O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

7.4. Ilmiy izlanish ishlari, magistrlik dissertasiyasini bajarish, 
rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi haqida 
 
Har bir ilmiy izlanish ishlari ma’lum formadagi hujjat hisoblangan-ilmiy 
hisobot bilan tugaydi. Ilmiy hisobotlar formal logika talabi bo’yicha bir-biriga 
bog’liq, aniq, tushunarli tushunchalardan tarkib topishi kerak. 
Ilmiy izlanish hisobotlariga bo’lgan barcha talablar va ularni 
rasmiylashtirish qoidalari GOST-7.32.91. «Ilmiy tadqiqot ishlari to’g’risida 
hisobot» da keltirilgan. Albatta, ilmiy hisobotni tuzish markazida, shu hujjat 
talablari tursada, izlanuvchi o’z ishining harakteridan kelib chiqgan holda, 
ayrim korrektiv-to’zatishlar, qo’shimchalar ham kiritishi mumkin. 



206 
Ilmiy izlanish ishlaridan biri, magistrlik akademik oliy darajasini olish 
maqsadida bajarilgan, tanlangan va institut Ilmiy Kengashida tasdiqlangan 
mavzu bo’yicha ilmiy tadqiqot natijalarini aks ettiruvchi ichki yaxlitlikka ega 
bo’lgan magistrlik dissertasiyasidir. 
Magistrlik dissertasiyasi, magistrant mutaxassisligi bo’yicha aniq ilmiy 
yoki ilmiy-amaliy masalalarni yechishga qaratilgan bo’ladi. 
Ilmiy izlanishda natijalarni tahlil qilib, umumiy bir xulosaga kelgandan 
so’ng olingan natijalarni hisobot tariqasida, ilmiy ma’ruza, maqola va h.k. 
sifatida rasmiylashtirish qoladi. Materiallarni rasmiylashtirishda aniqlik, 
sistemalilik va ketma-ketlikga rioya qilish kerak. 
Qo’l yozmalar abzaslarga, takrorlanmay, eskisini tugatmay yangisini 
boshlamaslik, o’zundan-o’zoq gaplarni ishlatmaslik, xulosalarni qisqacha, 
tushunarli va h.k. sifatida bajarish kerak. 
Ilmiy hisobotni ilmiy ma’ro’za tariqasida yozayotganda qo’yidagi 
umumiy reja qo’llanilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi: 
1.
Nomini o’ylash kerak (qisqacha, aniq, mazmunga mos va h.k.) uni 
titul varaqasiga kirgizish kerak. 
2.
Mundarija - bunda butun ishning mazmunini sistemali ifodalash kerak. 
3.
Muqaddima - ilmiy ishning kelib chiqishi, qachon, qayerda bajarilgan, 
yordam berganlar ismi familiyasi, tashkilotlar nomi keltirilishi kerak. 
4.
So’z boshi - bunda muallif o’quvchini problemaga kirishiga 
yordamlashadi. Mazmuni dolzarbligini ko’rsatadi, ammo faktlarni, 
xulosalarni ko’rsatmaydi. 
5.
Adabiyotlar sharhi. (ko’rilayotgan masala bo’yicha). 
6.
Ishning mazmuni - materiallar, metodlar, eksperimentlar natijasini 
umumlashtirish, izlanish xulosasi. 
Yozish vaqtida aniqlikga katta e’tibor berish kerak, yangi terminlar 
bo’lsa, alohida tushuntirish kerak. 



207 
Agar sonli natija jadvalda keltirilgan bo’lsa, uni ya’ni tekstda 
keltirilmaydi. Har bir jadval, o’zining nomi, nomeriga ega bo’lishi kerak. 
Tekstlar jadvallarda juda qisqacha keltiriladi. 
7.
Xulosa - material oxirida, takrorlanmasdan, qisqacha yangilikka aksent 
berilishi kerak. 
8.
Xotima - umumlashtirish yo’li bilan ilmiy ishning yakuni keltiriladi. 
Bunda muallifning haqligini, kelajakda qilinadigan ishlar haqida ham 
gapiriladi. Xotimada xulosa takrorlanmasligi kerak. 
9.
Ishning oxirida qo’llanilgan, ishlatilgan adabiyotlar manbaini 
ro’yxati keltiriladi. Bunda agar adabiyot kam bo’lsa, birato’la matnda 
ko’rsatilishi yoki ko’p bo’lsa, tartib nomeri berilib, shu tartib 
nomerini ko’rsatib boriladi. 
10.
Ilova - bunda asosiy tekstga yordamchi bo’lgan, ikkinchi darajali 
jadvallar, grafiklar va h.k. beriladi. 
11.
Annotasiya - qisqacha hisobotning tavsifi, mazmuni, belgilanishi, 
formasi va boshqalar beriladi. Annotasiya ko’p holda signal 
formasida: birlamchi hujjatda nima haqida gapirilayapti? degan 
savolga javob beriladi va ko’rilayapti, taxlili, izlanayapti degan 
so’zlar ishlatiladi. 
Referat - birlamchi hujjatning (yoki qisman) qisqacha, yangi asosiy 
faktlar, ma’lumotlar va xulosalar bilan berilishi. 
Annotasiya referatga nisbatan, mazmuni signal formasida bo’lib, 
birlamchi hujjatda nima deyilgan? degan savolga javob bo’lishi kerak. Ularning 
formasi har-xil bo’lishi mumkin. Ular referat hujjatlarida, majmua va 
informativ kartalarda beriladi. 
Referat va annotasiyaga bo’lgan talab GOST-7.9-77 berilgan. 



208 
Referatning mazmunida mavzu, izlanish obyekti, ishning harakteri va 
maqsadi, ishni olib borish metodi, ishning aniq natijalari eksperimental va h.k. 
keltiriladi. 
O’rtacha hajmi birlamchi hujjatga qarab: qisqacha xabarlar va qaydlar 
uchun 500 belgida, patentlar, maqollarga - 1000 belgida, katta hujjatlar uchun - 
2500 belgida beriladi. 
Annotasiyada - 600 bosma belgi bo’ladi. Unda qanaqa yangiliklar bor, 
nimaga mo’ljallanganligi ko’rsatiladi. 
Axborot - ko’p holda og’zaki beriladi. Olimlar kengashida kollokiumida 
(har xil yo’nalishda olimlarning o’zaro xabarlashishi, o’zining fikri bilan 
almashishi). 
Simpozium, konferensiyada, syezda, kongressda (milliy va xalqaro 
harakterga ega bo’lishi mumkin.) 
Ilmiy-texnikaviy hisobotlarning rasmiylashtirilishiga bo’lgan asosiy 
talablar GOST-7.32.-91 da berilgan. 
Shu yo’sinda bajarilgan ilmiy hisobot bilan ilmiy jamiyat xabardor 
qilinadi. Shuning uchun ham har xil formada ilmiy informasiyalar to’ziladi. 
Ko’p holda bunday informasiyalarni berish shart hisoblanadi. Masalan: 
nomzodlik yoki doktorlik dissertasiyalarni yoqlashdan oldin Oliy attestasiya 
komissiyaning talabiga binoan yozilgan dissertasiyaning avtoreferati chiqarilib, 
ilmiy jamoalarga tarqatilishi shart, bo’lmasa dissertasiyalarni yoqlash mumkin 
emas. 
Umuman, ilmiy axborotlar komulyativ xususiyatga ega. Bunda 
laboratoriya hujjatlaridan boshlab, hisobotlar va maqolalargacha, darslik va 
monografiyalargacha o’tgan paytda uning hajmi kichiklashib, umumiylashib, 
axborot zichligi oshib boradi. Shu tariqa axborotning eng zaruri va keraqligi 
qoldiriladi. 



209 
Hozirgi vaqtda ilmiy axborotlarni qayta ishlovida va metainformativ va 
informativ uslubi qo’llaniladi. 
Metainformativ uslubda shunday hujjatlar to’ziladiki, undagi asosiy 
maqsad u yoki bu hujjatlarning va matnini yoritish kerak bo’ladi. Bularga: 
bibliografik 
yozuvlar, 
annotasiya, 
bibliografik 
tahlil, 
dissertasiyalar 
avtoreferatlari, kitobdagi muqaddima va kirish qismi o’quv qismlar dasturlari 
kiradi. 
Informativ uslubda esa shunday hujjatlar to’ziladiki, undagi asosiy 
maqsad, ma’lum topshiriqni yechimida to’g’ridan-to’g’ri axborot bo’lib xizmat 
etishi kerak. Bularga: birlamchi hujjatlar, (hisobotlar, maqolalar, qisqacha 
xabarlar, axborot varaqalari) va ikkilamchi (referatlar, fotografik ma’lumotlar, 
referativ tahlillar) hujjatlar kiradi. 
Hisobotni yozilish vaqtida eng muhim ishlardan biri bu hisobot matnini 
taxrirlash hisoblanadi. 
Taxrirni asosini tayyorlangan hujjatlarni to’g’ri baholash uchun tanqidiy 
tahlil qilish, unda keltirilgan axborot manbalarini to’g’riligiga ishonch qabul 
qilish, hozirgi zamon talablariga bog’liqligini to’laligini, yangiligini va h.k. 
ko’rib chiqish ko’zda tutiladi. 
Ilmiy hujjatlarni formasi turlicha bo’lishi mumkin, ya’ni kompozisiyali 
(badiiy asarlar tuzilishida barcha elementlarni bir butunlik holiga keltirish), 
rubrika shaqlida (matnni strukturaviy qismlarga, bo’limlarga, paragraflarga 
bo’lish), mantiqiy muallif tomonidan keltirilgan xulosa, mulohazalar va h.k. 
mantiqiy to’g’riligi) stilistik til, grafikli (jadvallar va rasmlar sifatida) bo’ladi. 
Nashriyotlarni turiga qarab qo’yiladigan ilmiy axborotlarga qo’yiladigan 
talablar har-xil bo’lishi mumkin. Masalan: ilmiy kitoblarga bir bosma toboqda 
5-8 dona rasmlar bo’lishi, ishlab chiqarish – texnikaviyda – 8, 10, o’quv va 
ommaviy 5-12 ta bo’lishi mumkin va h.k. 



210 
Umuman, tahrirlanishning lotincha ma’nosi, bu tartibga solish deganini 
bildiradi. 
Agar ilmiy axborotlar, maqolalar tariqasida beriladigan bo’lsa unda qaysi 
jurnalga yoki nashrga mo’ljallangan bo’lsa, shuning talablar varaqasiga qarab 
rasmiylashtirish kerak. 
Ilmiy axborotlarni, deponirlash ham mumkin. Bunda axborotlar saqlash 
va mutaxassislarga tarqatish maqsadida qabul qilinadi. Deponirlashda 
manbaning hajmiga katta qisqartirish bo’lmaydi, ular ham xuddi maqolalarni 
rasmiylashtirgandek rasmiylashtiriladi. 
Har bir ilmiy publikasiyani, nashrga berishdan oldin resenziyalash kerak 
bo’ladi. 
Resenziya - bu shu nashr etiladigan ilmiy axborotga tanqidiy tahlili 
asosida yozilgan kichik bir maqola hisoblanadi. 
Ilmiy izlanish ishlari so’nggi samaradorligini, uning natijalarini 
amaliyotda tadbiq qilgandan so’ng aniqlash mumkin. 
Ilmiy ishlar natijalarni tadbiq qilish deganda, izlanish natijalarini xalq 
xo’jaligida ishlab chiqarishda foydalanish ko’zda tutiladi. 
Tadbiq etish o’zining moddiylashishi va ish funksiyasi bilan ajralib turadi. 
Moddiylashish formasida tadbiq etish quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
binolar va qurilmalarga, mashinalar va asbob uskunalarga, jihozlar va 
texnologik jarayonlarga, sinov va nazorat uslublari va qurollarga: materiallar, 
ehtiyoj mahsulotlarga avtomatlashtirish va boshqaruv jarayonlari o’lchov 
asboblariga, boshqaruv va tashkillashtirish sistemasiga, turli dasturlar va 
algoritmlarga, standartlarga. 
Ish funksiyasi bo’yicha esa bino va qurilmalarni ekspluatasiyasi, mahsulot 
tayyorlash, ishlab chiqarish ishlari, boshqaruv va tashkillashtirish sistemasining 
funksiyasi, tipli normativli-metodik texnik materiallarni ishlab chiqarishdagi 
funksiyasi kiradi. 



211 
Ilmiy izlanish natijalarni tadbiq etish etapida: avval ishlab chiqarishda, 
so’ng seriyali ishlab chiqarishda bajariladi. 
Chunki, ilmiy izlanish har qanday yuqori darajada bajarilsa, ishlab 
chiqarishdagi tasodifiy faktorlarni ta’sirini aniqlash uchun, oldin sinov 
tekshirishdan o’tkaziladi. Bunda sinov namunalari tayyorlanib, ishlab chiqarish 
sharoitida ma’lum vaqtgacha ishlatiladi. 
Sinov namunalarini ishlab chiqarishda har xil sharoitda ta’sir etuvchi 
faktorlarni o’zgartirgan holda chuqur o’rganiladi. Olingan natijalar yordamida 
texnikaviy-iqtisodiy samaradorligi baholanadi. Bunda mahsulotning sifatiga, 
tayyorlov texnologiyasiga, seriyada ishlab chiqarish mumkinligiga alohida 
e’tibor berish kerak. 
Sinov - natijalari yozuv matni shaqlini rasmiylashtiriladi. 
Bunga konstruktiv - texnologik, iqtisodiy, ergonomik, sanitargigiyenik
yong’in xavfsizligi va boshqa xususiyatlarini baholangan dalolatnomalar 
ilovada keltiriladi. 
Bu dalolatnomalar ushbu ishni tayyorlaganlar va topshiriq berganlar 
vakillari tomonidan imzolanadi. 
Ilmiy ishlar natijalarini tadbiq etishning birinchi bosqichi boshqa 
bosqichlarga nisbatan ko’proq mablag’ sarfini talab qiladi, chunki sinov 
donasini sinash vaqtidagi qo’shimchalar tuzatilib, qurilmalar takomillashtiriladi. 
Bu vaqtda albatta, ilmiy ishlar mualliflari qatnashishlari kerak. 
Ilmiy izlanish natijalarini tadbiqini tezroq bajarish maqsadida 
tashkilotlarda vaqtinchalik guruxlar, kollektivlar tashkil qilinishi mumkin. 
Bunga mualliflar va tadbiq etiladigan tashkilot vakillari ham kiritiladi. 
Agar tadbiq qilinadigan natijalar xalq xo’jaligida muhim hisoblansa, 
bunda bu natijalar texnikaviy hujjatlar bilan davlatning maxsus komissiyasiga 
topshiriladi va qabul etishda dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 



212 
Davlat sistemasida ilmiy ishlash natijalarini tadbiqi respublika tarmoq 
vazirligi va ishlab chiqarish korxonasi darajasida bo’lishi mumkin. 
Respublika darajasidagi tadbiq uchun ilmiy ishlar natijalarini foydalanish 
bo’yicha va buni yaratganlarning haq huquqlarini ta’minlovchi qonuniy 
dalolatnomalar qabul qilinadi. 
Dissertasiyaning bajarilishi bilan magistrant mustaqil ravishda ilmiy 
(amaliy) izlanish olib borishga; kasbiy muammolarni ko’ra olishga 
o’rgangangligini hamda ularni xal qilishning umumiy usullarini bilishi, ilmiy 
jihatdan yetukligi, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo’yicha chuqur kasbiy 
tayyorgarlikka egaligini; muallifda o’zi tanlagan kasbiy faoliyat sohasida ilmiy 
ish bilan shug’ullana olish boshlang’ich ko’nikmalari mavjudligi haqida 
guvohlik bera olishi kerak. 
Nomzodlik dissertasiyasidan farq qilgan holda magistrlik dissertasiyasi 
magistrning ta’limiy-kasbiy darajasini ko’rsatadi, mazmuni ijodiy o’ziga 
xosligi; muallif bilimli, shaxsiy tajriba va qarashlari bilan farq qiladi; 
dissertasiya himoyaga taqdim etilganda avtoreferat tayyorlab, nashr qildirish va 
tarqatish talab qilinmaydi. Ammo uning tayyorlanishi umumiy tamoyillari 
nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarini tayyorlash bilan o’xshashdir. 
Magistrlik dissertasiyasi ilmiy raxbar boshchiligida bajariladigan mustaqil 
tahliliy tadqiqot hisoblanadi. 
Magistrlik dissertasiyasi mavzulari maxsus ma’lum kafedralar tomonidan 
ishlab chiqiladi. Ilmiy-uslubiy kengashda muhokama qilinib tasdiqlash uchun 
Ilmiy Kengashga taqdim qilinadi. Ilmiy Kengash tasdiqlangandan so’ng 
magistrlarga tanlab olish va bajaruvchilarni biriktirish uchun tavsiya qilinadi. 
Albatta, mavzular to’zilganda har bir kafedra ilmiy tadqiqot mavzularidan kelib 
chiqgan holda bajariladi. Mavzular bozor munosabatlariga o’tishning o’zbekcha 
modelidan kelib chiqadigan iqtisod tizimlarini isloh qilish xususiyatlarini tahlil 



213 
qilish va umumlashtirish asosida to’zilgan bo’lib, asosan tadqiqiy harakterga 
egadir. 
Dissertasiya mavzusining to’g’ri tanlanishi, uning muvaffaqiyatli 
yakunlanishini ta’minlaydi. Mavzu tanlaganda dissertasiya magistrlik dasturi 
yo’nalishiga muvofiq kelishi keraqligini esda tutishlari shart. 
Tanlangan mavzu rahbar bilan magistrantga institut rektorining 
buyrug’iga asosan (rektorning nomiga ariza berilgandan so’ng) biriktiriladi va 
rasmiy ravishda magistrantga beriladi. Buyruq chiqgandan so’ng u 
o’zgartirilmaydi, bajarilgan dissertasiya unga mos bo’lishi shart. 
Ilmiy rahbar ishga ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etishi bilan birga 
adabiyotlar, manbalardan foydalanishga doir tavsiyalar, mavzu bo’yicha 
maslahatlar, uning qismlari bo’yicha baholab borish, ishni to’lagicha ko’rib 
chiqib himoyaga rozilik berish vazifalarini ham bajaradi. 
Magistrlik dissertasiyasi tarkibiy tuzilishida ilmiy hisobotga o’xshash: 
titul varag’i, mundarijasi, kirish, dissertasiya asosiy qismi (boblar, 
paragraflarda) xulosa (rezyume, tavsiya va takliflar); foydalanilgan adabiyotlar 
ro’yxati (bibliografiya) va ilovalar tashkil topadi. 
Titul varag’i qat’iy qoidalar asosida to’ldirilsa, mundarija ishning 
matndagi sarlavhalariga va bet raqamlariga bir xilda to’g’ri kelishi talab etiladi. 
Kirishda 
mavzuning 
dolzarbligi 
asoslanadi, 
ko’rib 
chiqiladigan 
muammolar, maqsad va vazifalar aks etishi kerak. 
Shundan so’ng ishning asosiy qismlari, mantiqiy birlikda, nazariy, amaliy 
qismlardan tarkib topishi kerak.
Xulosa (umumiy xajmning 10-15 % ni tashkil etadi) ishning mazmuniga 
ko’ra, albatta turlicha bo’lsada, iqtisodiy sohadagi ishlarning mazmuni taqriban 
kuyidagicha bo’lishi mumkin: tanlangan mavzuning nazariy ahamiyati
dolzarbligi, uning korxona, muassasa va tashkilotlarda amaliy qo’llash, 
muammo, uning maxsus adabiyotlarda ishlab chikilish darajasi va amaliy hal 



214 
qilish usullarining berilishi; tadqiqot obyektlardagi mavjud holatni baxolash va 
muammoni xal kilishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha xulosa chiqarish; qabul 
qilingan qarorni iqtisodiy asoslash; tadqiqot natijalarini tadbiq etish bo’yicha 
takliflar berish. 
Dissertasiyani rismiylashtirish uning mazmunini yoritish bilan bir qatorda 
turadigan eng muhim jarayondir. 
Magistrlik dissertasiyasi umumiy hajmi kompyuterda 1,5 intervalda 
yozilgan 60-80 betdan iborat bo’lishi va tipografiya talablariga mos ravishda 
mukovalangan bo’lishi lozim. 
Dissertasiya har bir bobi yangi betdan, bob nomidan keyin paragraf nomi 
yoziladi. 
Dissertasiya 12 - shriftda 1,5 intervalda, betlarining tartib raqami 
varaqning yuqori tomoniga qo’yilib, dissertasiya nomi - 16, muallif ismi, 
sharifi, malakasi, kafedra nomi, darajasi - 12 shriftda yoziladi. 
Tugallangan magistrlik dissertasiyasi ilmiy rahbar ko’rib bo’lgandan 
so’ng, uni avvalo kafedradagi dastlabki ximoyaga, so’ngra ochiq himoyaga 
tavsiya etadigan taqrizga beriladi. 
Taqrizlar bilan rasmiylashtirilgan ish kafedraga topshiriladi. Kafedra ishni 
ko’rib chiqib dastlabki ximoyadan so’ng, ochiq ximoyaga tavsiya etadi. Ochiq 
himoya maxsus DAK (davlat attestasiya komissiyasida) qilinadi Magistrlik 
dissertasiyasining 
bajarilishi, 
rasmiylashtirishiga 
bagishlangan, 
barcha 
mutaxassis kafedralar tomonidan alohida chop etilgan metodik ko’rsatmalar 
albatta, mavjud. 
Ushbu metodik ko’rsatmalar O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlari 
bitiruvchilarining yakuniy Davlat attestasiyasi to’g’risidagi muvaqqat Nizom 
(O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 
O’zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan 1996 yil 2 may 242-ramqam 
bilan tasdiqlangan. 1996 yil 26 aprel 106-sonli buyrug’i; O’zbekiston 



215 
Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining (Magistratura haqidagi 
muvaqqat Nizomni tasdiqlash to’grisidagi 1997 yil 27 yanvar 25-sonli) buyrug’i 
asosida bajarilgandir. 
Shundan kelib chiqgan holda, dissertasiyaning asosiy elementlaridan biri 
bu foydalanilgan adabiyotlar bibliografik ro’yxati xisoblanadi. 
Dissertasiyada foydalanilmagan hamda asosiy matnda havola qilinmagan 
manbalar, 
ensiklopediyalar, 
ma’lumotnomalar, adabiyotlar ro’yxatiga 
kiritilmaydi. 
Har bir manba bo’yicha:ro’yxat bo’yicha tartib raqami; muallif ismi 
familiyasi, nomi, kashf joyi, chop etilgan yili va hajmi ko’rsatiladi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin