182
maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 27-
iyuldagi qarori chiqdi. Bu qarorda yuqoridagi muammolarni hal etish borasidagi
muhim vazifalar belgilab berilgan. Bunga qo‗yidagilar kiradi:
O‗zbekiston hududlarida ilk davlatchilik asoslarini yuzaga keltirilgan tarixiy
shart-sharoitlar va davlatning kelib chiqish masalasini tadqiq etish va aniqlash;
O‗zbek xalqi va uning davlatchilik tarixi, o‗zbek xalqi etnogenezi hamda
ushbu muammolar bo‗yicha arxeologik va barcha turdagi yozma manbalar
tadqiqotlari natijalarini jamlash, har tomnolama ilmiy-qiyosiy tahlil qilish va
muvofiqlashtirish;
Eng qadimdan hozirga qadar davlatchilik tarixiy bosqichlarida hududimizda
yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma‘naviy hayoti
masalalarini o‗rganish, xolisona tadqiqotlar natijalari asosida ilmiy, ilmiy-
ommabop asarlar, darsliklar yaratish hamda O‗zbekiston tarixiy atlasini tayyorlash;
Mamlakatimiz va chet el olimlarining eng qadimdan hozirgi kungacha
o‗zbek xalqi tarixi bo‗yicha amalga oshirgan tadqiqotlarini tahlil qilish asosida
ularning batafsil bibliotgrafiyasini va ilmiy tarixshunosligini yaratish;
O‗zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixiga oid tadqiqotlarni olib borishda,
ularni ommalashtirishda bir yoqlama yondoshuvga o‗tmishni soxlashtirishga,
mustamlakachilik mafkurasi aqidalariga yo‗l qo‗ymaslik hamda eski g‗oyaviy
falsafasini o‗zlashtirgan tarixchi olimlarning yangi avlodini tarbiyalash;
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga muvofiq, mamlakatimizda oliy
ta‘lim tizimining tarixiga taaluqli yo‗nalishlari va mutaxassisliklari bo‗yicha
yuqori malakali kadrlar, ayniqsa magistrlar tayyorlashda faol ishtirok etish. Bu
borada oliy ta‘lim muasasalari bilan bevosita ilmiy va ijodiy hamkorlik o‗rnatish,
ularda pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini uyg‗unlashtirish masalalariga
alohida e‘tibor berish;
Chet el ilmiy markazlari bilan nazariy hamda amaliy hamkorlikni yo‗lga
qo‗yish va rivojlantirish, ilmiy anjumanlar, barcha shakldagi ilmiy muhokama,
munozara, fikr almashuv tadbirlarini tashkil etish lozim.
Dostları ilə paylaş: