4. ILMIY IZLANISHDA TILNING SHAQLLANISHI VA FORMAL
LOGIKANING TAFFAKURDA QO’LLANILISHI
Ilmiy ishlar natijalarini tuzishda uning tili katta ahamiyatga ega. Fan
tillari xuddi milliy tillar kabi o’z xususiyatiga, tavsifiga ko’ra tabiiy bo’ladi.
Bunday terminning qo’llanilishi, qoida bo’yicha anik abstraktlashgan
milliy tillar bo’lganligi uchun tabiiy kelib chiqishidan aytiladi.
Fan tillari har bir sohadagi konkret fanlarning kelib chiqishida
formallashadi va ulardan ajralmagan va boshqaga qo’shilmagan holda bo’ladi.
Bu fanlarning lug’ati umumiy, shu fanda maxsus qo’llaniladigan terminlar bilan
to’ldirilib boriladi. Albatta bu terminlar har kungi qo’llanilayotgan tillardan
olinadi yoki “ixtiro” qilinadi. “Ixtiro” qilishda ham ko’p holda boshqa tabiiy
yoki ilmiy tillardan olinadi. Kunlik ma’lum fan tiliga kirgizilgan so’zning
ma’nosi ba’zida to’la olmoshida, ba’zida esa yangicha mazmun kasb etadi.
Ko’p holda uning grammatik statusi o’zgaradi, almashadi.
Har qanday yangi terminning ixtirosi, xuddi yozuvchining so’zlar
birikmasini hosil qilishiday maxsus-tilchilar qo’llaydigan umumiy til tabiatini,
normativ faoliyatini ham sun’iyga aylantirildi degan gap emas.
Shunday qilib, fan tillari, shu fanning o’z uslubi, mohiyati va tarixidan
kelib chiqqan bo’ladi. Ular kelib chiqishdan tabiiy va sun’iy turlarga bo’linadi.
Fan sohalari bo’yicha esa har bir fan bo’yicha: matematika, fizika, kimyo,
logika, falsafa va h.k.o bo’linishi mumkin.
Tilning vazifasiga, o’ziga xos (XX) hozirgi vaqtdagi o’tgan va keyingi
avlodlar bilan munosobatda odamlarning bir-biri bilan muammosi bo’lishiga,
insoniyat sosial rivojlanishning o’zluksizligi va ketma-ketligiga xizmat qiladi.
Til o’zining mohiyati bilan jamiyat tajribasining konsentrasiyasi, sintezi
hisoblanadi.
-
148
Til o’zining tuzilishi bilan oddiy, tarixiy, barchaga tushunarli bo’lishi
bilan qadrli, o’zoq umrli bo’ladi. U tafakkurning qimmatbaho quroli bo’lib,
ijodiy faoliyatga xizmat qiladi.
Ilmiy ijodda formal logika va matematika yordamida birlashgan
universial xususiyatli fan tiliga o’tish mumkin. Bunda, ayniqsa, matematika
fanining mohiyati, o’rni alohida baholanadi.
Fan tillari ichida o’zining tuzilishi, tabiati, hamma sohada qo’llanilishi
bilan matematika tili ajralib turadi.
Quyida biz mana shu matematika tilining xususiyatlari misolida, fan
tillarining ba’zi bir xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Barcha fanlar kabi ayniqsa, matematika fani tilida ham kundalik tilda
uchraydigan, xatoliklardan qochib, aniqlikga erishishga harakat qilinadi. Uning
aniqligi esa prinsipial tushunchalar kiritilishi bilan erishiladi.
Masalan: matematikada predel (chegara) tushunchasi ancha qadimdan,
hatto qadimiy Gresiya olimlari qo’llashardi. Lekin birinchi chegara nazariyasini
Nyuton keltirib chiqarib, unga limit terminini kirgizdi. Lekin formal
tushunchani bermadiki, u shunday ham tushunarli deb XIX asr ikkinchi
yarmida kelib, bu qat’iy ta’rifga ega bo’ldi va matematika tiliga kirdi va
hozirgacha keng qo’llanilib kelinmoqda.
Xuddi shunday yo’lni matematikada “hosila” termini ham o’tdi, Taqriban
bu yo’l Arximeddan boshlanib, Dekart, Fermani o’tib, aniq Nyuton va Leybnes
tomonidan differansial hisobni keltirib chiqarguncha, ayniqsa, bunda limitlar
tushunchasi ham yanada aniqlashtirilib, shunda qo’llanila boshlandi. Shunda
ham “hosila” va “differansial” tushunchalarini yanada qat’iylik bilan
formallashtirish kerak edi. Xuddi shunday tarixni “funksiya” termini,
tushunchasi haqida ham keltirish mumkin.
Bu misollar shuni ko’rsatadiki, har bir ilmiy terminlar, qachon zarur
bo’lsa, ma’lum fan rivojlanish etapida sodir bo’lib ilmiy termin statusiga ega
-
149
bo’ladi. Boshlang’ach vaqtda ular shunday bir tushuncha sifatida qo’llanilsada,
keyinchalik umumiy qo’llaniladigan nomga aylanadi.
Matematikaning rivojlanishi bu uning tilining aniqligini oshishini talab
qiladi.
Matematikada til muammolari, har vaqtda bo’lib turadiki, bular ulardagi
omonim va sinonim hodisalaridan kelib chiqadi.
Barcha boshqa fanlardek matematikada ham nomlar ixtiro qilinadi yoki
tirik tillardan olinadi.
Bu nomlar tirik tillarda odatiy mazmunga ega bo’lsa, matematikada ilmiy
termin sifatida umuman yangi tushuncha olib omonimlarga aylanadi. Masalan,
guruh, halqa, maydon, ko’plik, sinf, graf, qovurg’a, daraxt va h.k.o. Bular ilmiy
termin bo’lgunga qadar, turli izlanuvchilar turlicha ma’no berishsa, bu davr
fanning yangi bo’limlarini keltirib chiqaradi va tiklanish jarayonida bo’ladi.
Umuman olganda, matematika tili bu simvolik harakterga ega bo’lgan,
formulalar tili hisoblanadi. Formulali til bu kompaktli, keng ma’noli, ular
matnni aniq, bir xil o’qishni ta’minlaydi.
Fan tilining bunday xususiyati unga barcha turadagi, tipdagi dunyo
halqlari o’qiy bilishida, tushunishda katta o’rin egallaydi.
Barcha simvolli tillar ideali bu aniq va qat’iylik hisoblanadi. Bunday
xususiyat albatta faqat shu fan darajasidan emas, balki insoniyat jamiyatining
rivojlanish darajasidan, balki har bir svilizasiyasiga tegishli tavsif hisoblanadi.
Fandagi formallashtirish tarixiy ravishda ularning matematikalanishi bilan
bog’liq bo’ldi. Formallash mijozining eng yuqori etapida, aksiomatikdeduktiv
metod bilan formallashgan- Algol Jortran Basic Programming Language
Assembler va boshqa hisoblash tillarini yaratilishi bo’ldi. Bular kompterlarda
samarali qo’llanilayapti.
Ilmiy bilishning formallanishi ijodiy faoliyatda bu bilimning strukturasini
keltirib chiqarishida yordam beradi.
-
150
Shunday qilib, matematika tili yordamida, ya’ni formulalar, tenglama va
tengsizliklar, funksiya va grafiklar yordamida, tabiiy, texnikaviy va sosial
fanlardagi jarayonlarning turli xil xususiyatlari va munosabatlarini yanada aniq
va qisqa tushuntirish mumkin.
Ilmiy-ijodiy faoliyatda qo’llaniladigan formallashgan tillar quyidagi
xususiyatlari bilan tavsiflanadi: bunda albatta qandaydir alfavitning bo’lishi va
bu til bilan (harfli yoki simvollarli) so’z va gaplarni tuzish mumkin bo’lsin;
ma’lum qoidaning (aksiomalar, postulatlar) bo’lishi talab qilinadiki, bular
yordamida simvollardan qanday qilib so’z va gap yaratish mumkin bo’lsin.
Bunday tillarning amaliyotga qo’llanilishi, ayniqsa, bizning “internet”
zamonimizda juda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Ilmiy ijod, fan, umuman har qanday bilimlarning rivojlanishi tilsiz
bo’lmaydi. Chunki, barcha munosabatlarga, o’zaro aloqa, bog’liqlik til orqali
olib boriladi. Insoniyat tarixi bilan chambarchas ravishda tillar ham rivojlanib
keldiki, hozirgi vaqtga kelib, ular milliy tillardan tashqari har bir fan, ijod
uslubi o’z tiliga ega bo’ldi.
Ilmiy ijodda til aniq, ravshan, tushunarli bo’lishi uning samarali
rivojlanishiga yordam beradi. Ayniqsa, ilmiy ijod natijalari yakuniy so’z
birligidagi,
formallashgan,
ilmiy
maqola,
hisobot,
dissertasiyalar,
monografiyalar, ma’ro’za tezislar va h.k.o shaqlda o’z ifodasini topadi.
Albatta, inson ongi va tili bir butundir, lekin ong agar haqiqatni inkor
etsa, tili uni tavsifalaydi va fikrini bildiradi.
Inson fikri til orqali material formallashadi va tovushli yoki yozma
qog’ozda o’z ifodasini topadi.
Odamlar orasidagi asosiy bog’liqlik faqat tillar orqali olib boriladi.
Bundan tashqari, ilmiy ijodda til yordamida turli xil axborotlar jamlanib,
o’z tahlilini topib, yana bir avloddan ikkinchi avlodga o’zatiladi. Bunda,
ayniqsa, kitoblar, yilnomalar va boshqa .h.k.o misol bo’ladi.
-
151
Tilning universallik xususiyati, ayniqsa fanlar tilida ijod qilishda juda
qulay maxsus sharoitlar yaratadi. Buni biz matematika, kimyo, fizika, falsafa,
iqtisodiy nazariya va h.k.o. fanlar tili misolida ko’rishimiz mumkin.
Ilmiy tillar o’z xususiyati bilan bir butun sistemalashgan, uning asosi,
yordamchi uni tarkibiy qismi bo’lgan elementlaridan tashkil etadi.
Til bu simvollar, ya’ni semiotik sistemadir. Bu shaqldagi til harakatchan,
shartli, hamma joyda qo’llash mumkin, ilmiy ijodda, yaratuvchanlikga
yo’naltiruvchi hisoblanadi.
O’zining yuqorida tavsiflangan xususiyatlari bilan tillar, ilmiy ijodda
alohida yaratuvchanlikga ega kuch hisoblanadi.
Ilmiy ijoddami, fandami qo’llaniladigan tillar mantiqiy aniq va to’g’ri
shaqlda bo’lishligini talab etiladi.
O’zining tarixiy rivojlanish davrida ilmiy tillar ham turli izlanishlarda o’z
ifodasini topib, shaqllanib bordi.
Masalan: franso’z lingvisti Gyustov Giyom tilni fikrlarni tartibga soluvchi
usul sifatida qarasa, shveysariya lingvisti F. de Sossyur tilni simvollar, semiotik
sistema, poststrukturachi M.Fuko til uyg’onish davrida narsalar ichida narsa,
klassik risionalizmda-fikrni sof bildirilishi va postmodernizasiya jamiyatida esa
til mustaqil kuch sifatida, amerikalik tilshunos Noem Xomskiy universial
gramatika yadro ya’ni (barcha odamlar tili uchun) qoidalar majmuasini aniq til
(rus, ingliz, xitoy) esa bu universial yadroning amaliyotdagi safarbarligi
sifatida, amerikalik M.Minskiy, obyekt va hodisalar tushuntirishda “freym”
terminini qo’llab, katirdan ayrim strukturalarni tanlab, uni o’zgartirib keng
sinflar qo’llamida strukturalarni, ularni tushunishini ko’rsatsa, Martin
Xaydegger til mohiyatini ochib, odamning fikr va tilida ochilishi hayot
mazmunining ochilishiga ko’rsatadi.
Xuddi shunday faylasuf Xans-GeorGadamar germenevtikaning rolini, G
Frege haqiqat va ma’noni, B.Rassel mantiq va uning qatorli shaqliligini,
-
152
Vitgenshteyn tilda mantiqning tasviri, mantiq va til strukturasining birligini,
R.Karnap til sintaksisining mantiqiy harakterda ekanligini, Alfred Tarskiyning
tabiiy fanda simontik va mazmuniy paradokslarni yengib, sun’iy tillarni
formallashtirish mumkinligini o’z asarlarida ko’rsatib o’tadilar.
Umuman olganda tilning analitik falsafadagi har bir tilda semantika
(formasi), sintaksis (mazmun) va progmatika (xususiyat til chegarasidan
chiqish) birligidan kelib chiqganligini ko’rish mumkin. Shuni ham eslab o’tish
kerakki «lingvistika» deganda til haqidagi ta’limotni tushuniladi.
Logika (mantiq) bu to’g’ri fikr yuritish qonunlari haqidagi fan
hisoblanadi. To’g’ri fikrlash qonunlari, ular fikrlar bog’liqligi va ifodalanishiga
rioya qilgan holda, ular to’g’ri, ketma-ket va sistemali bo’lishni ta’minlaydi.
Bular biror masalani o’rganish vaqtida to’g’ri xulosa chiqarishga yordam
beradi.
Masalan, ma’ro’zachilarning biror masala to’g’risida ma’ro’za qilganda,
bular sistemaga to’g’ri kelmasligi, bir fikrdan ikkinchisiga xulosa qilmasdan
o’tishlari, xulosa qilganda uning to’g’riligini isbotlanmasligi, ketma-ketlik fikr
yuritishning yo’qligi va h.k. mantiq qonunlariga bo’ysinmaslikni bildiradi.
«Logika» so’zi, bu qadimgi yunoncha bo’lib “lego” “gapirish”,
“tushuntirish” fikrlashni bildirsa, “logos” esa “so’z”, “tafakkur”, “aql”
ma’nosini bildiradi. Uni Aristotel dunyoni bilish uchun, to’g’ri ilmiy fikrlash
sistemasi sifatida ishlab chiqgan edi.
Hozirda kelib, falsafa tarkibida odatiy yoki klassik, formal logika
shaqllangan. Uning qonunlari-ayniyat, ziddiyatga yo’l qo’yib bo’lmaslik,
uchinchisi istesno va yetarli asos qonunlaridir. Formal logika tafakkur
shaqllarini borliqning o’z prinsiplari deb qaraydi.
Mantiqiy tahlilning yangi vositalarni tadbiq qilishi bilan va ilmiy bilishda
yangi isbot shaqllarini kirib kelishi, formal logikaning hozirgi zamonda yanada
rivojlanishiga olib keldi.
-
153
Mantiqiy muammolarni yechishda, matematik simvoli ishlab chiqildi:
matematikada, xususan uni asoslash maqsadida, formal logikadan foydalanish
uning o’zining ham rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Formal logikaning yangi xili ana shu tariqa paydo bo’ldiki, u simvolik
yoki matematik logika deb ataladi. Hozirgi vaqtda ko’pincha sun’iy,
formallashtirilgan tillar bu logikaning tahlili uchun mavzu bo’lib xizmat
qilmoqda. U mazkur tillarning sintaksisi va semantikasini o’rganmoqda.
Mantiqiy sintaksis til ifodalarining tuzilish va o’zgarishi qoidalarini faqat
formal tomondan ular ifodalagan mazmunni hisobga olmagan holda ifodalab
beradi; mantiqiy sistema til sistemalarini ularning elementlarini ochib berish
maqsadida analiz qiladi.
Ilmiy bilish, fan va ijod rivojlanishida nazariy bilishning formal mantiqiy
analizi katta natijalar beryapti.
Masalan, sun’iy, formallashtirilgan tillar asosida bilimni tahlil qilish
metodi yaratilmaganda, kibernetika, axborotlar texnologiyasi, biotexnologiya
va geninjeneriyasi kabi zamonaviy sohalar ham bo’lmas edi. Mavjud bilimni
tahlil qilib chiqish, uni tegishli ravishda qayta tuzish, mumkin qadar jiddiy
formallashtirilgan sistemada ifodalash va inson tafakko’rining ba’zi
funksiyalarini mashinaga topshirish mumkin.
Formal logika bilan bilimni analiz qilish yangi ijodiy bilim hosil qilishga
ham yordamlashadi, chunki bu analiz jiddiy formallashtirilgan nazariya tuzish
uchun zarur bo’lgan va ba’zi yetishmaydigan elementlarni, xalqalarni aniqlab
olishga va inson fikrini ularni qidirib topishga ko’maqlashadi.
Tillarning rivojlanish tarixida, uning universial formasini, ya’ni falsafiy
til topish maqsadida ham ko’pgina izlanishlar olib borilgan.
Masalan, boshlang’ich “Odam Ato” tiliga qaytish, ya’ni ochiqlik va
ma’noli takomillashgan, ayrim paytda hozirgi zamon lingvistik konsepsiyalarda
-
154
ham ko’rinib turadi, ya’ni o’tgan tillarni rekonstruksiya qilishga yo’naltirilgan
bo’ladi.
Eramizdan avvalgi 140-200 y. oldin Klavdiy Golen “takomillashgan til”
ni loyihalashni davom etgan edi. Keyinchalik bu fikr yanada rivojlanib, ayniqsa
millatlararo va “ilmlar aro” maxsus ilmiy tillar yaratish ustida ham fikrlar
yuritildi.
Umumiy qilib, til o’rnida tabiiy tillar qo’llanildi. Masalan, o’z vaqtida
shunday til o’rnini yunoncha til bosgan bo’lsa, keyinchalik uning o’rniga lotin
tili keldi. Yevropa sivilizasiyasiga va uning to’la javob bermasligidan so’ng
uning o’rnida, ayniqsa, diplomatlar tili bo’lib, fransuz tili xizmat qildi. Hozirgi
vaqtda esa jahon tili rolini ingliz tili o’tayapti, ammo tabiiy til hammaga ham
ma’qul til bo’lolmaydi. Chunki, u tirik harakatda, barcha yangiliklarni o’rniga
sinflarida bila olishi kerak.
XVII asrda sun’iy ilmiy tilni loyixalash maqsadida ko’pgina izlanishlar
olib borildi. Ular ikki turga: turlanish tillari va logik-konstruktiv tillarga
bo’linadi. Bunga misol qilib, F.Bekan, DJ Vilkinson, Dj Dalgarno, R Dekart va
G. Leybnis ishlarini ko’rish mumkin.
Bulardan, ayniqsa, G.Leybnisning simvolli apparati haqidagi mantiqiy-
matematika va falsafa birligida, ya’ni falsafiy muammolarni matematik
metodlar bilan yechishga bag’ishlanadi. Uning fikricha, umumiy simvolika, bu
oddiy til bo’lmasdan, balkim organon sifatida, haqiqatni ochib instrument ham
deb biladi.
Leybnesning simvollar haqidagi ta’limotini XVIII asrda G.Lambert
rivojlantirib, unga keyinchalik “Semiotika” degan nom berdi.
Semiotika (yoki semantika) bu ilmiy fan bo’lib, muhimligi va mazmuni
jihatdan bir-biriga bog’liq tushunchalar kompleksini analiziga bag’ishlanadi.
Agar logika, fan tillari interpretasiyasiga Sintaksistik, semantik, empirik
va progmatik kuchli apparat bo’lib xizmat qilsa, shulardan tilning semantik
-
155
interpretasiyasi shu til simvollari orqasida turgan predmetlar, jarayon,
hodisalarni topish muammolarini hal qiladi.
1931 yilda avstriyalik matematik va logik olim Kur Gyodel ma’lum ilmiy
nazariya bilan to’la formallashgan sistemani tuzish mumkin emasligini isbotlab
berdi.
Gyodel teoremalari to’la formallashtirishni mumkin emasligini qat’iylik
bilan asoslab berdi va shu bilan ilmiy bilimni va ilmiy fikr yurgizish
universalligini bo’lmasligini ham ko’rsatib berdi.
Umuman olganda, ijodiy risk, qiziqarli ilmiy izlanish, mazmun va
ma’noli, sirli, ilmiy tadqiqotlar, to’liq, quruq va qat’iy matematika va logika,
formalizasiya tili bilan bo’lolmaydi.
Dostları ilə paylaş: |