3.2.3. Ilmiy izlanish jarayonida gipoteza, prognozlash va ilmiy
oldindan ko’ra bilish
Fanlarning rivojlanish tarixida muhim o’rin egallagan, ko’plab
nazariyalarni keltirib chikarishga xizmat qilgan, ilmiy izlanishning eng asosiy
kurollaridan biri bo’lgan, bilish usuli bu gipotezadir.
-
87
Gipoteza
-
ilmiy
jixatdan
asoslangan,
taxmin,
faraz
bo’lib
tekshirilayotgan obyekt haqidagi fakt va ma’lumotlarga zid bulmagan, lekin
haqiqatligi isbotlanmagan ilmiy bilish shaqlidir.
Ilmiy bilish tarixida ko’plab gipotezalar bo’lib, ular bir-birini to’ldiruvchi,
bir-biriga zid, qarama-qarshi inkor etuvchi bo’lishi mumkin.
Gipotezaning paydo bo’lishi ma’lum shart sharoitni talab qiladiki, xudi
shunday uning yechilishida ham ma’lum shart-sharoit bo’lishi zarur. Vaqt
jixatdan, anna shu ikki sharoit gipotezaning tugilish va yechilishi urtasida
suratlarda ilmiy izlanish olib boriladi.
Gipoteza izlanuvchilarni yo’llantiruvchi ilmiy kurol hamdir.
Ilmiy bilishda paydo bo’lgan gipotezalar keyingi tadqiqotlarda tekshirilib,
ularning haqiqatligi yo tasdiqlanadi yoki xatoligi isbotlanib rad qilinadi.
Gipotezani rad etish uchun uning xatoligini isbotlovchi birgina ilmiy faktning
bo’lishi kifoyadir.
Barcha gipotezalarning taxminiy farazlarga moslanganligi uni kelgusida
isbotlash-asoslash uchun yangi faktlarni kqdirib topishni, buning uchun
eksperimentlar utkazishni va shu soha bo’yicha barcha bilimlarni tahlil etishga
yo’naltiradi. Ular albatta amaliyotda sinaladi, tadqiqot etiladi.
Bir jarayonni o’rganishda bir necha gipotezaga aytilishi mumkin. Ularni
tanlaganda xatto soddalik, tejamlilik kabi momentlar ham ma’lum ahamiyatga
ega bo’ladi, chunki ular haqiqatga yaqinroq nazariy sistemani aniqlashda
yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Fanda «Kayama qonuni» nomi bilan
yuritiladigan qoida borki, u xaqiqat – soda bo’ladi deb qabul qilgan. Masalan:
Nyuton qonunida jami bo’lib to’rt faktor bo’lsa, ya’ni jism massasi, tezlik, vaqt
va kuch ancha soddalashgan (xaqiqiylashgan), Eynshteyn qonunida esa uch:
massa, nur tezligi va energiya tashkil etadi. Hozirda bunda aniq soddaroq va
ahamiyatli qonun fanda yo’q.
-
88
Shuning uchun ham, tafakkur obyektiv reallikni, uning aloqalarining
butun rang-barangligida aks ettirish vazifalarini hal qilishga tomon eng
okilona, sodda, ravshan yo’l bilan bormog’i lozim. Boshqa munosabatlarda teng
qimmatli gipotezalardan o’z maqsadida soddaroq, ravshanroq, tejamliroq tarzda
boradigan gipoteza afzal ko’riladi. Albatta bunday tanlash ba’zi tanshlash
vositalari sifatida yuzaga keladi. Amaliyot esa, ularni tanlashda asosiy
vositalardan hisoblanadi.
Gipotezani asoslash va isbotlash uni nazariyaga olib keladi va agar, ular
tasdiqlansa fanda nazariya paydo bo’ladi.
Gipotezaning izlanishdagi o’rni, uning tafakkurdagi oldindan ko’rilgan,
aytilgan farazni amaliyot bilan bog’lanish hisoblanadi.
U ungacha bo’lgan bilimni umumiylashtirib izlovchini faoliyatini
aktivlashtiradi, ilmiy izlanish jarayonini yangi darajaga ko’taradi, uning
fantaziyasini, uylovini, intuisiyasini kuchaytiradi.
Gipotezaning izlanishligi sababli paydo bo’ladigan bilimlar imotetik
bilimlar deb ataladi va u ehtimollik harakterga egadir.
Ilmiy ijod, ilmiy izlanish har bir sohadagi gipotetik bilimlarni tekshiradi,
rivojlantiradi, xaqiqiyligini isbotlab beradi.
Gipotezalar bir-biriga qarama-qarshi bo’lsada, gipotetik bilim sistemasiga
kelganda bular haqiqatdan to’g’riligi yoki qaysi birining noto’g’riligi ayrim
paytda ikkalasining ham to’g’riligi isbotlanishi mumkin.
Ko’p vaqtlar bir-biriga qarama-qarshi turgan, optikada yorug’likning
tabiati korpuskulyarmi yoki to’lqinlimi degan gipotezalar, oxir oqibat
eksperimental faktlar bilan isbotlanib, yoruglikning kvantli nazariyasini
yaratilishi bilan uning korpuskulyar tulkinli ekanlgi isbotlandi va ikki gipoteza
ham hayotda tadbiqini topdi, N.Bor ta’biri bilan aytganda, agar fanda ilmiy
izlanish jarayonida aqlga sig’gmaydigan yangi g’oyalar, gipotezalar bo’lmasa,
-
89
demak bu fanda o’sish, rivojlanish bulmayotganligidan darak beradi. Aksincha
esa, uning jadal ravishda rivojlanayotganligini ko’rsatuvchi hisoblanadi.
Fan va ijoddagi salmokli gipotezalarning bo’lishi, kelgusida paydo
bo’ladigan qonun, kashfiyotlarga va yangi nazariyalarning vujudga kelishiga
zamin tayyorlanadi.
Hozirgi vaqtda gipotezalarning xususiyatlariga qarab quyidagiga turlash
mumkin.
Gipotezalar o’zining umumiylik mazmun darajasi bo’yicha: xususiy,
umumiy, falsafiy bo’lishi, obyektlarni gipotezalardagi yoritilishi darajasi
bo’yicha; makroobyektlar va ularning xususiyati, makrodunyo hodisalari,
makroobyekt bo’yicha (masalan, «Katta portlash» Metagalaktikalar kelib
chiqishi haqidagi) vaqt faktori bo’yicha: vaqtdagi (tarixiy) hozirgi vaqtda,
kelgusi vaqtdagi (ilmiy prognozlar); iyerarxik va funksiyali sistema harakterida
obyekt strukturasi haqida, obyekt qismlari va o’zining funksiyasi haqida,
obyektning bo’lishi maqsadida va kompleksli bo’lishi mumkin.
Obyekt
mazmuniga
singish
darajasi
bo’yicha;
tavsiflovchi,
tushuntiruvchi, gipotezalar sistemasi bo’lishi; ifodalab berish usuli bo’yicha;
mazmunli, formallashmagan va formallashmaydigan (masalan matemaktik)
modeli bo’lishi; ijod jarayonidagi roli bo’yicha: jumbokli va ishchi
gipotezalarga, konstruksiyali, sistemali rivojlangan gipotezalarga bo’linishi
mumkin.
Gipotezaning, anikrogi gipotetik bilimlarning tasdiqlanishi, isbotlanishi,
faktlar majmuasiga to’la nazariyani keltirib chiqaradi. Yuqorida aytib o’tgandek
bunday yo’l bilish aniq, sodda, ravshan, tushunarli, foydali qisqa, maqsadli
bo’lmog’i kerak.
Har qanday holatda ham tasdiqini topgan gipoteza ichki mantiqiy qarama-
qarshiligisiz mantiqiy sistemali tuzilgan bo’lishi kerak. Aks holda, bunday
gipoteza nazardan chiqarib tashlanadi.
-
90
Ilmiy faktlarga asoslangan bilimlarga tayangan ilmiy fikr yoki
gipotezalarni berishda, biz fikrlash sxemasi bo’yicha harakat qilsak, bu
mantiqda abduksiya (lotincha - eltib quymoq) deb ataladi.
Abduksiya ilmiy bilimni faktlarni kuzatishdan tavsiflash va tushuntirish
yo’li bilan gipoteza, yangi bilimning ochilishiga eltib qo’yadi.
Bundan farkli deduksiya (lotincha - keltirib chiqarish) umumiy
tuzilishdan, xususiylikga, gipotezadan faktlarga olib boradi.
K.Popper va K.Tempel deduksiyaning eksperimental faktlar bilan
asoslangan ilmiy fikrlarga olib kelishini ta’kidlashadi. Bu esa gipotetik bilimni
tasdiqlaydi, yoki chetlashtiradi.
Eksperimental faktlar gipotezalarni keltirib chiqarsada, ulardan chiqqan
fikrlar emperik bilim bilan taqqoslanishi gipotetik deduktiv metodni tashkil
etadi.
O’z o’rnida faktlardan - faktual bilimlar hosil bo’ladi. Bu bilim, ayniqsa
tabiy va matematik bilimda qo’llaniladi.
Deduksiyaning gipotetik bilimdagi o’rni shundaki, uning normalari bilan
gipotetik bilimlar boshqariladi.
Gipotetik-deduktiv metod o’zining tadqiqini o’qish nazariyasida,
evristikada, didaktika, xayoliy eksperiment taxlilida prognozlashda va x.k.
topdi.
Ilmiy bilish va ijodda gipotetik-deduktiv metodning strukturaviy
elementiga kuyidagilar kiradi:
1. Tushuntirishi kerak bo’lgan emperik faktlar bilan tanishtirish;
2. Izlanayotgan obyekt rivojlanish qonuniyatlari va sabablari haqida faraz
yoki tahlilni aytish;
3. Seleksiya, ya’ni ko’p takliflar ichidan birmuncha to’g’risini tanlash;
4.
Bu etapda gipotezalar qayta ko’rilib aniqlashtiriladi.
5.
Gipotezadan kelib chiqqan sabablarni tajribada tekshirish.
-
91
Har qanday gipotezalardan haqiqatga yaqin ijodiy faoliyat boshlanadi,
bunda uning xususiyatlari, tajriba sharoitlari, ko’zatish, eksperiment kuchayadi.
Albatta, gipotetik-deduktiv usulda nazariyalarning kelib chiqishi, ko’p
holda samarali bo’lsada, nazariyalarning boshqa usullar bilan ham keltirib
chiqarish mumkin. Ammo, ularning hammasida ham eksperimental faktlar
ulardan kelib ma’lum vaqtgacha bo’lgan gipotezalar ularning baxolashi
kriteriysi bo’ladi. Olim Lyudovig fon Mizes esa, iktisodiy materializim
nazariyasida, jamiyatning iqtisodiy sferasida liberializm bizning svilizasiyamiz
absolyut asosiy xisoblanadiki, uni tarkibiy qismini mehnat taqsimoti xususiylik,
xususiy mulk, erkin ayriboshlash tashkil etadi.
Fan Xoyekning fikricha, zamonaviy liberializm kuyidagi asosiy tarkibiy
qismlarni o’z ichiga oladi: qonun oldida hamma barobar, g’oyasi risionallik
ideyasi, tolerantlik va tarixiylik ideyasi, ya’ni muammoni kelajakda emas shu
yerda va hozir yechish keraqligi. Buni mashxur iktisodchi olim R.Dvorkin bu
yerga bozor iqtisodiyotini ham liberalizm dasto’rining yadrosi, asosiysi deb
hisoblaydi.
Bunday misollarni albatta yana davom etish mumkin, bulardan shu
ma’lum buliyaptiki iktisodiy gipotezalar ma’lum faktlar bilan, ilmiy asoslanib
kelajakni prognozlab beradi.
Gipotetik bilimlar, hozirgi vaqtda ko’pgina davlatlarning byudjetini
rejalashtirishda ham, keng kullaniliyapti.
Davlat rivojlanishi byudjeti, uning yaqin kelajagidagi, ya’ni davlat
xukumatining parlamentlariga kurish va sungra uni tasdiqlash uchun byudjet-
loyixalarini tayyorlaydi. Albatta, bu tub ma’noda shu davlatning yaqin
kelajakdagi uning rivojlanishi haqidagi gipotezasi xisoblanadi.
Parlament tomonidan, ushbu loyixa bir muncha qayta ishlanib, o’zini
tasdiqini topadi va hayotga tadbiq etiladi. Agar, u hayotdagi o’z tadbiqida
-
92
to’g’riligini isbotlasa, unda shu sohada gipotetik bilim yanada rivojlanib,
ko’payadi.
Har kungi hayotda ham, har bir kishi doimo o’zining lokal gipotezalarni
yaratib, uni kunlik hayotida kullaydi. Masalan, qanday kilib oilaviy byudjetni
rasional va samarali sarf etish, o’zining jamgarmasini nimalarga aksiyalargami,
kimmatbaxo narsalargami yoki boshka maqsadlargami ishlatilishini xal qiladi.
Bunday paytlarda ularning shaxsiy hayotiy tajribalardan kelib chiqqan
bilimlari asosiy rol tutadi. Bunday shaxsiy gipotezalari asosida, uning turmushi
darajasining o’sishi xavf-xatari muvaffaqiyati turadiki, bularni bartaraf etib,
gipotetik bilimlarini real qo’llashda uning qobiliyati, xoxish, mehnatsevarligi,
iqtidorli, ijodiy potensial va intilish muhim o’rin egallaydi.
Iktisodiy fanlarning rivojlanishida gipotetik bilimlar asosida nazariyalarni
tuzish ma’lum konseptual sxema orqali, ya’ni gipotezalar, izlanayotgan
obyektning tabiati haqida bilimlar va bularga qo’shimcha nazariy xulosalar va
xotimalar, ayrim tarkibiy elementlari orasidagi bog’liqlar, emperik bog’liqlar
bilan beriladi.
Bunday sxemalarni samarali qo’llash esa, izlanuvchining ijodiy
yondashuviga, qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Maqsadga muvofiq xuddi ana
shunday paytda, ya’ni gipotezalardan nazariyaga o’tishda, izlanuvchi o’zini
ijodini maksimal darajada ko’rsatish sharoiti bo’ladi.
Gipotezalarning tasdig’ini topish nazariyani paydo qiladi yoki yangi
darajada rivojlantiradi. Oxir oqibiat yangi fan, ya’ni bilim, ilm tizimi vujudga
keladi. Lekin, shuni bilishimiz kerakkki, gipoteza, nazariya, yangi fan, umuman
yangi bilim kelajak haqida axborot, ya’ni prognoz beradi. Uning fandagi
ahamiyati o’ta muhim hisoblanadi.
“Prognoz” tushunchasi, grekcha termindan kelib chiqgan holda, oldindan
bir narsa yoki hodisa haqida xabar berish ma’nosini bildiradi va bu bilan
maxsus fan prognostika shug’ullanadi.
-
93
Insonning kundalik amaliy faoliyati hamisha ma’lum reja, ma’lum
mo’ljalga asoslangan kabi tadqiqotning ilmiy izlanish va tadqiqotlari ham, doim
ilmiy prognoz bilan bog’liq bo’ladi.
Prognoz, insonning kelgusida tabiat va jamiyatda nimalar sodir bo’lishi,
qanday hodisa va voqyealar yuz berishini bilish bo’lib, bu narsa inson
miyasining borliq, voqyea va hodisalarni oldindan aks ettirish qobiliyati bilan
bog’liq jarayondir.
Prognoz ilmiy ijodiy jarayon hisoblanib, tabiat, jamiyat taraqqiyoti
obyektiv qonunlarining fanda o’rganilgan asoslariga suyanadi, shundan kelib
chiqadi. Har bir fan prognoz uchun boy material beradi. Masalan:
astronomiyadagi bilimlar Oy va Quyosh tutilishi muddatini bir necha yil oldin
aniq qilib belgilash imkonini berdi; kimyodagi bilimlar asosida hali topilmagan
elementlar oldindan aytildi. (D.I.Mendeleyev davriy sistemasi) va h.k.
Xuddi shuningdek, iqtisodiy hayot hodisalarini oldindan ko’ra bilish,
ilmiy prognozning namunasidir.
Tadqiqotchi olim, o’zi o’rganayotgan predmet yoki hodisaning paydo
bo’lishi va rivojlanishi, undagi ichki zaruriy aloqadorlik va bog’lanishlarni
o’rganib borib, bu predmet yoki hodisaning qachon, qanday sharoitda, qay
tartibda, nimalar sababli, qanday qonuniyatlar asosida yuz berishi, hamda
qanday holatda muqarrar takrorlanishini bilib olishi natijasida, shu predmet
yoki hodisaning kelgusidagi holatini ilmiy prognoz qila oladi.
Ilmiy prognozning ahamiyati, har qanday faoliyatda bebaho hisoblanadi.
Ilmiy prognoz berish diniy karomat qilish, folbinlik qilish, kishilar
taqdirini osmon jismlari - yuldo’zlar va sayyoralar harakatiga qarab
belgilanishdan (astrologiya, xirmantiya – qo’ldagi mavjud chiziqlarga qarab)
prognozlashdan albatta farq qiladi.
-
94
Ilmiy prognozlashning astrologik va shunga o’xshash prognozlashdan tub
farqi shundaki, ularning haqiqatligi, doimo ilm-fan yutuqlari bilan, tabiat,
jamiyat va inson tafakkuri qonunlari bilan ilmiy asoslangan bo’ladi.
Ilmiy prognozlash hozirgi vaqtda jamiyatning turli tomonlari: siyosiy,
iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishida beqiyos rol o’ynayapti. Hozirgi
zamon prognozlash metodi, albatta, zamonaviy usullarni keng qo’llab
kelmoqda. Masalan, zamonaviy iqtisodiy nazariya, iqtisodiy prognozlashda,
matematikaning kuchli izlanish apparatini, ehtimollar nazariyasini, matematik
va iqtisodiy statistikani, murakkab hisoblar va kompyuterlarni qo’llab
kelmoqda.
To’g’ri va foydali prognozlash uchun, faqat informasiyalarning borligi
kifoya qilmaydi, balkim bunda qobiliyat, talant, ijodiy ishlov berib,
qo’shimchalar qo’shib umumiy ilmiy metodlarni (abstraksiya, induksiya va
deduksiya, analiz va sintez, ko’zatish, sistemalash va h.k.) qo’llash kerak
bo’ladi.
Prognoz hozirgi vaqtda, halq xo’jaligining turli tarmoqlarida qo’llanilib
kelinmoqda.
Ayniqsa, regionlarning iqtisodiy va sosial rivojlanish modelini yaratish
aktual vazifalardan biridir. Bunda qisqa muddatli, o’rta muddatli prognozlar
ishlab chiqiladiki, ular asosan taktik harakterga ega bo’lib, sanoat, qishloq
xo’jaligi
tarmoqlarini,
region
infrastrukturasini,
yoqilg’i
energetik
komplekslarni optimal boshqarishni ko’zda tutadi.
O’zoq muddatli rejalarni ishlab chiqish, strategik vazifalarni bir yoki bir
guruh mamlakatlar tomonidan ishlab chiqilyapti. Masalan,
2002 yil sentyabrda Janubiy Amerikadagi Yoxannesburg shahrida BMT
planetamizdagi ekologik holatini yaqin 10 yil prognozi bo’yicha samiti bo’lib
o’tdi. Xuddi shunday, hozirgi vaqtda global prognozlash, ya’ni demokratik
-
95
jarayonlar haqidagi, ekologik holat va oziq-ovqat mahsulotlari to’g’risida juda
ham ahamiyatli hisoblanadi.
Prognozlash ilmiy izlanishda, asosan ikki xil: izlanishli va normativ
prognozlashga bo’linadi.
Izlanishli prognozlash, kelgusidagi tendensiyalarning rivojlanishini
davomiyligi, ekstropolyasiyasiga ayrim shart qo’yib, ya’ni tendensiyalar sosial
boshqaruvning yaqin kelajagida o’zgarmaydi deb asoslanadi.
Normativ prognozlashda esa sosial obyekt haqida ancha optimal,
ishonarli holatini oldindan berilgan kriteriyalar asosida kutilgan natijani olish
maqsadida o’tkaziladi.
Shular asosida, turli ko’rsatmalar, metodik qo’llanmalar, tavsiyanomalar
ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etiladi.
Prognozlashning yana bir ko’rinishi, iliy izlanishning muhim formasi,
falsafada hali ko’p o’rganilmagan soha, lekin inson faoliyatida juda qadimdan
foydalanib kelayotgan, fandagi bilish - bu oldindan ko’rish hisoblanadi.
O’ylaymanki, har bir iqtidorli insonlarga oldindan sezish va yaqqol
tasavvur etib ko’ra bilish xususiyati bor. Lekin qobiliyatga qarab kimdadir
kuchli, kimdadir kuchsiz bo’lishi mumkin. Bu avvalom bor, uning har
tomonlama rivojlangan darajasiga bog’liq.
Oldindan ko’ra bilishni, men ikkiga evristik (faqat insonga “xudo bergan”
qobiliyatga asosan ko’ra bilish) va ilmiy oldindan ko’ra bilishga bo’linadi deb
o’ylayman.
Inson tarixida juda ko’plab, hayratli ravishda inson hayotida oldinda
bo’ladigan hodisalarni aniq va ravshan aytib beruvchilarni yoki yozib
qoldirganlarni bilamiz.
Masalan, oldindan ko’ra biluvchi, ko’pgina aytganlari bir necha asrlardan
keyin ham o’z tasdig’ini topgan, yoki topayotgan buyuk Nostradamus, ulug’
Albert, Rano Nero, Parasels hisoblanadi.
-
96
Bu haqda gapirar ekanmiz, asrimiz g’aroyiboti, qobiliyatli yana biri
uyg’onish davrining Benvenuto Chellini va Fransua Viyon, Volf Messing, aka-
uka Leytuzaklar, R.Geys, Vanga va boshqalar kabi qahramonlar qatorida
turuvchi “Juna fenomeni”dir. Juna (Yevgeniya Yuvashevna Davitashivili)
tug’ma sezish, hodisalarni oldindan aytib berish, ayniqsa, o’zining biotoklari
bilan ta’sir etish iste’dodiga egadir. Shuning uchun ham, u o’z hayotida
minglab insonlar sog’lig’ini ko’rib, oldindan aniq prognozlarni berib, juda
samarali davolaydi.
Barcha zamonlarda odamlar har qanday yangilikka g’oyat hadiksirab
qarashgan, tushunarsiz, g’ayrioddiy, ularning bilish va mahoratlari doirasidan
chiquvchi “o’zlashgan” izohlarga zid keluvchi narsalardan qo’rqib kelishgan.
G’ayrioddiy imkoniyatlarga ega bo’lgan kishilarning yordami kerak paytda
odamlar ular tomonga hamisha yo’l izlashgan, lekin sababi ularning o’zi singari
tushunarsiz bo’lgan jamiyki, kulfatlarda ham, birinchi navbatda o’shalarni
ayblashgan, hattoki toshbo’ron qilishgan, chormixga tortishgan, gulxanda
yondirishgan ham.
Bu albatta, ularning tug’ma iste’dodi natijasida, o’z ustida o’zluksiz ish
olib borish, qolaversa, muayyan bilimlardan ham iboratki, aksariyat kishilar bu
bilimlarga ega emas. Noyob qobiliyatli odamlar to’g’risida ularning qandaydir,
alohida ilmi bor, degan tasavvur ham behuda tug’ilmagan.
Masalan, Sibirlik znaharlar (tabiblar) to’g’risida “uning ilmi bor”
deyiladi, ruscha znahar so’zi “znat” bilish so’zidan kelib chiqgan. Haqoratga
aylangan “vedma” so’zi xuddi “vedun” kabi “vedat”, “znat” fe’lidan yasalgan.
Tarjimasi “vedoma”, “vedun” - ”jodugar”, “yalmog’iz”, “vedat” – “bilish”,
xabardorlikni bildiradi. Insonning g’ayrioddiy imkoniyatlarini o’rganish va
rivojlantirish bilan shug’ullanuvchi kishilarni “jodugar” deb atashardi. Mag
(yunoncha) bu munajjimlik bilan ham, boshqa sirli ishlar bilan ham
-
97
shug’ullanuvchi kohin, shu bilan birga sehrgar, jodugar, afsungar, “magistr”
(lotincha) esa - rahbar, murabbiy degani va h.k.
Keyingi o’n yilliklarga kelibgina fan va texnika mo’jizalariga ko’nikkan
kishilar shuni tushuna boshlashdiki, insonning g’ayrioddiy imkoniyatlari
tashqaridan qaraganda qanchalik mo’jizakor bo’lib ko’rinmasin, o’zining
(hozirgi o’rganilmagan bo’lsa ham) obyektiv ichki mexanizmlarga ega, ularni
esa anglab yetish, amalda oqilona qo’llash mumkin va hatto zarur.
Umuman olganda bunday insonlar olimlarga nisbatan yaqinroq turadi va
o’zlarining oldindan ko’ra bilishlari - evristik metodga mansubdir deb
hisoblaymiz.
Oldindan ko’ra bilishning ikkinchi turiga ilmiy oldindan ko’rish kiradi.
Ilmiy oldindan ko’rish bu noma’lum to’g’risidagi bilim hisoblanib, bizni
qiziqtiruvchi hodisa va jarayonlar, ularning rivojlanish tendensiyasi aniq va
ishonchli bilimlarga asoslanadi. Bundan keyingi bo’ladigan jarayon va
hodisalarni real aytib berish imkoniyati hamdir. Oldindan ko’rish, ilmiy
faktlarga, holatni obyektiv ko’rsatkichlariga, sharoitiga suyanadi va faqat
kelgusida nima bo’lishidan xabardor qiladi.
Ilmiy oldindan ko’rish sohasida ijodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi
olimlar quyidagi savollarga javob berishga harakat qilishadi: qayerga, qaysi
yo’nalishga sosial rivojlanish harakat qilyapti, bu harakatning tempi va jadalligi
qanday, qanday qilib uni yaxshilash mumkin, tezlashtirish kerakmi (yoki
teskarisi sekinlashtirishmi), optimallashtirishmi va oxiri bu rivojlanishning
yaqin kelajakdagi tarixiy kelajagi va maqsadi qanaqa?
Har qanday oldindan ko’ra bilish o’zida axborot olib boradi, bu axborotlar
ehtimollik darajasiga egadir, ular diniy evristik oldindan ko’rishdan farq qiladi.
Tabiiy va sosial hodisalarni oldindan ko’rish, har birining o’zining
xususiyatiga ega ekanligini bildiradi.
-
98
Oldindan ko’rish ko’pgina gipotezalar va tekshirish metodlarini keltirib
chiqaradi.
Umuman olganda, ilmiy oldindan ko’rish, hozirgi vaqtdan kelgusi
kelajakga yo’nalgan.
Ilmiy bilishda oldindan ko’rish, kelajakning aniq bilimiga da’vogar emas.
Ilmiy oldindan ko’ra bilish, o’zining xususiyligi, orginalligi, shablonsiz
tafakkur o’z tabiatiga deduksiya (umumiylikdan qismlarga o’tish) va induksiya
(qismlardan umumiylikga o’tish) qiyoslash, taqqoslash, ekspertli baholash,
analiz va sintez umum metodlardan olganligi bilan boshqalardan farq qiladi.
Har qanday oldindan ko’ra bilishning kriteriysi, bu insonning amaliyoti
hisoblanadi, bu esa vaqt mobaynida o’z tasdig’ini yoki tasdiq bo’lmaganligi
bilan belgilanadi.
Fanlar taraqqiyoti uchun kishilarning jamiyatdagi faoliyatlari uchun tabiat
va jamiyat hodisalarining ro’y berishini ilmiy oldindan ko’rish juda muhim
hisoblanadi.
Tabiat va jamiyat hodisalarini ilmiy oldindan ko’rish mustaqil
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida kelgusida sodir bo’ladigan
hodisa va voqyealarga tayyor bo’lishi, uning ijobiy oqibatini ko’paytirish,
salbiy oqibatlarni oldini olish, kamida ularni kamaytirishi muhim hisoblanadi.
Albatta, bunday jarayonlarni oldindan ko’ra bilish, chuqur bilish, manba
va sharoit talab qiladi. Prezidentimizning “O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat”
deb bashorat qilishi, albatta, o’zining iqtisodiy, sosial manbaiga ega, ular ilmiy
asoslangan, har tomonlama o’ylab, barcha imkoniyat va ehtiyojlarimizni to’liq
hisobga olib, ijtimoiy jarayonlarning tarixiy rivojlanish qonuniyatlariga
tayangan holda ilmiy oldindan aytilganligining guvohi bo’lmoqdamiz.
Iqtisodiy izlanishda ilmiy izlanish metodologiyasi tariqasida turli xildagi
ilmiy metodlar qo’llaniladi.
-
99
Asosiy iqtisodiy prognozlash va oldindan ko’rish uchun: ekstrapolyasiya,
tarixiy analogiya, modellashtirish, kelajakni iqtisodiy ssenariyasini tuzish,
ekspertli baholash va shunga o’xshash kombinasiyalashgan, shulardan kelib
chiqgan usullar qo’llaniladi.
Hozirgi vaqtgacha, ushbu usullar asosida sosial-iqtisodiy prognozlash
sohasida, juda ahamiyatli ishlar qilingan. Bularga, amerikalik iqtisodchi
Dj.Gelbreytning yangi industrial jamiyat nazariyasi, D.Bellning postindustrial
jamiyat nazariyasi, R.Aronning bir butun industrial jamiyat nazariyasi,
U.Rostou - o’sish stadiyasi nazariyasini, D.Medoo’z va Dj.Forrestorning
odamzotning global muammolari haqidagi, Z.Bzejinskiyning zamonaviy va
kelajak texnotron jamiyat nazariyasi, E.Gofferlerning sosial-iqtisodiy
rivojlanishi uchinchi to’lqinli yuqori industrial jamiyatning formallash,
F.Fukuyamining
“tarix
oxiri”
konsepsiyasi
asosidagi
nazariyasi,
S.Xantingtonning kelajakdagi ikki sivilizasiya - G’arb va Sharqning
to’qnashuvi haqidagi ishlari va boshqalar misol bo’la oladi.
Kelajakdagi insoniyatning global rivojlanish jarayonlarini prognozlash
bo’yicha 1968 yil italyan iqtisodchi-tadbirkor A.Pechchi faolligida “Rim klubi”
tashkil etildi, bu klubda turish jabhada izlanishlar olib borayotgan olimlarni,
iqtisodchilarni, biznesmen va siyosatchilarni birlashtirdi. Bunda, doimo
zamonamiz global muammolari bo’yicha monitoring va prognozlash ishlari olib
borilib, iqtisodiy, sosial-siyosiy, ekologik, oziq-ovqat va xomashyo,
demokratiya va boshqa sosial rivojlanish komponentlari yo’llarini belgilaydi.
Albatta, prognozlashning iqtisodda samarasi juda katta bo’lishi bilan
birga, biz uning hamma vaqt ham haqiqatni belgilash mumkin emasligini
bilishimiz kerak.
Har qanday aniq va ishonchli prognozlash, bu bari-bir noaniqligi,
ehtimolli bilim hisoblanadi.
-
100
Masalan, 70-yillarning boshlarida “Rim klubi” va boshqa guruhlar yaqin
orada dunyodagi energiya, mineral resurslari kamayib ketadi, shu sababdan
ularning narxi ancha oshadi va iqtisodiy o’sish to’xtab qoladi, deb bashorat
qilishgan. Ammo, bunda mikroiqtisod asoslari hisobga olinmagan edi.
Yer qarida, shubhasiz, mis, temir va ko’mir kabi mineral xomashyo
turlarining miqdori cheklangan.
Lekin shunga qaramasdan XIX asrda mana shular va qazilma
boyliklarning ko’pchilik turlari narxi pasayib bordi yoki boshqa narxlar
majmuasiga nisbatan deyarli o’zgarmay qoldi.
Har bir prognozlashda, o’zining maqsadi va vazifasi bo’ladigan, shu
asnoda umumiy metodlar qo’llaniladi. Masalan, me’yoriy tahlil bilan haqiqiy
tahlilni qiyoslash, haqiqiy tahlil iqtisoddagi hodisalarni tushuntirish va
prognozlashni bildirsa, me’yoriy tahlil esa bular qanday bo’lishi kerak, degan
savolga javob beradi.
Zamonaviy iqtisodiy fanda ham ikki turdagi: izlanishli va normativli
prognozlash qo’llaniladi.
Izlanishli iqtisodiy ilmiy izlanish “hozirgidan-kelajakka” yo’naltirilgan
bo’lsa, normativda - kelajakdan hozirga qarab iqtisodiy prognoz oriyentirlash
bajariladi.
Iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni prognozlash metodologiyasi quyidagi
izlanish etaplarini o’z ichiga oladi: prognozlashdan oldingi oriyentasiya
(obyektni aniqlash, prognoz predmeti, maqsadi, vazifasi, ishchi gipotezasi,
metodlari, strukturasi va izlanishni tashkillashtirish); prognozlash muddati
(ma’lumotlar yig’ish, obyekt iqtisodiy-rivojlanish ta’siri, olingan ma’lumotlarni
statistik qayta ishlovi) keltirib chiqarilgan modeli, bu o’z ichiga iqtisodiy
ko’rsatkichlar va parametrlar sistemasi, qaysikim obyektning harakteri va
strukturasini tavsiflaydi, izlanishli, prognoz (prognoz fanini hisobga olgan
holda, istiqbolligi va muammoni keltirib chiqarish bo’yicha) normativ prognoz,
-
101
ya’ni bo’ladigan model haqida ishonchliligi darajasini baholash va prognostik
modellarni aniqliligi, ekspertlarni oddiy so’rovi, prognostik modellar asosida
optimal yechimni topish uchun takliflar ishlab chiqish.
Iqtisodiy sohada prognozlash va ilmiy oldindan ko’rish vazifasiga
o’rganilayotgan obyektning rivojlanishi iqtisodiy yurituvchi kuchini, qonuni va
sababini ochish shu asosda kelajak haqida axborot olishdir.
Umuman olganda, fanning ma’nosini oldindan ko’rish uchun bilim,
oldindan ko’rib harakat qilish deb harakterlasak, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Prognozlash va ilmiy oldindan ko’rishga, aniq misol tariqasida
prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan “Bozor iqtisodiga o’tish
O’zbek modeli” hisoblanadi.
Bu model “O’zbek modeli” sifatida dunyoning ko’plab obro’li
iqtisodchilari, mutaxassislari tomonidan maqullandi va o’zimiz guvohligimizda
hayotga o’z tadbiqini topyapti.
Dostları ilə paylaş: |