O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

To’rtinchi ustivor yo’nalish,
bu inson xuquqlari va erkinliklarini, so’z 
va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o’tkazilayotgan 
islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so’zda yoki 
qog’ozda emas, amaliy hayotga joriy qilishdir. Qisqa qilib aytganda, ommaviy 
axborot vositalari tom ma’noda “to’rtinchi hokimiyat” darajasiga ko’tarilmog’i 
lozim. 
Bunda “Ommaviy axborot vositalari sohasida iqtisodiy munosabatlarning 
asoslari to’g’risidagi”, “Teleradio faoliyati to’g’risida”gi qonunni qabul qilish
siyosiy partiyalar faoliyatini jonlantirish, Oliy Majlisni ikki palatali qilib tashkil 
etish vazifalarini bajarish kerak. 
Beshinchi ustivor yo’nalish,
fuqarolik jamiyatini shaqllantirishning 
muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining 
o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. 
Bu, “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” degan tamoyilni hayotga joriy 
etish, “Adolat – qonun ustivorligida” tamoyiliga amal qilish demakdir. 
Hayotimizni erkinlashtirish yo’nalishilarning yana bir muhim yo’li, 
markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat 
hokimiyatining quyi to’zilmalariga fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish 
organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni ta’minlashdir. 
Oltinchi ustivor yo’nalish,
bu sud-xuquq sohasini isloh qilish bo’yicha 
boshlangan ishlarni izchil davom ettirishdan iborat. Sud-xuquq idoralarining 
mustaqilligi va ta’sirchan faoliyatini amalda ta’minlash zarur. 
Qayerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu yerda qonun talablari va adolat 
bo’zulishi muqarrar. 



178 
Yettinchi ustivor vazifa,
bu barcha islohotlarimizning bosh yo’nalishi va 
samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va 
mezonidir. Bu kuchli ijtimoiy siyosat olib borish demakdir. 
Fuqarolik jamiyat asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi 
ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish vazifasi 
turadiki, u chinakkam insoniy fazilatlarga ega bo’lgan yoki ega bo’lishga 
intilgan shaxsni demokratiya ne’matlarining oddiy iste’molchisi emas, balki 
ularning faol yaratuvchisi, ijodkori va himoyachisiga aylantirishi kerak. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin