O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

3.2.2. Ilmiy izlanish va ijodda fakt 
 
 
 
 
 
Fakt - deb hodisaning o’zini, ya’ni narsani obyektiv reallik jarayonining, 
o’z xususiyatlariga ega bo’lgan bilim tushuniladi. 
Fakt termini adabiyotda bir ma’noda ishlatilmaydi. Ayni holda bizni 
terminning qanday bilim faktlik bilim ekanligi haqida bilish qiziqtiradi. 
Faktlar deb, birinchi navbatda, empirik yo’l bilan, ya’ni ko’zatish va 
uning natijalarini tasvirlash vositasi bilan hosil qilingan qoidalarni hisoblasa 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 



80 
Har qanday bilim, uning tartibli sistemasi bo’lgan nazariya, xuddi shu 
fandagi faktlarga suyanadi, qolaversa, shulardan tashkil topgan bo’ladi. Shuni 
ham aytib o’tishimiz kerakki, nazariya ishonchli bilimga asoslanib ish ko’radi, 
bu bilimning qay tariqa, empirik tarzdami, yoki aql yugurtirish (nazariy, 
mantiqiy) yo’li bilanmi hosil qilinganligining bunda ahamiyati yo’q. 
Fakt epistemologiyaning (bilish nazariyasi strukturasi, tuzilishi va 
rivojlanishi haqidagi falsafiy metodologik o’rganish) kategoriyasi sifatida 
qaraladi. Ilmiy fakt-bu kategoriya sifatida bilish faoliyatida, obyektiv natijani 
ya’ni o’zida obyekt haqidagi ishonchli axborotni bildiradiki, bu barcha odamlar 
uchun tushunarli bo’ladi.
Faktlar ham, ilmiy bilimning ikki tilda ya’ni emperik va nazariy 
bo’lganligi kabi, faktlar ham ikki xil empirik ilmiy fakt va fanning nazariy 
faktlariga bo’linadi. 
Emperik ilmiy fakt, emperik tushuncha va qonunlar rejasida mulohaza 
etilib, shulardan olingan hodisalarni bilish natijasi hisoblanadi. 
Bundan farqli, fanning nazariy faktiga biror-bir ilmiy nazariyani 
tushunilishi tahlildan olinadigan faktlar hisoblanadi. Faktlarning bunday 
turlanishi obyektiv reallikni tushuntirishning analizi ikki xil yo’lidan chiqadi va 
fanning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. 
Ilmiy izlanishda ayniqsa, shulardan emperik ilmiy faktlar muhim o’rin 
egallaydi. Ulardan to’g’ri xulosa chiqarish va ularni ilmiy bilim strukturasiga 
kirgiza bilishi, ya’ni yangi ilmiy jumboqni o’ylash va yechish, mulohaza etish, 
faraz va gipoteza yoki ilmiy nazariyani o’ylash fanning rivojlanishiga katta 
ilmiy ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Ilmiy faktlarning mohiyati shundaki, u birinchidan, o’zidan oldingi 
bilimlar kriteriysi, uning to’g’ri yoki noto’g’ri, haqiqiy yoki haqiqiy emasligini 
aniqlab beradi, ikkinchidan esa, ularni tushuntirib oldindan prognozlab 
rivojlanishini ko’rsatib beradi. 



81 
Xuddi ana shunday yo’l bilan ilmiy nazariya yangisiga almashinishi yoki 
to’la bo’lib rivojlanishi, chuqurlashishi, takomillashishi mumkin. 
Ilmiy faktlarning asosiy belgilariga uning “qaysarligi”, invariantligi va 
obyektivligini olishimiz mumkin. 
Bilimning ishonchliligi uning faktga aylanishi uchun zarur shartdir, 
shuning uchun faktlar to’g’risida so’zlaganda faktlar, qaysardir degan gapni 
aytadilar, uning “qaysarligi” shundaki, tadqiqotchiga u yoqish-yoqmasligidan 
qat’iy nazar uni qabul qilishga to’g’ri keladi. Ana shunday faktlar, ko’p holda 
bir butun bilimni, ilmiy nazariyalarni qolaversa, dunyoqarashni o’zgartirib 
yuboradi. Masalan, buyuk olim Millikenning yog’ tomchilarini izlanishida 
elektron massasini topishi, klassik fizikani butkul o’zgartirib yubordi yoki 
abadiy dvigatelning bo’lmasligi, nur tezligining doimiyligi, energiya yordamida 
harakat bo’lishi, inert va gravitasion massaning tengligi va h.k. xuddi ana 
shunday “qaysar” faktlar hisoblanadi. 
Faktning invariantligi, ya’ni o’zi doim bo’lgan sistemadan bir qadar 
mustaqilligi uning ishonchli ekanligidan kelib chiqqan hosila belgisidir. Invar-
termini grekcha «o’zgarmas» degan ma’noni bildirishini nazarda tutsak, unda 
faktning invariantligi har qanday holatda ham o’zgarmasligini tushunishimiz 
mumkin. Ya’ni faktlar sistemasining miqdorli tavsifi hisoblanib, uning bir 
butunlik xususiyatini, uni tashkil etgan elementlari xususiyatlari tashkil etadi.
Sistema har qanday o’zgarganda ham, bu elementlar (invariantlar) 
o’zgarmay qoladi. Masalan, tekislik nuqtalari orasidagi masofa, tekislik 
ko’chganda ham, aylanganda ham o’zgarmaydi. 
Faktlarning obyektivligi ham muhim hisoblanib, obyektiv-haqiqatni 
bildirishini ko’rsatadiki, shu sifatida isbotlangan doimiy bo’lib, u har qanday 
sistemaga kiritilishidan qat’iy nazar, o’zining shu mazmunidagi holicha 
qolaveradi. 



82 
Gipotezalar va farazlar amaliyot mezonidan o’tolmasdan, tarqalib 
ketishlari mumkin, ammo gipotezalar va farazlarga asos bo’lgan faktlar 
o’zining obyektivligi, haqiqiyligi bilan qolaveradi va bilimning bir sistemasidan 
ikkinchi sistemasiga o’taveradi.
Bulardan tashqari, faktlarning vaqt jihatdan jamg’arilishi, bir butun 
sistemaga kelib nazariya hosil qilish xususiyati ham borki, asrlar davomida 
fanlarning rivojlanishiga muhim o’rin egallab kelmoqda. 
Faktlarning jamg’arilishi, to’g’rirog’i faktlar jamg’arish - ilmiy 
tadqiqotning eng muhim qismidir, ammo bu jamg’arish o’z-o’zidan 
muammolarni hal qilmaydi. 
Shuning uchun ham, bizni qiziqtiradigan hodisa yoki prosessni tasvirlab 
va izohlab beradigan bilim sistemasi bo’lishi zarur. Bu sistema turli darajalarda: 
faraz, gipoteza, ishonchli ilmiy nazariya holida bo’lishi mumkin. 
Ilmiy bilish sistemasida faktlar, yana o’ziga xos funksiyalarni bajaradi. 
Bu funksiyalarga: tavsiflash (ta’riflash), tushuntirish, asoslash, tushunish, 
oldindan aytish kiradi. Bu funksiyalar bir biri bilan o’zaro bog’liq ravishda, bir-
biriga o’tib asoslab turadi. Chunki izlanish obyektini ilmiy fakt tavsiflaydi 
ta’riflaydi, shuning asosida esa oldindan bilimni tushuntirib asoslab beradi, 
bunda oldindan tan olinmagan, ko’rilmagan bilim ilmiy bilim xazinasiga 
to’planadi. Faqat shundan so’ng, tunushtirish, ilmiy faktlar interpretasiyasi, 
tushunilishi, o’ylanishi va bilib olinishi bo’ladi. 
Ilmiy faktning kuchliligi, eng avvalo, ilmiy bilishda prognozlash 
hisoblanadiki, bunda fanda oldindan ko’rish, aytish, ilmiy jumboqni topish va 
intuisiya faqat faktlar bilan sug’oriladi, ular faktlarga suyanadi va shu bilan 
rivojlanadi. 
Albatta, bularning hammasi ilmiy izlanishning ham rivojiga asos 
bo’lishadi. 



83 
Yuqoridagi, faktlar xususiyatidan birida, faktlarni yig’ish, jamg’arish 
haqida gap borgandi. Ilmiy izlanish va ijod ham, fandagi kabi faktlarning 
jamg’arilish jarayoni muntazam ravishda olib boriladi. Bu jamg’arish albatta 
tartibsiz, xaotik emas, balkim biror maqsad, ilmiy izlanish vazifasi bo’yicha 
aniq yo’naltirilgan bo’ladi. 
Chuqur mantiqga, qattiq sistemaga ichki mantiqiy bogliqlikga ega, 
qandaydir ma’noga ega bo’lishi, ilmiy izlanish va ijodda katta samara beradi. 
Shuning uchun ham, har qanday sohadagi izlanuvchi, ijodkor olim 
faktlarni yig’ishdan oldin ilmiy o’ylov, mulohaza qilib, qanday turdagi faktlarni 
u yig’ishi keraqligini, fanlarning qaysi sohalaridan yig’ishini, qanaqa usul bilan 
yig’ishini, qaysi sharoitda va qanaday maqsadda yig’ishini va h.k. albatta 
aniqlashi zarur bo’ladi. 
Ko’p holda faktlar biror faraz yoki ishchi gipoteza yoki biror-bir 
o’rnatilgan ilmiy nazariya asosida yig’iladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, 
buyuk olim A.Eynshteyn ta’biri bilan aytganda, yosh fanlar bo’lsa yuqoridagi 
sxema bo’yicha bajariladi, aksariyat ilmiy fikr bu shu fikrlargacha bo’lgan 
fikrlarni rivojlantirishdir, chunki barcha fanlar bu kunlik o’ylov bilan 
takomillashidir. 
Fan 
bo’yicha olingan yangi faktlar shu fanning bilimlarini 
chuqurlashtiradi yoki uning kuchsizligini yoki asossizligini, qolaversa to’liq uni 
noto’g’riligini ko’rsatishi mumkin. Ayniqsa, bu oxirgisi, fanda revolyusiya 
qilish sharoitini keltirib chiqaradi, fanning rivojlanishi katalizatori yoki 
yurituvchi kuchi rolini bajaradi. 
Masalan, atomning bo’linishini topilishi (Bekkerel, Rengen,M. Kyuri, 
P.Kyuri) qushlar va hasharotlarning havodan og’ir bo’lsada, lekin havoda 
uchishlarini ta’kidlab, hozirgi aviasiya, raketa aerodinamikasining kelib 
chiqishi, (Siolkovskiy, Jukovskiy) vaqtni nafaqat chegaralangan fazoda, balkim 



84 
to’liq umumiy fazoda ko’rilishi nisbiylik nazariyasini keltirib chiqardi 
(A.Eynshteyn, N.Bor) va h.k. 
Agar, biz maqsadli ilmiy izlanishda, biror-bir yangi faktga erishsak, 
bunda ilmiy izlanish tugaganga o’xshaydi, ammo bu bunday emas, balkim 
xuddi shu faktni yoki shu fakt asosida boshqa hodisa-jarayonlarni ilmiy 
izlanishi, tahlili, qiyoslash va taqqoslash, ular orasida bog’liqlikni topish va 
shular asosida yangi faktlarni topish boshlanadi. 
Faktlarni topish, ular asosida bir butun nazariya yaratish, bu har bir
olimning, ijodkorning asl maqsadi, pirovardda uning maqsadi ham hisoblanadi. 
Odamzot faqat faktlarga suyanib, uni o’rab turgan dunyoni o’rganadi, biladi va 
yashaydi. 
Ilmiy faktlar haqiqatni tasdiqlovchi ko’rsatuvchi kuchli faktor, dalil, u o’z 
yo’lidagi xatoliklarni, noaniqlikni doimo bartaraf etib, kelgusida ilmiy izlanish, 
ijodga zamin yaratib kelgan. 
Faktlarni topishda, yig’ishda izlanuvchi olimning yuqori insoniy 
fazilatlari: uning juda e’tiborli bo’lishi, harakatchanligi, chidamliligi, absolyut 
obyektivligi, eski bilimga moslashmay, olib qochmay, sxolastika bilan 
shug’ullanmasligi talab etiladi. Bunda, ayniqsa uning to’g’ri so’zligi, 
prinsipialligi, vijdoni, olimning professional etikasi o’zining so’ziga sodiqligi 
katta rol o’ynaydi. Fan tarixida, juda ko’p fidoyi insonlar, G.Galiley, J.Bruno, 
Abu.Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibin Sino, Mirzo Ulug’bek va h.k. misol qilib 
keltirish mumkin. 
 
Ilmiy izlanishdagi eng ishonchli ilmiy bilim, bu fakt ekanligi va izlanish, 
ijod ana shu bilimga tayanib rivojlanishini biz fanlar tarixida ko’rishimiz 
mumkin. Agar, ilmiy ko’zatish, eksperiment va tajribada, xuddi shuningdek 
nazariyadagi qonunlar amaliyotda ishonchliligi aniqlansa ular faktlarga 
aylanadi.



85 
Uning ana shulardan invariantlik, ya’ni o’zi kirgan sistemadan bog’liq 
bo’lmaslik xususiyati kelib chiqadi. 
Amaliyotda, faktlarga asoslanib to’zilgan gipotezalar, prognozlar, turli 
jumboqlar va mulohazalar tasdiqlanmay, noto’g’riligi bilinib qolsada, faktlar 
o’zgarmasdan bilimning boshqa sistemasiga o’tib ketadi. 
Fakt faqat obyektiv dunyoning adekvat manzarasini aniq tasvirlab berishi 
kerak.
Faktlar haqidagi ko’rilgan barcha bilimlar iqtisodiy nazariyalarda ham 
keng qo’llanilib kelmoqda. 
Iqtisodiy fanlardagi faktlar quyidagi terminlar va tushunchalar bo’lgan, 
“tovar” “baho” “almashinish”, “bo’llash”, “bozor”, “rakobat”, “foyda”,
“mehnat unumdorligi”, effektivligi va h.k. bilan yoritiladi, tushuntiriladi. 
Iqtisodiy izlanish faktlariga asoslanib, iqtisodchi olimlar o’zlarining 
nazariyalari va konsepsiyalarini yaratishadi. 
Masalan, avstriya iqtisodiy maktabining asoschisi Karl Menger o’zining 
ilmiy ijodida subyektiv-psixologik metodini qo’llashni ko’rsatib berdi. Bunga 
asosan faqat inson iqtisodiy hayotining asosiy faktori hisoblanadi va iqtisodiy 
izlanishda odamning talabi va ehtiyoji izlanishi kerak deb hisoblaydi. 
Kembridj iqtisodiy maktabi asoschisi, ingliz iqtisodchisi A.Marshal 
narxning mehnat nazariyasi, foydalilik chegarasi va unumdorlik chegarasi 
nazariyalari asosida talab va taklif iqtisodiy nazariyasini ishlab chiqdiki, 
tovarlarning bozordagi narxi uning foydaliligi chegarasidan (talab) va sarf 
harajat chegarasidan (taklif) aniqlandi. 
Dj.Keyns (A.Marshalning shogirdi) iqtisod rivojlanishini tartibga solishi 
nazariyasini yaratib, makroiqtisod iqtisodiy fanini boshlab berdi. U birinchi 
bo’lib iqtisodda talab va taklif, milliy daromad, jamg’arma, investisiya iqtisodiy 
rivojlanish faktlarining bir-biriga bog’liqligini analiz qilib, bunda izlanishdagi 
matematik modellarni keng qo’lladi. 



86 
1974 yilgi iqtisodiy sohadagi Nobel mukofoti laureati fon Xoyek 
neoliberalizm nazariyotchisi sifatida, iqtisodda maksimal erkinlik, raqobat, 
erkin tadbirkorlik va davlatning bozor mexanizmi ishiga umuman aralashmaslik 
prinsipini yoqladi. Buni u “katalaktika” deb atadi.
1976 yilgi iqtisodiy sohadagi Nobel mukofoti laureati Chikago iqtisodiy 
maktabi nomoyandasi F.Milton monetarizm nazariyasini, ya’ni bozorni 
rivojlanishida va iqtisodiy muvozanatni rivojiga asosiy rolni pulga beradi, 
chunki pulli taklif asosiy faktor bo’lib, ishlab chiqarish darajasini, baho va 
bandlikni aniqlaydi. 
Albatta, shunga o’xshash misollarni iqtisodiy sohadan ko’plab keltirish 
mumkin bularning barchasida faktlar asosiy rolni uynaydi.
Haqiqiy ilmiy fakt ilmiy izlanish va ijodning asoslash kriteriysi sifatida 
bo’ladi. 
Ilmiy faktning gnoseologik, epistemologik tabiatiga faktualizm va 
teoretizm kiradi. 
Faktualizm tabiatida fakt, o’zining erkinligi va avtonomligini bildirsa, 
teoretizmda uning nazariyaga to’liq bog’liqligini, unga qaramligi tushuniladi. 
Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, har bir sohadagi yangi topilgan 
faktlar shu sohani yana bir bor sinovdan o’tkazadi yoki rivojlantiradi, yoki 
bekor qiladi. Barcha holatda ham u ilmiy izlanishni potensialini kuchaytirib, 
ilmiy bilimni rivojlantiradi. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin