3.2. M.Porterning raqobatchi kuchlar nazariyasi (Porter’s five forces
analysis)
M.Porterning raqobat konsepsiyasiga ko‘ra bozorda firmaning foyda
darajasini belgilab beruvchi beshta harakatlantiruvchi kuch mavjuddir. Modeldagi
har bir kuch tovar raqobatbardoshligining muayyan darajasini o‘zida namoyon
55
qiladi. Bular quyidagilar:
– yangi raqiblarning kirib kelishi;
– bozorda xaridorlarning hukmronligi;
– bozorda ta‘minotchilarning hukmronligi;
– o‘rinbosar tovarlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar;
– tarmoqdagi raqobat yoki raqobat kurashining saviyasi (darajasi).
Maykl Porter bozorning bu elementlari raqobatni harakatga keltiruvchi kuch
deb hisoblaydi. Shu bois ushbu model Porterning besh raqobatchi kuch modeli deb
nom olgan.
Raqobatning hamma besh turi birlashib, sohadagi raqobat jadalligi va
serdaromadliligini belgilaydi. Bunda strategiyani shakllantirish nuqtai nazaridan
hal qiluvchi omillar yanada mustahkam kuchga ega bo‘ladi. Masalan, sohada
mustahkam o‘ringa ega bo‘lgan kompaniya, sohaga yangi raqobatchilarning kirib
kelishi xavfi bo‘lmagan taqdirda ham, agar arzon substitutlar bilan ro‘baro‘ kelib
qolsa, kam daromad ko‘raveradi.
Substitutlar yo‘q bo‘lgan yoki sohaga qo‘shimcha ishtirokchilar kirishining
oldi olingan bo‘lsa ham amaldagi raqib kompaniyalar o‘rtasidagi raqobatchilik
ham kutilayotgan daromadni pasaytirib yuboradi. Intensiv raqobatning ekstremal
holati sifatida iqtisodchi olimlar tomonidan yaratilgan raqobat modeliga qarash
mumkin. Unda sohaga kirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarning yo‘qligi, amaldagi
kompaniyalarning xaridor va yetkazib beruvchilarga nisbatan bozorga oid
ustunlikka ega emasligi, raqobatga halaqit beruvchi jihatlarning mavjud emasligi
ko‘rsatilgan.
Tarmoqning raqobat tahlili raqobat kuchlarining izchilligi va namoyon
bo‘lish xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. bunday tarmoqni vujudga keltirish
yoki izlab topish firmalar uchun raqobatning salbiy ta‘siridan holos bo‘lishga
yordam beradi.
|