O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

 
 
 
 
 
 




1. O’ZBEKISTONDA ILMIY IZLANISH ISHLARINING 
RIVOJLANISHI 
 
1.1. O’zbekistonda ilmiy izlanish ishlarining tashkillantirishi 
 
 
Hozirgi vaqtda ilmiy izlanish ishlarining tashkillashtirish dunyo 
mamlakatlarida davlat miqyosida – muhim davlat ishlari sifatida olib 
borilayapti. Chunki, har qanday mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi
olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning qanday darajada olib borilishiga, uning 
yangi texnika-texnologiyalar yaratilishiga, jamiyat va tabiat qonunlarini 
o’rganib, hayotga o’z vaqtida tadbiq etganligiga bog’liqdir. Shuning uchun 
ham, yer yuzidagi minglab ilmiy-izlanish korxonalarida, muntazam ravishda 
millionlab ilmiy tadqiqot natijalari olinib, tahlil etilib inson hayoti – 
amaliyotiga tadbiq etib – bashariyat sivilizasiyasining rivojlanishiga hissa 
qo’shib kelmoqda. 
Bugungi kunda O’zbekiston ham o’zining rivojlangan ilmiy izlanish 
material bazasi keng ilmiy fondi, ilmiy ishlari dunyo miqyosida tan olingan 
yuqori malakaviy ilmiy kadrlari bilan Markaziy Osiyodagi katta salohiyatga ega 
bo’lgan ilmiy markaz hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi ilmiy-izlanish 
kompleksini jami sohalari bo’yicha 363 akademik, oliy ta’lim tashkilotlari 
tashkil topgan. 
Bunda
102 – ilmiy-izlanish instituti; 
55 – oliy o’quv yurlari ilmiy-izlanish bo’limlari; 
65 – loyiha-konstruktorlik tashkilotlari; 
32 – ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va
eksperimental korxonalar; 
30 – axborot-hisob markazlari mavjud. 




Albatta, bu ilmiy potensial ichida 50 yillik tarixga ega O’zbekiston 
Respublikasi Fanlar Akademiyasi regionda yetakchi ilmiy va eksperimental 
markaz hisoblanadi. 
Ayniqsa, O’zRFA Yadro fizikasi instituti, “Quyosh - fizikasi” ilmiy 
ishlab chiqarish birlashmasi, IPO “Biolog” va boshqa ko’plab institutlar nafaqat 
regionda, balkim dunyo miqyosida tanilgan tashkilotlar hisoblanadi. 
Yurtimizda, hozirgi vaqtda jami 46 mingdan ortiq, shulardan 2,8 ming fan 
doktorlari va 16,1 mingdan ko’p fan nomzodlari faoliyat olib borishayapti. 
Respublikada tayyorlanayotgan yosh ilmiy kadrlarni O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Attestasiya komissiyasi olib boradi. 
Respublika 
olimlari 
hozirgi vaqtda 
ko’pgina zamonaviy fan 
yo’nalishlarida fundamental va amaliy izlanishlar olib borayaptilar, shulardan 
matematika, ehtimollar nazariyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik 
modellashtirish, axborot va hisoblash texnikasi, astronomiya, gelogik jarayonlar 
qonuniyatini o’rganish va mineral – xom-ashyo resurslarni ko’paytiruvchi 
izlanishlar, hamda tektonika, geofizika, seysmologiya va yer haqidagi fanlarga 
bog’liq izlanishlar keng ko’lamda olib borilmoqda.
Shu bilan birga qishloq xo’jalik ilmiy-texnika progressining
mikrobiologik sanoat va atrof-muhit xavfsizligining asosi bo’lgan molekulyar 
genetika, gen-hujayra muxandisligi, biotexnologiya oblastida; biotexnologiyani 
yaratishda organik va neorganik kimyo, o’simliklar moddasi kimyosi, biologiya 
va genetika oblastida: ya’ni yuqori samarali ekologik toza o’g’itlar, kam zaharli 
defoliantlar, yangi dori-darmonlar, o’simliklarni o’sishni rivojlantiruvchi va 
himoya vositalarini ishlab chiqish, moddalarni kompleks fizikaviy-kimyoviy 
xossalarini o’rganish, yadro energetikasi va amaliy yadro fizikasi asosi bo’lgan 
yadro fizikasi va elementar zarralar, radiasion fizika va materialshunoslik ilmiy 
izlanishlari, hamda tradision bo’lmagan energiya turi bo’lgan – quyosh 
energiyasi, butundunyo va mamlakatimiz tarixi, madaniy va ma’rifiy 




merosimiz, o’zbek tili, adabiyoti va O’zbekiston folklori rivojlanishiga 
bag’ishlangan ilmiy izlanish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Respublika intellektual potensialini rivojlantirish va xalqaro ilmiy 
madaniy aloqalarni kengaytirish uchun ijtimoiy soha olimlari, ayniqsa 
tarixchilar, arxeologlar, etnograflar, tilshunos va adabiyotshunoslar katta hissa 
qo’shib kelmoqdalar. O’zbek xalqining obyektiv tarixini va etnogezini, urf-
odatlari va hayot va madaniyatini o’rganish borasidagi ilmiy izlanish ishlari 
dunyo ilmiy ahli orasida katta qiziqish uyg’otib kelmoqda. 
O’zbekiston o’zining fan va texnologiyalari rivojlanishini dunyo 
hamjamiyati bilan qadamma-qadam hamkorlikda, o’zaro kelishuvida olib 
bormoqda. Hozirda, O’zbekiston Rio Deklarasiyasiga, BMTning iqlim 
o’zgarishi, biologik turli xillik, sahrolanishga qarshi konvensiyasiga, ozon 
qatlamini himoyalash Vena konvensiyasiga, xavfli chiqindilarning tashilishi va 
chiqarilishini nazorat qilish Bazen konvensiyasiga qo’shilib ratifikasiya qilgan. 
Bundan tashqari yana 12 dan ko’p atrof-muhitni saqlash bo’yicha xalqaro 
bitimlar va hamkorlik shartnomalariga qo’shilgan. 
O’zbekiston hukumati faolligida Orol dengizi va Orol dengizi basseynida 
ekologik muhitni yaxshilash uchun konsepsiya ishlab chiqildi va bu konsepsiya 
1994 yili Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan qabul qilindi va bu haqda 
Xalqaro konferensiya (1995 yil sentyabr Nukusda) o’tkazildi va Nukus 
Deklarasiyasi qabul qilindi.
Yurtimiz hayotida turli xildagi Milliy dasturlar ishlab chiqilganki, 
ularning asosiy vazifasi iqtisodiyotimiz asosiy tarmoqlarini texnologik 
modernizasiya qilish, eksport potensialini rivojlantirish va O’zbekistonning 
dunyo hamjamiyatligicha integrasiyasini amalga oshirishdan iboratdir. 
Davlatning ilmiy-texnika siyosatida, 2006-2008 yillarga mo’ljallangan 
amaliy tadqiqotlar Davlat ilmiy-texnika dasturlarining nomlari va ular doirasida 
amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlarning ustivor yo’nalishlari (DITD-1-11) 




O’zbekiston 
Respublikasi 
Bosh 
vaziri 
Ilmiy-texnika 
taraqqiyotini 
Muvofiqlashtirish Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan. 
Hozirgi vaqtda O’zbekiston ilmiy ahlining 70 % oliy ta’limning 65 
dargohlarida faoliyat ko’rsatib kelishmoqda. Shuning uchun yurtimiz ilmiy 
salohiyati, albatta oliy ta’lim muassasalarining faoliyati bilan chambarchas 
bog’liqdir. 
Jadval–1.1 
da 
O’zbekiston 
oliy 
o’quv 
muassasalarining 
mustaqilligimizning dastlabki yillaridan rivojlanganligini ko’rish mumkin. 
Jadval 1.1 
OO’Yu soni 
1
9
9
2
1
9
9
3
1
9
9
4
1
9
9
5
1
9
9
6
1
9
9
7
1
9
9
8
1
9
9
9
2
0
0
0
2
0
0
1
2
0
0
2
2
0
0
6
2
0
0
8
Jami
54 55 55 57 58 60 60 61 61 61 63 64 66 
Shundan 
Toshkent 
shahrida 
25 26 26 27 27 28 28 29 29 29 31 32 34 
Shulardan: universitetlar – 21, institutlar – 44 
Sohalar bo’yicha quyidagilarga bo’linadi: texnikaviy – 14, iqtisodiy – 3, 
ijtimoiy-gumanitar – 16, pedagogik – 6, medisina – 7, agrar (qishloq xo’jaligi) 
– 4, maxsus (tarmoqlar bo’yicha) – 12, Rossiya V.T.Plexanov nomli iqtisodiyot 
akademiyasi filiali – 1, Moskva davlat universiteti filiali – 1. moskva neft va 
gaz instituti filiali - , Veystmestr universiteti filiali – 1, Singapur-O’zbekiston 
instituti – 1. 
Bularning 33 tasi O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga, 
qolganlari tarmoqlar vazirligi tarkibida (jadval-1.2). 




Jadval 1.2 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin