53
3-BOB: RAQOBAT KUCHLARI NAZARIYASI
3.1. Raqobat kuchlari nazariyasi
3.2. M.Porterning raqobatchi kuchlar nazariyasi (Porter’s five forces
analysis)
3.1. Raqobat kuchlari nazariyasi
A.Smit davridan buyon bozor munosabatlari nazariyasi sezilarli darajada
o‘zgarishlarga yuz tutdi. Nafaqat nazariy tadqiqotlar bazasi,
shunidek amaliy
tadqiqotlar va ishlar ham rivojlantirildi. Keyingi yarim asr mobaynida raqobat
muammolariga qaratilgan tadqiqotlar orasida M.Porter
30
ning raqobatchi kuchlar
nazariyasi (Porter‘s five forces analysis) juda mashhur bo‘lib ketdi. Mazkur
nazariya mavjud muammolarning yechimi emas, hattoki raqobat yagona nazariyasi
ham emas. Bugungi kunda uning yordamida raqobat muhitini tahlil qilish va
harakat strategiyasini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. M.Porter nazariyasi
amaliyotda
Royal Dutch Shell, DuPont, Procter&Gamble va boshqa yirik
kompaniyalar o‘z amaliyotida samarali qo‘llagan.
Raqobatning besh kuchini M. Porter 1979 yilda nazariy asoslab berdi.
M.Porter ushbu raqobatchi kuchlar yordamida har bir tarmoqqa xos bo‘lgan
raqobat ustunligini yaratish va firmaning uzoq muddat foyda olishini, shuningdek
firmalarning
uzoq
muddat
o‘z rentabelliklarini saqlab qolishlari va
raqobatbardoshligini ta‘minlash mumkinligini izohlab berdi.
Strategiyani ishlab chiqishdan maqsad firmaning raqobat muhitiga
moslashuvidir. Biroq, bugungi kunga qadar ham raqobatga
nisbatan juda tor va
yuzaki yondashilib kelinadi. Bunda tarmoqdagi raqobat izchilligini tasodifiy
vaziyatlar to‘qnashuvi, voqyealarning bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishi yoki
omadsizlik deb qarash noo‘rindir. Raqobat strategiyasining tub mohiyatini anglash
uchun kompaniya faoliyati va uni o‘rab olgan muhitni solishtirish muxim rol
o‘ynaydi. Albatta, sohaga aloqador muhit keng tushuncha bo‘lib, ham iqtisodiy,
ham ijtimoiy jihatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Firma faoliyatini o‘rab olgan
muhit deganda esa, u raqobatlashayotgan soha yoki sohalar tushuniladi.
Aniq bir sohaning tuzilmasi firmaning raqobat borasidagi ―o‘yini‖
qoidalarini, uning strategiyasi variantlarini belgilab beradi.
Sohadan tashqarida
bo‘lgan kuchlar bunda nisbiy rol o‘ynaydi, chunki tashqi vositalar (kuchlar) odatda
sohaning barcha firmalariga ta‘sir ko‘rsatadi. Muammoning hal etilishi esa
firmalarning bunday kuchlar bilan o‘zaro hamkorlik qila olishi layoqatiga bog‘liq.
Sohadagi raqobat jadalligini tasodifiy holat yoki muvaffaqiyatsizlik deb bo‘lmaydi.
Aksincha, sohadagi raqobat uning iqtisodiy tuzilmasi mustahkam bo‘lganida va
boshqa raqobatchilardan anchayin ilgarilab ketganida yuzaga keladi. M.Porter
ushbu nazariyani quyidagicha izohlaydi:
30
Maykl Yudjin Porter (1947 y)
AQSh iqtisodchisi, Garvard biznes maktabi professori, xalqaro bozorlar,
mamlakatlararo va mintaqalararo raqobat muamolari bilan shug‘ullanadi. Iqtisodiy fanga ―mamlakatlarning raqobat
ustunligi‖, raqobatbardoshlikni baholash metodikasi nazariyasini kiritgan.
54
–
raqobatning kuchlari ta‘siri va ularning muhimliligini aniqlashga kompleks
yondashish imkoni mavjud;
–
barcha pog‘onadagi menejerlar faoliyatini kompaniya maqsadi va unga
erishish yo‘llariga yo‘naltirish.
–
kompaniya faoliyatining shaffofligiga erishish. M.Porterning
fikricha
raqobat strategiyalari hyech qachon yashirin tusga ega bo‘lmasligi, raqiblar
kompaniya strategiyasidan xabardor ekanligi ahamiyatga ega emas. Biroq
menejerlarning bu boradigi harakatlari muhim hisoblanadi.
–
intuitiv yondashish muhimligining ko‘rsatib berilganligi. Raqobat
kuchlariga qarshi turish intuitiv tusga ega bo‘lishi va ko‘p jihatdan spontan
bo‘lmog‘i lozim.
–
vaqt bo‘ylab o‘zgaruvchanlikning ta‘minlanganigi. Raqobat kuchlari
tasodifiy xarakterga ega va muayyan vaqt oralig‘ida tuzatib turilishi talab etiladi.
M. Porter raqobatning barcha darajalarida
ijobiy va salbiy raqobat
tushunchalarini qo‘llaydi. Ijobiy raqobatga misol qilib muntazam ravishda tovar va
xizmatlarning sifatini yaxshilab boruvchi kompaniyalarni keltirishimiz mumkin.
―Raqobat strategiyasini ishlab chiqish mohiyatan kompaniyaning qanday
raqobatlashuvi, uning maqsadi va bunda qaysi vositalar va tadbirlardan
foydalanishini aniq belgilab olishdan iboratdir‖. M.Porter shuningdek klaster
nazariyasini ommalashtirgan olim hamdir. U kompaniyalar raqobatbardoshligi
ko‘p jihatdan klaster ichidagi bazaviy shart-sharoitlarga va iqtisodiy muhitga
bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berdi. M.Porter ta‘limotining asosiy xarakterli jihati
bozor munosabatlari sharoitida kompaniyaning mustaqilligini ta‘minlash,
bozordagi hukmronlikka chek qo‘yishdir. Bu kompaniyalar
tomonidan bozordagi
strategiyani va faollikni ta‘minlab, ―tirik qolishini‖, ijobiy samaraga erishishini,
muntazam ravishda o‘zgarib turuvchi tashqi muhitga moslashuvchanligiga
yo‘nalganlikni ta‘minlaydi. Kompaniyalar xavotirsiz ishlashda davom etadilar va
bozorda xavfsizlikni ta‘minlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirish bilan
shug‘ullanadilar. Shuningdek, M.Ye.Porter bozor
munosabatlari sharoitida
kompaniya atrofida har doim raqiblar yoki dushmanlar bo‘lmasligini, xo‘jalik
yurituvchi subyektlar o‘zaro bog‘liq holda iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish
kerakligini ilgari suradi. Bundan, kompaniyalarning o‘zaro hamkorlikni yo‘lga
qo‘yishi nafaqat ular faoliyatining yakuniy natijasiga, balki yangi qiymat yaratish
maqsadida hamkorlikni ko‘zda tutuvchi ijobiy raqobatlashuv yoki vayronakorlikka
olib keluvchi salbiy raqobatlashuvga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu bilan bozor
subyektlari nafaaqat yuqori foyda olish va o‘zaro raqobatlashuvi, balki tarmoqdagi
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini ham e‘tiborga olishi shartdir.
Dostları ilə paylaş: