O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112
Savol va topshiriqlar: 
1.
Zamonaviy bilimlarni egallashda tarix fanining o‗rni. 
2.
Tarixiy xotira. 
3.
Tarixiylik. 
4.
Tarixiy asarlar 
 


186 
XV-BOB.Tarixshunoslikning tarix fanlari tizimidagi o„rni. 
Tarixshunoslik, bugungi kunda o`zining boshlang`ich o`rganish bosqichida 
turibdi. Bunday deyishimizga sabab, qadimgi tarix, ayniqsa, o`rta asrlar tarixi 
ko`pming yillik tariximizning eng kam o`rganilgan va muammolik davri 
hisoblanadi. Qadimgi va o`rta asrlar tarixini o`rganishda hali kam o`rganilgan, 
aniqrog`i yetarli darajada o`rganilmagan masala va muammolarning o`zi ko`p 
uchraydi. Qadimgi shahar-davlatlar tarixi, xalqlarning turmush tarzi va asosiy 
mashg`ulotlari, dini hamda e`tiqodi, ularning boshqa davlatlar, xususiy xorijiy
qo`shni davlatlar bilan bo`lgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari, o`rta asrlar 
tarixidan esa feodal-yer egaligi, uning shakl va turlari, mehnatkash xalqning 
hayoti, o`z ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan kurashlari, qo`shni davlatlar 
o`rtasidagi o`zaro iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari shunday muammolar 
jumlasiga kiradi. Bunga ko`p asrlar davomida yaratilgan kutubxona hamda 
muzeylarda taxlanib, haligacha o`z tadqiqotchisini kutib yotgan qo`lyozma asarlar 
va hujjatlarni chuqur o`rganish, xususan mamlakatimizda tarixshunoslikning vazifa 
va muammolarini chuqur o`rganish orqasida erishish mumkin. Lekin, hozircha 
tarixiy bilimlar rivojiga ta`sir ko`rsatuvchi quyidagi omillarni aytish mumkin. 
Birinchi omil, mamalakatimizda tarixshunoslik fanini yorituvchi o`quv 
qo`llanmalari va darsliklarning yetishmasligidir. To`g`ri, keyingi paytlarda bu 
mavzuda bir necha darslik, qo`llanma va dastur yozilib hurmatli va talabchan 
studentlar va magistrantlarga yetkazildi. Ayniqsa bu sohada, marhum akademik 
Bo`riboy Ahmedovning mehnatlari samarali bo`ldi. «Vatan tarixidan hikoyalar» 
(1999 y.), «Amir Temur darslari» (2000 y.), «O`zbekiston tarixi manbalari 
(Qadimgi zamon va o`rta asrlar)» (2001 yil), «Tarixdan saboqlar» (1993 y.), 
«Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI-XVIII vv. (Pismennie 
pamyatniki)» (1985 y.), «O`zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari: (Bio-
bibliografik ma`lumotnoma)» (2003 y.) shunday kitoblar jumlasiga kiradi. 
Tarixshunoslik sohasida o`quv qo`llanmalari yozgan olimlarni ham sanab o`tish 
lozim, bular: D.A.Alimova, T.S.Saidqulov, E.V.Rtveladze, M.A.Axunova, 
B.V.Lunin, R.X.Aminova, A.Sagdullaev, X.Ziyoev, D.Ziyoeva, Azamat Ziyo, 
A.Asqarov, K.SHoniyozov. 
O`zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish jarayonida o`tmishning 
tarixiy tajribasi o`zbek xalqining qadimiy davlatchilik an`analari beqiyos ahamiyat 
kasb etishi O`zbekiston Respublikasi birnchi Prezidenti I.A.Karimovning 
asarlarida o`z aksini topgan. Shundan kelib chiqib, tarixshunoslik fanining 
O`zbekiston xalqlari tarixini o`rganishdagi maqsad va bosh vazifasi belgilanadi. 
Ya`ni, bosh vazifa-o`zbek xalqi davlatchiligi tarixini xolisona o`rganishning ilmiy 
metodologiyasini shakllantirish, shu asosda o`zbek xalqi va uning davlatchiligi 
haqqoniy tarixini yaratishda xizmat qilgan tarixchi-olimlarning nomlarini aniqlash, 


187 
xalqimizda, ayniqsa, yosh avlodda tarix tafakkurini va tarixiy xotira tuyg`usini 
tarbiyalashga qaratilganligidadir. SHuni hisobga olib, 2000 yildan boshlab
O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix, Arxeologiya va 
O`zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasining San`atshunoslik instituti va 
olimlari bilan hamkorlikda «O`zbek davlatchiligi tarixi» deb atalgan, so`ngi bronza 
davridan hozirgi zamongacha bo`lgan 3(uch) ming yillik ulkan tarixiy davrni 
qamrab oluvchi fundamental ilmiy tadqiqotni yaratishga kirishildi. Ayniqsa, taniqli 
olim T.Shirinov O`zbekistonda ilk davlatlar «voha davlatchiligi», «shahar 
davlatlar» Mesopotamiya, Mirs, Xitoy, Mezoamerikadagi «Noma» davlatchiligi 
kabi bo`lgan degan g`oyani ilgari surdi. Haqiqatdan ham tarixiy tahlil shuni 
ko`rsatadiki, davlatchilik jamiyatda o`z ichki qonuniyatlari asosida paydo bo`ladi, 
rivojlanadi. Ya`ni davlat tuzilmasi tashqaridan tayyor holda ko`chirilmaydi, 
ma`lum jamiyat bag`rida tug`iladi. O`zbek davlatchiligi taraqqiyoti ham bunday 
mustasno emas. Ana shunday jumboq sahifalardan biri O`zbekiston tarixining 
davrlashtirish masalasidir. Bu muammoni tarixshunoslik nuqtai-nazaridan 
o`rganishda bir nechta metodlarni va o`z omillarini ishlatgan quyidagi tarixchi, 
arxeolog, san`atshunos olimlarning asarlarini keltirib o`tishni joiz deb hisoblaymiz. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin