157
ixtisoslashtirish, raqobat ustunligini ta‘minlash orqali yechimini topishi mumkin
bo‘lgan vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi. Ushbu strategiyalar
tarmoqda resurslar mavjudligi va vaziyatdan kelib chiqqan holda bir vaqtning
o‘zida alohida yoki bir nechtasi birgalikda qo‘llanilishi mumkin.
Korxonalar bozorning talabini aniq tahlil qilgan holda talabga mos jozibador
xizmatlarni taklif etuvchi innovasion strategiyalarini ishlab chiqishlari mumkin.
Strategiyalar xizmatlar sohasi korxonalarining innovasion faoliyati shaklini va eng
samarali harakat dasturlarini belgilab beradi.
Innovasion strategiyalar ko‘plab risklar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni amalga
oshirish ijobiy natijaga erishish imkoniyatini aniqlash murakkab bo‘lgan sharoitda
ishlab chiqiladi. Xizmatlar sohasi rivojlanishining yuqori sur‘atlari, iqtisodiyotning
globallashuvi, innovasion maxsulot va xizmatlarning kirib kelishi sohada
giperraqobat muhitini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: