160
bosh maqsadi tarmoqda radikal innovasiyalar asosida eng yangi mahsulot va yangi
texnologiyalarni joriy etish hisoblanadi. ITTKIga katta xarajatlar sarflanishi,
yuqori malakali mutaxassislar va noyob g‘oyalar eksplerentlarning o‘ziga xosligini
belgilab beradi.
4. Kommutant korxonalar mahalliy bozor sharoitlariga moslashgan, violent va
patiyentlar tomonidan u yoki bu sabablarga ko‘ra o‘zlashtirilmagan segmentlarni
yangi turdagi mahsulotlar yoki texnologiyalar bilan to‘ldirish, yangiliklarni
imitasiya qilish, keng iste‘molchilar guruhi uchun siljitishning innovasion
usullarini qo‘llovchi korxonalardir.
Mayda va ixtisoslashmagan biznes yo‘nalishini tanlagan kommutant
(―sichqon‖) korxonalar rivojlanib kelayotgan va o‘tish davri iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun xos bo‘lib, mahalliy ehtiyojlarni qondirish, yordamchi ishlab
chiqarish orqali yirik korxonalar samaradorligini oshirish, bozor munosabatlari va
raqobat muhitiga muntazam moslashib borish, ishlab chiqarish infratuzilmasini
shakllantirish va chekka hududlarda aholi bandligini oshirishda ahamiyatlidir.
Kommutantlar mahalliy darajada faoliyat ko‘rsatib violentlar, patiyentlar va
eksplerentlar uchun ahamiyatsiz bo‘lgan bozorlarda faoliyat olib borishni ma‘qul
bilishadi. Kommutant korxonalarning innovasiya jarayonida ahamiyati juda katta
bo‘lib innovasiyalar diffuziyasini ta‘minlaydi.
Dostları ilə paylaş: