O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik


ushbu qo‗lyozmalarning taqdiri hozirda noma‘lum).  Bu maqolada biz asarning Sankt-Peterburgda saqlanayotgan nusxasi asosiy



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112
 
ushbu qo‗lyozmalarning taqdiri hozirda noma‘lum). 
Bu maqolada biz asarning Sankt-Peterburgda saqlanayotgan nusxasi asosiy
 
matniga kirmay qolgan bir tarixiy voqea xususida to‗xtalib o‗tmoqchimiz. Ushbu 
bob 1821 yilning may oyida Qo‗qon xukmdori Umarxon (1810-1822) saroyiga 
Xiva xoni Muhammad Rahimxon (1806—1825) nomidan rasmiy maktub bilan 
kelgan elchilik va uning oqibatlari xususida so‗z boradi. 
Bu bobning asosiy matnga kirmay qolgani to‗g‗risidagi ma‘lumot bir necha 
tadqiqotlarda ham tilga olingan. Qo‗lyozmaning boshidan 16 varag‗i asarning 
asosiy matnidan ajralgan qismidir. Ushbu qism boshida ―Xorazm xoni 
Muhammad Rahimxonning Amiri sohibqiron saroyiga arznoma jo‗natgani va 
uning elchilari saroy ostonasini o‗pishga yetishgani bayonida‖ nomli bob keladi. 
Qo‗lyozmaning 17-varag‗idan esa, an‘anaga ko‗ra, ―Bismillox‖ iborasi bilan 
asarning muqaddima qismi boshlangan. Mazkur bob va qo‗lyozmaning boshqa 
qismlarining xattotlik uslubi va yozuv belgilari ularni bir shaxs yozganini 
ko‗rsatadi. Lekin ikkalasini solishtirganda qog‗ozida farq bor. Demak, muallif bu 
bobni asarni yozib bo‗lgach kitobning old qismiga keyin qo‗shib qo‗ygan.
 
Fikrimizcha, ushbu bob asarning qaysi qismida joylashganidan qat‘i nazar, 
uning qanchalik xaqiqatga yaqinligini tahlil qilish O‗zbekiston tarixining chalkash 
sahifalaridan birini yanada oydinlashtirishga xizmat qiladi. Shu sababli maqolada 
e‘tiborni asosan ana shu masalaga qaratamiz.
 
―Shoxnoma-i nusratpayom‖ning Tojikistondagi ikkita nusxasi bilan tanisha 
olmaganimiz tufayli elchilik haqidagi bob ularda qay darajada aks etganini aytish 
qiyin. T.Beysembiev tadqiqotlaridagi ayrim tagsharhlarga qaraganda, bu bob 
ularning birida yoki ikkalasida ham bo‗lgan .
 
Aytish joiz, Fazliyning nazmda yozilgan ―Umarnoma‖si, garchi Umarxon 
davriga bag‗ishlangan bo‗lsada, Xivadan elchilar kelmasidan oldinroq yozilgani 
sabab, unda ushbu ma‘lumot o‗rin olmagan .
 
Buxoro va Xiva saroy tarixchilari asarlarida esa, bu elchilik haqida umuman 
eslatilmagan. Lekin ayni shu elchilikdan so‗ng Xiva va Qo‗qon tomonidan Buxoro 
amirligi chegara hududlarida olib borilgan harbiy harakatlar o‗sha yildagi asosiy 
voqea sifatida birinchi o‗ringa chiqarilgan.
 
Qizig‗i, keyingi davrlarda, Qo‗qon tarixnavisligi an‘analari doirasida 
yaratilgan deyarli barcha asarlarda ular uchun asosiy manbalardan biri bo‗lib 
xizmat qilgan ―Shohnomai nusratpayom‖dagi bu bob uchramaydi. 
Faqatgina Avaz Muhammad Attorning ―Tarixi jaxonnamoyi‖ va 
keyinchalik uning asosida yozgan ―Tuxfatut tavorixi xoniy‖ nomli asarida ham 
―Shoxioma-i nusratpayom‖dagi ushbu bob takrorlanadi. Chunki ushbu ikkala 
asarga ―Shoxnoma-i nusratpayom‖ birlamchi manba bo‗lib xizmat qilgan bo‗lib, 


279 
undan Umarxonning xukmronlik davri voqealari to‗liqligicha ―Shoxnoma-i 
nusratpayom‖dan olingan. Attor ―Shoxnomai nusratpayom‖dagi matn va 
xoshiyadagi tuzatishlarni e‘tiborga olgan. Qo‗lyozmaning old qismidagi bobni 
ham matn ichiga kiritgan. Lekin davriy jihatdan xato joyga, ya‘ni 1813-1814 yil 
voqealari ichiga joylashtirgan . 
―Shoxnoma-i nusratpayom‖ (hamda ―Tarixi jahonnamoyi‖)dan o‗rin olgan 
Muxammad Raximxon maktubi mazmuni budir: 
“...men kim Xorazm mamlakatining farmonravosi, ushbu ulug„vor hukmni 
o„zimga qabul qilishni lozim deb bildim hamda sultonu sohibqiron, saxovat va 
xayr-ehson manbasi, tinchlik va xotirjamlikning sababchisi bo„lmish u zotga 
bo„lgan itoatni o„zimga vojib deb bildim. Zero, Allox subhanaxu va taolo Qur‟oni 
majid va Furqoni hamidda 
marhamat qilganidek: “Allohga, uning 
payg„ambarlariga va o„zlaringizdan bo„lgan amirlarga itoat qiling” (Niso 59). 
Ushbu kundan e‟tiboran men amiri sohibqironning farmonlariga buysunaman. 
Agar men tomonga marhamat nazarlari bilan ishora qilib, sarkashligi bilan 
ma‟lum bo„lgan Buxoro podshohining ahvolini xarob qilishga amr qilsalar, agar 
Parvardigor o„z lutfi marhamati bilan madadkor bo„lsa, umidvormanki, ularni 
tag-tugi bilan yulib tashlardim. Assalom at-taqsir
. ‖
 
Elchilar keltirgan maktub va Umarxonning unga javobi Xiva xonligi bilan 
Qo‗qon xonligi o‗rtasida Buxoro amirligiga qarshi harbiy ittifoq tuzilganini 
anglatar edi. Chunki bu ikki tomon o‗rtasidagi elchilar bordi-keldisi uchta davlat 
o‗rtasida yuz bergan harbiy-siyosiy jarayonlarga bevosita aloqadordir. 
―Shoxnoma-i nusratpayom‖da elchilarning kelish yillari ko‗rsatilmagan, faqatgina 
sha‘bon oyidaligi aytilgan. ―Tarixi jahonnamoyi‖da 1236 yil sha‘bon (mil. 1821 
yil may) oyi deb berilgan. Bunaday aniq sana balki ―Shoxdoma-i 
nusratpayom‖ning Tojikiston nusxasida kelgan va Avaz Muxdmmad Attor uni 
o‗sha manbadan olgandir.
 
XIX asr boshida taxt tepasiga kelgan uchchala hukmdor-Amir Xaydar, 
Muhammad Raximxon va Umarxon o‗rtasidagi munosabatlar mahalliy 
manbalarda turlicha yoritilgan. Masalan, Amir Haydar Umarxonga taxtga o‗tirishi 
munosabati bilan tabriklab hadyalar jo‗natib, do‗stlik taklif qilgani haqidagi matn 
saqlanib qolgan. Balki Amir Haydar davlatlararo munosabatlar rasmiy an‘anasiga 
amal qilgan holda shunday xat jo‗natgandir. 
Qo‗qon va Buxoro tarixi aks etgan ―Muntaxab-ut tavorix‖ asarining muallifi 
Hakimxon to`ra ma‘lumotlariga qaraganda, Umarxon Buxoroga elchi qilib 
yuborgan Sayyid Eshonxoja to‗ra Maxdumi A‘zamiyni (vaf.1834/35 y.) Amir 
Haydar juda iliq kutib olgan. Bundan tashqari, boshqa manbada Oxund domla Mir 
Boqiy Buxoro olimlari bilan bellashish uchun yuborilgani va Buxoro amiri 
qo‗qonlik olimning ilmiga tan berib hadyalar bilan kuzatib qo‗ygani haqida 


280 
tafsilotlar ham aytiladi. 
Biroq ikki hukmdor o‗rtadagi do`stona aloqalar uzoqqa cho‗zilmagan. 
Xususan, Buxoro tarkibidagi O‗ratepa hokimi Maxmudxojaning (Maxmudxon 
Ahroriy, vaf. 1821Y.) Umarxon xizmatiga o‗tib ketishi o‗rtadagi iliq munosabatlar 
buzilishining boshlanishi bo‗ldi. 
Umarxonning 1810-1820 yillar oralig‗ida amirlik chegarasidagi Jizzaxga 
uch-to‗rt marotaba yurishi va O‗ratepa uchun doimiy urushlar hamda Turkistonda 
hukmron bo‗lib turgan To‗qi to‗ra Buxoro amiridan yordam olib Qo‗qon
 
xonligi 
hududlarini talon-taroj qilib, karvonlarini talashi ikki davlat o‗rtasidagi o‗zaro 
munosabatlarni butkul yomonlashtirgan edi. 
O‗rta Osiyo mintaqasida asosiy ta‘sirga ega hukmdor mavqeini egallash 
borasida ham Amir Haydar bilan Umarxon o‗rtasida kurash ketgan. Amir Haydar 
hukmronligining dastlabki yillarida Usmonli davlati bilan aloqalarini yaxshilab, 
Qo‗qon va Xiva xonliklarini turk Sultoni bilan yaqinlashishiga to‗sqinlik qilib 
turadi. Shuning uchun
 
dastlab Umarxonning Sulton Maxmudga
 
bay‘at qilish, 
to‗g‗, bayroq va yorliq so‗rab yuborgan elchilari natijasiz qaytgan. 
Qo‗qon-Xiva o‗rtasidagi munosabatlar masalasida ham qator ziddiyatlar 
bor. Xo‗sh, Xiva xoni Muxammad Raximxon Umarxonga shunday
 
maktub 
yuborishi 
mumkinmidi? 
―Shoxnomai nusratpayom‖da kelgan maktub 
mazmunidan Xiva xoni Muhammad Raximxon Umarxonga so‗siz itoat qilishga 
qaror qilgani tasvirlangan. Albatta, bu yerda vaziyat biroz bo‗rttirilgan ko‗rinadi. 
Qolaversa, Muxammad Raximxonning bunday taklifi tug‗risida boshqa 
manbalarda deyarli ma‘lumot yo‗q. Uchchala davlat hukmdorlari o‗rtasidagi 
tortishuvlarni o‗sha davr manbalarida mashhur bo‗lgan she‘riy musobaqada 
ko‗rish mumkin. Unda, Umarxon amir Haydardan yuqori turishini ko‗rsatishga 
uringan. 
Shunga qaramay, Umarxon va Muhammad Rahimxon davrida Qo‗qon Xiva 
munosabatlari ancha yaxshi bo‗lgani ma‘lum. 1822-yil bahorida turk sultoni 
Sulton Mahmudxonning (1808-1839) Umarxon uchun yuborgan hadyalari va 
―xoni xonon‖ yorlig‗ini olib kelayotgan Mir Qurbon Xorazm orqali kelgan. Xiva 
xoni Muhammad Rahimxon uning xavfsizligini ta‘minlash uchun ikki elchini 
hamroh kilib yuborgan . 
Muhammad Rahimxonning Buxoroga qarshi kurashish uchun Qo‗qon bilan 
ittifoq
 
tuzishini tushunsa bo‗ladi. Chunki, birinchidan Muhammad Rahimxonga 
Umarxondan boshqa amaliy yordam ko‗rsata oladigan ittifoqchi topish qiyin edi. 
Qolaversa, Dashti Qipchoq bo`ysundirilgach, Qo‗qon bevosita Xorazm hududi 
bilan chegaradosh davlatga aylanib, kelgusida Xiva saroyida tinch qo‗shnichilik 
munosabatlarini kafolatlash 
 
masalalari ham ko‗ndalang turardi. 
Muhammad Rahimxonning xonlik davri aks etgan ―Firdavs-ul iqbol‖ 


281 
asarida Marvdagi taka

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin