O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. M. Porterning raqobat modeli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

 
3.1.1-rasm. M. Porterning raqobat modeli 
 
Porter ishlab chiqqan besh raqobatchi kuch modelining oltin qoidasi 
quyidagicha: raqobatchi kuchlar ta‘siri qanchalik zaif bo‘lsa, firmaning tarmoqda 
foyda olish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi. aksincha, raqobatchi kuchlarning 
izchil ta‘sir ko‘rsatib turishi tarmoqdagi hyech bir firmaga yuqori foyda olish va 
kapital kiritish imkoniyatini bermaydi. O‘rtacha foydalilik eng muim raqobatchi 
kuchlarni aniqlash orqali erishiladi. 
Porterning besh raqobatchi kuch modeli ko‘pincha strategik menejmentda 
qo‘llaniladi. Marketing amaliyotida esa SWOT tahlili o‘tkazish jarayonida 
firmaning o‘sish suratiga ta‘sir ko‘rsatuvchi xatarlarni aniqlash, bozorning raqobat 
xaritasini tuzishda keng foydalaniladi. M.Porter tomonidan ishlab chiqilgan besh 
raqobatchi kuch quyidagilar: 
Birinchi raqobatchi kuch: yangi ishtirokchilarning kirib kelish xavfi.
 
Nima 
uchun bozorga yangi ishtirokchilarning kirib kelishi firma uchun xatarli? Odatda 
yangi ishtirokchilar bozorga yangi ishlab chiqarish quvvatlari, yangi 
texnologiyalar, yangi resurslarni olib keladi. Bu esa tarmoq tuzilmasini tubdan 
o‘zgartirib yuborishi, iste‘molchilar xulq-atvorining o‘zagrishiga, yangi 
standartlarning ishlab chiqilishiga, raqobat qoidalari va usullarining o‘zgarishiga 
olib keladi. Yangi ishtirokchilarning ta‘siri tarmoqqa kirishdagi to‘siqlar va 
mavjud ishtirokchilar tomonidan javob reaksiyasi ko‘rsatilish tezligiga bog‘liq 
bo‘ladi. agarda bozorga kirishdagi to‘siqlar va mavjud firmalarning javob 
reaksiyasi kuchli bo‘lsa yangi ishtirokchilarning tarmoq foydasiga da‘vo qilishi 
past bo‘ladi. shu bois firmalarning tarmoqqa kirish va chiqishdagi to‘siqlarni 
to‘g‘ri tanlamog‘i zarur. 
tarmoq 
ichidagi 
raqobat 
yangi 
ishtirokchilarning 
paydo bo'lish 
xavfi 
bozorda 
xaridorlarning 
hukmronligi 
o'rinbosar 
tovarlarning 
paydo bo'lish 
xavfi 
bozorda 
ta'minotchilarnin
g hukmronligi 


57 
Kompaniya o‘z mavqyeini mustahkamlash maqsadida boshqa soha 
korxonasining qo‘shib olinishini qisman boshqa sohaga ham kirib kelish deb atasa 
bo‘ladi, lekin bunda yangi korxona tuzish ko‘zda tutilmaydi. Sohaga kirib 
kelishdagi xavf darajasi raqiblarning bunga bo‘lgan munosabati bilan birga sohaga 
endiga kirib kelgan shaxslarning bir qancha to‘siqlarga duch kelishi bilan 
belgilanadi.
M.Porter tarmoqqa kirishdagi eng muhim to‘siqlar sifatida quyidagilarni 
ajratib ko‘rsatadi:
Miqyos samarasi.
Ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo‘lsa, masulot 
birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar miqdori kam bo‘ladi. Yangi ishtirokchilar 
bozorga deyarli ulkan ishlab chiqarish miqyosi bilan kirib kelmaydi. Bu esa 
tarmoqqa kirishdagi eng asosiy to‘siqdir. 
Mahsulot differensiasiyasi va savdo belgisining nufuzi.
Firmalarning 
tarmoqda ishlab chiqaradigan tovar va xizmatlarining turi qanchali ko‘p bo‘lsa, 
bozorning egallanmagan nishasi shunchalik kam bo‘ladi. 
Kapitalga ehtiyoj.
Tarmoqqa kirishda talab etiladigan dastlabki kapital 
qo‘yilmalar hajmi qanchalik katta bo‘lsa, firmalarning kirib kelishi kamroq 
bo‘ladi. 
Doimiy xarajatlarning yuqoriligi.
Firmalarning ishlab chiqarishga 
sarflaydigan doimiy xarajatlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, yangi ishtirokchilar 
tarmoqqa kirishning dastlabki davrlarida yuqori foyda olish imkoniyatidan 
mahrum bo‘ladi 
Aloqa 
va 
taqsimot 
kanallaridan 
foydalanish 
imkoniyati.
Yangi 
ishtirokchilarning maqsadli auditoriya bilan bog‘lanishida aloqa va taqsimot 
kanallari muim hisoblanadi. Maqsadli auditoriya bilan dastlabki davrlarda samarali 
aloqa o‘rnata olmaslik va tovarlarni samarali taqsimlash imkoniyatining kamligi 
firmalarning tarmoqqa kirishida muammolarni keltirib chiqaradi. 
Hukumat siyosati. 
Tarmoqda erkin faoliyat olib borishning davlat tomonidan 
cheklanishi, tarmoqda ishlib chiqariladigan mahsulotlarga nisbatan qat‘iy shart va 
standartlarning mavjudligi, davlat ulushining ko‘pligi tarmoqning yangi 
ishtirokchilar uchun jalb etuvchanligini sezilarli darajada pasaytiradi. 
Qo’shimcha xatarlar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin