3.2.4. Nazariy va amaliy ilmiy izlanish
Fandagi turli xil faktlarga asoslangan gipotezalarni asoslash va isbotlash
uchun uni nazariyaga aylantirish lozimdir.
Nazariya - bu haqiqatligi amaliy yoki nazariy jihatdan isbotlangan,
borliqning biror sohasiga oid ma’lum g’oyalar, qarashlar, gipotezalar, qonunlar
va prinsiplarning muayyan tizimidir. U biror fan sohasiga oid bo’lib, u ma’lum
bilimlarning umumlashtirilishi asosida paydo bo’ladi.
Nazariya ilmiy bilishning yuqori shaqli bo’lib, asosan amaliyotdan
olingan faktlarni izohlab, o’rganilayotgan obyektning mohiyatini, ro’y
beradigan hodisa va voqye’alarni oldindan prognozlash vazifasini bajaradi.
Nazariya bu so’ngi bilim, absolyut emasligi bilan doimo o’zgarib,
rivojlanib borishi bilan bashariyat taraqqiyotida, fanlar rivojida muhim o’rin
-
102
egallaydi. Nazariyaning mazmunida doimo absolyut va nisbiy haqiqat birligi
bo’ladi.
Nazariyaning asosiy manbai bo’lib - nazariy izlanish xizmat qiladi.
Nazariy izlanishning asosiy maqsadi izlanuvchi obyekt bilan tashqi muhitning
bilimlar sintezi jarayonida o’zaro bog’liqligini ajratish, emperik izlanish
natijalarini umumiylashtirish va formallashtirishdan iborat. Ilmiy izlanishning
nazariy izlanishi albatta biror - bir nazariya bilan tugallanadi.
Nazariy izlanishning vazifasiga: izlanish natijalarini umumiylashtirish;
tajriba natijalariga qayta ishlov berish, umumiy qonuniyatlarini topish, izlashni
davom ettirmay turib, ya’ni takrorlamay, shunga o’xshash obyektlarga qo’llash,
tajribada qo’llash mumkin bo’lmagan obyektni o’rganish, eksperimental
izlanishning aniqligini oshirish kiradi.
Biz bilamizki, bilish jarayonida, emperik va nazariy bilim darajalari
mavjud. Bilimning emperik darajasi asosan tajriba bilan bog’langan bilim
bo’lib, u asosan asbob orqali ko’zatish, eksperiment asosida olingan
ma’lumotlar natijasida vujudga keladi. Bilimning nazariy darajasi esa emperik
darajadan farq qilib, asosan nazariy tafakkur orqali rivojlanadi. Nazariy daraja
emperik daraja bilan bevosita yoki bilvosita bog’lanadi.
Ko’p holda nazariy bilimlar tajriba ma’lumotiga nisbatan o’zib ketadi.
Masalan: A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasida, yorug’lik no’rining
tarqalishi trayektoriyasi juda katta jismlar (yuldo’zlar) oldida qaytish effektini
keyinchalik
astrofiziklar
tajribada
aniqladilar.
D.K.Maksvelning
elektrodinamikasida elektromagnit to’lqinlari borligini ko’rsatganidan so’ng,
uni G.Gers eksperiment yo’li bilan aniqladi. D.I.Mendeleyevning kimyoviy
elementlar davriy sistemasida, hali aniqlanmagan elementlar borligi aytildiki,
keyinchalik ular eksperimental yo’l bilan topildi; nazariy fizikada antizarralar
haqidagi bilim tajriba yo’li bilan emas, balki nazariy hisoblashlar orqali
topilgan.
-
103
Umuman olganda, bilimning nazariy darajasi obyektning yaxlit, ichki va
tashqi mohiyatini, qonuniy bog’lanishlarini ochib berishga intiladi.
Har qanday fandagi nazariya o’zining kelib chiqish tarixiga ega. Chunki
ularning kelib chiqishida muammo-gipoteza-nazariya sxemasi bajariladi.
Ilmiy tadqiqot muammolari qo’yilishidan, paydo bo’lishi va uning to’g’ri
qo’yilganligidan, muammoni yechish uchun faktlarning bo’lishidan, faktlarning
jamg’arilishi va faktlik bilimga aylanishi, muammo va olingan faktlik bilimni
tasvirlovchi va izohlovchi faraz va gipoteza qilinishi, ularning asoslanib,
isbotlanib so’ngra nazariya bilan tugallanishi yo’lini bosib o’tadi.
Nazariya absolyut bir bilim emas, u nisbatan tugallangan bo’lib, o’z rivoji
jarayonida o’zgarib turadi. Unda o’zgarish yangi faktlarni va ularni
ifodalovchi tushunchalarni kiritish, prinsiplarni aniqlash yo’li bilan sodir
bo’ladi. Ma’lum vaqtda, unda ziddiyat ham paydo bo’lishi mumkinki, uning
yechilishi natijasida yangi, takomillashgan nazariya kelib chiqadi. Yangi va
eski nazariyalar orasida murakkab munosabatlar mavjud bo’lib, ulardan biri
muvofiqlik prinsipida ifodalangan bo’ladi.
Bu prinsipga ko’ra, yangicha nazariya yashaydi, eskisi, ilgarigisi esa
so’ngi momentlar bo’lib qoladi. Bunda ham vorislik, ham rivojlanish
ifodalanadi.
Hyech bir nazariya yo’qolmaydi, faqat tadbiq etish chegarasi qisqaradi,
yangi paydo bo’lgan nazariyaga o’rin beradi.
Nazariy izlanishning asosiy maqsadi izlanuvchi obyekt bilan tashqi
muhitning bilimlar sintezi jarayonida o’zaro bog’liqligini ajratish, emperik
izlanish natijalarini umumiylashtirish va tushuntirish, hamda umumiy
qonunlarini topish va formallashtirishdir. Ilmiy izlanishning nazariy izlanishi
albatta biror-bir nazariya bilan tugallanadi.
Nazariy izlanishning: izlanish natijalarini umumiylashtirish, tajriba
natijalariga qayta ishlov berib, umumiy qonuniyatlarini topish, izlanishni
-
104
davom ettirmay turib, ya’ni takrorlamay, shunga o’xshash obyektlarga qo’llash,
tajribada qo’llash mumkin bo’lmagan obyektni o’rganish, eksperimental
izlanishning aniqligini oshirish hisoblanadi.
Nazariy izlanishda quyidagi uslublar keng qo’llaniladi: bo’llash (muallifi
Fransiya olimi R.Dekart), ya’ni barcha ortiqcha tasavvurlardan obyektni holi
etib, oddiy element holiga keltirish kerak; birlashtirish uslubi, ya’ni har bir
masalani kompleksda, sistemada ko’rish tavsiya etiladi.
Fanlarning izlanish tarixida, ayniqsa, elementlarga bo’llash, obyektning
yangi elementini topish ancha vaqt davom etdi. Masalan, fizika fanida jismlar
avval molekulalarga, so’ng atomlarga, keyin yana elementar zarrachalarga va
oxirgi vaqtlarda esa eng kichik zarraga “kvark”larga bo’linadi. Xuddi shunday
boshqa sohalarda ham shunday bir davr o’tdi.
Hozirga qadar ilmiy izlanishlarda ko’proq umumiylashtirish o’rin
olayapti. Shu asosda sistemaning umumiy nazariyasi ishlanib chiqildi (buni
L.Bertalanari birinchi bo’lib biologik obyektlarni o’rganishda qo’lladi).
Bu teoremaning asosida sistemalilik, sistemali yondashish, sistemali tahlil
va h.k. yo’nalishlar ham keng rivoj topdi.
Umuman olganda, nazariy izlanish qo’yidagilarni o’z ichiga oladi:
jarayon hodisalarning tahlili, izlanish gipotezasini yaratish, fizikaviy modelini
ishlab chiqish, matematik izlanishni olib borish, nazariy yechimlarni tahlili,
xulosalarni formallashtirish.
Qo’yilgan vazifani, topshiriqni yechimini rasm 3.1.da keltirilgan umumiy
strukturaviy sxemadan ko’rish mumkin.
-
105
Rasm - 3.1. Ilmiy topshiriq yechimining strukturaviy sxemasi.
Nazariy izlanishlar o’zining harakteriga bog’liq ravishda bir necha
bosqichda olib boriladi. Bunga: operativ, sintetik, vazifani (topshiriqni) qo’yish
va analitik bosqichlar kiradi.
Albatta, nazariy izlanish ham, bu ijodiy harakterga ega bo’lganligi uchun
yuqorida keltirilgan qoidalar ketma-ketligi hamma vaqt ham to’g’ri kelmasligi
mumkin, u izlanuvchining sa’natiga, bilimiga ko’proq bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib, fandagi nazariya shu fan tarkibidagi yakka faktlarni,
xususiy prinsiplarni umumiylikka, ya’ni ular o’rtasidagi aloqa munosabatlarni
o’xshashligini tushuntirib, uning mohiyatini ochib beradi.
Topshiriq
Topshiriq sharti
Qarama-qarshilik yoki
maqullamaslik bilan
Topshiriq talabi
Munosa
batlarni
o’zgartir
ish
Boshlang’ic
ma’lumot
Izlanishi kerak
bo’lgan ma’lumot
Boshlang’ic
h talab
Hal etilishi
kerak bo’lgan
Olingan ma’lumot
Ishlatilgan talablar
1 -
ma’lumotl
arni qayta
formalash
2 -
ma’lumotl
arni qayta
formalash
n –
ma’lumotl
arni qayta
formalash
1 -
ma’lumotl
arni qayta
formalash
2 -
ma’lumotl
arni qayta
formalash
n –
ma’lumotl
arni qayta
formalash
Qarama-qarshiliksiz ma’qullangan
munosabat
-
106
Biz bilamizki, mohiyat - bu hodisaning ichida yashiringan moddiy
olamninng turli-tuman hodisalarida yuz beradigan chuqur nisbiy barqaror
aloqalarini ifodalaydigan voqye’likning ichki tomonidir.
Agar fanning nazariyasi yakka qonunlar majmuasi bo’lgan, qonuniyatini
ochib bersa, unda shu fan voqye’likidagi narsa va hodisalar jarayonlarning
umumiy rivojlanishi yo’nalishlarini belgilab beradi. Shuning uchun ham,
bunday nazariyalar tabiat va jamiyat taraqqiyot qonuniyatlarini bilishga katta
ilmiy va amaliy kasb etadi.
Ilmiy nazariyalar o’zining tuzilishi jihatdan o’zining mazmuni, uni tarkib
topgan elementi, butunligi yoki bo’laqligi, strukturasi, shaqli bilan bir-biridan
ajraladi.
Nazariyaning mazmuni muayyan fan predmeti va hodisalarini tavsiflab
uning ichki elementlari va o’zgarishlari majmuini tashkil etadi.
Epistemologiyada ko’p holda nazariyaning quyidagi to’rt asosiy tiplarini
ajratadilar: 1. Tajriba fanlarining mazmunli nazariyasi. 2. Gipotetik-deduktivli
yoki
yarimaksiomatik
nazariyalar.
3.
Aksiomatik
(matematik
yoki
matematikalashgan) nazariyalar. 4. Matematika va mantiqning formallashgan
nazariyasi.
Bunda, uni ifodalash, tashkil etish uchun shaql qo’llaniladi. Masalan,
atomistik nazariya: atomning mazmuni - shuni tashkil etgan elementlar
zarrachalar va ularning harakatidagi, atomning shaqli esa bu elementlar
zarrachalarning joylashishi tartibi va to’zilmasidan iboratdir.
Nazariyaning tarkibiy qismi bo’lgan uning elementlari esa, o’zaro aloqada
bo’lgan bir butun tizimni tashkil etadi. Bunda tizimning turg’unligi, turli tashqi
va ichki jarayonlarga nisbatan bo’zilmasligi bilan ifodalanadi.
Qizig’i shundaki, har qanday nazariyaning o’zi bir butun bo’lsada, shu
bilan birga u katta butunning ham bo’lagidir. Chunki, butunlik moddiy
-
107
olamdagi narsa va hodisalarning eng umumiy xossasidir, barcha nazariyalarda
xos hisoblanadi.
Yuqorida biz ilmiy nazariyalarning umumiy aloqadorligini va aks ettirish
tizimini xususiyatlarini ko’rib o’tgan bo’lsak, shu bilan birga ularning kelib
chiqishi sababiyati ham borki, unda kelib chiqish sababi va undan bo’ladigan
oqibatlar (natijalar), kelib chiqish zaruriyati yoki tasodifiyligi, uning imkoniyati
va voqye’likini ham aks ettiradi.
Ilmiy nazariya sababiyati, bu uning ichki tuzilishi umumiy bog’liqligini
ifodalaydi, kelgusida uning sababi bilan albatta uning oqibatida turli xildagi
yangi ilmiy natijalar olinadi.
Ko’p holda ilmiy nazariyalar, yaratilgan muayyan sharoitda yaratilishi
zarur bo’lib qolib “tug’iladi”. Ammo, bu “tug’ilish” tasodif ham bo’lishi
mumkin.
Ilmiy nazariyalar o’zining imkoniyati bilan o’z “umrini” o’zaytirishi,
qisqartirishi mumkin. Agar rivojlanish jarayonida nazariyalar vrqyeilikka
aylana borsa, unda u rivojlanib boradi Rivojlanish vaqtida yangidan yangi
imkoniyatlarni keltiradi boraveradi. Bunday jarayon cheksiz bo’lishi
muqarrardir.
Ilmiy
nazariya,
murakkab,
ichki
differensiyalashgan
bilimlar
sistemasidirki, bu sistema turli elementlardan to’zilgan.
Shularning ichida, eng asosiylaridan biri bu shu nazariyani tashkil etuvchi
qonunlardir.
Qonun - bu predmetlar va hodisalar aloqadorligi birligi formasidir.
Masalan, butun olam tortishish qonunida shunday deyiladi; olamdagi har
qanday ikki jism bir-biriga shu jismlar massalar ko’paytmasiga to’g’ri
proporsional va ular orasidagi masofa kvadratiga teskari proporsional kuch
bilan tortishishini, ya’ni ikki xil jismlar o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Ishlab
chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlari harakteriga munosabati
-
108
qonuni ham ishlab chiqarish usulining tomoni bo’lgan, ishlab chiqarish kuchlari
va ishlab chiqarish munosabati orasidagi bog’liqlikni ifoda etadi.
Qonunlarda predmet va hodisalarning turli tomonlari, momentlari va
xususiyatlari munosabatlari ham aks topishi mumkin.
Masalan, elektromagnit induksiyasi qonuni tufayli elektr toki generatori
qurilgan bo’lib, bunda elektr yurituvchi kuch bilan magnit maydonining vaqt
birligida o’zgarish bog’liqligini ifodalaydi. Om qonunida elektr tokining elektr
kuchlanishi va o’tkazgich qarshiligi orasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalasa,
Mendeleyev davriy sistemasida kimyoviy elementlar atom og’irligi va
xususiyatlari bog’liqligini ifodalaydi.
Umuman, nazariyaning bunday turlanishi, undagi ilmiy prinsiplarining
mazmuni nazariyaning empirik bilimlar blazasi bilan qanday bog’langanligi
darajasini ko’rsatadi. Agar tajriba fanlarining mazmunli nazariyasida sifat
tomoni bilan bog’liqligi tushuntirilsa, gipotetik-deduktiv yoki yarimaksiomatik
tipda bunday bog’liqlik ancha yiroq bo’lib, aksiomatik (matematik yoki
matematikalashgan) nazariyada miqdoriy va sifatiy tavsiflash, ya’ni bevosita va
bilvosita bog’liqlik birligidan to’ziladi. Bunga misol bo’lib, fizikaviy
nazariyalar, qaysikim maksimal darajada fizikaviy qonunlarning matematik
moddalari empirik bilim bazisi bilan olib borilgan. Shuning uchun ham tabiiy
fanlar sistemasida ko’proq miqdoriy metodlar qo’llaniladi.
Bu nazariyalarning kelib chiqishida aksiomatik, gipotetik-deduktiv,
gipoteza, tarixiylik va mantiqiylik usullari qo’llaniladi.
Aksiomatik usulda isbotlanmay, haqiqiy deb qabul qilingan-aksiomalar
qo’llanilsa, gipotetik-deduktiv usulda asosan tajriba ma’lumotlari majmui o’z
iichiga oladi. Tarixiylik usuli narsa va xodisaning ro’y berish vaqti, davri, aniq
vujudga kelishi, rivojlanishini bilish ifodalansa, mantiqiy usul, ya’ni tafakkur
yordamida, ko’rko’rona harakat qilmay, balki bilimlarni umumlashtirishdan
qonuniyat va xulosalar kelib chiqkan holda keltirib chiqaradi.
-
109
Ilmiy nazariya, qanday bo’lmasin, u shu sohada ilmiy ijod fundamenti,
bazisi hisoblanadi. U o’zining harakatida ilmiy ijodda yangi-yangi axborotlarni
olib beradi, ko’paytiradi.
Ilmiy nazariyalar rivojlanish vaqtida, ilmiy revolyusiya bo’lishi
mumkinki, bunda mavjud ilmiy nazariyalar o’rnini yangi, yanada mazmunli,
chuqur va axborot darajasi yuqori bo’lgan nazariya va g’oyalar keladi.
Ilmiy nazariyaning to’laligi, haqiqiyligi uning tushuntirish va oldindan
ayta bilishi funksiyasi bilan baholanadi.
Ilmiy nazariyalarning asosiy funksiyasiga: ilmiy bilimni sistemali
tushuntirish, bo’lgan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashishi va aniqlashtirishi,
yangi faktlarni oldindan ayta bilishi, ilmiy bilimning mustahkamligini oshirish,
fandagi empirik va nazariy bilimlarni sintezi va amaliyotga chiqish kiradi.
Sistemalash - bu mantiqiy to’zilma shaqlida bo’lgan faktik bilimlarni
tartibga solish demakdir. Bunda ta’riflash, ya’ni tushuntirish material
tayyorlashda muhim rol o’ynaydi. Chunki, tushuntirishda oldingi olingan
barcha ma’lumotlar, faktlarning o’zaro bog’liqligi qonuniyati umumiyligi,
nazariy obyektini ichki va tashqi bog’liqligini ochib beradi.
Keyinchalik bular kengaytiriladi, chuqurlashtirib, aniqlashtiriladiki,
kelajak haqida ilmiy prognoz olishdek ajoyib funksiyasi bajariladi. Nazariy
bilimlar sintetik va kompleks harakterda bo’ladi.
Hozirgi vaqtga kelib, barcha sohalar ilmiy izlanishda turli uslublar qatori
matematik modellashtirish keng ko’lamda olib boriliyapti.
Nazariy izlanishlarda ham ko’p holda uslublar matematik modellar
ko’rinishida qo’llanilib kelinyapti.
Bunda, eng avval topshiriqni matematika uslubida formallashtirish kerak
bo’ladi, ya’ni topshiriq sonlarda, geometrik ko’rinishlarda, funksiyalarda,
tenglamalar sistemasida va h.k. keltiriladi. Hodisalarni o’zluksiz yoki diskret,
-
110
determinlashgan yoki stoxostik va boshqa formulalarda yozish mumkin
bo’ladi.
Albatta, bunday matematik ko’rinishda yozishda matematik modellarni
roli juda muhim hisoblanadi.
Matematik model - bu matematik munosabatlar sistemasini, ya’ni
formulalar, funksiya va tenglamalar, sistemasi va h.k. bildiradi.
Matematik modellashning matematik apparatni sxemasi rasm 3.2.
keltirilgan.
Matematik modelni yaratishda, ayniqsa, qo’yilgan topshiriqdan maqsad,
muhim rol o’ynaydi.
Amaliy maqsad bo’lsa, unda oddiyroq model; fundamental bo’lsa, unda
murakkab modelni tuzishni talab qiladi.
Matematik modellarni tanlashda kirish signallari va chiqish tavsiflarini
yozilishi ham muhim o’rin egallaydi.
Matematik modelni tanlash oldindan nazorat qilish bilan tugaydi.
Bunga: o’lchov birliklarining nazorati; darajalarning nazorati;
ko’rsatgichlar bog’liqligini harakterini nazorati; eksperimental situasiya
nazorati; chegaraviy shartlar nazorati; matematik nazorati; fizikaviy tushuncha
nazorati; modelning mustahkamliligining nazorati kiradi.
Modellashdan keyingi ilmiy nazariy izlanishda analitik uslublar keng
qo’llaniladi. Bunda asosiylardan biri, bu izlanish uslubini topish hisoblanadi.
Ya’ni izlanishning to’g’riligini aniqligini analitik izlanishda aniqlanadi.
Agarda analitik metodlarda yechimlari qiyinlashib borsa, unda unga yaqin
bo’lgan uslublar: grafik uslub, xordalar metodi, iterasiya metodi ishlatiladi.
Differensial tenglamalarning yechimida ham turli metodlar ishlatiladi,
agarda, ularni aniq analitik yechimi qiyinlashsa, unda bunga ham yaqin yechim
beradigan uslublar: ketma-ket yaqinlashishi, funksional qatorlar metodi, Runge-
Kut sonli integrallash va boshqalar kiradi.
-
111
Analitik metodlardan tashqari, nazariy izlanishda keng qo’lllanilib
kelayotgan uslub, ehtimolli statistik metod hisoblanadi. Albatta, bu metod bilan
determinallashgandan tashqari stoxastik jarayonlar, ya’ni tasodifiy o’zgarishlar
ko’p bo’lgan hodisalarda ko’rinadi.
Ehtimollar nazariyasi, ma’lumki tasodifiy jarayonlarni, o’zining uslubida
ko’rib chiqadi. Agar, bunda tasodifiy kattaliklarni tavsifi va ularning bo’llashi
o’rganilsa, matematik statistikada emperik hodislarning qayta ishlovi va tahlili
ko’rib chiqiladi. Ikkalasi birlashib, tasodifiy o’zgarishlarning nazariyasini va
murakkab jarayonlarning izlanishda keng qo’llaniladi.
Matematik statistika predmetida hodisaning chastotasi, tasodifiy kattalik
ehtimoli bo’llanish markazi, o’rtacha kvadrat farq, sochilish, dissperslash va
x.k. lar muhim rol o’ynaydi.
Murakkab jarayonlarning nazariy izlanishda, ayniqsa ular ehtimolli
harakterga ega bo’lsa, Monte-Karlo metodi, (turli variantlardan yaxshisini
topish) o’yinlar nazariyasi metodi, (optimallashlari) liniyali programmalash
metodi, dinamik programmalash ham keng qo’llaniladi.
Oxirgi vaqtda, ilmiy-texnikaviy izlanishda o’xshashlik nazariyasi keng
samarali qo’llab kelinyapti. Bunda, originalni tavsiflovchi, o’xshash model -
kriteriyalar, kriterial tenglamalar ishlatiladi.
Harakteri bo’yicha o’xshashlik: absolyut, to’la, to’liq bo’lmagan,
yaqinlashgan bo’lishi mumkin.
Modellarning biri bo’yicha: konseptual obyektni ishlash vaqtida (o’rganish
va ko’zatishda modellarni yaratish va ishlatish) kibernetik modellar (kirish va
chiqish funksiyalarning munosabatini, qora yasiqlik “ochmasdan” olish),
kvazianalogli va elektronli modellar (zanjirlarini sintezi) ishlatiladi.
Oxirgi metod, ayniqsa, izlanishda qudratli kuchga ega bo’lgan apparat-
elektron hisoblash mashinalarni keltirib chiqaradi va ular juda samarali
amaliyotda ishlatilib kelinmoqda.
-
112
Ilmiy izlanishda nazariya qanchalik muhim bo’lsa, amaliyotda ham
shunchalik katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Amaliyot ilmiy nazariyani to’g’riligini sinovdan o’tkazib isbotlasa yoki
noto’g’riligini bildirsada, keyinchalik ilmiy nazariya xuddi shu amaliyotning
rivojlanishiga sababchi bo’ladi.
Barcha ilmiy nazariyalar amaliyot bilan yonma-yon bo’ladi, u bilan
chambarchas bog’liqdir.
Sinovdan o’tib, o’z tasdiqini topgan ilmiy nazariya amaliyot boshqaruviga
rahbarlik qiladi. Uning faoliyatini olib borishga qo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Rasm 3.2. Matematik modellarni tuzishda matematik apparat sxemasi.
Determinlashgan
Ehtimolli
Nestasionar
Dinamik
Diff
er
ensial
tengla
ma
Inte
gra
l t
englama
Xususiy hosi
lali
tengla
ma
Av
to
m
atik
ten
glam
al
ar
nazar
iy
asi
Alge
bra
Tasodi
fi
y j
ar
ayonl
ar
naz
ar
iy
as
i
Ma
rkov
jar
ay
onlar
na
za
riy
asi
Avtomatlar
na
za
riy
asi
Ehtim
oll
i t
avsifli
diff
ere
nsi
al
tengla
mala
r
Static
Stasionar
Alge
bra
Va
qtga bog’
li
q
bo’lma
ga
n
argume
ntl
i
diff
ere
nsi
al
tengla
mala
r
Ehtim
oll
ar
na
za
riy
asi
Inf
orma
siya
na
za
riy
asi
Alge
bra
Izlanish ob’ekti
-
113
Bunday sxemalar, tashqi muќit bilan bog’lanishi asosan to’rt xil bo’lishi
mumkin, ular rasm 3.3. keltirilgan:
y
1
x y x y
2
y
i
x
1
x
2
y x
1
y
1
x
i
x
2
y
2
x
i
y
i
Rasm 3.3. Obyektning tashqi muhit bilan bog‘lanish turlari sxemasi.
a) bir faktorli - birli sxema;
b) bir faktorli - ko’pli sxema;
v) ko’p faktorli - birli sxema;
g) ko’p faktorli – ko’pli sxema.
Nazariyaning amaliyot bilan bog’lanish mexanizmini tushuntirishda
maqsadga muvofiq, Kelvin fikrini keltirsak, ya’ni u nazariyani tegirmon toshiga
qiyoslaydi, amaliyot natijalarini esa, shu tegirmon toshiga tushayotgan donga.
Bundan shunday muhim tushuncha kelib chiqadi: ayrim tegirmon toshi o’zi
qancha aylanmasin, hyech qanaday foyda berolmaydilar (nazariya faqat o’ziga
xizmat qiladi). Undan chiqadigan un, donning sifati bilan aniqlanadi, agar don
chirigan bo’lsa, sifatli un berolmaydi. Shuning uchun ham yaxshi eksperiment,
tajriba ilg’or nazariya tuzishga asosiy shart hisoblanar ekan, albatta bu amaliy
natijalar olish sharti hamdir.
Ko’p holda amaliyot tushunchasi odamlarning o’rab turgan dunyo va
jamiyat predmetlarining o’zgarishiga bog’liq moddiy faoliyati tushuniladi.
U o’zining eksperiment, ishlab chiqarish va sosial-o’zgaruvchan faoliyat
tarkibiy qismidan iboratdir.
Umuman olganda, bunda subyektning obyektga yoki teskarisi
obyektning-subyektga bo’lgan ta’siri, uning bir-biriga bog’liqligi aniqlanadi.
Bashariyat tarixida, kosmik vositalarning paydo bo’lguniga qadar,
amaliyot geomarkaz kraterga ega bo’lib, faqat yerning tabiiy sharoitlarida
-
114
rivojlanib, kengaydi, qoidaga asosan faqat yer obyektlari bilan chegaralanib
keldi.
Odam amaliyotining birinchi formasi (eksperimental - ishlab chiqarish)
o’zi paydo bo’lgan yerda bo’ldi.
Planetada mehnat jarayonida insoniyat jamiyat va tabiat orasida moddalar
almashinuvi, energiya va informasiya almashinuvi bo’ldi. Mehnat obyekti
natijasi, vositasi, mehnat subyektining o’zi va maqsadi planetaning tabiiy
rivojlanishi mahsuloti sifatida, obyekt xususiyligi va sharoitining tasavvuri
bo’ldi. Albatta, bu odamzot amaliyotiga ham ta’sir etdi, ya’ni tabiatni bilish
qonunlariga asoslanib o’zgartiruvchi, keyinchalik amaliyotning ehtiyojini faqat
yer obyektlari va sharoiti qoniqtirmay qoldi va inson kosmik axborotlar bilan
qiziqib qoldi.
Bilish nazariyasi kriteriysi sifatidagi amaliyotga astronomik ko’zatishlar,
kashfiyotlar va h.k. kiritildiki, amaliyot negeosentrik formaga
keltirildi. Bu asosan ko’zatish bilan aniqlandi. Ko’zatish bir tomonlama
axborotlar bo’lganligi uchun subyekt ko’zatish obyektini o’zgartirolmasdi va
uning energiyasi va narsalarini ishlab chiqarish maqsadida qo’llay olmadi
(albatta Quyosh nuridan boshqa).
Hozirgi vaqtga kelib, kosmonavtikaning rivojlanishi natijasida texnikaviy
ishlab chiqarish amaliyoti rivojlandi va uning yutuqlari halq xo’jaligi
amaliyotida qo’llanilib kelmoqda.
Bu misolda biz ko’rdikki, hozirgi vaqtda amaliyot kosmik masshtabiga
ega hisoblanadi.
Odamzotning faoliyatini asosiysi bu uning amaliy faoliyati hisoblanadi.
Har qanday faoliyat ham o’zining strukturasi tarkibiy qismiga egaki, ularning
o’zaro munosabati u yoki bu faoliyatining tabiatini aniqlaydi. Strukturaviy
tarkibining asosiylariga uning subyekti, obyekti vositasi, operasiyalar, natijalar,
maqsad va faoliyat sharoiti kiradi.
-
115
Nazariya va amaliyotning o’zaro bir-biriga moyilligi fanning
rivojlanishini bildiradi.
Agar fan rivojlanishi davrida nazariya va eksperiment nazariya va hayot,
nazariya va amaliyot o’rtasida ajralish bo’lsa, bu fanning normal rivojlanishini
bo’zilganligidan dalolat beradiki, buni darhol tuzatish kerak bo’ladi.
Ilmiy izlanishning muhim bosqichlaridan biri bu amaliy izlanish
hisoblanadi. Amaliy izlanish asosini esa - tajriba tashkil etadi. Tajriba so’zi,
lotinchadan eksperiment deganini bildiradi. Har qanday fan sohasida
bajariladigan eksperimentda, shu fanning nazariyasidan kelib chiqqan
gipotezalar, g’oyalari va h.k. tekshirilib ko’rib, o’z tasdiqini topishi yoki
topmasligi mumkin. Shuning uchun ham eksperimentlar shu fanni o’rganilishini
yanada chuqurlashtiradi.
Eksperimentlarni qo’yilishi, ularning qaysi fan sohasidaligi bilan farq
qiladi. Ularning turlanishi fan sohasi bo’yicha turli xil eksperimentlar:
kimyoviy, biologik, fizikaviy, sosial, psixologik, iqtisodiy va h.k. bo’lishi
mumkin.
Ular sharoitiga ko’ra: tabiiy va sun’iy; maqsadi bo’yicha: nazoratli,
izlanishli, hal qiluvchi, o’zgartiruvchi, tasdiqlovchi bo’lishi mumkin. O’zining
o’tkazilishi, tashkillashtirilishi bo’yicha esa, laboratoriyali, naturalli,
maydondagi, ishlab chiqarishdagi va h.k. bo’linadi. Aniqlanishi kerak bo’lgan
hodisa obyektlarning strukturasiga murakkab va oddiy, tashqi ta’sirning
tavsificha: energetik, materialli, axborotli; o’zaro ta’sir doirasida: oddiy va
modelli; qo’llanilgan modelicha: materialli va hayoliy; nazorat faktorlaricha:
aktiv va passiv; faktorlar variasiyasi bo’yicha: bir va ko’p faktorli;
o’rganilayotgan hodisa yoki obyektning harakteri bo’yicha: texnologik,
sosiometrik va h.k. bo’lishi mumkin.
Tabiiy eksperimentlarga, qaysikim tajriba faqat tabiiy sharoitda, ya’ni
hodisaning tabiiy o’tishini o’zgartirmagan holda, uning tavsifiy ko’rsatishlarini
-
116
aniqlash bo’lsa, sun’iy eksperimentda, izlanuvchi tomonidan o’tkazilishi, sun’iy
yaratiladi va ayrim tajribani noaniqligini oshiruvchi ko’rsatgichlari hisobga
olinmaydi. Bunday eksperimentlar, ayniqsa, tabiiy va texnika fanlarida keng
qo’llaniladi.
Nazoratli eksperimentda, obyektning ko’rsatgichi doim har xil sharoitda:
tashqi, ichki ta’sir vaqtida ko’zatiladi va uning umumiy natijaga qanchalik
ta’siri aniqlanadi. Izlanishli tajribalar, hali oldindan aniq ko’rsatilgan maqsad
uchun emas, balkim boshlang’ich izlanishlarni o’z ichiga oladi. Ammo
ko’pgina izlanishli izlanishlar doimo aniq muammolarni keltirib chiqarishga
sabab bo’ladi.
Agarda fanda biror-bir g’oya, gipoteza yoki ilmiy bashorat, nazariyani yoki
to’g’ri noto’g’riligini aniqlash maqsadida o’tkazilsa, bunday tajribalar hal
qiluvchi, tasdiqlovchi bo’lishi mumkin.
Eksperimentlarni o’tkazishda, albatta fan sohasi bo’yicha qaysi sharoitda
o’tkazilishi muhim rol o’ynaydi. Laboratoriyali eksperimentlar tabiiy,
texnikaviy fanlarga mos bo’lsa, qishloq xo’jaligidagilari maydondagiga;
texnikaviy; iqtisodiylari ishlab chiqarishdagiga to’g’ri keladi. Laboratoriyali
eksperimentlarga obyektlarning o’zi emas, balki eksperimental stendga to’g’ri
keladigan biror - bir namunasi izlansa, naturalida real obyektning o’zi
izlanadi. Albatta, naturallini tajribaning natijasi haqiqatga boshqalariga
nisbatan to’g’ri keladi va samarali bo’ladi. Ammo sarf harajati katta bo’lishi
mumkin. Albatta, uning turi va material sarf hajmiga bog’liq.
Har qanday eksperimentning muvaffaqiyatli bajarilishi, unda qanday
metodika qo’llanilishiga bog’liq. Eksperiment metodikasi tufayli fizikaviy va
hayoliy operasiyalar birligida, ma’lum ketma-ketlikda izlanish maqsadini
bajarish tushuniladi.
Har bir yangi eksperimentni o’tkazishdan oldin uning dasturi to’ziladi.
Eksperiment dasturi o’z ichiga, uning maqsadi va vazifasini, o’zgaruvchan
-
117
faktorlarni tanlashi, eksperiment tajriba hajmini, tajriba ko’rsatgich-larining
ketma-ketlik bilan o’zgartirilishini, o’zgartirish qadamini tanlashini, o’lchov
asboblarini tanlashni, eksperiment o’tkazish yozuvini, eksperiment natijalarini
qayta ishlovi uslublari va tahlilini oladi. Rejalashtirilgan eksperimentni maxsus
jihozlangan joylarda o’tkaziladi. Bunday joylar stasionar, shartli-stasionar va
ko’chma bo’lishi mumkin.
Stasionar joylarga - ilmiy izlanish tashkilotlarning laboratoriyalari,
poligonlari va h.k. kiradi. Shartli - stasionarga esa, ko’chma laboratoriyalar va
vaqtinchalik poligonlar; ko’chmasiga esa yuruvchi laboratoriyalar misol
bo’ladi.
Laboratoriya deb, eksperimental izlanish o’tkazish uchun maxsus
jihozlangan xona ko’zda tutiladi. Ular ham, o’z navbatida stasionar, ko’chma va
yuruvchi bo’ladi.
Izlanuvchi laboratoriya muhim ishlarni bajaradiki, uning ishi nazariy yoki
amaliy vazifaning to’g’ri bajarilishiga bog’liq bo’ladi. Eksperimentning
bajarilishida keraqli hujjatlar tayyor bo’lishi kerak. Bunday hujjatlarga aktlar,
laboratoriya daftari, jurnallari kiradi. Bu hujjatlarga muntazam ravishda tajriba
natijalari va bajarishi belgilanib boriladi. Umuman, bu hujjatlar muhim hujjatlar
turiga kiradi.
Eksperimentlarni o’tkazishda sanoat sanitariya, xavfsizlik texnikasiga,
yong’in xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi shart hisoblanadi.
Laboratoriya va ishlab chiqarish eksperimentlarining natijalari maxsus
qarorda rahbar va eksperiment o’tkazganlar imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Eksperimentlar natijalarining qayta ishlovida, olingan natijalar bir sonli
sistemaga, klassifikasiyaga, analizga solinadi. Natijalar, qulay yozuv formalari -
jadvallar, grafiklar, formula va nomogrammlar shaqliga keltiriladiki, ularni
taqqoslash, tahlil qilish osonlashadi. Hamma o’zgaruvchanlar o’lchov birligi bir
butun o’lchov birligida bo’lishi ham ta’minlanadi.
-
118
Tajriba natijalarini qayta ishlovida qo’llaniladigan uslubda, qayta ishlov
va tahlilning matematik metodiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bunga
emperik bog’liqlikni aproksimasiyasini o’rnatish va h.k. kiradi.
Tajribadan olinadigan natijalar uchta statik talablarga javob berishi kerak.
Bularga: baholashning samaradorligini talabi, ya’ni noma’lum parametrga
nisbatan minimal dispers farq bo’lishligi; baholashning turg’unligini talabi,
ya’ni eksperiment - sonining o’sishi bilan haqiqiy natijaga yaqinlashishi va
baholashning aralashmasligi talabi, ya’ni parametrlarni hisoblashda sistematik
xatoning bo’lmasligi kiradi. Albatta, bu uch talabning barchasini
eksperimentlarni o’tkazish va olingan natijalarni qayta ishlovida muhim
muammo hisoblanadi.
Tajriba natijalarini qayta ishlovida ehtimollar nazariyasi metodlari keng
ko’lamda qo’llaniladi. Masalan, tajribadan olingan natijalarni qo’pol xatolarini
topishda ingliz matematigi V.S.Gossetning (laqabi Styudent) 1908 yilda taklif
etilgan Styudent koeffisiyentini aniqlash bilan yoki A.I.Romanovskiyning
kriteriyasini aniqlash bilan olib borilsa, bir xil ishonchli natijaning takrorlanish
xususiyatini Koxren kriteriyasi orqali aniqlanadi. Bundan tashqari nazariy
olingan natijalarni, tajriba yoki boshqa yo’l bilan olingan natijalari bilan bir-
biriga to’g’ri kelishini tajribadan olingan, tanlangan natijalarga qarab Fisher,
Pirson, Romanovskiy, Kolmagorov kriteriyalari yordamida aniqlanadi.
Keltirilgan kriteriyalarni qo’llanishini amaliy mashg’ulotlarda batartib ko’rib
chiqamiz.
Qo’yiladigan eksperimentlarni effektivligini oshirish maqsadida,
eksperimentlarni faktorli rejalashtirish yaxshi samara beradi. Bunda
eksperiment optimal sharoitda o’tkaziladi. Ayniqsa, bu metod eksperiment
o’tkaziladigan va u murakkab obyekt haqida axborotlar kam bo’lsa, juda ko’l
keladi. Hozirgi vaqtda, bunday faktorli eksperimentlar rejasining kataloglari
mavjud. Ularni har xil eksperimentlarni o’tkazishda qo’llash mumkin.
-
119
Nazariya va amaliyotning bir biriga o’ta yaqinligini hozirgi zamon
iqtisodiy nazariyada ko’rishimiz ham mumkin.
Umuman iqtisodiy nazariya-bu ijtimoiy fan bo’lib, ishlab chiqarishdagi
odamlar va guruhlar harakatini chegaralangan resurslar sharoitida talabni
qondirish maqsadida moddiy boylikni taqsimlash va istemol qilishni o’rganadi.
Uning o’rganish obyekti sifatida ishlab chiqarish sohasidagi odamlar
amaliyoti, taqsimot va iste’mol olinadi. Albatta, iqtisodiy nazariya hamma
savollarga ham to’la javob bera olmasada, uning iqtisodiy hayotda,
menejmentda, ishlab chiqarishni bozorni tashkil etishda, konkurensiyada to’g’ri
qo’llanilishi tadbirkorlar, biznesmenlar, menedjerlar, bu bilan shug’ullangan
barcha odamlarda ijodiy izlanishga intilishni uyg’otadi va unga yo’naltiradi.
Franso’z faylasufi O.Kant ta’biricha, bilim oldindan ko’rishga, oldindan
ko’rish esa harakatga keltiradi. Iqtisodiy nazariya iqtisodiy siyosat asosida
bo’ladi va u orqali xo’jalik amaliyoti oblastiga kirib boradi.
Iqtisodiy nazariya boshqa fanlar: sosialogiya, siyosatshunoslik, etika,
sosial psixologiya va ijodiy bog’lanishda bo’ladi.
Iqtisodiy nazariya-daromad, foyda,
mehnat unumdorligi, fanlar
samaradorligi va va h.k.o umuman real iqtisodiy eferik olishga yo’naltiradi.
Umumiy iqtisodiy nazariya, aniq iqtisodiy fan bo’lgan: tarmoqlar
iqtisodiyoti, korxonalar iqtisodiyoti, mamlakatlar iqtisodiyoti, moliya, audit,
kredit, marketing, logistika, iqtisodiy statistika va h.k.o o’zining bevosita
amaliy gavdalantiradi.
O’zbekisiton amaliy hayotida, iqtisodiy ijoddagi yorqin misol tariqasida
Prezidentimiz I.A.Karimov ishlab chiqgan bozor iqtisodiyoti kirishning
“O’zbek modelini” ko’rishimiz mumkin.
Unda iqtisodiy islohotlar strategiyasi va kursi, uni amaliyotga o’tkazish
huquqiy bazasini yaratish, qishloq xo’jaligi islohoti va yangi agrar
munosobatlarni
formallashtirish,
boshqaruvdagi
administrativ
buyruq
-
120
sistemasini yo’qotish, dunyo iqtisodiy hamjamiyatiga integrasiyalash
mexanizmi ko’rsatilgan.
Hozirgi vaqtda bularning yuqoridagilarning barchasi Respublika
amaliyotida o’z tadbiqini topayotganligini guvohi bo’layapmiz.
Har qanday fan sohasidagi ijodda bajariladigan eksperimentda, shu
fanning nazariyasidan kelib chiqkan farazlar, gipotezalar, g’oyalar ilmiy fikr,
tushunchalar va h.k. tekshirilib ko’rib, o’z tasdig’ini topishi yoki topmasligi
mumkin. Shuning uchun ham eksperimentlar shu fanni o’rganilishini yanada
chuqurlashtiradi.
Albatta, eksperimentning turlanishi uning bilim sharoiti, maqsadi, ko’zda
tutilgan vazifasi, darajasi va h.k. o’z ichiga oladi. Shuning uchun ularning
turlanishi ham turlicha bo’ladi. Quyida shularning ayrimlarini tavsiflarini ko’rib
chiqamiz.
Eksperimentda qo’llanilishi kerak bo’lgan ko’rsatkichlar aniqligini
tekshirish maqsadida izlanishli eksperiment o’tkaziladi. Bunda ular to’g’risida
dastlabki axborotning kamligi va noaniqligi sababli bo’ladi, bu bilan zarurlari
qoldirilib qolganlari olinmaydi, eksperimentda kuzatilmaydi.
Masalan, golland olimi X.Gyugens (1678 y) nurning to’lqinli nazariyasini
Nyutonning nurning oqimi haqidagi gipotezasini qaysi biri to’g’riligini, fransuz
olimi Fuko (1819-1868) eksperimentda, ya’ni nurning o’zidan o’tkazuvchan
jismlardan o’tgandagi tezligini Nyuton bo’yicha bular ichida bo’shliqga
nisbatan nurning tezligi kuchayishini aytilganini, teskarisini, ya’ni zichligi kam
muhitda nurning to’lqinli tabiatini tasdiqlab berdi. Keyinchalik bu
Maksvellning (1831-1879 y) elektromagnit gipotezasiga aylandi.
Fuko 1851 yili maxsus mayatnik o’ylab eksperimental natija bilan
yerning o’z o’qi atrofida aylanishini isbotlab, Ptolemey va Kopernik o’rtasidagi
tortishuvni Kopernik nazariyasi tomonga hal qilib berdi.
-
121
Ko’p holda eksperimentlar maxsus jihozlangan eksperimentni samarali
o’tkazish uchun sharoit yaratilgan laboratoriyalarga o’tkaziladi, bunda barcha
sun’iy sharoitlar tabiiy sharoitga yaqinlashtiriladi. U havoning esib turilishi,
jismlarning harakatini va h.k. ular eksperimental stendda namuna hisoblangan
modelda qayta-qayta takrorlanishi mumkin bo’lgan sharoitda bajariladi.
Bundan farqli, natural ya’ni tabiiy o’zgartirilmagan eksperimentlar ham
bo’ladiki, unda maksimal darajada tabiiy holat saqlanib qoladi. O’tkazilish
joyiga qarab ishlab chiqarishdagi maydondagi, poligondagi yarim tabiatdagi va
boshqalar bo’lishi mumkin.
Agar eksperiment natijalarini olishda barcha axborotlar ko’rsatilib, aytilib
borilsa bular ochiq holdagi bunga teskari bo’lgan, ya’ni obyektga bildirilmay
tajriba o’tkazilsa yopiq holdagi eksperiment bo’ladi.
O’zining tuzilishi bo’yicha oddiy va murakkab ham bo’lishi mumkin.
Murakkab eksperimentda, oddiy eksperimentga nisbatan turli xil olinadigan
natijalarni haqiqiyligini, ishonarli ekanligini ta’minlovchi metodlar qo’llaniladi.
Bundan tashqari, biologiya, psixologiya sosiologiya va kibernetikada
informasion eksperiment o’tkazilsa, ya’ni obyektga informasiya yuborilib uning
holatini o’zgarishini ko’zatiladi.
Energetik eksperimentda turli xil: elektromagniy, mexanik va boshqa
turdagi energiyalar ta’sirida izlanayotgan obyektning o’zgarishi ko’zatiladi.
Ayniqsa,
tabiiy
ilmiy
fanlarda
bu
keng
tarqalgan.
Model eksperimentida, obyekt modeliga tajriba o’tkaziladi, albatta real
obyekt bilan model o’rtasida adekvatlik (o’xshashlik) kam bo’lsa, bunday
eksperimentning hatosi ham ko’proq bo’ladi.
Modellashtirib o’tkaziladigan eksperimentlarda, uning quroli hisoblangan
xayoliy va materialli eksperimentni ajratish mumkin.
Xayoliy (aqliy, mantiqiy) eksperimentda bir muncha izlanuvchi xayolida,
o’ylovida o’tkaziladi, ya’ni ideallashgan holda. Umuman olganda, barcha
-
122
eksperimentlarning boshlanishi albatta eng avval xayolda o’tkaziladi, mantiqiy
o’ylanadi, qandaydir bir xulosaga kelgandan so’ng eksperimentlarning
materiallisiga o’tish mumkin. Barcha olimlarning, ijodkorlarning xayol surish
qobiliyati rivojlangan bo’lishi kerak.
Albatta, bunga qarshi materialni eksperimentda, anik, real materialni
obyektda izlanadi.
Masalan, A.Eynshteynning ta’biricha, inersiya qonunini faqat xayoliy
chiqarishimiz mumkin uni haqiqatda hyech ham iloji yo’q; agar biz nur
tezligida harakat qilib uni quvib yetsak, unda biz vaqtdan holi to’lqin
maydoniga ega bo’lar edik, ammo buning hyech ham iloji yo’q.
A.Eynshteynning bunday ko’rinishidan oddiy xayoliy eksperimentni,
nisbiylik nazariyasini yaratilishi yo’lidagi dastlabki tajribalaridan edi
Eksperimentda faqat ko’rsatkichlar, eksperiment parametrlari o’lchansa,
ular passiv xarakterdagi eksperimentlar, agar ularga sun’iy ravishda ta’sir
ko’rsatilsa unda aktiv xarakterli eksperimentlarga bo’linadi.
Eksperiment natijalarini so’ngida, ularni qayta ishlovini, hamda ulardan
matematik-statistik metodlarning qo’llanilishini osonlashtirish maqsadida
faktorli eksperimentlar o’tkaziladi. Ular tanlangan faktorlar soni bo’yicha bir va
ko’p faktorli bo’ladi. Faktorlar deganda bir-biridan mustaqil bo’lgan (masalan:
harorat, tezlik, uzunligi va h.k.) eksperiment ko’rsatkichlariga aytiladi.
Albatta yuqorida keltirilgan eksperiment turlarining o’tkazilishi haqida,
har birining metodikasi mavjud, ular samarali, aniq, ishonchli axborotlarni olish
yo’lida xizmat qiladi.
Eksperimentlar har qanday turda o’tkazilsada, biz uning markazida
izlanuvchi, uning o’tishini ta’minlovchi va undan shu eksperiment taqdirini hal
kiluvchi inson-olim turadiki, bulardan eksperimentni tanlashda ham, qo’yishda
ham, uning natijalarini qayta ishlovida ham ijodiy yondashuv talab etiladi.
-
123
Faqat shundagina barcha eksperimentlar samarali, olamshumul va o’lmas
bo’ladi deb o’ylayman.
Har qanday eksperimentning maqsadi, u qaysi fan, ijod sohasida
o’tkazilmasin shu soha bilimini o’stirish, ko’paytirish hisoblanadi.
Barcha sohada, aytib o’tganimizdek, eksperiment o’tkazish metodikasi
mavjud bo’ladi ammo ularning umumiy o’xshashlik tomonlari mavjud. Ya’ni
eksperiment o’tkazish umumiy metodologiyasi uning dasto’rini tayyorlash,
o’tkazish zamonaviy vositalarini tanlash, o’tkazish sharoitini ta’minlash, uni
o’tkazish va olingan natijalar tahlilini, qayta ishlovini bajarish tashkil etadi.
Masalan, dasturi quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: tadqiqotning
tartibli aniqlangan vazifasi, ishchi faraz, gipotezasi, eksperemental stend,
o’zining barcha zarur materiallari, priborlari va h.k. bajaruvchilar va ularning
birinchi eksperementda bajarishi kerak bo’lgan ishlar ro’yxati, eksperiment
jadvali, eksperiment o’tkazish sarf harajatlari va h.k.o.
Eksperiment metodikasi, bu o’tkazish metodlari, usullar majmui bo’lib,
o’z ichiga maqsad va vazifalar, tanlangan ko’rsatkich-faktorlar, ularning
o’zgarish darajasi, vositalar va o’lchashlar zarur miqdorini asoslaganligi,
eksperiment mohiyati va tartibi bayoni, olingan natijalarni qayta ishlash
usullarini asoslashni oladi.
Eksperimentlarni o’tkazishda, albatta fan sohasi bo’yicha qay sharoitda
o’tkazilishi muhim rol o’ynaydi. Laboratoriya eksperimentlar tabiiy, texnikaviy
fanlarga mos bo’lsa, qishloq xo’jaligidagilari maydondagi: texnikaviy,
iqtisodiylari ishlab chiqarishdagiga to’g’ri keladi. Laboratoriyali eksperimentlar
o’zi emas, balki eksperimental stendga to’g’ri keladigan biror-bir namuna
izlansa, naturalida real obyektning o’zi izlanadi. Albatta naturalini tajribani
natijasi haqiqatga boshqalariga nisbatan to’g’ri keladiva samarali bo’ladi.
Ammo sarf harajati katta bo’lishi mumkin. Albatta uning turi va material sarf
hajmiga bog’liq.
-
124
Ko’p holda, eksperiment tabiiy, texnikaviy sohada keng tarqalgan
bo’lsda, hozirgi vaqtda iqtisodiy izlanishlarda ham, eksperiment qo’yish,
o’tkazish ilmiy izlanishda muhim o’rin egallay boshladi. Shuning uchun
iqtisodiy izlanishdagi eksperimentlar haqida gaplashsak maqsadga muvofiq
bo’ladi.
Agar, “iqtisodiyot” termini Aristotel tomonidan fanda kirgizilgan bo’lib,
grekcha “uy-ro’zg’or xo’jaligini yurgizish san’ati” ma’nosini bildirsada,
hozirda iqtisodiyot deganda biz to’g’ri puxta o’ylab mamlakat yoki alohida
uning elementi bo’lgan xo’jaliklar ishini samarali insoning hayoti uchun
yuritish - fani deb tushuniladi. U odamlarning ishlab chiqarish, tovarlar
almashinuvi va bo’linishi xo’jalik faoliyatini o’rganadi.
Iqtisod ikki asosiy soha: mikroiqtisod va makroiqtisodga ajraladi.
“Mikro” qo’shimchasi yunoncha “kichik” degani bo’lsa, “makro” esa nisbatan
“katta” degan ma’noni bildiradi. Fanning shunday bo’linishining o’zi ilmiy
metodologiyaning deduktiv umumiy metodidan kelib chiqib, uning rivojida
barcha boshqa metodlar qo’llanib kelinmoqda.
Agar biz umumiylikdan xususiylikga tomon yo’nalsak, mikroiqtisodning
ayrim subyektlar faoliyati bilan bog’liqligini ko’ramiz. Bular jumlasiga
iste’molchilar, ishchilar, kapital, yer egalari, firmalar, ya’ni aslida iqtisod amal
qilishida muhim o’rin tutuvchi individ yoki xo’jalik subyektlari kiradi. Shu
bilan birga mikroiqtisod iqtisodning yanada quyi bosqichida qanday qilib va
nima sababdan xatti-harakat amalga oshirilishini tushuntirib beradi. Masalan
(R.Pindayk): iste’molchi nima uchun tovar sotib olishga jazm qildi; narx va
daromad o’zgarishi tovar tanlashga qanday ta’sir etdi; firma ishchilari sonini
qanday rejalashtiradi, ular qayerda, qancha ishlashi lozimligini aniqlaydi, shu
kabilarni u tushuntiradi va iqtisod subyektlarining o’zaro munosablarini
o’rganadi.
-
125
Bundan farqli, umuman olganda mikroiqtisod tahlilining davomi bo’lgan
makroiqtisod esa, mamlakatdagi mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari,
foizining hisob stafkasi, ishsizlik va inflyasiya singari umumiqtisodiy
ko’rsatgichlar majmuini tahlil etadi.
Har qanday fan singari iqtisodning bu ikki sohasida ham ko’zatilayotgan
voqyealarni tushuntirish va prognozlash bilan shug’ullanadi. Bunda albatta
nazariy qoidalarga suyanadi, bulardan asosiy qoidalar va taxminlar nuqtai
nazaridan ko’zatilayotgan voqyealarni tushuntirib berish uchun foydalaniladi.
Iqtisodiy nazariya prognozlashning asosi bo’lib xizmat qiladi. U ish
haqining oshishi yoki ashyolar narxi pasayishiga bog’liq holda mahsulot ishlab
chiqarish hajmi o’zgarishini tushuntirib beradi.
Iqtisodiy nazariyaning rivojlanishida eksperimentning, eksperimental
metod va eksperimental faoliyat muhim hisoblanadi. Ayniqsa tadqiq etishning
statistik va iqtisodiy usullari qo’llanilganda miqdoriy prognozlarda
qo’llanadigan modellarni ishlab chiqish mumkin bo’ladi. Model esa, o’z
navbatida shunday matematik ifodaki, bu iqtisod nazariyasi, firma, bozor, yoki
boshqa bir iqtisodiy subyekt nazariyasiga tayanadi.
Albatta, hyech bir ilmiy nazariya, jumladan iqtisodiy nazariya ham
mutloq aniqlikka ega emas. Nazariyaning foydaliligi va ahamiyati uning
iqtisodiy voqyealarni qanchalik yaxshi tushuntirib berishi va prognozlashiga
bog’liqdir. Xuddi ana shu maqsad yo’lida nazariya (iqtisodiy nazariya)
amaliyot sinovidan - tajribadan, eksperimentdan o’tadi. Buning natijasida u
yangilanadi, modifikasiyalanadi, takomillashadi, ayrim hollarda undan voz
kechishga ham to’g’ri keladi. Nazariyaning ana shunday tekshirilib turilishi va
takomillashib borishi iqtisod fani uchun o’ta muhim hisoblanadi.
Iqtisodiy eksperiment boshqa fanlar sohasidagi eksperimentga
qaraganda, o’tish muddati jihatdan ko’p vaqtni talab etadi. Maydon jihatdan
-
126
esa kichik biror firma, xo’jalikdan tortib, davlat yoki mintaqa miqyosida
bo’lishi mumkin. Shuning uchun, ham o’zining xususiyatlariga ega hisoblanadi.
Masalan, “Bandlik, foiz va pul umumiy nazariyasi” degan Kembirijli
iqtisodchi D.M.Keynsning 1936 yilda yaratilgan kitobida, iqtisodiy krizisdan
chiqishda bozor iqtisodiyotini mobilizasiyasida, iqtisodiy hayotga davlatning
aktiv aralashuvini yoqlab chiqdi. Ya’ni davlat o’zinig kreditlarini berib,
qarzlarini muddatini cho’zish, bandlikni ko’tarish bilan iqtisodni jonlantirishi
mumkin.
Bu g’oyani gigant eksperiment tariqasida 1930-1940 yillari AQSh
prezidenti F.D.Ro’zvelt, Amerika iqtisodida qo’llab, davlatni iqtisodiy
inqirozdan chiqardi.
Keynsdan farqli iqtisodchi olim Fon Xayek esa, iqtisodiy liberalizm
g’oyasini, ya’ni iqtisodiy hayotga davlat aralashuvini, nazoratidan holi etish,
bozorning ishlariga mutloqa aralashmaslikni takidladiki, bu g’oya, eksperiment
ham ko’pgina davlatdalarda o’zining samarali tadbiqini topdi.
Albatta, bunga o’xshash iqtisodiy g’oyalar eksperimentini ko’plab
keltirish mumkin.
Hozirgi vaqtda bizning O’zbekistonimizda, 1991 yildan mustaqillikga
erishganimizdan boshlab, administrativ komandali, taqsimotli, planli sovet
davri iqtisodiyotidan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tish eksperimenti
bajariliyapti.
Prezidentimiz
I.A.Karimov
asarlarida
bunday
iqtisodiy
eksperiment asoslarini asoslab, mamlakatning kelajagi buyukligini ko’rsatib
berdi.
O’tgan davrda, bu bo’yicha mamlakatimizda qonuniy bazaning
mustahkamlanganligi, hayotning turli sohalari liberilizasiyalashgani; fuqarolar
ozodligi va haq huquqi oblastidagi kerak bo’lgan kafolatning yaratilishi,
bozor reformasining chuqurlashuvi, xususiy mulkning va tadbirkorlar, kichik
biznesning manfaatini himoyalash kafolatlari bajarildi.
-
127
Buning natijasida O’zbekiston iqtisodiyoti kundan-kunga jadallashib,
rivojlanib bormoqda.
Har qanday sohada bajarilgan eksperimentlarda, tabiiy holatda
eksperiment, tajriba xatoliklari bo’lishi mumkin.
Bajarilgan tajriba yoki ko’zatish natijalari tajriba turi, texnikasi, o’tkazilish
sharoiti, uning qanchalik to’g’ri qo’yilganligi va boshqa harakteriga
ko’raolingan natijalar aniqligida qo’pol, tasodifiy va tizimli xatoliklar bo’lishi
mumkin. Bunday holat, ayniqsa tajriba va ko’zatishda ko’p bo’ladi. Tajribada
va ko’zatishda bo’ladigan bunday holatlarni xatoliklar nazariy asoslari fanida
o’rganiladi. Shu fanning ko’rsatmasiga binoan o’lchash miqdori qancha ko’p
bo’lsa, xatolik ehtimoli ham shunchalik kam bo’ladi, yana katta xatoliklar
kichik xatolikga nisbatan kam uchraydi, ko’p aniq natija hisoblanadi va u yoki
bu natijaning namoyon bo’lishi bo’llanish normal qonuni bilan izohlanadi.
Ilmiy izlanish amaliyotidan shu ma’lumki, agar xabar ko’rsatkichi o’lchash
soni n>30 bo’lsa, unda ularning o’rtacha arifmetik qiymati haqiqatga ancha
yaqin hisoblanadi va uning o’rtacha arifmetik qiymati ishonchli – aniq deb
qabul qilinadi. Agar, n<30 bo’lsa, unda turli xildagi xatoliklarni aniqlash
metodlari orqali aniqlanadi. Tajriba natijalarini qayta ishlovi va
ularning metodlarga aniqligini ishonchlilik ehtimoli yordamida intervalli
baholash, eng kam o’lchash miqdorini aniqlash va qayta ishlovi, grafik metodi,
emperik formulalarni tanlash, regression analiz, nazariy yechimlarining
adekvatligini aniqlash, tajribalarni rejalashtirish metodlari qo’llaniladi.
Tizimli xatoliklar sababi aniqlangandan so’ng uni bartaraf etish mumkin.
Qo’pol xatolar tajriba qoidalarini bo’zilishidan bo’ladi. Ammo tasodifiy
xatoliklar hamma vaqt ham to’g’ri aniqlanmaydi.
Ilmiy izlanish amaliyotida o’lchashning aniqlik bahosini o’rtacha kvadrat
xatolik
yoki xatoliklar dispersiyasi
2
belgilaydi.
-
128
Intervalli baholash metodida o’lchashning bir xilligini harakterlovchi
dispersiya (D) va uning qanchalik o’zgarib turishini ko’rsatuvchi variasiya
koeffisiyenti (R
b
) yordamida ishonchlilik ehtimoli (P
g
) aniqlanadi.
Ishonchlilik intervali (x
g
) esa, haqiqiy natijaning tushgan intervalli, ya’ni
30> Dostları ilə paylaş: |