2.2. Falsafa va fan tarixida ilmiy izlanish va ijod muammolarining
ishlab chiqilishi
2.2.1. Ilmiy-falsafiy sistemasining ilk kelib chiqishi
Bilish nazariyasini chuqurroq o’rganish, har bir ilmiy izlanuvchiga yangi
ijodida ilhom baxsh etadi, chunki bunda undan oldingi yillar, asrlar mobaynida
yig’ilib kelgan dunyo haqidagi, borliq, hayot va boshqalar haqidagi bilim bilan
qurollanadi. Bilimning vaqt o’tishi bilan haqiqat yo’lida rivojlanishini turli xil
tushuncha, fikrlarning kelib chiqishi, bilish nazariyasining rivoji guvohlik
beradi. Hyech bir yangilik, shu haqdaki, oldingi fikrlarni bilmay yaratilmaydi,
chunki eskini bilmay yangini yaratib bo’lmaydi.
Agar biz, qisqacha (jadval-1) falsafiy fikr namoyandalarining bildirgan
fikrlarini ko’rib chiqsak, undan umumiy quyidagicha xulosa qilish mumkin:
jahon madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan falsafa fani odamzodning fikr
bildirish vaqtidan boshlab paydo bo’lib, dunyodagi alohida bir halq, elat va
millatniki emas, balki turli davr va sharoitlarda yashagan, yashab kelayotgan
barcha halqning, butun insoniyatning ma’naviy boyligi, umumiy yutug’i, doimo
rivojlanishida “yo’lchi-yuldo’z” bo’lib kelgan, aql-idrok va tafakkurning
mahsuli hisoblanadi.
Bu fanning shaqllanishida, ayniqsa Sharq va G’arb mamlakat halqlari
yetakchi o’rin egallashgan.
Ilmiy-falsafiy sistema inson sivilizasiyasi tarixida dastavval Misr, kichik
Osiyo va qadimiy Gresiyada (Yunonistonda) o’z rivojini topdi.
Dastlabki falsafiy tasavvurlar eng qadimgi mamlakatlardan biri - Bobil
(Vaviloniya)da eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillik boshlarida paydo
bo’lgan. Bu haqda tarixda shu halqlarda yaratilgan Gilgamish haqida, Adapa,
Etapa asarlari guvoh beradi. Bunda tuproq, suv, havo, issiqlik inson hayoti va
tirikligining abadiy manbai ekanligi, odamlarning tabiiy qonunlar asosida
-
23
yashashi zarurligi, o’lim va hayot sirlarini, abadiy hayotga intilishi, koinot
haqidagi o’ylari, yer yuzidagi jarayon va hodisalarning koinot bilan bog’liqligi
va boshqalar haqida berilgan.
Shu vaqtlardagi o’ziga xos ishlab chiqarishning rivojlanishi talablari va
inson ehtiyojlari asosida tabiat hodisalari mazmunini tushunib olish va ulardan
turmushda foydalanish zaruriyati kuchayib borib, mahsulot va mollarning
miqdorini, og’irligini o’lchash, ishchi kuchlar sonini aniqlash, binolar hajmini
belgilash, dalalar yer sathini hisoblab chiqish, dastlabki eng qadimgi matematik
hisoblar arifmetika va geometriya, astronomiya fanini paydo bo’lishiga sabab
bo’lgan. Shu bilan birga, tibbiyot, tarix va filologiya, musiqa, tasviriy san’at,
astrologiya ham sekin-asta kurtak ochgan.
Qadimgi Misrda ilk madaniy yodgorliklar eramizdan to’rt ming yil ilgari
vujudga kelgan. Bunda ham yuzaki bo’lsada falsafiy qarashlar o’z ifodasini
topgan. Masalan: hamma narsa suvdan paydo bo’lgan va hamma narsada havo
bor deb tushunishgan.
Misrliklarning faqatgina taqvim yili 12 oy, har bir oy 30 kun, yil oxirida 5
ta bayram qo’shilib, bir yil 365 kun deganlarining o’zi, ulardagi dastlabki fan,
ilmiy falsafiy fikrlarning kuchli bo’lganligidan dalolat beradi.
Bashariyat tarixida birinchi sivilizasiya beshigi hisoblangan Hindiston
falsafasi, o’zining juda qadimiy va boy tarixiga ega. Hindistonda eramizning
birinchi asrlaridayoq, tib, riyoziyot, ilmi nujum, din, kimyo, musiqa, poeziya,
tarix, san’at, falsafa kabi ilmlar rivoj topganligi haqida o’sha davrlarda
yaratilgan va bizgacha yetib kelgan: Ved, Ramayana, Mahobhorat, Kalila va
Dimna asarlari guvohlik beradi.
Dunyoning abadiyligi, ma’lum tabiat qonunlari asosida taraqqiy qilishini
Xitoydagi dastlabki falsafiy ta’limotlar ham eramizdan oldingi VII-VI
asrlardayoq ko’rsatib berishgan. Daosizm va konfusiychilik falsafiy ta’limotlar
Xitoydo paydo bo’lgan eng qadimiylardan hisoblanadi.
-
24
Falsafaning ijodiy rivojlanishida, qadimgi Gresiya (Yunoniston)
ijodkorlarining roli juda katta hisoblanadi. Chunki bu yerda falsafaning fan
sifatida shaqllanishi boshlandi.
Qadimgi Gresiya Milliy maktabi moddaning shaqllari: suv (Fales), havo
(Anaksimen), tuproq - substansiya (lotincha mohiyat) darajasiga ko’tarilgan
edi; ular fikricha, bu elementlar bir biriga aylanishi mumkin. Eslatib o’taman:
substansiya deganda, barcha narsalarning qandaydir umumiy birlamchi negizi
tushuniladi. Mazkur narsalarning oxirgi mohiyati hisoblangan Geraqlit
falsafasida olov substansiya hisoblanadi va u Quyoshni, yuldo’zlarni, hamma
boshqa jismlarni tashkil etib, olamning abadiy o’zgarishini belgilaydi.
Anaksimandr aniq modda emas, cheksiz va nomuayyan materiya - apeyron
substansiya hisoblangan va u vaqtda abadiy, strukturada bitmas-tuganmas
bo’lib, o’zining mavjudlik shaqllarini o’zluksiz o’zgartirib turadi.
Eramizdan oldingi V asrda Levkip, Demokrit, keyinchalik Epikur (er. av.
III asr) va Lukresiy Kar ( er. av. I asr) rivojlantirgan atomistik substansiya
nazariyasi, oldingi to’rt moddiy “bosh ibtido”lardan har biri zaruriy yangi
umumiylikga va barqarorlikga ega emasligini; apeyron ideyasining juda ham
noaniqlik kamchiliklarini bartaraf etdi.
Bu nazariyada dastlabki oddiy zarrachalar atomlarning mavjudligi faraz
qilinardi, bu atomlarni yaratib ham, bo’zib ham bo’lmaydi, ular o’zluksiz
harakatda bo’lib, vazni, shaqli va jismlarda o’zaro joylashuvi bilan farq qiladi.
Atomistik nazariyada materiyaning saqlanish prinsipi ilgari surildi. Bu inson
tarixidagi ilmiy izlanishning eng muhimi va keyinchalik minglab yangi ilmiy
yo’nalishlarni ochib beruvchi olam shumul yangilik edi.
Demokrit olamni bilish mumkinligini ta’kidlab, uni qorong’i va haqiqiy
bilimlardan iborat deydi. Bilish jarayonida hissiyot va tafakkurning rolini
ko’rsatib o’tdi va fanning asosiy vazifasi bu sababiy bog’lanishlarni tekshirish
deb biladi.
-
25
Quldorlik jamiyati davri vakili Platonning (er.av. 427-347 y) bilish
nazariyasiga ko’ra, bilish obyekti “g’oyalar dunyosi”dir, moddiy dunyo va
undagi narsa va hodisalar hissiy bilishning manbaidir. Moddiy buyumlarning
asosi va mohiyati bo’lgan “g’oyalar dunyosi”ni faqat sof tafakkur yordamida
bilish mumkin. Uningcha bilish ilgari yoddan chiqanni eslatish deb biladi.
Dialektika san’ati esa bu ijodiy fikrlash san’atidagi kunlik fikr yoki
tushunchadagi qarama-qarshiliklarni topish san’ati deb hisoblaydi. Platon davlat
nazariyasini - Respublikani oldin surdi.
Bashariyat tarixida, insoniyat sivilizasiyasiga mantiq (logika) fanini
bergan Platonning shogirdi Arastu (Aristotel) hisoblanadi. U mantiq bilish
uchun zarur bo’lgan tafakkur shaqllari va isbotlash to’g’risidagi fandir – deb,
yozadi. Fikrlar bog’liqligi uningcha, mavjud obyektiv olam hodisalari
bog’lanishlarining in’ikosidir.
Arastu kategoriyalar, tushunchalar mulohaza va xulosalar to’g’risidagi
ta’limotni kashf etdi, falsafa tarixida birinchi bo’lib kategoriyalar tizimini,
ularning bir-biri bilan aloqadorligini bir-biriga o’tishini isbotlab berdi.
Dostları ilə paylaş: |