ISBN 978-9943-7044-7-3
@ Azimidin Nasirov, 2021
@ SamDU nashri - 2021
3
1-MAVZU
HOZIRGI ADABIY JARAYON FANINING
MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
1.Hozirgi adabiy jarayon fanining maqsadi va vazifalari.
2.Yangi o‗zbek adabiyotining vujudga kelishi, sabab va
omillari.
3.Badiiy tasvirdagi yangilanish.
4.Yangilanayotgan o‗zbek adabiyotida yangi janrlar, yangi
mavzu va muammolarning paydo bo‗lishi.
5.Hozirgi adabiy jarayonning asosiy xususiyatlari va adabiy
tanqid.
Tayanch so‘zlar:
adabiy jarayon, adabiyot, jarayon,
talqin, ifodalash, poetik tafakur, mavzu, ramziylik, majoziylik.
XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi o‗zbek adabiyoti ushbu
davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi
o‗zgarishlarni aks ettiradi. Bugungi kun adabiyotshunos olimlari
va tanqidchilari o‗zbek adabiyoti rivojida yuz berayotgan
o‗zgarishlarni anglab yetishga va ularga munosib baho berishga
urinmoqdalar. ―Sharq Yulduzi‖, ―Yoshlik‖, ―Tafakkur‖,
―Guliston‖, ―O‗zbek tili va adabiyoti‖ kabi adabiy-badiiy,
ijtimoiy-siyosiy ruhdagi yetakchi jurnallar, ―Kitob dunyosi‖
gazetasi sahifalarida e‘lon qilinayotgan zamonaviy adabiy
jarayonga bag‗ishlangan bahs va munozaralar, chop etilayotgan
qator maqolalar shundan dalolat beradi. Lekin shuni qayd etish
kerakki, o‗zbek adabiy tanqidchiligida adabiyotning o‗z-o‗zini
shakllantirishga urinishi borasida yakdil fikrlar yo‗q. Masalan,
Hakimjon
Karimov
ilgari
surgan
paradigma
1
in‘ikos
nazariyasiga va ijtimoiy-madaniy hamda adabiy tafakkurning
4
rivojlanishida
ong
kategoriyasining
roliga
asoslanadi.
Tadqiqotchi yozish uslubi rivojlanishining asosiy yo‗nalishlarini
nasrning janr prinsipiga asosan bo‗linishidan kelib chiqqan
holda ko‗rsatib o‗tadi:
1) adabiyotda badiiy tasvir va mavzu maydonining
kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy, ma‘naviy, oilaviy masalalarga
e‘tiborning kuchayishi; 3) insonparvarlik mazmuni va
psixologizmning chuqurlashuvi; 4) o‗zbek xalqining o‗zligini
tanishi va mentaliteti masalalariga murojaatning kuchayishi; 5)
hayot mazmunini falsafiy mushohada etish.
H.Karimovning fikricha, mazkur yo‗nalishlarning barchasi
yozish uslubining realistik va modernistik turiga asoslanadi.
Adabiyotshunos olim voqealikning modernistik prinsipda aks
ettirilishini o‗zbek adabiyotidagi sifat jihatdan yangi hodisa deya
ta‘kidlaydi.U ―totalitar sharoitda mazkur estetik qarashlarni
qo‗llash imkonsiz edi‖, deya ob‘yektiv sabablarni ham,
―adabiyotda modernizmning barcha prinsiplari va uslublarini
to‗la qo‗llay oladigan ijodkorlar hali yetishib chiqmagan edi‖,
deya, sub‘yektiv sabablarni ham ko‗rsatib o‗tadi. H. Karimov
zamonaviy so‗z ijodkorlarining eng muvaffaqiyatli tajribalari
ramz va majozlarga tayanganini ta‘kidlaydi. Bundan tashqari, u
o‗zbek adabiyotida ―detektiv yo‗nalish‖ paydo bo‗lganini va bu
ham yangilik ekanini qayd etadi.
Adabiyotshunos olim ―Zamonaviy o‗zbek adabiyoti uchun
muallifning dunyoni his etish konsepsiyalaridagi xilma-xillik,
voqelikni anglashning yangicha shakllari paydo bo‗lishi hamda
adabiy obrazlarni milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan qayta
anglash xosdir‖, deya xulosa qiladi.Yo‗ldosh Solijonov ham
o‗zining zamonaviy adabiy jarayonlar konsepsiyasini adabiy
janrlarning bo‗linish prinsipiga asoslangan holda tuzadi.
5
Olimning ta‘kidlashicha, zamonaviy o‗zbek adabiyoti ―… Sharq
adabiy
an‘analarini
boyitgan
holda
jahon
adabiyoti
tendensiyalarini o‗zlashtira boshladi‖. Lekin, deya ta‘kidlaydi
Yu.Solijonov: ―jahon adabiyoti an‘analari o‗zbek badiiy
asarlarini
yaratishda
mustahkam
poydevorga
aylanib
ulgurmadi‖. Qator adiblar ijodida ―Bozor sharoitidagi inson
taqdiri‖
mavzusi
ustuvor
muammo
sifatida
ajralib
ko‗rinadi.Ularning
asarlaridagi
bosh
qahramon
bozor
munosabatlariga moslashib olgan yoki ―ortiqcha odam‖ga
aylangan kishidir. Y. Solijonovning fikricha, ―har bir adib
yolg‗izlik fojiasini o‗zicha ochib beradi‖. Olim Tohir Malik,
Xurshid Do‗stmuhammad, Zulfiya Qurolboy qizi va boshqa bir
qator adiblarni sanab o‗tar ekan, quyidagi belgilariga ko‗ra,
zamonaviy badiiy asar yaratishda o‗zbek adabiyoti uchun
yangilik bo‗lgan o‗ziga xos tendensiyalarni keltirib o‗tadi.
Bular: 1) nasihatgo‗ylikdan qochish; 2) zamonaviy jamiyatda
ayol rolining o‗zgarganligiga urg‗u berish, ikki yo‗l o‗rtasida
turgan ayolning ruhiy kechinmalarini yaratish; 3) ijtimoiy-
madaniy, g‗oyaviy-axloqiy tiplarning yonma-yon, bir-birlariga
ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko‗rsatib yashashi; 4) o‗zbek xalqining
sobiq sho‗rolar davridagi hayotini mushohada qilishga urinish;
5) jo‗shqin sujetlarga intilish (―bozor adiblari‖ va ―bozor
adabiyoti‖ni yaratgan salbiy tendensiya sifatida); 6) tasviriylik
va publitsistikaga moyillik.
Albatta, mazkur ikki nuqtai nazar zamonaviy o‗zbek adabiy
jarayonini to‗la qamrab ololmaydi. Biroq zamonaviy adabiyot
rivojlanishiga doir ushbu yangilik va tendensiyalar o‗zbek
adabiyoti taraqqiy etib borayotganini ko‗rsatadi. Gulchira
Garipova o‗zining
konsepsiyasini ilgari surar ekan,
O‗zbekistonda ―madaniyat rivojining barcha sohalarida milliy
6
tarix
va
an‘analarga
qiziqish
ortib
borayotgani‖
kuzatilayotganini qayd etadi.
G.Garipova XXI asr adabiy jarayonini ―Adabiy jarayon
taraqqiyotining yangi bosqichi bo‗lib, u milliy adabiyot
tarixining barcha davrlarini qamrab oldi‖ deb ta‘riflaydi. Biroq
XX-XXI asrlar bo‗sag‗asida ―XX asr (adabiy jarayon 20-80-
yillar oxirini ―sho‗ro‖ davri deya belgilagan) milliy badiiyati
bilan mumtoz adabiyot an‘analari, asr boshidagi o‗zbek badiiy
―yangiligi‖ va jahon badiiy an‘analari hamda amaliyoti
o‗rtasidagi uzilish yengib o‗tildi‖, degan mulohazasi bilan
tadqiqotchi o‗z fikriga o‗zi qarshi chiqadi.
Tadqiqotchi XX asr oxiri – XXI asr boshi o‗zbek adabiy
jarayoni rivojlanishining quyidagi tendensiyalarini ko‗rsatib
o‗tadi:
G.Garipova xulosa o‗rnida ―o‗zbek ijodkorlari o‗z
asarlariga modernizm va neorealizm elementlarini olib kirishdi‖
va ―adabiy jarayon rivojlanishidagi yetakchi yo‗nalishlardan biri
realizm oqimidir‖ degan ikki g‗oyani ilgari suradi.
Zamonaviy adabiy jarayonda turlicha uslublar, janrlar va
bugungi voqelikni haqqoniy aks ettira oladigan tasviriy-ifoda
vositalarining yangilanishi bilan ifodalanuvchi g‗oyaviy-estetik
tendensiyalarning paydo bo‗lishi shu bilan izohlanadi. Mazkur
tendensiya o‗zining axloqiy-g‗oyaviy tayanchlarini o‗zbek
xalqining shonli o‗tmishidan izlaydi.
Fikrimizcha, o‗zbek adabiyoti bugungi kunda murakkab va
individual taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tmoqda. Nazarimizda, bu
bosqichda uchta davrni ajratib ko‗rsatish mumkin:
1. ―O‗tish‖ davri (XX asrning 80-yillar oxiri – 90-yillar).
Bu davr qator omillar bilan belgilanadi:
7
– mumtoz merosning (XII-XIX asrlar adabiyoti) tiklanishi, o‗z
vaqtida ta‘qiqlangan ijodkorlar (Cho‗lpon, Fitrat, Behbudiy va
jadid adabiyoti vakillari) asarlarining chop etilishi munosabati
bilan o‗zbek adabiyoti tarixidagi ―oq dog‗‖larning yo‗q bo‗lishi;
– diniy va ma‘naviy qadriyatlar hamda tasavvuf adabiyotiga
qiziqishning
ortishi
(Yugnakiy,
Bolasog‗uniy, Yassaviy
asarlarining e‘lon qilinishi);
– o‗zbek xalqi tarixiga nisbatan to‗g‗ri munosabatning tiklanishi
va tarixiy-biografik janr ulushining ko‗payishi (Amir Temur,
Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Bobur va shu kabi
siymolar haqida qator asarlarning yaratilishi);
– rus klassik adabiyoti an‘analariga qiziqishning susayishi,
O‗rtayer dengizi va Amerika adabiyotiga (xususan, Eujenio
Montale, Salvatore Kvazimodo, Kamilo Xose Sela, Garsia
Markes kabi adiblarning ijodiga) qiziqishning ortishi;
– ―g‗oyaviy bo‗shliq‖qa barham berilishi va o‗zbek madaniyati
hamda adabiyotida milliy g‗oyaning shakllanishi.
O‗zbek adabiyotidagi ―o‗tish‖ davri vatanparvarlik ruhi
yorqin aks etgan ko‗plab asarlarning (xususan, Abdulla Oripov,
Erkin
Vohidov,
Shavkat
Rahmon she‘riyati, Shukur
Xolmirzayev va Omon Muxtorning qator nasriy asarlari)
vujudga kelishi hamda tarixiy siymolar va xalq qahramonlari
obrazi yaratilishida ko‗rinadi. Bunga Maqsud Qoriyevning ―Ibn
Sino‖, ―Beruniy‖, Muhammad Alining ―Sarbadorlar‖, Sa‘dulla
Siyoevning ―Yassaviyning so‗nggi safari‖, Asad Dilmurodning
―Mahmud Torobiy‖ kabi asarlarini misol qilib keltirish mumkin.
Bu hodisaning mohiyati shundaki, xalqimizning o‗z-o‗zini
anglashi, o‗zining millat sifatida noyob ekanligini idrok etishi,
mustaqil hayot qurish uchun ilhomlanish manbalarini topishi
zarur edi.Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mazkur davr
8
ijodkorlari adabiy pozitsiyalarining turlicha ekanligiga qaramay,
boshqa-boshqa qutblarga ajralib ketmadilar.
Bundan tashqari, sobiq sho‗rolar davrini qayta
baholaydigan, siyosiy qatag‗onlar va ―shaxsga sig‗inish‖,
sho‗rolar davriga tegishli bo‗lgan ―xususiyatlar‖ – milliy
an‘analar va urf-odatlarni mensimaslik natijasida kelib chiqqan
oqibatlar haqida hikoya qiluvchi asarlar yaratildi. Masalan, shu
davrda yaratilgan Odil Yoqubovning ―Adolat manzili‖, ―Oq
qushlar, oppoq qushlar‖ romanlari ―paxta ishi‖ va Orol
muammolariga bag‗ishlanadi; Nazar Eshonqulning ―Urush
odamlari‖ qissasida jahon urushi olis qishloq odamlari hayotiga
keltirgan kulfatlar, ―Maymun yetaklagan odam‖ hikoyasida esa
sobiq sho
‗rolarning
ideallariga ishongan inson taqdiri, fojiasi
aks etadi; Tohir Malikning ―Murdalar gapirmaydilar‖ asarida
―shaxsga sig‗inish‖ davri qatag‗onlari haqida so‗z borsa, Tog‗ay
Murodning ―Otamdan qolgan dalalar‖ romanida millatning uch
avlod vakillari taqdiri qalamga olinadi. Bu tipdagi asarlarda
fojiaviy ruh va millat dardini chuqur his etish ustuvorlik qiladi.
Realistik ifodadan
foydalanish, zamon va
makon
tushunchalarining o‗zgacha idrok etilishi va buning natijasida
dunyo manzarasining o‗zgarishi, tarixiy siymolar obrazining
birinchi planga chiqishi va tarixiy o‗tmishni qayta anglash,
badiiy ijoddagi ichki izlanishlar hamda nasihatgo‗ylikdan voz
kechish ham bu davrda yaratilgan ko‗plab asarlarga xos bo‗lgan
xususiyatlardan sanaladi.
2.―Manzillar o‗zgarishi va tahlillar‖ davri (1990–2000
yillar). Bu davrda o‗zbek adabiyoti ―milliy o‗zlik –
globallashuv‖, ―estetik qadriyatlar – bozor iqtisodiyoti‖ kabi bir-
biriga qarama-qarshi tushunchalar bilan tavsiflanuvchi vaziyatga
tushib qoldi. Bu hol adabiy maydonga sezilarli ta‘sir o‗tkazdi.
9
Adabiyotning estetik prinsiplar va shakliy eksperimentlarga
ko‗ra turli qatlamlarga ajralishi kuzatildi. Masalan, mavjud
voqelikni Sharq mumtoz an‘analari, xalq og‗zaki ijodi va
―oltmishinchi yillar‖ avlodi badiiy tajribalari bilan birgalikda
o‗zlashtirgan an‘anaviy realizm ruhida yaratilgan asarlar bilan
bir qatorda ko‗plab adiblar ijodida modernistik va
postmodernistik tendensiyaga ergashish paydo bo‗lganini ham
qayd etish lozim. O‗zbek adabiyotidagi o‗ziga xos bu jarayonga
adabiyotshunos olimlar va tanqidchilar o‗z vaqtida e‘tibor
qaratishdi. Adiblar modernizm ko‗magida olamning bebaqoligi
haqidagi o‗ylarni tasvirlashga, inson hayotining o‗tkinchiligi
mavzularini
yoritishga
intiladilar.Albatta,
modernizm
adabiyotimizda badiiy uslub sifatida to‗la shakllanmadi. Shu
bois modernistik ruhdagi tajribalar va izlanishlar to‗g‗risida so‗z
borgani to‗g‗riroq bo‗ladi.
Biz realistik adabiyotga xos bo‗lmagan, adiblarning borliq,
bugungi kun voqeligini anglashga bo‗lgan intilishlarini yangi,
o‗ziga xos bir tarzda ifodalashga imkon beradigan prinsiplar,
usul va vositalarni, shuningdek, hayotning mavjud yoki o‗ylab
topilgan modelini yoki ko‗p yoqlama vazifaga ega bo‗lgan
mifosujetlarni
yaratishga
bo‗lgan
urinishlarni
nazarda
tutmoqdamiz. Ta‘kidlash kerakki, o‗zbek ijodkorlari G‗arb
adabiyotidagi hodisalardan nusxa ko‗chirmay yoki ularga taqlid
qilmay, milliy an‘analar va zamonaviy o‗zbek adabiy jarayoni
taraqqiyotining ichki qonuniyatlariga tayangan holda ularni
o‗zlashtirmoqdalar. Masalan, Nazar Eshonqul o‗zining
―Muolaja‖, ―Bevaqt chalingan bong‖, ―Istilo‖, ―Tobut‖ kabi
asarlarida
arxitiplarga,
motiv-obrazlar,
topos-obrazlarga
murojaat etadi, o‗zbek millatining o‗ziga xos xususiyatlari va
Sharq
psixologiyasini
aks
ettirarkan,
montaj
usulidan
10
foydalanib, alohida mavjud bo‗lgan hodisalarni yaxlit voqelikka
aylantiradi; Omon Muxtor ―Maydon‖ romanida adabiy uslub va
tasvir predmeti sifatida ―dialog o‗yini‖dan va muallif
majozlaridan foydalanadi; Erkin A‘zam o‗zining ―Chapaklar va
chalpaklar mamlakati‖ qissasida shartli-fantastik usulni, asarni
rivoyat janriga yaqinlashtiruvchi ramz va majozlarni tanlaydi;
Xurshid Do‗stmuhammad ―Bozor‖ romanida inson ongining
turfa shakli – falsafiy mushohadaga, xalq donishmandligiga
murojaat qiladi.
Modernistik ruhdagi asarlar yo‗qotish, qayg‗u, chorasizlik,
qo‗rquv, ruhiyatning o‗zgarishi, fojia motivlarining yuzaga
kelishi bilan belgilanadi. Shu ma‘noda o‗zbek adabiyotidagi
modernizmga xos unsurlar shaxs va borliq, o‗lim va hayot, ruh
va tana, din va osiylik kabi muammolarni talqin etishga
qaratilgan bo‗lib, uning A. Shopengauer, M. Shtirner, S.
Kerkogor, F. Nitsshe, A. Bergson falsafasi bilan o‗zaro uyg‗un
ekanligini ko‗rsatadi. Modernistik tendensiyalarda bitilgan
asarlarda yo‗qotish, g‗am, chorasizlik, qo‗rquv, fojia motivlari
paydo bo‗la boshlaydi, lekin asar mualliflari, dunyo
modernizmidan farqli o‗laroq, ruhiy inqirozdan chiqish
yo‗llarini izlaydilar va yorug‗ vaqtlar kelishiga umid
bog‗laydilar.
Bu davrda omma adabiyoti ham faollasha boshladi
(sarguzasht qissa va ishqiy romanlar ko‗payib ketdi). Nabijon
Hakimovning bozori chaqqon bo‗lgan sentimental ruhdagi
asarlarini, Tohir Malikning ―Shaytanat‖ romanini, Hojiakbar
Shayxovning ―Olis sayyora‖, ―Kelgindilar‖ kabi ilmiy-fantastik
romanlarini misol tariqasida keltirish mumkin.
3.―Verdandi‖ davri (2000–2014 yillar). Bugungi adabiyot
mumtoz adabiyot va realizm an‘analari, modernizm,
11
postmodernizm tendensiyalarining yonma-yon yashayotgani
bilan tavsiflanadi.
Zamonaviy o‗zbek adabiy jarayonida realizm pozitsiyasi
ancha kuchli. Misol tariqasida Abduqayum Yo‗ldoshning
―Bankir‖, ―Puankare‖, Hakim Sattoriyning ―Sog‗inch‖,
Shodmon Otabekning ―Agar oshiqligim aytsam…‖ kabi
jamoatchilik va tanqidchilar e‘tirofiga sazovor bo‗lgan asarlarini
keltirish mumkin. Fikrimizcha, realizm badiiy metod sifatida
kelajakda ham asosiy yo‗nalishlardan biri bo‗lib qoladi.
Binobarin, adiblarimiz hali bu metodning ko‗plab usul va
vositalarini o‗zlashtirishlari lozim. Turgan gapki, bu
yangilangan realizm bo‗ladi, deb aytishga asosimiz bor. Chunki
hayotiylik badiiyati mavjud voqelik tasvirini zamonaviy
vositalar majmuida berilishini talab etadi.Ehtimol, bugun o‗zbek
adabiyotida ildiz otgan boshqa tendensiya neorealizmning
vujudga kelishidan nishonadir. Biz bugungi qator asarlarda
kuzatilayotgan hodisa – realizm va modernizm uslubining
simbiozini nazarda tutmoqdamiz.
O‗zbek adabiyotidagi postmodernizm unsurlari haqida so‗z
borar ekan, aytish joizki, bu hodisa o‗zbek adabiyotidagi milliy
chizgilar va o‗zbekona matn qurilishidagi azaliy ohangdorlik
xususiyatlarini o‗zlashtirgan bo‗lib, poetik-uslubiy yo‗nalishi
nuqtai nazaridan g‗arb va rus postmodernizmidan tubdan farq
qiladi. Ushbu yo‗nalishga Omon Muxtorning ―Ikki qiyofa‖,
Isajon Sultonning ―Munojot‖, No‗mon Rahimjonovning ―Jimjit
jolalar‖ qissalarini misol qilib keltirish mumkin. Zamonaviy
adiblarning jahon adabiyotida allaqachon urfdan chiqqan
postmodernizmga moyilligini oqlaydigan yana bir ijobiy
belgilardan biri postmodernchilar bosh prinsip deb hisoblangan
12
prinsip – ―asardan muallif shaxsini olib tashlash‖ prinsipini
pisand qilmaslikdir.
Zamonaviy o‗zbek nasrida quyidagi postmodernistik uslub
belgilarini ajratib ko‗rsatish mumkin: o‗zbek mumtoz
adabiyotidan ―iqtibos‖lar keltirish; qahramonning ―shizoanaliz‖
usuli bilan sun‘iy hayajon asosida ochib berilgan ruhiy holatini
oldingi o‗ringa chiqarish; muallifning falsafiy pozitsiyasi aks
etgan ramzlar kombinatsiyasini (kodini) qurish; olamni
birlamchi ko‗rinishda qabul qilish; janr eksperimentlari;
borliqning o‗ziga xos modelini yaratish; zamonaviylikdan
chekinib, o‗tmish ―izlari‖ tushgan ifoda tilini yaratish jarayoni
ahm kuzatiladi. Bu adabiy hodisalarni hali anglab yetishimiz
zarur.Biroq shuni qayd etish lozimki, o‗zbek yozuvchilari
izlanmoqdalar,
ifoda
etish yo‗llari hamda vositalarini
kengaytirib, tinmay tajribalar qilmoqdalar. Aniqrog‗i, bu borada
postmodernizm haqida metod, yo‗nalish yoki oqim sifatida
emas, balki realistik asarda ko‗ringan unsur yoki asar
yaratishdagi badiiy usul sifatida gapirish ma‘qulroqdir.
Hozirgi o
Dostları ilə paylaş: |