-
197
7.3. Magistratura davridagi talabalar faoliyatida ilmiy tadqiqot,
ilmiy izlanish strukturasi
O’zbekiston Respublikasida qabul kilingan «Ta’lim to’g’risida» gi
qonunga muvofiq magistratura oliy ta’limning anik ixtisoslik bo’yicha ikkinchi
boskichi bo’lib, bakalavriatdan keyin yoki maxsus oliy ta’lim negizida amalga
oshiriladi.
Magistratura muayyan ixtisoslik bo’yicha fundamental va amaliy
bilimlardan oliy ta’lim berishi bilan bir qatorda ilmiy faoliyat olib borishga,
ilmiy izlanish va ijod usullarini ham uqtiradi.
Talabalar zamonaviy tadqiqot bazalari yordamida ilg’or ilmiy izlanish
metodologiyasi bilan qurollanib, dastlabki ijod ishlarini bajarishlari kerak
bo’ladi.
Har bir magistr davlat ta’lim standartlarida belgilangan darajani ko’zda
tutadigan ta’limiy ixtisoslik dasturi bo’yicha olgan fundamental va
chukurlashtirilgan bilimlar asosida mustaqil ijodiy faoliyat yuritishi hamda
ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy va ilmiy-pedagogik ish ko’nikmalariga ega
bo’lishi kerak.
Shu bilan birga, magistrlik yoki unga yaqin ixtisoslikka muvofiq
keladigan mutaxassislik bo’yicha aspiranturada o’qishi yoki fan nomzodi ilmiy
darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishi yuritishga tayyorlanishi ko’zda
tutilgan.
Umuman, magistr darajasiga ega bo’lgan mutaxassis ilmiy-tadqiqot
uslubiyati va ilmiy axborotlarni qabul qilish, qayti ishlash va saqlash bo’yicha
zamonaviy axborot texnologiyalarini biladigan, o’tkir zehnli, chuqur ilmli,
yuqori kasbiy tafakkurli mutaxassislik madaniyat sohibi bo’lmog’i lozimdir.
Shuning uchun ham magistratura davrida bajaraladigan ilmiy ishlari,
ularning ijod faoliyatlarida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ilmiy izlanish izlanishli,
-
198
maqsadli muammoli harakterga ega bo’lishi va har qanday holatda ham yangi
bilimlarni olishga xizmat qiladi. Bunda magistratura talabalarning mustaqil fikr
yuritishlari, qobilyatlari, xotiralari, oldin olgan chuqur bilimlari asosida ilmiy
ijod faoliyati yuritilishlari talab etiladi.
Ilmiy ijodda aniq, yangi bilim ilmiy informasiyasi yaratiladiki, bularni
yaratish vaqtida talanti, iqtidorligi, mehnatsevarligi, chidamliligi, botirligi
shaqllanadi.
Har qanday ilmiy izlanish, tadqiqot muammoning qo’yilishidan
boshlansada, shu muammoni qo’yish uchun har bir masala bo’yicha tanqidiy
fikr bo’lishi kerak. Izlanuvchi tanqidiy fikrlay olishi bilan u yoki bu fikrlar bilan
tanisha boradi, bu bo’yicha faktlar, bilimlar, axborotlarni yig’adi, qiziqqan
sohada prognozlaydi va uning amaliyotda tadbiqini o’ylaydi.
Tanqidiy fikr – bu bor yig’ilgan bilimlarni analiz va sintez qilib
bilimlarni o’stirishdir.
Bunda falsifikasiya yoki fallibilizm prinsiplari qo’l keladi. Fallibilizm
prinsipiga asosan fan bo’lmagandan chegaralanadi, aniq va haqiqiy bilimni
subyekt hohish bildirgan fikrdan ajratib berishga yordam beradi.
Agar bunday jarayon ilmiy tadqiqotda faqat ilmiy tasdiqning haqiqatligi
bo’yicha qaralsa, unda verifikasiya tushunchasi qo’l keladi. Verifikasiya –
tanqidiy fikrlashning ilmiy ijoddagi kuchli vositasi hisoblanadi.
Verifikasiya, to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni bevosita yoki bilvosita bo’lishi
mumkin.
Bevosita verifikasiyada ko’zatishda yoki eksperimentda fikrning
haqiqiyligi to’g’ridan-to’g’ri tekshiriladi, bevosita verifikasiyada esa ilmiy
gipotezalar va nazariyalar orasidagi formallogik munosabatlar aniqlanadi.
Verifikasiya ham falsifikasiya ilmiy ijod metodologiyasining tanqidiy
fikrlash asosini tashkil etadi. Ular izlanuvchini mustaqillikga va xulosa qilishda
-
199
javobgarlik hissi, o’zining pozisiyasini ishlab chiqarishga ijodiy diskussiya
qilish, eshita bilish, quloq solish, chidash, o’zini-o’zi tanqid qilishga o’rgatadi.
Xuddi shu yo’l bilan izlanuvchi yechilishi lozim bo’lgan problemani ko’p
bilsa, ilmiy izlanish samarali bo’ladi.
Odatda problema tushunchasi, bilib olinmagan narsa bilan bog’lanadi,
binobarin problemaga, inson bilib olmagan va bilishi lozim bo’lgan hodisa deb
dastlabki ta’rif berish mumkin. Bunda muhim bir narsa borki u ham bo’lsa
lozimiylik momentidir, ya’ni tadqiqot prosessini yo’naltiradigan moment.
Muammo o’zining mohiyati bo’yicha garchi g’aroyib tuyulsada,
shunchaki bilmaslik emas, balki, bilmaslik haqidagi bilimlardir.
Har qanday fan muayyan problemani o’rtaga qo’yish uchun zarur va
yetarli asoslarga ega bo’lish darajasiga o’sib yetmog’i lozim.
Muammoning qo’yilishi, uni ham hal qilish yo’llarining qandaydir
dastlabki, hattoki nomukammal bilimni albatta o’z ichiga oladi. Muammoni
to’g’ri qo’yish, yangi sharoit tug’ilganda qondirishi mumkin bo’lgan ehtiyojni
aniqlay bilish, bu yangi bilimga erishishga qarab boriladigan yo’lning teng
yarmini bosib o’tish demakdir.
Muammoni qo’yish, uni hal qilish, ilgari surilgan qoidalarni tekshirib
ko’rish uchun obyektiv haqiqatligi aniqlangan bilim fakt bo’lishi zarur.
Muammolarni hal qilishda, ilmiy fikr yuritishdagi ijodiy yondashish
quyidagi: tushuntirish, oddiylik, yaxlitlik (saqlanishi), mos qyelishlik va
ko’zatilishi mumkin bo’lishi prinsiplari strukturaviy elementlarni o’z ichiga
oladi.
Bunday fikrlash prinsiplari o’z o’rnida ilmiy ijodda metodologik oriyentir
rolini o’ynaydi.
Ilmiy ijoddagi izlanish bundan boshqa effektivligi, mobelliligi,
simultantligi, prediktorligi bilan ajralib turishi talab etiladi.
-
200
Agar ilmiy ijod effektivligi, deganda izlanishi kerak bo’lgan obyektning
har
tomonlama
ma’lum bo’lmagan bog’liqlikni ko’rish tushunilsa,
mobelliligida, uning boshqa izlanishlarga o’tish xususiyati tushuniladi.
Simultantligi, obyekt izlanishidagi har tomonlama qamrab olish,
prediktorligi esa obyektning kelgusidagi holatini bo’rttirib ko’rish tushuniladi.
Bularning hammasi yoshi, bo’lg’usi izlanuvchining yetuk ijodkor bo’lib
yetishishiga yordam beradi, ta’minlaydi.
Ilmiy izlanish strukturasi va mavzusini tanlash metodikasi albatta,
magistraturada magistrantlar ilmiy ma’ro’zalar, ilmiy maqolalar, ilmiy
munozaralar (og’zaki ilmiy seminar va anjumanlarda) ilmiy mavzudagi
referatlar, qisqacha xabar annotasiyalar bilan birga, eng asosiysi magistrlik
dissertasiyalarini bajaradilar. Bularning hammasi magistrant - talabalarning
dastlabki ilmiy ijodiy ishlari hisoblanadi. Bajarish vaqtida ular har tomonlama
ilmiy tarbiya oladilar, kichik olim sifatida namoyon bo’ladilar.
Magistr darajasiga ega bo’lgan mutaxassis ilmiy-tadqiqot uslubiyati va
ilmiy axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bo’yicha zamonaviy
axborot texnologiyalarni biladigan o’tkir zehnli, chuqur ilmli, yuqori kasbli
mutaxassislik madaniyati sohibi bo’lmog’i kerak.
Ilmiy izlanishning maqsadi – obyektning va hodislarni ularning bog’liqlik
strukturasini, bir-biriga munosabatini, fandagi ishlab chiqilgan prinsip va bilish
usullari bilan, har tomonlama haqiqiy o’rganish, shu bilan birga insoniyatga
foydali bo’lgan, amaliyotga qo’llaniladigan natijalarni olishdir.
Har qanday ilmiy izlanishda, izlanish obyekti va predmeti bo’ladi.
Izlanish obyektiga material yoki ideal sistema kiradi. Predmetiga esa, shu
sistema strukturasi, ichki va tashqi qonuniy bog’liqligi, rivojlanish
qonuniyatlari, har xil xususiyatlari, sifati va h.k. kiradi.
-
201
Ilmiy izlanish umumiy ishlab chiqarish turiga va halq xo’jaligiga
qanchalik muhimligiga, maqsadli bo’lishi bilan birga mablag’ manbaiga va
izlanish muddatiga qarab turlanadi.
Umumiy ishlab chiqarish bo’yicha: yangi texnologik jarayonlarni,
mashina va konstruksiyalarni yaratishga, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga, mehnat sharoitini yaxshilash va inson shaxsini rivojlantirishga va
h.k. bo’linadi.
Maqsadli bo’lishi bilan ilmiy izlanish fundamental, amaliy va ishlab
chiqarishga qo’llaniladiganlarga bo’linadi.
Fundamental izlanish- kashfiyot ochish va yangi hodisalarni yangi
izlanish prinsiplarini yaratish uchun yo’naltirilgan bo’ladi.Bunda noaniqlik
darajasi katta bo’ladi.
Amaliy izlanish-insoniyat faoliyati uchun tabiat qonunlarini ishlatish
usullarini, yangi bo’lgan ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan jihozlarni,
qurilmalarni yaratishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Bu izlanish o’z o’rnida: ilmiy-izlanishli va tajriba konstruktorlik ishlariga
bo’linadi.
Ilmiy izlanish, fundamental ilmiy natijalaridan kelib chiqqan holda,
obyektga ta’sir qiluvchi, yangi texnologiyani va texnikani axtarishga yo’nalgan
bo’ladi.
Ilmiy izlanish ishlari natijasida yangi texnologiya, tajriba qurilmasi,
asbob-uskunalar va h.k. yaratiladi.
Fundamental va amaliy izlanish natijasida yangi ilmiy axborot paydo
bo’ladi.
Tajriba-konstruktorlik ishlarida konstruktiv tavsiflarni tanlash bajariladi,
chunki bunda jihozlar konstruksiyasini mantiqiy asosini tashkil qilishi kerak.
Ishlab chiqarishga bevosita ishlatiladigan natijalar-ishlab chiqilmalar deb
ataladi.
-
202
Ilmiy izlanishlar o’zining muhimligi darajasi bo’yicha:
1.
Muhim ishlarga, fan va texnika qo’mitasi buyurtmasi, qarori dastur
bo’yicha bajariladigan;
2.
Tarmoq vazirligi yoki boshqarmalari rejasi bilan bajariladigan
ishlarga;
3.
Ilmiy izlanish tashkilotlari tashabbusi va rejasi bo’yicha bajariladigan
ishlarga bo’linadi.
Mablag’ manbai bo’yicha: davlat byudjeti, xo’jalik shartnomasi asosida
bajariladigan va to’lovsiz ilmiy izlanish ishlariga bo’linadi.
Har qanday ilmiy izlanishni ma’lum bir yo’nalishda ko’rish mumkin.
Ilmiy yo’nalish deb, shunday fan yoki kompleks fanlarga aytiladiki,
qaysikim, shu oblastda izlanish olib borilsa.
Shundan kelib chiqqan holda: ilmiy yo’nalishlar quyidagi yo’nalishlarga
bo’linishi mumkin: texnikaviy, biologik, ijtimoiy, iqtisodiy, fizikaviy-
texnikaviy, tarixiy va h.k. Bularni yanada har biri bo’yicha detallashtirish
mumkin.
Ilmiy izlanish strukturaviy birligiga - kompleks muammolar, mavzular va
ilmiy savollar kiradi.
Kompleks muammoga - bir qancha muammolar bir butun maqsadga
yo’naltirilgani tushunilsa, muammosida murakkab nazariy va amaliy
topshiriqlar tushuniladi, chunki hayotda ularni yechishga to’g’ri keladi.
Muammoning tarkibiy qismiga ilmiy ishlar mavzusi kiradi.
Izlanish vaqtida shu mavzu bo’yicha bir muncha natijalar-javob tariqasida
olinadi.
Bir qancha mavzular natijasi esa muammoning yechimini berishi
mumkin.
-
203
Ilmiy savollar esa bir muncha, mavzudan kichiqroq ilmiy topshiriq
hisoblanadi, ularning javoblari mavzular javobi bo’ladi, chunki ular aniq ilmiy
topshiriqlar bo’yicha bo’ladi.
Ilmiy
izlanish
yo’nalishini tanlashda, avvalambor, mavzuning
dolzarbligini aniqlash kerak. Bunda shu mavzu bo’yicha hozirga qadar nimalar
qilingan, qanday muammoda turganligi aniqlansa, keyingi bajariladigan ishlar
samarasi oshadi. Ayniqsa, mavzularni tanlashda kollektivning shu vaqtgacha
bajargan ilmiy izlanish ishlaridan ham foydalanish, nazariy va amaliy ishlarning
kelgusidagi tadbiqini ko’zlash, shu vaqtgacha yig’ilgan moddiy texnik bazasini
ishlata bilish, bu ilmiy izlanish yo’nalishini to’g’ri tanlanganligidan xabar
beradi.
Ilmiy yo’nalishni tanlashda olingan axborotlar tahliliga o’zaro bo’ladigan
munozara va fikrlarga keng yo’l berish kerak. Chunki, faqat shunday holda
ilmiy yo’nalish to’g’ri tanlanadi va uni keyingi rejalashtirilishi ancha
osonlashadi. Amaliy ilmiy izlanishlarni tanlashda, buyurtma beradigan tashkilot
bilan munosabatning konkretligiga, olinadigan topshiriqning aniqligiga e’tibor
berish kerak. Ish davomida ilmiy yo’nalishda o’zgartirish kiritish,
qo’shimchalar bo’lishini ham ko’zda tutish kerak bo’ladi.
Ilmiy izlanish yo’nalishini tanlashda oldindan iqtisodiy samaradorligini
aniqlash muhim rol o’ynaydi. Bunda, albatta iqtisodiy kriteriyalar, ularning
samaradorligini hisoblab chiqish kerak. Iqtisodiy kriteriya ko’rsatgichlariga:
iqtisodiy samaradorligi, ya’ni qancha iqtisodiy samaradorligi ko’p bo’lsa,
shuncha halq xo’jaligidagi samaradorligi ham ko’p bo’ladi, umumiy sarf
harajat, sarf harajatning qoplanish muddati va h.k. kiradi.
Ilmiy izlanish ishlari turlariga qarab, bajarilish bosqichi har xil bo’lsada,
ular ketma-ketlik xususiyatiga ega. Shuning uchun barcha ilmiy izlanish
ishlariga qo’yidagi taxminiy ketma-ketlikdagi bajarilish bosqichlarini keltirish
mumkin:
-
204
1.
Ilmiy izlanish nomini aniqlash
2.
Texnikaviy-iqtisodiy asoslash.
3.
Ilmiy izlanish bosqichi, ya’ni nazariy va amaliy axborotlar bilan
tanishib, maqsad va vazifa yanada aniqlashtiriladi.
4.
Eksperimental izlanish bajariladi va uning modeli (matematik)
yaratiladi.
5.
Olingan natijalarning umumiy tahlili qilinadi va modellarning
gipotezalari aniqlanadi.
6.
Ilmiy va ishlab chiqarish xulosalari qilinadi.
7.
Ilmiy texnikaviy hisobot yoziladi.
8.
Amaliyotga tadbiq etiladi.
Ilmiy izlanish mavzusini nomini aniqlash muammoning mohiyati,
tushunchasi va vazifasi aniqlanadi. Buning natijasida texnikaviy-iqtisodiy
tasdiqlashni bajarish uchun boshlang’ich yo’llanma beriladi.
Texnikaviy-iqtisodiy tasdiqlashda esa ushbu mavzu nima uchun
bajarilayotganligi, dolzarbligi, qisqacha adabiy tahlil tariqasida shungacha
olingan natijalar, kutiladigan natijalarning qayerda tadbiq etilishi, iqtisodiy
samaradorligini va boshqa ko’rsatgichlar aniqlanadi. Texnikaviy-iqtisodiy
tasdiqlashda tanlangan mavzuning bajarilishi maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
Faqat shundan so’ng, bajarilinadigan ishlarning maqsad va vazifasi
aniqlashtiriladi.
Nazariy izlanish etapida, izlanish predmetining fizikaviy tushunchasi va
mohiyati aniqlanadi, shu bilan birga matematik modellari tuzilib, boshlang’ich
natijalar tahlil qilinadi.
Albatta, nazariy izlanish etapi, amaliy eksperimental izlanish bilan
chambarchas bog’liqlikda olib borilsa, ilmiy izlanish samaradorligi ancha
oshadi, sifati yaxshilanadi.
-
205
Eksperimental izlanishda, eksperiment-tajriba uslubi va dasturi tanlanadi
yoki to’ziladi va shu dastur bo’yicha tajribalar o’tkaziladi.
Nazariy va amaliy izlanishdan so’ng olingan natijalarning umumiy tahlili
o’tkaziladi va oldindan qilingan gipotezalar bilan taqqoslanadi.
Ilmiy ish xulosalari to’ziladi, ishlab chiqarish xulosalari bilan
taqqoslanadi. Kerak bo’lganda yana tajribalar o’tkazilinadi va qo’shimcha
izlanishlar olib boriladi.
Shundan so’ng qilingan ishlar bo’yicha ilmiy texnikaviy hisobot to’ziladi.
Ilmiy ishning navbatdagi bajarilish etapida olingan natijalarning
amaliyotda tadbiq qilish va uning haqiqiy iqtisodiy-effektivligini aniqlash
ishlari bajariladi. Bu etapdagi ishlarni bajarishda, tajriba konstruktorlik
byurolarning, loyiha tashkilotlarining, tajriba zavod va ustaxonalarning
ahamiyati katta bo’ladi. Ularning yordamidan samarali foydalanish kerak.
Muvaffaqiyatli bajarilgan ishlar davlat nazoratidan o’tgandan so’ng keng
qo’lamda xalq xo’jaligida tadbiq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |