303
tomonlama, noxolis, tarixiy dalil va voqealar ataylab buzib ko`rsatildi,
kommunistik mafkuraga xos xulosalar qilindi.
SHuning uchun barcha uslubiy jihatlari yagona siyosiy mafkura qolipida
yozilgan sovet davri tarixiy adabiyotlariga alohida baho berishni lozim deb
hisoblamaymiz.
O`rta Osiyoda sovetlar hukmronligi o`rnatilishining tarixshunosligia xolis
yondoshuv O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritishi bilan qulay shart-
sharoit qaror topdi. Uslubiy metodologik jihatdan ham aynan shunday
yondashuvlarning asosiy printsiplari O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov asarlarida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1996 yil dekabridagi
«O`zbekistonning yangi tarixini yaratish» va 1998 yil iyuldagi «O`zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish
to`g`risida»gi qarorlarida bayon etilgan.
O`rta Osiyoda sovetlar rejimi amalga oshirgan siyosiy, ma`muriy, ijtimoiy
va madaniyat sohalaridagi o`zgarishlar haqida quyidagi asarlardan bilib olishimiz
mumkin.
Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi qurolli harakat, sovet davrida
«bosmachilik» deb noto`g`ri talqin qilingan harakat – O`zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997),
«Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni –millat qilishga xizmat etsin»
(1998), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q» (1998) va boshqa asarlarda ilgari surgan
milliy istiqlol g`oyasi, eng avvalo «bosmachi» va «bosmachilik» atamalarini
tushunib olishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: