99
markazlaridan biri) ruhoniy oilasida tug‗ilgan. Otasi Olmaliqning mashhur
hofizlaridan (―Qur‘on‖ni qiroat bilan o‗quvchi), onasi esa marvlik shayx Abu
Alining avlodi bo‗lgan. Bo‗lg‗usi olim Olmaliqlik mashhur shayx Ashraf ibn
Najib al-Kosoniydan ta‘lim oldi, so‗ng Chingiziylarga tobe bo‗lgan mahalliy
hukmdor Sig‗noq takinning (vafoti 1250-1253 y.) o‗g‗li Elbutarning
tarbiyachisi sifatida xizmatga kiradi. Bu hol, shuningdek sadr Burhoniddinning
homiyligi tufayli, uning keyingi yuqori lavozim devoni inshoga ko‗tarilishiga
yordam berdi. 1264 yili Jamol Qarshiy, bizga ma‘lum bo‗lmagan sabablarga
ko‗ra, iste‘foga chiqib, Koshg‗arga ketib qoladi. Koshg‗arda Jamol Qarshiyga
sadrlardan Kamoluddin Abu Abdulloh ibn
Husayn va Sa‘duddin homiylik qildilar. Olim Koshg‗arda asosan she‘r
yozish bilan mashg‗ul bo‗ldi va sadr Sa‘duddinning taklifi bilan 1302 yili o‗zining
―As-suroh min as-Sahoh‖ (―Foydali (mulohaza)dan kelib chiqqan ochiq gap‖)
nomli asarini yozdi. Jamol Qarshiy 1269-1294 yillar orasida O‗rta Osiyoning
ko‗pgina viloyatlari bo‗ylab sayohat qilgan. Masalan, 1269-1270 yillari Ilamishda
(Andijondan Talasga boradigan yo‗l ustida joylashgan qadimiy shahar), bir
necha bor (1272,1293 y.) Shoshda, 1273 yili Barchinlig‗kent va Jandda bo‗lgan.
Olim ana shu sayohatlar vaqtida to‗plangan ma‘lumotlardan o‗zining yuqorida
nomi qayd etilgan asarini yozishda keng foydalangan. Jamol Qarshiyning
ushbu asari Abu Nasr Ismoil ibn Hammod al-Javhariyning (vafoti 1008 y.)
―As-sahoh‖ (―Mukammal lug‗at‖) nomli asariga yozilgan qo‗shimcha bo‗lib,
ko‗pincha ―Mulhaqot as-suroh‖ nomi bilan mashhurdir.
Asarda XIII asrda Olmaliq va unga qaram yerlarda hukmronlik qilgan turk
hukmdorlari, Qoraxoniylar, xususan ularning Koshg‗arda hukronlik qilgan
namoyondalari; Qoshg‗ar, Xo‗tan, Farg‗ona, Shosh viloyatlari, shuningdek
Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan bir qator yirik o‗rta asr shaharlari, masalan
Barchinlig‗kent, Jand haqida, Jamol Qarshiy bilan zamondosh bo‗lgan mashhur
kishilar-shayxlar, olimlar, shoirlar haqida diqqatga sazovor ma‘lumotlarni
uchratamiz.
Umuman, Jamol Qarshiyning ushbu asari Movarounnahr hamda
Markaziy Osiyo xalqlarining XIII asrdagi tarixi, madaniyati, yirik shaharlari
va ularning ahvolini o‗rganishda zarur manbalardan biridir. ―Mulhaqot as-suroh‖
hozirgacha bironta tilga tarjima qilinmagan. Uning qo‗lyozma nusxalari Angliya,
Fransiya, Germaniya kutubxonalarida, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida va
Toshkentda mavjud.
Dostları ilə paylaş: