O„rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi masalalari XX asr 20-yillari
matbuotida.
1920 yilning boshlarida Turkkomissiya raisi Ya.Rudzutak Turkiston
ASSRni bo‗lib tashlash va milliy til belgisiga qarab muxtor (avtonom)
respublikalar tuzish masalasini qo‗ydi. Milliy respublikalar tuzish zarurligi g‗oyasi
tashabbuschilari bu masalani yerli xalqlar hayotida tengsizlik mavjudligi, milliy
mojarolar kuchayib borayotgani bilan asosladilar. Bolsheviklar O‗rta Osiyoda
yashab kelayotgan millatlarning ushbu geografik hamda siyosiy chegara ichida
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiy qilishi mumkin emas deb topdilar.
164
Ushbu masala yuzasidan matbuotda e‘lon qilingan maqolalarni tahlil qilinar ekan,
ularni mazmuni va mohiyatiga qarab quyidagi guruhlarga bo‗lish mumkin:
O‗rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralash masalasiga doir savollar va
murojaatlar.
Markazdan yuborilgan va mahalliy rahbarlarning O‗rta Osiyoni milliy-
hududiy chegaralash masalasidagi fikrlari va savollarga javob maqolalari.
O‗rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralash masalasida milliy-etnik
nizolarning oldini olishga bag‗ishlangan maqolalar.
Xorazm Xalq Sovet Respublikasining milliy-hududiy chegaralanishga
tortilishi masalasi.
O‗zbekiston SSRning tashkil topishi va uning poytaxti masalasi.
Xorijdagi
vatandoshlarimizning
O‗rta
Osiyoning
milliy-hududiy
chegaralanishiga oid maqolalari.
O‗rta Osiyoni milliy respublikalarga bo‗lish masalasi o‗rtaga tashlangach,
davriy matbuotda milliy ziyolilarning ushbu masalaga oid turli-tuman savollari va
murojaatlari chiqa boshladi. «Milliy jumhuriyatlarga ayrilish kerakka o‗xshaydir.
Busiz iloj yo‗q ekan. Ayrilish Turkiston doirasida bo‗lsunmi yoxud O‗rta Osiyo
masshtabidami? Milliy jumhuriyatlar bo‗lgach, uni birlashtiradirgan Markaz
masalasi qanday hal bo‗ladir? O‗rta Osiyo federatsiyasi kerakmi? Jumhuriyatlar
Rusiya Sovet jumhuriyatiga bog‗lanadirmi? Milliy jumhuriyatlar bevosita
markazga bog‗lansa, millatlar orasida iqtisodiy aloqa qanday bo‗ladir? Bo‗linish
tartiblari va qirg‗iz qozoqlar Qozog‗istonga qo‗shiladirmi yoxud alohida
jumhuriyat bo‗ladirmi? Turkmanlar, Xorazm va Buxoro turkmanlarini
birlashtiradirmi? Tojik, qirg‗iz avtonomiyasi qanday tuziladir?».
Yuqorida keltirilgan savollar hamda murojaatlar faqatgina hukumatning
rasmiy gazeta va jurnallarida emas, hatto hajviy nashr hisoblangan «Mushtum»da
ham chop etildi. «Turkistonda barchadan ham katta nufuzga ega biz deb davo
qiluvchi ba‘zi rus mustamlakachilarning chegarasi qaerdan boshlanadir yoki
bularning respublikasini bo‗yab ko‗rsatish uchun bo‗yoq yetmay qoldimi? Agar
taqsimda xiyonat qiling‗on bo‗lsa, bu masala boshqatdan ko‗rilsun!».
Yuqorida keltirilgan muhim savollar o‗rtaga tashlanganidan keyin ba‘zi bir
mutassaddilar «Mushtum» nashriyoti nomidan ushbu savollarga quyidagicha javob
qaytargan: «Milliyat masalasi to‗g‗risida axtarganimizda hech narsa
ko‗rsatilmagan. Milliy masalaga qaratilib bir lug‗at nashr etilgandan keyin
munosib bir javob berish niyatidamiz. Har holda, Sovetlar hukumatida
mustamlakachilar jumhuriyati bo‗lmaydir. O‗rtoq, bu masala to‗g‗risida Angliya
hukumatiga murojaat qiling!».
Markazdan yuborilgan kommunistlar bilan birga mahalliy rahbar
xodimlarning Turkiston mintaqasining milliy-hududiy chegaralanishi masalasidagi
165
fikrlari rasmiy matbuotda bosilib turdi. Masalan, Zelenskiy, Aytakov, Gajuxov,
F.Xo‗jaev, A. Muhiddinov, S. Xo‗janov, I. Xidiraliev va boshqalarning nutqlarida
milliy siyosat to‗g‗ri hal etilishiga ishonch bilan qaraldi.
1924 yil 4-iyun kuni Moskvada 13-firqa qurultoyi bo‗lib, unda Turkistondan
vakil S.Xo‗janov ishtirok etadi hamda unda ko‗rilgan masalalar matbuotda e‘lon
qilinadi. Bu qurultoyda O‗rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishiga doir
muhim masalalar muhokama etiladi. Eng asosiysi, milliy respublikalar tashkil
topgach, O‗rta Osiyo o‗lkalari birikib, federatsiya tuzilishi masalasi ko‗riladi.
Dastlab qurultoyda O‗rta Osiyo byurosi nomidan Rudzutak ma‘ruza qilganidan
keyin Turkistondan borgan har bir millat vakillariga so‗z beriladi. Afsuski, o‗zbek,
qozoq, turkman va qirg‗iz millatiga mansub vakillar ham O‗rta Osiyoning yagona
federatsiyaga birlashishiga hali erta ekanligini ta‘kidlab, bu masalaga rad javobini
beradilar.
O‗rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishningo‗tkazilishi paytida milliy-
etnik nizolarning oldini olishga bag‗ishlangan bir qator maqolalar e‘lon qilingan.
Jumladan, hukumat vakillaridan biri Hojiboev milliy muxoliflikka bormaslik va
etnik nizolarning oldini olishga e‘tibor qaratadi. Afsuski, milliy-hududiy
chegaralanish arafasida milliy-etnik nizolar va hudud talashishlar kuzatiladi.
Mahalliy ziyolilardan bo‗lgan Ismoilzoda matbuotda bu kabi janjallarni
to‗xtatishga chaqiradi. «Milliy jumhuriyatlarga ajratish to‗g‗risida gazetalarimizda
ko‗b narsalar ko‗rilmoqdadir. Bu to‗g‗rida «Oq jo‗l», «Angbakchil qozoq»
(Urunburug‗da), Turkiston, Farg‗ona va Zarafshonda har xil maqolalarning ichida
aksarisi bir tomonliq va tor bir o‗lchovda millatchilik ruhida bo‗ldikim, bu
matbuotimizda katta nuqson hisoblanadir. Bunday maqolalarning natijasida
matbuotimizda milliy shovinizm ruhining ko‗tarilishini sezamiz, hatto bu to‗g‗rida
gazetamizning bir-birlari bilan so‗kushmagi omma orasiga millatchilik
shovinizmining tuxumini ekish emasmi? Masalan, «Turkiston» bilan «Oq jo‗l»
janjallari «Angbakchil qozoq»ning haddan oshishi, Zarafshonning chiqishi va
Farg‗onada Alievning maqolasi va boshqalar. Albatta, biz bu yerda aybning kimda
va qaysi tomonda ekanini surishtirmay matbuotimizning bu xususida to‗g‗ri yo‗l
tutishini va uning har masalada ijtimoiy qarashga ega bo‗lishini chindan tilab
qolamiz».
Shu bilan birga, «Yacheyka yoki rayondagi firqa a‘zolarini aldab, sen o‗zbek
jumhuriyatiga o‗t, sen qirg‗iz jumhuriyatiga o‗t deb ul bechoralarni miyasini
aynitishdan nima foyda bor? Tezisdan chetga chiquvchilarga tegishlik firqa
idoralari chora ko‗rsalar kerak» degan fikrlar matbuot sahifalarida uchragan.
1924 yil 8-mayda O‗rta Osiyo iqtisodiy konferensiyasida qatnashish uchun
Toshkentga kelgan Xorazm delegatsiyasi a‘zolari RKP(b) MQ O‗rta Osiyo byurosi
raisiga «Xorazmda milliy masalaning hal qilinishi to‗g‗risida maktub»
166
topshiradilar. Unda Xorazmni mustaqil ma‘muriy rayon sifatida o‗zining doirasida
qoldirish, shuningdek, Xorazm Respublikasi bilan Turkiston Respublikasining
Amudaryo viloyatini birlashtirish taklif qilingan edi. Aslida, bu Xorazmning
chegaralanish o‗tkazilishini rad qilishi edi... 1924 yilning 26 iyunida yangilangan
Xorazm kommunistik partiyasi Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning
zarurligini e‘tirof etadi.
Xorazm Respublikasi Markaziy
Ijroqo‗mining
raisi Sulton
Qori
Jumaniyozov «Keyinroq qoldik» sarlavhali maqolasida o‗lkaning milliy
chegaralanish uchun ortda qolganligi sababini tushuntirishga harakat qilib shunday
deydi: «O‗lkamizning markazdan juda uzoqda bo‗lishi va yo‗llarining qiyinligi
sabablik ko‗b masalalar bizga juda qiyin va butunlay eshitilmasdan qolar edi.
Milliy chegaralash masalasi ham shunday bo‗ldi. 1924 yilning yanvar oyida o‗rtoq
Mizlavik Xivaga kelib, milliy chegaralash masalasida doklad qildi. Lekin bu
doklad bo‗yicha uning asosiy qoidasini va qanday yo‗lda bo‗lishini bilgan
odamimiz bir bo‗lsa, bilmaganimiz o‗n bo‗ldi... O‗rta Osiyo byurosining kotibi
o‗rtoq Korklin Xivada bo‗lib, milliy chegaralash masalasida qanoatlanarlik
dokladlar qildi va uning asosiy foydalarini tamoman tushuntirdi. Shundan keyin
biz Xorazm o‗zbeklari uchun O‗zbek jumhuriyatiga qo‗shilishdan boshqa chora
yo‗qligini tushundik. Lekin shunday bo‗lgani holda qo‗shilishga qaror berib, shuni
O‗rta Osiyo byurosiga bildirdik va qarorimizni topshirdik. Natija nima bo‗lur,
hozircha ma‘lum emas...»
Bolsheviklarning Turkiston mintaqasini milliy chegaralashdan maqsadi
ushbu o‗lkalarni xomashyo yetkazib beruvchi hududiy birlikka yoki rayonga
aylantirish edi. Hatto O‗rta Osiyoda milliy chegaralanish jarayoni bo‗layotgan bir
paytda xomashyo va xo‗jalikka qarab yirik shirkatlar tuzish loyihasi allaqachon
yaratilgan edi. «O‗rta Osiyo jumhuriyatlarini chegaralash munosabati bilan
Turkiston paxtachilik shirkatini ikkiga ajratish to‗g‗risida loyiha tayyorlana
boshlandi. Bu shirkatlarning biri «rus-o‗zbek shirkati» va ikkinchisi «rus-turkman
shirkati». «Rus-o‗zbek shirkati» hay‘atiga O‗zbekiston jumhuriyati bilan unga
qaragan qozoq, qora qirg‗iz, tojik rayonlari hamda Buxoro bilan Xorazmning
ko‗proq qismlari kiradir. Buxoro bilan Xorazmning qolgan qismlari «rus-turkman
shirkati»ga kiradir. Turkiston paxtachilik shirkatining sarmoyasi bu
jumhuriyatlarda ekilgan va ulardan sotib olingan paxtalarning hisobiga qarab
taqsim qilinadi - ya‘ni bo‗linadir».
Davriy matbuotda berilgan rasmiy ma‘lumotga ko‗ra, O‗zbekiston SSRning
maydoni (tojik muzofotidan boshqa) 440 ming murabba‘cha qirim va 7 ta
muzofotdan: Toshkent, Samarqand, Farg‗ona, Zarafshon, Surxon, Qashqadaryo
hamda Xorazmdan iborat ekanligi qayd etilgan.
167
Toshkentda 1924 yilning 5-dekabr sanasi O‗zbekiston SSRning tuzilgan
kuni sifatida bayram qilingan. 5-dekabr tantanasini o‗tkazish bo‗yicha Rahmat
Ahmadiy raisligida komissiya tuzilib, tadbirni o‗tkazish rejasi ishlab chiqilgan.
Ushbu tantanada O‗zbekiston inqilob qo‗mitasi nomidan F.Xo‗jaev, Butunrusiya
kommunist firqasi O‗rta Osiyo byurosi nomidan Zelenskiy, eski shahar ijroqo‗mi
firqa
raykomi
kasabalar
byurosidan
Mallaboev,
bundan
tashqari,
Rahimboevningtabrik so‗zlari yo‗llangan.
1925 yil fevralda Buxoro shahrida chaqirilgan sovetlarning birinchi s‘ezdi
«O‗zbekiston SSRni tuzish to‗g‗risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi. Bu
deklaratsiyada shunday deyilgan edi: «Sovet hokimiyatining Sharqdagi avangard
posti bo‗lgan O‗rta Osiyoda millatlarning o‗z taqdirini o‗zi belgilash huquqini
amalga oshirish maqsadi bilan sobiq Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari
hududlaridagi o‗zbek yerlarining qishloq va ovullari mehnatkashlar ommasi
birinchi sovetlar s‘ezdi orqali bu xalqning tarixida ilk marotaba ishchi va dehqonlar
O‗zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta‘sis qilinganini e‘lon qiladilar».
O‗zbekiston SSRning poytaxti masalasi ham matbuotda ko‗p muhokama
qilingan. Respublika markazining Samarqand shahri bo‗lishini barcha mahalliy
aholi vakillari yoqlab chiqqanidan so‗ng, «Markaz» ham buni tasdiqlaydi. Matbuot
materiallarida keltirilgan ma‘lumotlarga qaraganda, hukumat va qator muassasalar
uchun binolar qurish va shaharni obodonlashtirish maqsadida «Markaz»dan
mablag‗ ajratilgan. «Samarqandni markaz holiga qo‗yish uchun hozirliq boradir.
Buning uchun markaz million so‗m berdi». To‗plangan materiallarga tayanib
shuni aytish mumkinki, qisqa muddatda (1924 yil 5-dekabrdan 1925 yilning 3-
apreliga qadar) Buxoro va Toshkent shaharlari O‗zbekiston SSRning poytaxti
vazifasini bajardi. 1925 yilning 3-aprel kuni respublika poytaxti Samarqandga
O‗zbekiston markaziy hukumati ko‗chib boradi. Poytaxtning Samarqandga ko‗chib
kelishi munosabati bilan shahar maydonida bayram bo‗lib, unda F.Xo‗jaev,
Y.Oxunboboev, I.Xidiraliev, V.Ivanov va boshqalar tabrik yo‗llaydilar. Jumladan,
Ivanov shunday deydi: «Bu kungacha tarixda hech bir davlatning o‗z poytaxtini
yaxshi katta shahardan ko‗ra quyiroq darajada bo‗lgan shaharga ko‗chirgani
ko‗rilmagan. Sovet hukumati bo‗lsa o‗z poytaxtini mehnatkashlarga eng yaqin
bo‗lgan joyga quradir».
Xorijda yashagan vatandoshlarimiz tomonidan nashr etilgan jurnalda sovet
milliy siyosati va O‗rta Osiyoning milliy chegaralanishiga oid maqolalar talaygina.
Jumladan, shunday jurnalning ta‘sischilaridan biri bo‗lgan Mustafo Cho‗qay O‗rta
Osiyoning milliy chegaralanishi xususida shunday deydi: «Turkistonning ayrim
bo‗limlari - Turkmaniston, Qozog‗iston, Tojikiston, O‗zbekiston, Qirg‗iziston
sovet jumhuriyatlari bo‗ldimi. Yo‗qsa, qozoq, o‗zbek, qirg‗iz, tojik, turkman rayon
168
va yo okruglari ataldimi - farqsizdir, Baribir, ularning hammasida O‗rta Osiyo
byurosi va boshqa bir ism bilan Moskva idorasining diktaturasi ostida bo‗ladir».
O‗rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish jarayoni bolsheviklar milliy
siyosatining yangi bosqichi bo‗lib, bunda milliy mojarolarning oldini olishi va
hududlarning iqtisodiy taraqqiy etishi belgilangan edi. Ammo milliy nizolar, ya‘ni
hudud talashishlarning davom etishi natijasida Turkiston mintaqasining
yaxlitligiga putur yetdi. Sovet namunasida tuzilgan mazkur respublikalar
iqtisodiyoti bir yoqlama, sobiq Ittifoqning xomashyo yetishtiradigan chekka
hududlariga aylantirildi.
Dostları ilə paylaş: |