22
2-MAVZU
GLABALLASHUV DAVRI VA O‘ZBEK ADABIYOTI
Reja:
1.Glaballashuv jarayoni va jahon adabiyoti.
2.Glaballashuv davrida badiiy adabiyotning o‗rni.
3.Glaballashuv va o‗zbek adabiyoti taraqqiyoti.
4. Ijtimoiy, ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarning badiiy talqini.
5. Xurshid Do‗stmuhammadning ―Jajman‖ hikoyasida
ramziylik.
6. Hikoyada global muammolar talqini.
Tayanch iboralar:
globallashuv, badiiylikka ta‘sir,
adabiyot va san‘atning globallashuvi, talqin, ta‘sir, ifoda shakli.
Asrlar davomida shakllanib taraqqiy etib kelgan inson
tafakuridagi evrilishlar XXI asrga kelib tubdan o‗zgara boshladi.
Buning zamirida dunyoning bugungi holati va vaziyatininig
o‗ziyoq glaballashuv jarayonidan darak beradi. Insoniyat
yaratilibdiki, tinch va yaxshi yashash uchun kurashadi. Bu
jarayon jamiyat taraqqiyotini muhim bir jarayoni sifatida e‘tirof
etilmoqda. Adabiyotshunos Baxtiyor Nazarov qayd qilib
o‗tganidek: ―Glaballashuv ta‘sirida zamon o‗zgarmoqda, uning
bilan inson o‗zgarmoqda‖. Glaballashuv eng avvolo, insonni
uning bilimi, dunyoqarashi, ongi va madaniyatiga daxldor
bo‗lgan barcha jihatlarni integratsiyasi bilan ajralib turadi.
Globallashuv o‗z tabiatiga ko‗ra odamzod qismatiga daxldor
bo‗lgan siyosiy, ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy masalalarning
beqiyos darajada umumlashma mohiyat kasb etishi, har qanday
hududiy chegara va to‗siqlarni nazar pisand qilmay butun
insoniyatga daxldor muammolarni o‗rtaga olib chiqishi yoki
integratsiyalashuv jarayonini namoyon qilivchi holatdir.
Glaballashuv atamasiga bir nazar tashlaylik: ―global – termini
23
fransuscha umumiy, lotincha – globus – shar ma‘nosini ifodalab,
er yuziga oid, butun er sharini qamrab olivchi, - degan
mazmunni ifodalaydi‖. Ko‗chma ma‘noda esa umumbashariy,
keng miqyosdagi, jahonshumul, jahon ahamiyatiga molik
ma‘nolarida keladi‖ (1, 507-bet).
O‗tgan
asrning
to‗qsoninchi
yillaridan
boshlab,
glaballashuv g‗oyasining ommalashishi yanada kengroq
namayon bo‗la boshladi: ―Amerikalik siyosatshunos M.Uoters
aytganidek, 80-yillarning asosiy tushunchasi postmodernizm
edi, 90-yillarning asosiy g‗oyasi esa globalaizm bo‗ldi‖ (2, 25-
bet). Yanada jiddiyroq nqzar tashlaydigan bo‗lsak, globalashuv
atamasining mazmun-mohiyatiga ko‗ra butun er yuzidagi
insoniyat
hayotiga,
ma‘naviyati-yu,
yashash
tarziga,
dunyoqarash-u, udumlariga, qismatiga ta‘sir etuvchi keng
qamrovli muammolarni o‗zida mujassamlashtiruvchi hodisa
sifatida e‘tirof etilishi bejiz emas degan tassurotni uyg‗otadi.
―ta‘kidlash joizki, ushbu jarayonning butun olam va odam
qismatiga birdek daxldor muammoga aylanishida keyingi yarim
asr davomida ro‗y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-
ma‘naviy evrilishlar bilan bir qatorda ilm-fandagi beqiyos rivoj,
texnika
va
texnologiya
hamda
axborot
kommenikativ
tarmoqlarning tezroq taraqqiy etishi, ayniqsa, kompyuterning
kash etilishi, internet orqali jahonning turli mintaqalarida ro‗y
berayotgan voqea-hodisalarning yashin tezligida butun er yuziga
tarqalishi kabilar global muammolarning asosini tashkil
etmoqda‖ (3, 7-bet).
Darhaqiqat, globallashuv butun insoniyatga o‗z ta‘sirini
o‗tkazgani kabi, uning tafakkuriga, dunyoqarashiga ham
sezilarli ta‘sir etmoqda. Glaballashuvga berilgan ta‘riflar
tarkibida fransuz tadqiqotchisi B.Bandning qarashlari zamirida
24
yanada, aniqlik mavjudligini ko‗rish mumkin: ―Globallashuv –
muttasil davom etadigan tarixiy jarayon, glaballashuv –
jahonning
gomogenlashuvi
va
universallashuv
jarayoni,
globollashuv – milliy chegaralarning ―yuvilib ketish‖ jarayoni‖
ekanligini alohida qayd etadi (4, 23-bet).
Ana
shunday
glaballashuv
jarayonining
inson
ma‘naviyatiga, badiiy adabioyotga qanday ta‘siri bor degan
savol tug‗ilishi tabiiydir. Bu jarayon o‗z navbatida ilmiy
muamolar bilanbir qatorda ma‘naviy evrilishlarga e‘tiborning
kuchayishiga, millatlarning o‗zligini namoyon qilivchi milliy
qadriyatlarning asrab-avaylashga olib kelmoqda. Ma‘naviy-
axloqiy
qadriyatlar
har
doim
ham
davrning
global
muammolaridan biri bo‗lib badiiy adabiyotda ham o‗z in‘kosini
topmoqda. Ayni paytda glaballashuv insoniyatni butun borliqqa
daxldor bovlgan global muammolarni birgalikda bartaraf etishga
undashi, umuminsoniyat uchun mavjud bovlgan global
xavflardan ogahlikka chaqirish, adabiyot va san‘atdagi
umumbashariy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi
bilan alohida ajralib turadi. Bu xususiyatlarni badiiy asarlar
mohiyatiga singdirish, umumbashariy va milliy qadriyatlarni
talqin etish badiiy adabiyot oldidagi muhim vazifalardan biri
bo‗lib qolmoqda. Shu jihatdan, badiiy adabiyot ijtimoiy-
ma‘naviy
muammolarning
barchasini
o‗zida
mujassamlashtirishga harakat qilmoqda. Buni anglagan ijodkor
INSON tushunchasiga yanada jiddiyroq e‘tibor bermoqda.
―Afsuski, ayrim mintaqalarning chirkin hayotiga xos bo‗lgan
illatlar so‗ngi davrda millatdoshlarimiz tarbiyasiga ham salbiy
ta‘sir qilishi, ma‘naviy inqiroz sari etaklashi mumkin. Bir
vaqtlar adabiyotda vafo va sadoqat timsoli sifatida tasvirlangan
ayolning so‗nggi paytlarda o‗z nomiga nomunosib tarzda...
25
fribgarlik, odam savdosi, giyohvandlik va boshqa ma‘naviy
tanazullga olib keluvchi illatlarga aloqadoq kimsa sifatida
namoyon bo‗lishi afsuslanarli holdir. Bu hodisalarning badiiy
asarlarda global muammo sifatida aks etishi, uning ruhiy-
psixologik jihatlarning ochib berilishi, eng muhimi, ijodkorning
bu boradagi qattiy positsiyasi, faol munosabati kitobsevar
yoshlarimiz tarbyasidagi muhim bo‗g‗inlardan biridir‖ (3, 15-
bet).
Jahonda glaballashuv jarayoni mavjud ekan boshqa xalqlar
adabiyoti kabi o‗zbek adabiyotiga va janrlar taraqqiyotiga ham
o‗z ta‘sirini o‗tkazmoqda. Jahon tamaddunida sodir bo‗layotgan
o‗zgarish va taraqqiyot milliy hayotimizga ham kirib
kelayotganligi sir emas. Hech bir xalq yoki millat, o‗z qobig‗iga
o‗ranib yashay olmagani kabi adabiyot ham boshqa xalqlar
an‘analaridan oziqlanadi va taraqqiy etadi. Shu ma‘noda o‗zbek
adabiyoti ham jahon adabiyotidagi etakchi tamoyillarni sezilarli
darajada o‗zlashtirmoqdaki, albatta, bu holatni ijobiy baholash
mumkin deb hisoblaymiz. Birgina hikoya janri misolida
oladigan bo‗lsak, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarni,
inson tafakkuridagi evrilishlarni, o‗likni anglash yo‗lidagi
urinishlarni, samarsiz o‗tagan umrning ma‘lum bir nuqtasida
o‗zlikni anglashga qilingan harakatlar misolida izohlash
mumkin. Ana shunday o‗zgarishlar inson tafakkurifa sezilarli
ta‘sir qildi.
80-yillardan keyingi davr hikoyachiligi murakkab va xilma
xil talqinlarga, tasvirlarga ega ekanligi bilan alohida ajralib
turadi. Bugungi davrdagi turfa xil voqealar inson ruhiyatiga shu
qadar tez ta‘sir qilmoqdaki, bu esa tafakkurdagi evrilishlarni
namoyon qilmoqda. Bu tushunchalarning barchasi insonning
dunyoga bo‗lgan munosabatini ovzgartirib, olamni chuqurroq
26
angalashga, teranroq his etishga undomoqda. Insonning
jamiyatda tutgan ovrni, movqeyi, mohiyati, o‗zligi va botiniy
olamini asosliroq ovrganishga, talqin etishga undamoqda. Bu
esa sodda badiiy tasvirlar asosida emas balki, turli ramzlar,
majozlar orqali odam va olamni talqin etish yo‗lidan
borayotganligi ham qayd qilingan tushunchalarni asoslaydi.
Ayniqsa, mustaqillik tugayli G‗arb falsafasi, etakchi talqin
usullari kirib kela boshladiki, buning zamirida millati, irqidan
qat‘iy nazar inson muammosining qo‗yilishi ham bejiz
emasligidan dalolat beradi. Yozuvchi Nazar Eshonqul fikricha
―Bu davr nasrida inson ruhiyatiga chuqurroq kirishga, uni teran
tahlil etishga urinish yaqqol sezilmoqda‖ (4, 3-bet). Bu
qarashlarni izchillik bilan rivojlantirgan adib Shoyim Bo‗tayev
esa shunday yozadi: ―adabiyotning oldiga qo‗ygan mavzulari
hamma davrga xos. Adabiyot bitta yo‗nalishdan ketsa, adabiyot
hisoblanmaydi‖ (5, 4-bet).
Drahaqiqat,
jamiyatdagi
o‗zgarishlar,
demokratik
tamoyillar, istiqlol shabadalarining keng quloch yoyishi badiiy
adabiyotning hattoki, so‗z san‘atining erkinligini ham yuzaga
chiqardi. Adabiyotshunos U. Normatov qayd qilganidek: ―Inson
shaxsi, qalbining davlat, tuzum, mafkura, xatto din, siyosatga
bo‗ysinmaydigan g‗aroyib jihatlarini talqin etishda, yana
o‗zgacha tamoyillar ham ko‗rinmoqda‖ (5, 20-bet). Shu nuqtai
nazardan Xurshid Do‗stmuhammad ijodida ham bu xususiyatni
bevosita
kuzatishimiz
mumkin. Yozuvchining ―Jajman‖
hikoyasida o‗ziga xos xarakterini yoritib beradi. Agarda
―bozor‖, ―bozor hayoti‖, ―insonning kunlik tashvishi‖
tasvirlangandek, ammo ―bozor‖-bu kunlik hayotimiz, unda
ramziylik mavjud bo‗lsa, ―Jajman‖da majoziylikni ko‗ramiz:
―Hademay, tong otadi, olam nurga to‗ladi ... Odamlar
27
uyg‗onadi, bozor uyg‗onadi .. til darvozasi lang ochiladi, g‗ala-
g‗ovur boshlanadi .. tumonat toshib-shoshib oqib kiradi, oqib
chiqadi ... sotuvchi keladi, xaridor keladi, bekorchi keladi ...
oyoqlar tinmaydi, qo‗llar tinmaydi, og‗izlar tinmaydi ...
kiraveradi-chiqaveradi, kiraveradi-chiqaveradi ... olayotgan
pulim deydi, sotayotgan molim deydi ... trikchilik bilan
basharning tumshug‗idan jilov o‗tkazib etovga soladi ... ―bozor‖
deya atalmish tovachaga solib aylantiraveradi ...(6, 69-bet).
Hikoya qaxramoni Zardo‗sht bobo tilidan aytilgan bu
fikrlarda ramziylik, yashirin mano, chuqur falsafiy tushnchalar
o‗z ifodasini topganligini guvohi bo‗lamiz. Kitobxon yuqoridagi
talqinlarni o‗qir ekan, bozor-bu hayot demakdir,-degan
tushunchaga boradi. Nima uchun inson tongdan to kechga qadar
tinimsiz izg‗iydi, bozorda esa turfa xil xarakter egalarini
uchratamiz, ular qaergadir shoshar, sotuvchi esa o‗z molini
o‗tkazishga urinar, o‗z foydasini o‗ylar, shu orqali kun
o‗tkazishi, tabiiy. Ammo bu o‗rinlarda insonning hayotini o‗zi
bozor, bozorda turli xarakter egalari bo‗lgani kabi, inson hayoti
ham bir tekis emas, u ba‘zan adolatsizlikdan iztirob chekadi.
Hayotdagi ziddiyatlargina emas, uning o‗z ruhiyatidagi
ziddiyatlari ham mavjud bo‗lganidek, jamiyat ham inson
tafakkuri orqali o‗zgarib boradi. Bu o‗rinlarda asardagi falsafiy
talqinning mushohadaning mahorat bilan asar syujetiga
singdirilganligini anglaymiz. Nafs quliga aylanib borayotgan
inson qiyofasi ―Jajman‖ orqali tasvirlayotgandek tassurot
qoldiradi. Chunki u eb to‗ymas, butun bozorni kichik bir qorniga
joylashtirmoqchi bo‗lardi: ―Uni men to‗ydiraman! Yo‗q, qorni
yorilib ketguncha men boqaman uni!‖, deb bahs boylaydiganlar
chiqdi, lekin har safar ―To‗ydiraman!‖ deb katta ketganlar guv
28
tushaverdi, Jajmanning eb-to‗ymasligi sirliligicha qolaverdi
(O‗sha asar, 73-bet).
Asar haqida so‗z yuritgan olima Nargiza Davrboeva
yozadi: ―Jajman bu o‗rinda poraxo‗rlar, tovlamachilar, umuman,
aytganda millat ichidagi mitti-mitti yuhalar sifatida ko‗rinadi.
Bu yohalarni biz istagan nom bilan atashimiz mumkin‖(7, 43-
bet). Shu o‗rinda, nafs balosiga giriftor bo‗lgan inson va insonlar
qiyofasi haqida so‗z ketayotganini his etamiz.
Asar syujetidan o‗rin olgan Zardo‗sht bobo obrazi alohida
ajralib turadi. Yozuvchi uni asar voqealari silsilasiga bevosita
aralashtirmaydi, ammo u orqali ma‘naviy etuk inson qiyofasini,
yaxshilik, ezgulik va yomonlik, adolatsizlik o‗rtasidagi
ziddiyatni ham mavjudligini teranroq anglab olamiz. Chunki
insoniyat yaralibtiki, ezgulik va yovuzlik o‗rtasida kurash
abadiy mavjud bo‗lib kelmoqda. Ammo ezgulik asta-sekinlik
bilan bo‗lsa-da, g‗alaba qozonadi, haqiqat yuzaga chiqadi:
―Haroratingni darig‗ tutma, Axuramazda!... Ko‗ngillarni o‗zing
munavvar qilgaysan...‖ dedi Zardo‗sht bobo ichida iltijo qilib‖.
Hikoyada Axuramazda ezgulikni yuzaga chiqarishda
yomonlikning ya‘ni Jajmanlar olami esa Axriman ustidan
g‗alabaga undovchi asosiy tushunchadir. Shuning uchun xam
Zardo‗sht bobo goho-goho ―-Ogoh bo‗l, ogoh, Axuramazda!... –
Axriman o‗lmagan, Axuramazda!... Ogoh bo‗lgaysizlar,
yaxshilar, ogoh!... deya murojaat etadi. Asardagi bu talqinlarda
mavjud insoniyatga qaratilgan falsafiy mushohada mavjud.
Hayot faqat esgulikdan iborat emas, shuning uchun ham
adabiyot faqat ezgulikni targ‗ib qilmaydi, chunki milliy
tafakkurda ham o‗zgarishlar yuzaga chiqa boshlagan bir davr
edi. Bugunki kun yozuvchisi o‗z dunyoqarashi, ichki
dunyosidagi muqakkablik, uslubdagi rang-baranglik bilan
29
sho‗rolar davri adabiyotidan farq qiladi. Shu o‗rinda bir
tushunchani alohida ta‘kidlash zarurki, ramziylik, talqindagi
o‗zgarishlar g‗arb adabiyotiga taqlid emas, aksincha bir-biridan
oziq olish hamdir.
Milliy adabiyotdagi har bir hodisaning sababini tashqi
omillardan emas, bu zamindan, real voqelikdan, davr
ehtiyojidan izlash zarur. Shuning uchun yozuvchi Nazar
Eshonqul bu tushunchalarni umumlashtirib shunday yozadi:
―adabiyot hech qachon yakka holda taraqqiy etgan emas. Jahon
adabiyoti dunyodagi yuzlab xalqlarning adabiyoti, shu jumladan
bizning ham. U bizga begona adabiyot emas. Shuning uchun
jahon adabiyoti tushunchasiga cho‗chib, xavotirlanib qarash
noo‗rin. An‘analar adabiyotdan adabiyotga o‗tadi. Kimda
nimaga ehtiyoj bo‗lsa, o‗shani oladi. Men ham o‗z ehtiyojimga
yarasha olganman. Kimga kerak bo‗lsa bizdan oladi. Men
ta‘sirni juda oddiy tushunaman, shu sababli cho‗chimayman‖ (3,
265-bet). Hayotimizdagi ijtimoiy-ma‘naviy burilishlar ta‘sirida
badiiy adabiyotimizda ham turfa xil ohanglar o‗z ifodasini
topmoqda. Bu esa globallashuv jarayoniga yorqin misoldir.
Dostları ilə paylaş: |