O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Raqobat nazariyasining evolyusion institusionalizm yo’nalishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

15.2. Raqobat nazariyasining evolyusion institusionalizm yo’nalishi 
1980-yildan boshlab raqobat nazariyasining yangi yo‘nalishi – evolyusion 
institusionalizm, yoki raqobat nazariyasi evolyusiyasi paydo bo‘ldi. Ushbu 
yo‘nalishning taniqli vakillari R.Nelson va S.Uinter ―
Iqtisodiy o’zgarishlarning
e
volyusion tahlili‖ nomli ilmiy tadqiqotlarida ―tashkiliy mutaassiblik‖
– 
tushunchasini kiritib, tashkilot faoliyatida uning a‘zolari tomonidan qo‘llaniladigan 
barqaror turlar, stereotiplar, xulq-atvor taqlidlarini yoritib berdi. Ularning fikricha 
tashklotlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga ularning shakllangan murakkab 
xulq-atvor tamoyillari, ya‘ni mutaassibliklari ta‘sir qiladi. Tashqi muhitga bo‘lgan 
bu tamoyillar firmaning eng samarali strategiyasi sifatida ham olib qaralishi 
mumkin. Shuningdek, tashkilik mutaassiblik elementlari uning o‘ziga xos aktivi 
ham bo‘lib, tashkilotning raqobat ustunligi sifatida qaralishi mumkin. 
XX asrning 90 yillarida xalqaro integrasiya jarayonlarining kuchayishi va 
jahon iqtisodiyotining yuksak darajada globallashuvi iqtisodiyot subyektlarining 
raqobat ustunligi va ularning biznesni yangicha tashkil etish asosida bozordagi 
ustun mavqyeiga erishish raqobat nazariyasining yangi yo‘nalishlaridan biriga 
aylandi. Raqobat nazariyasi bozor, moddiy-resurs va raqobat ustunligining 
institusional, konsepsiyasiga asoslanib rivojlana boshladi. Ushbu konsepsiyalar 
nafaqat iqtisodchi olimlar, zamonaviy iqtisodiy maktab vakillari tomonidan, balki 
strategik menejmnt va marketing sohasining yetakchi mutaxassislari tomonidan 
ham jadal rivojlantirildi. Bular K.R.Makkonnell va L.Bryu, S.Fisher, M.Porter, 
P.Druker, M. Tresi, F. Virsema, B. Vernerfelt, E. Pentrouz, R.M. Grant, S. 
Montgomeri, R. Ramelt, K.K. Praxalad, G. Hamel, J.F.Mur, A.M. Brandenburger, 
B.Dj. Neilbaff, U.Ch.Kim va R.Moborn, K.Kirsner, Yu.B.Rubin va boshqalardir. 
K.R.Makkonnell, L.Bryu, S.Fisher raqobatni tahlil qilishga tuzilmaviy 
yondashuvni qo‘lladilar va bozordagi asosiy to‘rt vaziyatni belgilab berdi. Ular 
bozorni tadqiq etishga funksional yondash asosida to‘rtta tipga ajratib berdilar. Bu 
sog‘lom raqobat, sof monopoliyani namoyon etuvchi nomukammal raqobat, 
oligopoliya va monopolistik raqobatdir. Har bir vaziyat doimiy ravishda raqobat 
ishtirokchilari 
sonining 
kamayib 
borishi, 
mahsulot 
differensiasiyasining 
kuchayishi, tarmoqqa kapital kirib kelishi bilan bog‘liq to‘siqlarning ortib borishi 
bilan izohlanadi. Bunday vaziyatda firmalar o‘z raqobat strategiyalarini talab va 
taklifga bir xil yondashmasdan turli muddatlarga va turlicha shakllantiradilar. 
Bunda firmalar ishlab chiqarish xarajatlariga bog‘liq holda o‘z mahsulotlarini 
turlicha miqdorda ishlab chiqaradilar va turli narxlarni belgilaydi.
Shunday qilib, raqobatga tuzilmaviy yondashuvi xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning bozorning turli vaziyatlarida o‘zaro kurashiga asosiy urg‘u beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin