98
Nisoviy bu lavozimda 1231 yilgacha, ya‘ni sultonning o‗limiga
qadar xizmat
qiladi. Keyin u Mayofarikin (Diyorbakr viloyatida) hokimi Ayyubiy al-Malik
al-Muzaffar G‗oziyning (1220-1224 y.) xizmatiga kiradi. Biroq oradan ko‗p
vaqt o‗tmay qamalib qoladi. Qamoqdan ozod etilgandan keyin Ildegiziylar (1137-
1225) huzurida, so‗ngra 1238 yili Xarron (Eron Ozarbayjoni) qal‘asiga hokim
etib tayinlanadi. Oxiri Xalab (Suriya) suotoni al-Malik an-Nosir Salohiddin Yusuf
ibn al-Azizning xizmatiga kiradi va umrining oxirigacha Xalabda istiqomat qiladi.
SHihobuddin Muhammad an-Nisoviy O‗rta Osiyo, Kavkaz, Yaqin va O‗rta SHarq
mamlakatlarining mo‗g‗ul istilosi davridagi (1220-1231 y.) ijtimoiy-isyosiy
ahvolidan baxs yurituvchi ―Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni‖ nomli
qimmatli kitob yozib qoldirgan. Asar 1241 yili Xalabda yozib tugallangan bo‗lib, u
memuar-xotira-yodnoma tarzida yozilgan. Kitob muqaddima va 108 bobdan iborat.
Asarning I-IV boblarida mo‗g‗ul-tatarlar,
CHingizxonning kelib chiqishi, xon
bo‗lib ko‗tarilishi masalalari ixcham tarzda bayon etilgan. V-XXII boblar
xorazmshoh Alouddin Muhammadning hayoti va faoliyatiga bag‗ishlangan.
XXIII bobdan boshlab kitobning to oxirigacha mo‗g‗ul istilosi va
xorazmshoh Alouddin Muhammadning fojiali taqdiri, sulton Jaloluddinning hayoti
va kurashi, fojiali halokati hikoya qilinadi.Ushbu asarning ayniqsa 1224-1231
yillar voqealarini o‗z ichiga olgan boblari original va zo‗r ilmiy qiymatga
ega, chunki bayon etilmish voqealarning ko‗pchiligida muallifning bevosita
shaxsiy ishtiroki bor. Mana shuning uchun
ham bu kitob tarix ilmi
namoyondalarining diqqat e‘tiborini o‗ziga jalb etmoqda. Undan ham
o‗tmishdagi muarrixlar al-Futuvvatiy (1244-1323 y.), Ibn Xaldun (1332-1406),
Badruddin Ayniy (vafoti 1451 y.) qimmatli manba sifatida foydalanganlar.
Zamonaviy sharqshunoslar ham o‗sha davrga oid tadqiqotlarida bu asarni
chetlab o‗ta olmaydilar. ―Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni‖ nomli asarning
arabcha matni, frantsuzcha tarjimasi bilan 1891-1895 yillari Parijda hamda
Qohirada chop qilingan. Uning qisqartirilgan turkcha (tarjimonlar Yusuf Ziyo va
Ahmad Tavhid) va forsiy (tarjimonlar Muhammad
Ali Nosih va Mujtab
Minoviy) tarjimalari mavjud. Asarning turkmanlar va Turkmanistonning XIII
asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolidan hikoya qiluvchi qismi rus tilida (tarjimon S. L.
Volin) nashr etilgan edi. Kitobni to‗la holida Moskvada Z.M.Buniyatov rus tiliga
tarjima qilib, ilmiy izohlar bilan nashr ettirgan.
Dostları ilə paylaş: