiga va
ularning birlashishiga va
dunyo miqyosidagi yirik kompaniyalar darajasiga chiqishlariga to‘siq bo‘ladi. Bu
esa kompaniyalarning xorijiy kompaniyalar bilan raqibatlashuviga to‘sqinlik
qiladi. Ayrim hollarda monopoliyaga qarshi qonunchilikka asosan ayrim
kompaniyalarning qo‘shilishiga ruxsat berish orqali xalqaro bozorda yirik
raqobatbardosh kompaniya tashkil etilishiga ham imkoniyat paydo bo‘ladi.misol
uchun Tak, 1987 yilda Buyuk Britaniyaning monopoliya Komissiyasi (Monopolies
and
Mergers Commission, MMC) British Airways va British Caledonian
aviakompaniyalarining qo‘shilishi ayrim kichik milliy aviakompaniyalar
faoliyatiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsada, kelgusida ularning qo‘shilishi
kelgusida xalqaro miqyosda raqobatlashuv imkoniyatiga ega mamlakatda eng yirik
kompaniyaga aylanishini ko‘zda tutgan holda ruxsat berdi
131
.
Dostları ilə paylaş: