O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   112
Savol va topshiriqlar: 
1.
Turkistondagi istiqlol uchun qurolli harakatni sovet hokimiyati organlari 
qanday kutib oldilar? 
2.
Markaz bilan Buxoro va Xorazm Respublikalari rahbariyati poziciyalari 
o‗rtasidagi ziddiyat nimadan iborat bo‗ldi? 
3.
20-yillarning oxirida ma‘muriy-bo‗yrukbozlik tizimining mohiyati 
qanday va u O‗zbekiston iqtisodiy siyosatida qanday aks etdi? 
4.
Totalitar tartibotning mustahkamlanib borishi O‗zbekistonning 30-
yillaridagi ijtimoiy-siyosiy hayotiga qanday ta‘sir o‗tkazdi? 
5.
Turli millat vakillaridan yetishib chiqqan ishchilar sinfi, mutaxassislar 
sonining o‗sishini qanday omillar to‗xtatib turdi? 
6.
Keyingi yillarda O‗zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida qanday 
muamollar va qiyinchiliklar ko‗zga tashlandi? 
 
XII-BOB: MUSTAQIL O„ZBEKISTON TARIXIGA OID MANBALAR 
 
Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shaklda 
bo‗linishlarga, halqi esa o‗zgalar tomonidan tahqirlanishiga, kamsitilishiga duchor 
bo‗lgan. Xalqimizning ahmoniylar, yunon-makedoniyaliklar zulmiga, arablar 
istilosiga, mo‗g‗ullar bosqinchiligiga va nihoyat chorizm mustamlakachiligi qarshi 
olib borilgan milliy ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan. Ayni 
choqda yaqin o‗tmishda, sovet hokimiyati yillarida O‗zbekistonning Markazga 
tobeligiga qarshi olib borgan kurashlarining yangi manbalar orqali ham tobora, 
chuqurroq bilib boryapmiz. 
Mustaqillik – tinchlik sari qo‗yilgan birinchi qadam. 
Mustaqillik – o‗zaro hurmat bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida 
mamlakat fuqarolari o‗zaro munosabatida ham, davlat o‗rtasidagi aloqalarda ham 
ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash 
demakdir. 


169 
Mustaqillik – jamiyatdan ajratilgan holda dunyo muammolari va o‗z taqdiri 
bilan bog‗liq bo‗lgan istiqbol haqida o‗ylashdir. 
Mustaqillik–erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga 
suyanib 
yashash 
salohiyatidir. 
Mustaqil yashashga, mustaqil fikrlashga o‗z taqdirini o‗zi belgilashga, o‗z 
hayotini o‗zi izga solishga qodir odam ziddiyatlarni osonlik bilan yengadi. 
80-yillarning oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. 
Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga 
ega bo‗la boshladilar. 1989 yil 21 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi 
O‗zbekistonning davlat tili haqida qonun qabul qildi. Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va 
madaniy hayotning barcha sohalarida o‗zbek tili to‗la amal qilishi qonunlashtirildi. 
Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatlarning mustaqillik sari tashlangan birinchi 
qadami bo‗ldi. 
O‗zbekiston mustaqilligiga oid tarixiy manbalardan ikkinchisi, bu 
O‗zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Dekraraciyasi» hisoblanadi. Bu tarixiy 
hujjat 1990 yil 20 iyunda XII chaqiriq Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida 
qabul qilindi. Bu hujjat 12 moddadan iborat bo‗lib, unda O‗zbekiston Respublikasi 
davlat mustaqilligi e‘lon qilinib, chegara daxlsizligi, mustaqil ichki va tashqi 
siyosat yuritish o‗z taraqqiyot yo‗lini, o‗z nomini, o‗z ramzlarini belgilash 
huquqini xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan olish va hurmat qilishi 
masalalari 
qayd 
etilgan 
ushbu 
Deklarasiya 
O‗zbekistonning 
yangi 
Konstitusiyasining ishlab chiqish uchun kelajakda asos bo‗lib xizmat qildi. 
Uchinchi manba – bu O‗zbekistonning Oliy Kengashining XII-chaqiriq 
navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida qabul qilingan 1991 yil 31-avgust davlat 
mustaqilligi to‗g‗risidagi qonun va Oliy Kengash Bayonoti hisoblanadi. Bu 
hujjatlar O‗zbek xalqining asriy orzusi ro‗yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi 
bo‗ldi. Qonun 17 moddadan iborat bo‗lib, birinchi moddada O‗zbekiston 
Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‗iston Respublikasi bilan birga mustaqil 
demokratik davlat deb e‘lon qilindi. 
Ikkinchi moddada O‗zbekiston Respublikasining xalqi suveren ekanligi va u 
Respublika davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi ta‘kidlanadi. 
Uchinchi moddada O‗zbekiston Respublikasining to‗la davlat hokimiyatiga 
egaligi, o‗zining milliy davlat va ma‘muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va 
boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. 
Beshinchi moddada O‗zbekiston Respublikasida Konstitusiya, uning 
qonunlari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga ajratish tartibi belgalnadi. 
8, 12, 14-moddalarda O‗zbekiston Respublikasi mustaqilligining iqtisodiy 
asoslari izohlab berildi. 


170 
13, 
14-moddalarida 
O‗zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy 
aloqalaridagi mustaqilligi sharhlandi. 
15-moddada O‗zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy 
Dekloryasiyasiga muvofiq holda Respublika fuqaroligi joriy etilishi, u fuqarolar 
millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat‘iy nazar bir xil 
huquqlarga egaligi va ular Respublika Konstitusiyasi qonunlari himoyasida 
bo‗lishlari qonunlashtirildi. 
16-modda davlat ramzi bo‗lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili 
haqida gapirilsa, 17-modda esa O‗zbekistonnning Qoraqolpog‗iston bilan 
munosabatlari xususida so‗z borb, O‗zbekiston Qoraqalpog‗istonning hududiy 
yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi. Bu qonunga Konstitusion maqom 
beriladi. Shu kundan boshlab 1-sentyabr mustaqillik kuni sifatida bayram 
qilinadigan bo‗ldi va milliy istiqlol davri boshlandi. Bu jarayon tinch demokratik, 
parlament yo‗li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlarsiz amalga oshirildi. 
To‗rtinchi manba. Mustaqil O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 
hisoblanadi. Har bir mustaqil, suveren davlatining huquqiy asoslaridan biri-uning 
asosiy Qonuni-Konstitusiyasi hisoblanadi. O‗zbekiston Konstitusiyasi 1992 yil 8-
dekabrda 12-chaqiriq O‗zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining IX 
sessiyasida qabul qilindi. Konstitusiya 6 bo‗lim, 128 moddadan iborat bo‗lib, 1-
bobida «O‗zbekiston suveren demokratik respublika ekanligi mustahkamlangan. 
O‗zbekiston davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo‗linmasdir (3-modda). Yangi 
Konstitusiyada xalqning o‗z taqdirini o‗zi belgilashi qayd etilib, 7 moddada xalq 
davlat hokimiyatining birdan-bir manbai deb ko‗rsatilgan. Xalq saylov yo‗li bilan 
vakillik hokimiyati organlarini tuzadi, mamlakat Prezidentini saylaydi, qonunlar 
qabul qilishdi qatnashadi. 
Konstitusiyaning II-bo‗limi to‗lasincha fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, 
ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi huquq va erkinliklari, shuningdek jamiyat 
oldidagi burchlariga bag‗ishlangan. Bu huquqlar muqaddas hisoblanib, davlat 
tomonidan kafolatanadi. 
Yangi Konstitusiyada O‗zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati oliy 
organlarining tuzilishi, hokimiyatlarning bo‗linish tamoyili asoslab berilgan. 
O‗zbekistonda davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatiga bo‗linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri mustaqil 
faoliyat yuritadi. Konstitusiyada uchala hokimiyat o‗zaro aloqasi va mustaqil 
harakat qilish mexangizmlari mustahkamlangan. Chunonchi, qonun chiqaruvchi 
hokimiyat Oliy Majlis tomonidan, ijroya hokimiyat esa O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti va uning rahbarligi ostida Vazirlar Mahkamasi tomonida amalga 
oshiriladi. Sud hokimiyati – Konstitusiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‗jalik sudi 
tomonidan amalga oshiriladi, ular birgalikda respublikaning yagona tizimini 


171 
tashkil etadi. Konstitusiyada hokimiyatning har bir bo‗g‗ini vakolatlari mufassal 
bayon etilgan (V-bo‗lim). 
Konstitusiyaning maxsus bobi (XXI-bob) joylardagi davlat hokimiyati 
organlariga bag‗ishlangan. Bu bobda o‗zini-o‗zi boshqarish, tamoyillarini 
mustahkamlash bilan bir qatorda mahalliy hokimiyatning boshlig‗i bo‗lgan hokim 
tartiboti joriy etiladi. Tegishli huquqlardagi mahalliy vakillik hokimiyati – xalq 
kengashlariga, 
shuningdek 
ijroiya 
hokimiyatga 
viloyat, 
tuman, 
shahar 
hokimiyatlari boshchilik qiladilar. 
Viloyat hokimlari va Toshkent shahrining hokimi Prezidenti tomonidan 
lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari 
kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tuman, shahar va shaharlardagi tumanlar 
hokimlari tegishli yuqori turuvchi hokimlar tomonidan lavozimga tayinlanadi va 
lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari 
tomonidan tasdiqlanadi (102-modda). 
Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda mahalliy hokimiyat o‗z-o‗zini 
boshqarish jamoat organlari shaklida amalga oshiriladi. Fuqarolarning yig‗inlari 
bunday o‗z-o‗zini bashqarishning organlari hisoblanadi. Fuqarolar ikki yarim yil 
muddatga rais (oqsoqol) va uning maslahatchilarini saylaydilar. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini qabul qilinishi mamlaktimiz 
hayotida katta ahamiyatga esa bo‗ldi. U mamlakatda qonunchilikning rivojlanishi 
uchun huquqiy islohatlar uchun asos bo‗lib xizmat qilmoqda. Suveren 
O‗zbekistonning Konstitusiyasi inson va fuqarolar huquqlarining demokratik 
hujjati, insonparvar, huquqiy davlatni shakllantirishning strategik dasturidir. U 
o‗lkani, siyosiy, yuridik va xalqaro ahamiyatga ega hujjattdir. 
Ma‘lumki, 1990 yil 18 fevralida O‗zbekiston Oliy Kengashining yangi 
tarkibi saylandi. U 1990-1994 yillarda faoliyat ko‗rsatdi va 200ga yaqin qonun, 
500dan ziyod qaror qabul qildi. Ammo Konstitusiyada Oliy Kengash asosida Oliy 
Majlisni shakllantirish (176-modda) masalasi qayd etilib, shunga ko‗ra 1993 yil 
20-dekabrda – Oliy Kengash XIV sessiyada «O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga saylovlar to‗g‗risida» qonun qabul qildi. Shunga ko‗ra, 1995 yil 8 hamda 
25-yanvar kuni Oliy Majlisga saylov bo‗ldi. Oliy Majlisning Oliy Kengashidan 
farqi: 1. Saylov ko‗p partiyaviylik va muqobillik asosida o‗tkazildi; 2. Saylovda 
sinfiy yondoshuvga barham berildi; 3. Oliy Majlis – doimiy amal qiluvchi 
parlament sifatida faoliyat yuritmoqda. 
Mustaqillikka erishganligimizdan so‗nggi parlament faoliyati jarayonida 
qabul qilingan hujjatlar – beshinchi manba sifatida O‗zbekiston tarixini 
o‗rganishda asosiy rol o‗ynaydi. 1995-1999 yil mobaynida Oliy Majlis 120 dan 
oshiq qonun, 150 dan ortiq qaror qabul qildi. Bular jamiyatini demokratlashtirish, 
bozor munosabatlarni shakllantirish aholini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, 


172 
jamiyatni ma‘naviy yangilash, milliy davlatchilik asoslarini yaratish va 
musthkamlashni huquqiy jihatdan ta‘minladi. Sud organlari tizimini yanada 
takomillashtirish masallari ham parlamentning doimo diqqat markauzida bo‗ldi. 
Oliy Majlis «O‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to‗g‗risida»gi 
Qonuni qabul qilib, respublikamiz tarixida birinchi bor Konstitusiyaviy sudining 
tashkil etilishiga huquqiy asos soldi. Shuningdek, Parlament O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‗jalik sudi tarkiblarini saylab, respublikada 
mustaqil sud tizimini vujudga keltirish jarayoni asosan nihoyasiga yetkazdi. Oliy 
Majlisning 1996 yil aprel oyida bo‗lgan V sessiyasida O‗zbekiston 
Respublikasining davlat xavfsizligi to‗g‗risidagi qonuni qabul qilganligi bu borada 
muhim qadam bo‗ldi. Oliy Majlisning VII sessiyasida (1996 yil dekabr) qabul 
qilingan «O‗zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari 
to‗g‗risida»gi Qonun mamlakatimizning tinchliksevar, betaraf siyosatini 
belgilovchi xalqaro ahamiyatga molik bo‗lgan muhim hujjat hisoblanadi. 
Oliy Majlis tomonidan Mehnat Kodeksi (1995 yil) va Fuqarolik 
Kodeksining (1996 y.) qabul qilinishi va ularning 1997 yil 1-martdan kuchga 
kirishi O‗zbekistonning demokratiya yo‗lidan yanada olg‗a borish, inson 
huquqlarini himoya qilish va kafolatlashning huquqiy asoslarini mustahkamlasha 
muhim ahamiyatga egadir. Kodekslarning markazida inson, uning huquq va 
erkinliklari, uning manfaatlarini himoya qilish masalalari turadi. Oliy Majlis qabul 
qilgan «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan hatti-harakatlar va 
qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‗g‗risida»gi Qonun ham shu maqsadga 
yo‗naltirilgan. 
Ko‗ppartiyaviylik jamiyatimiz hayotida muhim o‗rin tutadi. Shu sababli 
siyosiy partiyalarning huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida O‗zbekiston 
Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‗g‗risida»gi Qonuni tayyorlanib, Oliy 
Majlisning 1996 yil 26-dekabrda bo‗lib o‗tgan VII sessiyasida qabul qilindi, qonun 
jamiyatimizda faoliyat ko‗rsatayotgan hamda kelajakda to‗zilishi mumkin bo‗lgan 
siyosiy 
Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin