SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Reja:
9.1. Mamlakatni barqaror rivojlantirishda milliy iqtisodiyotning
raqobatdoshligini ta’minlash masalasi
9.2. Mamlakat va milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta’minlash
borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar
9.3. Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta’minlash shartlari
9.1. Mamlakatimizni barqaror rivojlantirishda milliy iqtisodiyotning
raqobatdoshligini ta’minlash masalasi
Jahon
bozorlaridagi
beqarorlik
sharoitida
mamlakatimizni
barqaror
rivojlantirish vazifasini hal etishda iqtisodiyotning raqobatdoshligini ta‘minlash
masalasi ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Ma‘lumki, iqtisodiyotning raqobat ustunligi turli shakl va darajalarda
namoyon bo‘ladi. Bular:
– milliy mahsulotlarning raqobat ustunligi – uning sifati va narxiga ko‘ra shu
turdagi boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotidan ustunligi bilan belgilanadi;
– milliy korxona (firma)larining raqobat ustunligi – turdosh, raqobatlashuvchi
korxonalarga nisbatan bir xil yoki o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni iste‘mol
xarakteristikalari bo‘yicha sifatli va pastroq narxlarda ishlab chiqarish hamda
yetkazib berish imkoniyati bilan belgilanadi. Shveysariyaning Davos shahrida har
yili bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumi firmalarning raqobat ustunligini
resurslar (mamlaktda korxona mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi uchun
resurslarning mavjudligi,hajmi va sifati), tashqi raqobat, talab va tarmoqlararo
aloqalar asosida aniqlashni taklif qiladi. Xuddi shu holda tarmoqlarning raqobat
ustunligiga baho bersa bo‘ladi;
– iqtisodiyot tarmoqlarining raqobat ustunligi;
– milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligi – sog‘lom raqobat muhitida jahon
bozori talablarini qondiruvchi, iqtisodiy o‘sish va turmush sifatini oshirishni
ta‘minlaydigan tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, hamda uzoq
muddat iqtisodiy o‘sishning yuqori sur‘atlarini ta‘minlab turish qobiliyati bilan
belgilanadi;
– mamlakatning raqobat ustunligi – milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligi
tushunchasi bilan bir tushuncha bo‘lib, IMD (Lozannadagi Menejmentni
rivojlantirish instituti) tomonidan berilgan ta‘rifga ko‘ra mamlakat va millatning
raqobat kurashida muvaffaqiyat qozonadigan iqtisodiy faoliyatni vujudga
keltirishga qodir muhitni yaratish, ta‘minlab turishi va rivojlantirish qobiliyatidir.
Bunda unda davlatning raqobat ustunligini ta‘minlashdagi roli kattaligi va faol
bo‘lishi zarurligi o‘z aksini topgan. Chunki siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni
ta‘minlash, faol monetar va fiskal siyosat olib borish, iqtisodiyot va moliya
sohasini tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyotining
tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, uni modernizasiya qilish, infratuzilma
148
tarmoqlarini rivojlantirish, ta‘lim sohasini isloh etish raqobatbardosh biznesning
yuzaga kelishini kafolatlaydi.
Hyech bir mamlakat yoki uning iqtisodiyoti barcha sohalar bo‘yicha raqobat
ustunligiga erisha olmaydi. Mamlakatlar darajasida raqobat ustunligi milliy
iqtisodiyotda yetakchi tarmoqlarning konsentrasiyalashuvi natijasida vujudga
keladi. Masalan, Yaponiyada yirik avtomobilsozlik firmalari (―Nissan‖, ―Toyota‖),
maishiy texnika (―Sony‖, ―Panasonic‖) joylashgan, AQShda kompyuter firmalari
(―IBM‖, ―Apple‖), Shvesariyada farmasevtika firmalar (―Novartis‖, ―Nycomed‖,
―Roche‖) joylashgan. Ularning mahsulotlari yetakchi firmalar tomonidan yetkazib
beriladi. Shu tarzda firmalar o‘rtasida o‘ziga xos aloqalar shakllanib, iqtisodiy
klaster vujudga keladi.
Xalqaro iqtisodiy Forum ekspertlari milliy iqtisodiyot yoki mamlakatning
raqobat ustunligini aniqlashda mingga yaqin ko‘rsatkichdan foydalanishni taklif
qilgan. Ularning eng muhimlari sanoatning rivojlanganligi, moliya tizimining
barqarorligi, inson kapitali, tabiiy resurslar va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikdir.
Mamalakatlarning raqobat ustunligini aniqlashda ushbu mamlakatlar
iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi va yo‘nalishi ham muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatning raqobat ustunligini aniqlashda ular quyidagi uch guruhga ajratib
olinadi:
Ishlab chiqarish omillari (factor – driven economy)ni o’zlashtirishga
asoslangan milliy iqtisodiyotlar
. Bu guruhga asosan xomashyo, ishchi kuchi va
tabiiy resurslarga boy mamlakatlar kiritilib, bugungi kunda 37 ta mamlakat
kiritiladi.
Bular
asosan
Afrika,
Lotin
Amerikasi
(Boliviya,
Gaiti),
MDH(Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston), Hindiston, Pokiston, Vyetnam, Yamen,
Nepal va boshqa ―uchinchi dunyo‖ mamlakatlari kiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga asoslangan milliy iqtisodiyotlar
.
Bu guruhdagi mamlakatlar muntazam ravishda ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish, mahsulot sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirishga harakat qilishadi.
Ushbu mamlakatlarda samaradorlikning yuqoriligi bois ish haqining oshirilishi
mahsulot narxining oshishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Bu guruhga bugungi kunda 28
mamlakat (Xitoy, Albaniya, Kolumbiya, Indoneziya, Tailand va boshqa
rivojlangan davlatlar) kiritiladi.
Innovasiyalarga asoslangan milliy
iqtisodiyotlar
. Ushbu guruhdagi
mamlakatlarda turmush darajasi va yuqori ish haqi innovasiyalar asosida
ta‘minlanadi. Bu mamlakatlarning raqobat ustunligi eng avvalo yangi
texnologiyalar va innovasiyalarga asoslanadi. Ushbu guruhga bugungi kunda 35
rivojlangan mamlakatlar (Yaponiya, AQSh, YeI mamlakatlari, Janubiy Koreya,
Malayziya, Singapur) kiritiladi (9.1.1-rasm).
|