9-MAVZU
HOZIRGI ADABIY JARAYON VA TARIXIY
ROMANCHILIK
REJA:
1.Istiqlol davrida tarixiy romanchilik taraqqiyoti.
2.Tarixiy romanlar va ularning xususiyatlari.
3.Tarixiy romanda tarixiy shaxs obrazi va badiiyati.
4.Istiqlol
yillaridagi
tarixiy
romanlarga
bir
nazar
(A.Dilmurodning ―Mahmud Tarobiy‖, ―Pahlovan Mahmud‖,
Muahammad Alining ―Sarbodorlar‖, ―Ulug‗ saltanat‖, Xayriddi
Begmatning ―Devona Mashrab‖, Saydulla Ziyoevning
―Yassaviyning so‗ngi safari‖).
Tayanch iboralar:
tarix, zamon, roman, hayot, haqiqat,
talqin, istiqlol, tarixiy romn, taraqqiyot, adabiy tanqid.
Bu davrga kelib roman janri jiddiy o‗zgarishlarni
boshdan kechirdi. Jamiyat hayotida ro‗y berayotgan voqealar
tezligi, zidiyatlari, ko‗lami bilan romannavislarni biroz shoshirib
qo‗ydi. Aslida roman operativ, hozirjavob janr emas. U
voqealarning tinishi, saragi sarakka, puchagi puchakka
ajralishini kutadi, voqelik ustida jiddiy mulohaza yuritishni talab
qiladi. Shu boisdan istiqlol davrining ilk bosqichida romanjanri
o‗z o‗rnini adabiyotning hozirjavob, chopqir janrlari bo‗lgan
she‘riyat va publitsistikaga bo‗shatib berdi. O‗zi esa ro‗y
berayotgan voqea-hodisalarni jiddiy kuzata va tinishini kuta
boshladi. Romanga bo‗lgan ehtiyojni qondirish uchun jahon
adabiyotining eng yaxshi namunalari tarjima qilinib, targ‗ib etila
boshlandi. B.Pasternakning "Doktor jivago", A.Ribakovning
"Arbati bolalari", N.Dumbadzening "Abadiyat qonuni",
Ch.Aytmatovning
"Asrga
tatigulik
kun",
"Qiyomat",
M.Bulgakovning "Usta va Margarita", Markesning "Yuz yil
130
tanholikda" kabi o‗z vaqtida nashr etilmagan romanlar shular
jumlasidandir.
80-yillarning 2-yarmidan boshlab, roman janri rivojida
jiddiy yangilanish belgilari ko‗zga tashlana boshlandi. Isteododli
yozuvchi O‗.Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar", M.M.
Do‗stning "Lolazor", O.Yoqubovning "Adolat manzili"
romanlari adabiyotimizda yangi sahifa ochdi. Bu romanlar
haqida ma‘lumot beraman. Shundan so‗ng, birin-ketin
E.Samandarovning "Daryosini yo‗qotgan qirg‗oq", "Tangri
qudug‗i", U.Nazarovning "Chayon yili", M.Mansurovning
"Mangu jang", "Gunohi azim", O.Muxtorning "Egilgan bosh",
"Ming bir qiyofa", "Ko‗zgu oldidagi odam", T.Murodning
"Otamdan qolgan dalalar" romanlari dunyoga keldi va katta
e‘tibor qozondi.
Istiqlol davriga kelib, tarixga munosabat o‗zgardi. Endi
adiblardan tariximizni ro‗y-rost, bezak va qora bo‗yoqlarsiz
tasvirlash talab qilina boshlandi. Bu talabga tarixnavis
adiblarning to‗rtinchi avlodi "labbay" deb javob berdi. Ular o‗z
oldida tarixiy mavzuda ko‗plab talantli asarlar yaratish vazifasi
turganligi hal qilinishini kutib turgan muammolar borligini
anglab yetdilar va ularni hal etishga astoydil kirishdilar. Chunki
xalqimiz uzoq tarixda ko‗rsatgan jasoratlari, qahramonligi
to‗g‗risida hali yetarli so‗zlab berilgani yo‗q. Zero, adib I.Rahim
kuyinib yozganidek, "Adabiyotimiz xalqimizning tarixi oldida,
o‗tib ketgan qahramonlarimiz ruhi oldida va hozir ham ibrat
bo'lib yashayotgan qsha davr pahlavonlari oldida katta qarzdor
bo‗lib kelmoqda. Bu qarzni uzishni ham Vatanni himoya
qilishdek jangovr burchimiz deb" bilishimiz lozim.
Biz tariximizni sevamiz, hurmat qilamiz, usiz yashash
qiyin. Chunki R.Hamzatov aytganidek, o‗tmish xalqimizning
131
shahodatnomasidir. Ma‘lumki,tariximizning sahifalari qonli
fojialar va dahshatli dramalarga ham boydir. Biz albatta, ana shu
fojia va dramatik holatlarni ham, ularni yenggan, omon chiqqan,
o‗zining ulug‗vor va oliyjanob ruhini asrab qololgan, har doim
adolat, haqiqat, ezgulik tantanasi uchun kurashgan, ularning bir
kun emas, bir kuni albatta barqaror bo‗lishiga qattiq ishongan
ajdodlarimizning nurli yo‗lini, otimizmini, barkamol, sog'lom
irodasini ham ko‗rishni istaymiz. Shuning uchun tarixiy
asarlarni
mutolaa
qilganda
ulardagi
ijtimoiy-tarixiy
jarayonlarning markazida turgan yengilmas ajdodlarimiz qudrati
va irodasini qidiramiz. Chunki tarix g'ildiragini xalq
harakatlantiradi.
Tarixiy roman janri xususida fikr yuritar ekanmiz,
dastavval A.Qodiriyni, Oybekni esga olamiz. Har ikki tarixiy
romannavis adabiyotida o'ziga xos yo‗nalishni boshlab
berganlar. Agar A.Qodiriyning "O‗tgan kunlar" va "Mehrobdan
chayon" romanlari markazida asosan tarixiy voqealar tursa,
Oybekning "Navoiy" romanida tarixiy shaxs birinchi o‗ringa
chiqdi. Tarixnavis adiblarning 3-to‗lqini har ikki ustoz
san‘atkorlarning an‘analarini uyg'unlashtirib tasvirlashdi va
natijada tarixiy roman 70 yillarda yuqori bosqichga ko‗tarildi.
Bu parvozda O.Yoqubov, P.Qodirov, Mirmuhsin, M.Qoriyev
kabilarning xizmati katta bo'ldi.
Tarixga murojaat qilishning o'ziga xos murakkab
tomonlari bor. Avval yozuvchi qalamga olinayotgan davrni
chuqur o‗rganishi, tarixiy haqiqatga tqla amal qilishi, ayni
paytda tarixiy shaxslar hamda voqealarning zamonaviy ruhini
aniqlab olishi va haqqoniy tasvirlashi lozim. Tarixiy materiallar
ipi zamon bilan uzviy bog'lanmas ekan, binobarin, u o'z ruhi,
g'oyasi bilan bugungi kunimizga xizmat qilmas ekan, bunday
132
tarixiy asar o'z vazifasini uddalay olmagan bo'ladi. Mustaqillik
bergan imkoniyatlardan foydalanib tarixnavis adiblarning 4-
to‗lqini mamlakatimiz tarixining shu paytgacha qorong'i bo'lib
kelgan tomonlarini yoritishga kirishdilar. Bular orasida
M.Alining "Sarbadorlar", B.Ahmedovning "Amir Temur" nomli
xronologik, M.Karimning "Mohlaroyim", M.Qoriyevning "Ibn
Sino",
X.Begmatning
"Mehrig'onim
qaydasan?",
A.Dilmurodning "Maxmud Torobiy" singari romanlari e‘tiborga
loyiqdir. Zero, tarixda ham, adabiyotda ham unutilganlar, oq
dog'lar qolmasligi uchun harakat boshlandi. Bir paytlar
yakkahokim kompartiya "qtmishni ideallashtirish, noinsofiy va
notarixiy yondashishga, Temur kabi feodal zolimlar teatr
sahnalarida, kino ekranlarida, kitoblar sahifalarida shu vaqtga
qadar ko'zga tashlanib turishiga" chek qo'ygan edi. Tarixiy
voqealar va shaxslarning paydo bo'lishi "ayrim yozuvchilarning
mulohazasizligi, tarix haqiqatiga zid ish tutishi" deb
bahalanardi.
Shukurki, istiqlol bunday cheklashlarga barham berdi.
Dastlab
buyuk
bobokalonlarimizni
g'ubordan
tozalash,
tariximizga xolisona yondashish boshlandi. Mamlakatimizda
ulutlarimizni ulug'lashga, buyuk zotlarning yubileylarini katta
tantanalar bilan nishonlashga alohida eotibor berildi. Har yili
biron bir tarixiy shaxsning ilmiy-ijodiy, ijtimoiy-siyosiy merosi,
faoliyati yil davomida chuqur qrganila boshladi. Amir Temur
yili, Yassaviy yili, Ulug'bek, Bahovuddin Naqshband,
"Alpomish" dostoni, Jaloliddin Manguberdi yubileylari shular
jumlasidandir. Amir Temur hayoti va faoliyati to'g'risida tarixchi
olim, akademik B.Ahmedovning "Amir Temur" nomli tarixiy-
xronologik romanining dunyoga kelishi katta voqea bo'ldi. Unda
muallif buyuk tarixchi, Amir Temur yurishlari va davlatning
133
boshqarishining tirik guvohi bo'lgan Sharafiddin Ali Yazdining
"Zafarnoma" asari asosida voqea-hodisalarga yondashadi. Amir
Temur va sarbadorlar munosabiti to'g'risida M.Alining
"Sarbadorlar" delogiya romani yaratildi. Unda sohibqiron Amir
Temurning Turkiston tuprog'ida birinchi bo'lib mo'g'ullarga
qaqshatqich zarba bergan sarbadorlarga xayrixohligi haqqoniy
tasvirlangan.
Xullas,
mustaqillik
tariximizga
noxolis
yondashish, uni bo‗yab, bezab ko‗rsatish tamoyillariga barham
berdi.
Bu davrda ko'proq zamonaviy mavzuda romanlar yaratildi.
Bu romanlar orasida ayniqsa, T.Murodning "Otamdan qolgan
dalalar", O.Muxtorning "Egilgan bosh", "Ming bir qiyofa",
"Ko'zgu oldidagi odam", "Ffu", "Tepalikdagi xaroba", "Ayollar
mamlakati va saltanati" kabi romanlari mashhur bo'ldi.
Omon Muxtor hozirgi adabiy jaryon - istiqlol davri
adabiyotining eng sermahsul adibi sifatida shuhrat qozondi. U
qisqa muddatda oltita roman yaratdi. Bu romanlar son jihatidan
adibga shuhrat keltiribgina qolmadi, ayni paytda bu
romanlarning shakli va mazmunidagi talay yangiliklar adabiy
jamoatchilik eotiborini tortdi. O.Muxtor ijodi asardan-asarga
qayralib borayotganligi bilangina emas, balki har bir romanining
shaklining o'ziga xosligi, nutqiy ko'rinishlarining rang-
barangligi,
syujet
va
kompozitsiyasining
betakrorligi,
qahramonlarining
yangiligi,
orginalligi,
fikrlashi
va
duyoqarashining o'ziga xosligi, xulosalarining muhimligi bilan
ajralib turadi. Uning romanlari badiiy adabiyotning bosh mezoni
- shartlilik asosiga qurilgani, bayon manerasining yangiligi,
voqealarning hayotiyligi, ayni paytda hayotda ro'y berishi
mumkin bo'lmagan uydirmalar bilan chatishib ketishi,
syujetning shiddatli davom etishi, kutilmagan almashinuvlar
134
zanjirining o'zaro bog'liqligi bilan qimmatlidir. Adabiy madaniy
merosimizni
o‗rganish,
anglash
va
tadqiq
etish
adabiyotshunosligimizning asosiy vazifalaridan biridir. Badiiy
adabiyotda insoning badiiy jihatdan mukammal obrazini
yaratish eng murakkab masalalardan biridir. Adabiyot va san‘at
jamiyat hayotida ma‘lum o‗rinni egallay boshlagan davrlardan
boshlab insonni talqin qilishga, uning ijtimoiy hayotdagi o‗rinni,
ruhiy dunyosidagi o‗zgarish va qarama- qarshiliklarni badiiy
tadqiq qilishga intilib kelgan. Inson ruhiyatidagi ziddiyatlar,
ijtimoiy muhit, qishloq hayoti kabi hayot voqyeligini tadqiq
etgan iste‘dodli romannavislardan biri Odil Yoqubovdir. Adib
«Ko‗hna dunyo», «Ulug‗bek xazinasi», «Adolat manzili»,
«Diyonat», «Oq qushlar oppoq qushlar» romanlarining
muallifidir.
Yozuvchi Odil Yoqubovning tarixiy mavzudagi ijodiy
izlanishlari
jiddiy
muvaffaqiyatga
olib
keldi.
Voqyea
hodisalarni va xarakterlarni chuqur tahlil qilish, tasvirda
yangilikka intilish natijasida adibning barcha asarlari adabiy
tanqidda o‗ziga xos tarzda baholangan. Odil Yoqubov
romanlari milliy romanchiligimiz poetikasiga qator yangiliklar
olib kirdi. «Ko‗hna dunyo» romanida jahon madaniyatini
yuksalishida o‗z hissasini qo‗shgan mutafakkirlar Abu Rayhon
Beruniy, Ibn Sino haqidagi badiiy asarlardan biridir. Asar o‗z
davrida adabiyotshunos S. Mamajonov,
1
A. Kattabekov
2
, U.
Normatov
3
, Z. Rahimjonov
4
lar kabi olimlar tomonidan tahlil
qilingan. «Ko‗hna dunyo» romani tariximiz sarhadlarini, yetuk
iste‘dod sohiblarining hayotini asos qilib olgan. Shuningdek,
asarda yozuvchining ichki iztiroblari, ijtimoiy qarama-
qarshiliklar adib ovozi orqali yanada yorqinroq namoyon
bo‗ladi:
135
«…gumrohlarni insof va adolat yo‗liga solaman deb
umrining eng ma‘sud damlarini yo‗qotdi, shu niyatda hatto
ularga vazirlik ham qilib ko‗rdi, biroq, hayhot, shon- shuhrat
ishqida yongan bu johil hokimlarning tuban istaklari oldida
uning ezgu orzulari bamisoli toshga tekkan oynaday chil-chil
sindi»
5
. Bu satrlar orqali Ibn Sino qalbidagi iztiroblarni yuzaga
chiqargan. Chunki Ibn Sino hakim sifatida tanilgan bir davrda
Buxoro va Samarqandni yakson qilgan o‗ziga bo‗ysindirgan
Mahmud Sultonni davolash uchun taklif qiladi. Asar
qahramonning ruhiyatidagi iztiroblar yorqin lavhazlarda o‗z
ifodasini topgan. Vatan sog‗inchi, darvishlik, ilm o‗rganish
borasidagi o‗zga ellardagi hayotini do‗sti Shokalon o‗rtasidagi
suhbat orqali yoritadi: «… Muroding qorin to‗ydirmoq bo‗lsa…
yo anov qishloqqa, yo rabotga bor,-dedi hamon Ibn Sinodan
nigohini uzmay.
-
Olloga hamdu sano o‗qib, rizq-ro‗zingni terib ye!
Sabab, bu qirlarda daydib yuribsen, ey darvish?… Peshonaga
yozilgani shu bo‗lsa ne qilay, ey bandai mo‗min?
-
… Tuyakashlik qil! Usting but, noning halol
bo‗lur, faqir banda!…
-
Tuyakash bo‗lishga keksalik qilaman!…
-
Abu Ali ibn Sino darvish bo‗lmish? Dong‗i olamga ketgan
hakimi davron ibn Sino devona kiyimida tilanchilik qilib
yurmish? Bu ne hol yo parvardigor?.… tavallud topgan
yurtingda sening noming odamlar tilida davri doston, sen
bo‗lsang…»
Abu Ali ibn Sino ruhiyatidagi qarama-qarshiliklar bu
satrlarda asosli ifodalangan. Hayot haqiqati qanchalik chuqur va
ishonarli talqin qilinsa, qahramon kechinmalarini gavdalantirish
ham o‗ziga xos tarzda namoyon bo‗ladi. Chunki, asarda talqin
136
qilingan voqyelik g‗oyatda rang-barng ziddiyatli, murakkab
bo‗lib, bularning barchasi qahramonlar taqdirida, xarakterida,
ichki dunyosida, kechinmalari, xatti-harakatlarida o‗z aksini
topadi. Shuning uchun ham badiiy haqiqat hayot haqiqatining
chuqur tahlil qilinib, haqqoniy to‗laqonli obrazlar, xarakterlar,
tiplarga singdirilgan shaklidir. Hayotdagi zarbalar Abu Ali ibn
Sino qalbini larzaga soladi. U o‗z hayotidan emas, aksincha,
Maxmud Sultonni Afshonani vayron qilganligini eshitib
dahshatga tushadi:
- Eshitsang… Afshona xonavayron bo‗ldi, Abu Ali,
xonavayron Bog‗ - rog‗lar jangovar fillar ostida toptaldi. Sen
so‗rama, men yuragimni tig‗lamay, Abu Ali!» (157-bet).
Shakolon boshini g‗amgin tebratib, ich-ichidan ham Abu
Aliga, ham ona qishlog‗ining vayronaligidan, yolg‗iz farzandi
sog‗inchidan azoblanardi.
Bu
voqyealar
silsilasida
Abu
Alining
xarakter
shakillanishini anglaymiz. Adib Ibn Sino xarakterida ro‘y
berishi lozim bo‗lgan o‗zgarishlarni asoslash uchun uning iroda
yo‗nalishini ichki kechikmalar, dialogik nutqlar orqali namoyon
qiladi. Adabiyotshunos H.Umurov bu haqida: «Barqaror
xarakterlarning yaxshi va ko‗p qirraligi ularning muhitga,
vaziyatga, sharoitga bo‗lgan munosabatlaridan hayot bilan
bo‗lgan munosabatlaridan kelib chiqadi. Bu aloqa va munosabat
ularning xislat va xususiyatlarini aniq namoyon qilsa,
qahramonlarning murakkab sharoit sinoviga bardosh bera
olishlari yoki bera olmasliklari ular xarakterining dramatizmini
ta‘minlaydi», - deb yozadi
6
.
Umuman, 70 – 80 yillarga kelib o‗zbek romanchiligida
yangicha
tendensiyalar
paydo
bo‗lganini,
umumjahon
zamonaviy romanchiligi yutuqlari bilan sharqona badiiyat o‗ziga
137
xos tarzda birlashib borayotganini ko‗plab romanlarimiz asosida
isbotlash mumkin. «Ko‗hna dunyo» romanida adibning o‗ziga
xos uslubini ko‗ramiz. Asarda rivoya nutqi va usullari,
hikoyachi va uning ko‗rinishlari, romanbop rivoyani namoyon
qilgan mifalogik va fontastik unsurlar hamda syujet qurulishi,
konflekt kabi poetik unsurlarni mahorat bilan yuzaga chiqargan.
Romanda hikoya-rivoya xususiyatlarini, asosan epik usul
tashkil qilib, undagi polifoniklik xarakteri esa muallif
nutqining qahramon psixologiyasi, o‗zaro munosabatlar, peyzaj
tasvirlarga nisbatan turli xil tasvirlarda o‗z ifodasini topadi.
Ichki nutq barcha asarlarda uchrasa-da bu romanda eng
xarakterli ichki monologlardan biri Sulton Mahmudning ichki
nutqidir. Adib bu o‗rinlarda tuyg‗ular kuchini oshirish, realistik
holatlarni ta‘minlash uchun o‗z ichki dunyolari, falsafalari,
tuyg‗ularini izhor etishni asar qahramonlariga topshiradi.
Asardagi Abul Hasanak, Sulton Maxmud, Ibn Sino, Ali
G‘ariblarning ichki nutqini esa muallif qo‗shtirnoqda qayd qilib
boradi. Yozuvchi o‗z asarida qahramonlar ichki nutqidan
xarakterlarni chuqur tahlil qilish bilan birga, o‗z g‗oyaviy
maqsadlari,
orzu-istaklarini
bayon
qilish
uchun
ham
foydalanadi.
Iste‘dodli r
оmannavis Pirimqul Qodirov tarixiy shaxs
obrazini yaratishda o‗ziga xos uslubi, hayot haqiqatining jonli
kartinalar orqali tasvirlashda o‗z iqtidoriga ega bo‗lgan
ijodkorlardan biridir. Adibning «Yulduzli tunlar», «Humoyun va
Akbar» ramonlari o‗z davridayoq adabiyotshunoslardan
tamonidan yuqori baholanganligini alohida qayd etmoq zarur
Pirimqul Qodirov keyingi yillarda tarix zarvaraqlaridan
munosib o‗rin olgan, o‗z davrining yetuk oqila ayollaridan biri
bo‗lib, temuriylar saroyida o‗ziga xos mavqyega ega bo‗lgan
138
Gavharshodbegim siymosini butun borilig‗icha tasvirlashga
harakat etdi. Adibning bu boradagi tarixiy ramoni «Ona lochin
vidosi» nomi bilan chop etildi.
To‗g‗ri, tarixiy asarlarda Gavharshodbegim siymosi u yoki,
bu darajada talqin qilinganini ko‗ramiz. Ammo yozuvchi
Pirimqul Qodirov davr nuqtayi nazaridan emas, balki
Gavharshodbegimni butun ichki iztiroblari, tarix sahnasidagi
faoliyati, Shoxruh
va Ulug‗bek Mirzolarga bo‗lgan
munosabatini asosli talqin qilishga intilgan. Ammo bungacha
yaratilgan badiiy asarlarda Gavharshodbegim «salbiy shaxs»
sifatida talin qilganligini ko‗ramiz. Masalan: Maqsud
Shayxzodaning «Mirzo Ulug‗bek», Odil Yoqubovning
«Ulug‗bek xazinasi» kabi asarlari misolida yuqoridagi
fikrimizni isbotlashimiz mumkin. Shuningdek, tarixiy ilmiy-
badiiy manbalarda ham bu kabi fikrlarni o‗qish mumkin. Chunki
har qanday davr va ijtimoiy muhit o‗z davrining ilmiy, badiiy
manbalariga muhrini bosadi, ya‘ni ma‘lum darajada o‗z ta‘sirini
o‗tkazadi. Ilm ahli ba‘zan ijtimoiy sharoit tufayli o‗tmishni
soxtalashtirishga majbur bo‗ladi va tarixiy jarayonlarni xolisona
baholashning imkoniyati bo‗lmaydi. Har qanday badiiy asarni
tahlil etishda o‗sha davr ijtimoiy muhitini ya‘ni davrdan
ajratmasdan, o‗rganish lozim. Ana shunda bu asarlarning poetik
xususiyati yanada yorqinroq namoyon bo‗ladi. Biz yuqorida
tilga olgan «Mirzo Ulug‗bek» tragediyasi, «Ulug‗bek xazinasi»
romanlarini o‗zbek adabiyotidagi yetuk asarlardan biri sifatida
baholaymiz, faqat ma‘lum o‗rinlarda «tarix haqiqati, tarixiy
shaxslar siymosi» ni talqin qilishdagi tasvirlarga diqqatimizni
qaratmoqchimiz.
O‘zbek adabiyotining yetuk bilimdonlaridan biri Maqsud
Shayxzodaning
"Mirzo
Ulug‗bek"
tragediyasida
139
Gavharshodbegim Ulug‗bek va Abdulatif o‗rtasiga nifoq solgan
shaxs sifatida namoyon bo‗ladi. Bunday tasvirlar ham tarixiy
voqelikka ziddir.
Bu misralardan ko‗rinadiki, Gavharshodbegim Abdulatif,
Aloudavla, Abulqosim Bobirlar o‗rtasiga doimiy nifoq, adovat
urug‗ini sepib turuvchi shaxs sifatida talqin qilinganligini
guvohi bo‗lamiz. Tarix haqiqatiga zid talqinlardir.
Tarix sahnasidagi faoliyati bilan olamga mashhur bo‗lgan
Ulug‗bekni
tarbiyalab,
voyaga
yetkazgan
onaning
munosabatlarini bunday talqin qilishida, albatta, davrning ya‘ni
ijtimoiy muhitning ta‘sirini, sobiq sho‗ralar davrining salbiy
ta‘sirini alohida qayd qilib o‗tmoq zarur. Axir, o‗sha sharoitda
Ulug‗bek siymosini yaratishning o‗zi bir jasorat ekanligini
bugungi kitobxon teranroq anglashi, yozuvchining emas,
sharoitning ta‘sirini anglamoq lozim. Shunday bo‗lsa-da, biz
X1V asr va XV asrning ikkinchi yarmi haqida ma‘lumot
beruvchi Abdurrazzoq Samarqonuniy «Matlai Sa‘dayn va
majmuai bahrayin» asaridagi qo‗yidagi tarixiy faktga
diqqatingizni tortmoqchimiz: «Hazrat haqoni Said Iroq va
Ozarbayjon tomon yurish qilgan vaqtda mahdi ulyo
Gavharshod og‗a dorussatana Hirotda turib qolgan va shahzoda
Muhammad Jo‗gi bahodir volidoyi buzurgvoriga
mulozimlikda edi… Shohzoda o‗zi Movarounnahrdan Hirotga
kelishi mumkin ekanligi tufayli, mahdi ulyo Samarqandga
kelsin, deb iltimos qildi».
Darhaqiqat, tarixiy manbalarda qayd qilinishiga 1420
yilning bahorida Hirotdan Samarqandga qarab Mahdi ulyo
Gavharshodbegim yo‗l oladi. O‘z volidasini kutib olish
maqsadida Mirzo Ulug‗bek Buxoroga yo‗l oladi va unga
peshvoz chiqadi. Shundan keyin Bog‗i Chinorda podshaxona
140
tuy va xusravona ziyofat tuzildi hamda, bir necha kunni shod-
xurramlik bilan o‗tkazadi». 1420 yilning yoziga qadar
Samarqandda Ulug‗bek saroyida bo‗lib, uning barcha ishlari
bilan tanishadi va o‗zining ijodkorligini izhor etganligi qayd
qilingan. Ko‗rinadiki, tarixiy manbalarda davr haqiqati, tarixiy
voqyealar silsilasi o‗z ifodasini ma‘lum darajada ifodasini
topgan. Ijodkor bu tarixiy manbalardagi voqyelikni o‗ziga xos
tarzda bayon qilgan. Shu o‗rinda adabiyotshunos Sobir
Mirvaliyevning qo‗yidagi fikrlarini keltirish o‗rinlidir: «Tarixiy
janr tarixiy faktlarga suyanadi. Hatto undagi fantaziya va
to‗qima ham ana shu fakt asosida quriladi. Lekin bu degan so‗z
tarixiy janr faqat quruq faktlar yig‗indisidan iborat bo‗lishi
kerak degan gap emas. Har qanday tarixiy fakt… aniqligidan
qat‘iy nazar, badiiy to‗qimalarda berilmasa, obrazlilik bilan
uyg‗unlashmasa u hyech qachon tarixiy – badiiy asar
bo‗lolmasligi mumkin. Shuning uchun har qanday tarixiy
voqyea va fakt tarixiy asarga material bo‗lib xizmat qilishi
mumkin. Faqat u yozuvchining mohir badiiy olami va
dunyoqarashining chuqurligi, talanti, mahorati bilangina badiiy
asarga aylanadi».
Haqiqatdan ham har qanday tarixiy janrdagi asar tarixiy
faktlarga asoslanadi, ammo uni yozuvchi fantaziyasi asosida
qayta jonlantiradi va unga tarixiy voqyealik yoki tarixiy fakt
ma‘lum darajada asos bo‗lib xizmat qiladi. Xuddi mana shu
holatni «Mirzo Ulug‗bek» tragediyasida yozuvchi tarix
haqiqatiga zidlik borligini badiiy tasvirlar asosida uchratamiz.
Buriboy Axmedovning «Mirzo Ulug‗bek» badiasida ham
shu kabi fikrlar mavjud. Asarning «Xiyonat» bobida o‗qiymiz:
«Shoxrux 850 yil zulhijja oyining 25-kuni (1447 yil, 12 mart)
nabirasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray
141
viloyatiga qarashlik Pashovariy qishlog‗ida 72 yoshida olamdan
o‗tdi... Bebem bo‗lsa shu payt yorug‗ dunyodan ko‗z yumgan
yostiqdoshini emas, toju taxtni kimga topshirish ustida o‗yladi.
Kim bunga munosib? Ulug‗bekmi, Alouddavlami, Abdulatifmi?
To‗g‗ri, valiahd masalasi Shoxrux tirikligidayoq hal qilib
qo‗yilgandi. Toju taxtni to‗ng‗ich o‗g‗li Mirzo Ulug‗bek
egallashi
kerak
edi.
Lekin
tuqqan
ona
bo‗laturib
Gavharshodbegim bu o‗g‗lini ko‗p ham xo‗sh ko‗rmasdi », - deb
yozadi. 5
Asarda
voqyea
tasviri
izchil
davom
ettirilib,
Gavharshodbegimning ko‗rsatmasi bilan Abdulatif taxt tepasiga
kelganligini ta‘kidlaydi. Tarixiy manbalarda Abdulatifni
qattiyatli, bir so‗zli, ayniqsa, toju taxtga, sarkardalik ishlariga
o‗ta qiziqqon shaxs sifatida ta‘riflaydi: «Mirzo Abdulatif,
ehtiyotkorlik birlan ish tutmaydur, serzarda va dag‘al…… yigit.
Elu yurtni odamlarga talon-taroj etdurdi, talon xalq oyining jabr-
zulmig‗a qoldi», - deb yozadi Abdurrazzoq Samarqandiy.
Tarixiy nazar tashlaydigan bo‗lsak, Shoxrux mirzo
vafotidan keyingi toj-taxt ko‗rashlarida Abdulatif o‗ziga xos
yo‗l tutib hatto Gavharshod og‗ani ham ba‘zi beklarning
ig‗vosiga ishonib, iztirobga soladi. «Mahd ulyoning niyatlari
buzuqdir, tarxoniy amirlar birlan ish biriktirib sizni tuzoqqa
ilintirmoq taraddudig‗a tushmushlar», - degan fikrlarga ishonadi
va Gavharshod begimni zindonband qiladi. Abdulatif,
Alouddavla o‗rtasidagi nizolar shu darajada keskinlashib
boraveradi. Sodiq beklarning yordami bilan Alouddavla
Gavharshod begimni Abdulatif zulmidan ozod etadi va uni asir
oladi. Abdulatifni Alouddavlaning o‗zi so‗roq qiladi: - Ne vajdin
o‗z onangga, ma‘firat nishon bobongg‗a bu tavr yomonlik
qilding? – qilmishg‗a yarasha jazo topib turibmenku, mirzo 1», -
142
deya javob qaytaradi. Bu savol javobda Abdulatif sir boy
bermasdan o‗zini mag‘rur tutishga harakat qiladi. Alauddavlaga
dag‗al javob qaytarmoqchi bo‗ladi, ammo uning vojohatidan
ikkilanib, biror kori hol yuz bermasligi uchun yumshoqroq javob
qaytarishga majbur bo‗ladi.Chunki Gavharshod begim ham aslo
kechirmasligi mumkin degan xayollarga boradi. Tarixchi olim
Bo‗riboy Axmedov o‗sha davrning ziddiyatli voqyealarini, toju
taxt kurashlarini, shahzodalar o‗rtasidagi qarama-qarshiliklarni
jonlantira olgan.
Sohibqiron Amir Temur hukmronligidan keyin qirq yilga
yaqin Shoxruh Xurosonu Mavarounnahrga hukmronlik qildi.
Uning davrida xalq osayishta, har holda jangu jadallar bir oz
bo‗lsa-da, kamaygan bir davr bo‗ldi. Uning vafotidan keyin esa
o‗zaro nizolar tinimsiz avj olib borar, Ulug‗bek mirzo esa uning
oldini olishga ojizlik qilardi. Chunki Shoxruh tirikligidayoq
Shibirg‗on, Kunduz va Ba‘lon viloyatlkari, Mirzo Abubakrga
Badaxshonga tutash bo‗lgan Xuttalon, Arxang va Sosh Saroy
viloyatlari berilgan bo‗lsa, Samarqand esa Ulug‗bek Mirzo
tasarrufida edi. Shoxruh vafotidan keyin esa, Abubakr og‗asi
Muhammad qo‘shiniga qarshi chiqish uning viloyatlarini o‗ziga
qaratib oladi, tez orada esa Bayexga ko‗chib borib uning qal‘a
va istehkomlarini o‗zi uchun mustahkamlay boshlaydi. Xuroson
va Hirotni Alouddavla Astrobodni Abulqosim Bobur, G‘arbiy
Eron bilan Forsni Sulton Muhammad, Ozarboyjonni Temuriylar
qo‗lidan tortib olgan Jahonshoh turkmanlarni ko‗z oldiga
keltirgan Mirzo Ulug‗bek arosatda qolardi. Buyuk bir
imperiyaning parchalanish davri yetganligidan otasi Shoxruh esa
Temurdek mohir sarkardaligini ko‗z oldiga keltirdi. Shoxruh
mirzo davrida osoyishta xayot kechirgan Ulug‗bek mirzo
otasining naqadar buyukligini ich-ichidan his etardi. Keyingi
143
davrdagi nizolar, o‗zaro urushlar Shoxruh mirzoning
hukmronlik davrini eslashga majbur qilardi. Yana Abdurrazzoq
Samarqandiyning qaydlariga e‘tibor beraylik: «Davlat va
dinning qutbi xazrat sohibqiron amir Temur ko‗ragonning
haqiqiy vorisi va olamni zabt etgan u Jahonshohning ko‗z nuri,
xashdalik va sultonlikning, dunyo va dinning ko‗makchisi
bo‗lmish hazrat haqoni Said mirzo Shoxruh bahodir jahon
saltanati taxtini o‗z humoyun sifat zotining shu‘lasiga musharraf
qildi va uning adolat oftobi jahon ahli boshiga saodat soyasini
tushirdi», - deya ulug‗lanadi.
Mustaqillik
davri
romanchiligi
o‘zining
badiiy
xususiyatlari, inson xarakter va ruhiyatining talqini nuqtai
nazaridan alohida ajralib turadi. Bu davr romanchiligida inson
qalbidagi iztiroblar, xarakterda mujassamlashgan O‘ziga
xosliklarni talqiniga jiddiy e‘tibor qaratmoqda. Chunki roman
janri о‘zining keng qamrovli tasviriga ega ekanligi bilan alohida
ajralib turuvchi janrlardan asosiysidir. U inson va borliqni, shaxs
va jamiyat о‘rtasidagi uzviy birlikni turli usullar bilan talqin
etadi. Shu ma‘noda roman epik rivoyaga asoslangan barcha
janrlarga kuchli ta‘sir kо‘rsatadi. Istiqlol
sharofati
tufayli
ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash jarayonini boshlab
berganligi bugungi kunda hyech kimga sir emas.
Dostları ilə paylaş: |