7.2. Ilmiy mavzudagi kurs ishlari (loyihasi) malakaviy bitiruv
ishlarining bajarilishi va rasmiylashtirilishi
Talabalar o’zlarining tanlagan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha shu ta’lim
yo’nalishlarining o’quv dasturi asosida tahsil davrida bir nechta kurs ishlari
(loyihasi) bajaradilar.
Kurs ishini (loyihasini) bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda
ishlab chiqarishda ishlashda tayyorlanadi. Shuning uchun ham kurs ishining
(loyihasining) vazifalari talabalarning ma’lum kurs bo’yicha olgan bilimlarini
kompleks har xil muammolarini yechishda qo’llashni hamda hozirgi ilmiy-
texnik yutuqlardan foydalangan holda amaliy vazifalarni yechishni o’rgatadi.
Ilmiy mavzudagi kurs ishlari (loyihalari) tarmoqli ilmiy-texnik progress
yoki shu tarmoqlarni kafedralarda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot mavzularini
hisobga olgan holda bajariladi. Shuning uchun kurs ishi mavzusi kafedra
tomonidan beriladi va ularni tanlab olish talabalarning o’ziga havola etiladi.
Kurs ishini bajarish uchun beriladigan topshiriq Oliy va o’rta maxsus
ta’lim Vazirligi tomonidan belgilangan shaqlda, rahbarning ko’rsatilishi va
kafedra mudirining tasdiqlanganligi bilan beriladi.
Kurs ishi talabalar tomonidan individual ravishda bajariladi, ayrim
mavzularni esa ikki yoki uch talaba bajarishi ham mumkin.
Talabalikning birinchi kursidan har bir yo’nalish bo’yicha tahsil
olayotgan talabalar, shu yo’nalish maxsus kafedralaridan bo’lajak malakaviy
bitiruv ishlarining mavzusini aniqlab, so’ng boshqa kafedralarda bajariladigan
kurs ishi mavzularini shunga bog’lab olib borishsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kurs ishiga kafedra professor-o’qituvchilari rahbarlik qiladilar va
bajarilish nazoratini olib boradilar.
-
184
Kurs ishi tugatilgandan so’ng uni tekshirish uchun har bir talaba o’zining
rahbariga topshiradi, rahbar esa o’z navbatida kurs ishini himoyaga qo’yilishi
qo’yilmasligini yoki qayta ishlash uchun talabaga qayta topshirishi mumkin.
Himoyaga ruxsat etilgan kurs ishini talaba kafedra tomonidan to’zilgan
komissiyaga himoya qiladi. Himoya qilishda gurux talabalari ham
qatnashadilar.
Himoya vaqtida talaba bajarilgan ish hakida qisqacha gapirib o’tadi,
komissiya a’zolarini savollariga javob beradi, olingan natijalarini, tajriba
uslublarini tushuntirib beradi.
Kurs ishlari nazariy, nazariy va amaliy yoki amaliy ishlardan iborat
bo’lishi mumkin. Umumiy hajmi tahminan 40 betni tashkil etadi. Kurs ishining
tarkibi ta’lim yo’nalishidagi fanlarga qarab har xil bo’lsada, ammo umumiy
qismlar: kirish, adabiyotlar tahlili, amaliy qism va talablar, foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxati, qo’shimcha materiallar qismidan to’zilganligi bir bo’ladi.
Tarkibiy qismlari yo’nalish faniga qarab har xil, kattayu-kichik va x.k. bo’lishi
mumkin. Masalan: “Oziq-ovqat texnologiyasi” fanidan quyidagicha berishi
mumkin:
1. Kirish.
2. Adabiyotlar tahlili va vazifalar.
3. Eksperimental (tajriba) - amaliy qism;
- tajriba qismlarini bajarish shartlari;
- ishlab chiqarish texnologiyasini;
- texnologik sxema tuzish;
- xom-ashyo va qo’shimcha materiallar tavsifi;
- yarim tayyor mahsulotlarni jarayonlar bo’yicha chiqish;
- tayyor mahsulotni sifatini aniqlash;
- konserva mahsulotlarini saqlash va foydalanishiga
berilgan talab;
-
185
4. Talablar va takliflar;
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
6. Qo’shimcha materiallar:
- kurs ishini mavzusiga muvofiq konservalarning texnologik
instruktiyasi;
- kurs ishini natijalari bo’yicha jadvallar, rasmlar, sxemalar va grafik.
Kurs ishi 210x297 format qog’ozining bir tomoniga ko’k yoki qora rangda
yozilishi kerak. Qog’ozning ko’k burchagini ustki qismida varaqlar soni
qo’yiladi. Abzasda esa beshta bosma harfdan keyin boshlanadi, ya’ni oltinchi
bosma harfdan boshlanib yoziladi. Bir varaqda satrlar 30 dan oshmasligi kerak,
satrlarda esa belgilar soni 63 dan oshmasligi kerak. Qog’ozning chap
tomonidan 30-40, yuqori qismidan - 20, o’ng qismidan -10 va pastki qismidan
esa 25 mm qo’yib yozish kerak.
Kirish, adabiyotlar tahlili, tajriba qism, qo’shimcha materiallar qismlarini
boshlanishida arab harflari bilan, raqamlari bilan belgilanadi. Mundarijada har
xil bo’limning sarlavhasi, betlari bilan keltirilgan bo’lishi kerak.
Bo’limlarning sarlavhasi umumiy satrlardan uch interval oralig’ida
ajralgan holda bo’lib katta harflar bilan yoziladi.
Kurs ishidagi hamma satrlar hamda ularda keltirilgan jadvallar, rasmlar,
sxemalar va diagrammalar ketma-ket nomerlangan bo’lishi kerak. Kurs ishida
qo’llanilgan hamma tenglamalarni qog’ozni o’ng tomonida arab soni bilan
nomerlangan bo’lishi kerak va nomerlar qavsni ichida bo’lishi kerak.
Tenglamani pastki qismida esa tenglamada bo’lgan koeffisiyentlarni
ahamiyati va belgilari keltirilishi kerak. Tenglamadan keyingi birinchi satr
“bunda” degan so’z bilan boshlanib ikki nuqta qo’yilishi kerak.
Kurs ishidagi hamma rasmlarning pastki qismida satrlar bilan uning
mazmunini yozilishi kerak. Satrlarda rasmlarga murojaat qilinganda “shu
nomerdagi rasmga qarang” degan so’zni qavs ichiga olinadi. Sonli materiallar
-
186
jadval shaqlida to’ldiriladi. Har bir jadval mavzu sarlavhasi va kema-ket
nomerlangan bo’lishi kerak. Asosan jadvallar qo’yidagi elementlardan to’ziladi:
jadval va satrlarni bog’lovchi sarlavha nomeri; jadvalni mazmunini bildiruvchi
mavzu sarlavhasi; sarlavha qismi; chapdan birinchi grafa - bakovik, jadvalni
qolgan qismi - prografka.
Jadvalni ko’rsatma ravishda ko’rinishi qo’yidagicha bo’ladi:
Jadval 7.1
Maxsulotlarga issiqlik ishlov berishda vitaminlarning yuqotish
Maxsulotlar nomi:
Vitaminlar
Sarlavha
qismi
A
V
1
V
2
S
Prografka
Mol go’shti
-
30
16
90
Sut maxsulotlari
20
20
15
50
Sabzavotlar
40
30
20
65
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati to’zilganda muallifning ismi va
familiyasi, manbaning to’liq nomi va bosmadan chiqarilgan shahri, nashriyot
nomi, chiqarilgan yili, manbadagi umumiy betlar.
Masalan:
I.A.Kolesnikova
“Alkagolizm ichimliklar tayyorlashda
qo’llanadigan xom-ashyolar”. - Kiyev.; Fan, 1992. -289 b.
Jurnal maqolalari qo’yidagicha bezaladi:
A.S.Sattorov “Chiqindisiz texnologiya” // Fan va turmush -1989. -№6. -10-
12 b.
Satrlarda albatta foydalanilgan adabiyotlarga ilova qilinadi. Kvadrat
qavslar ichida foydalanilgan adabiyotlar ko’rsatiladi.
Kurs ishida fe’ldan ko’plik soni bilan, ya’ni “qabul qilamiz”, “aniqlaymiz”
yoki “qabul qilinadi”, “aniqlanadi” sifatida ishlatiladi. Satrlarni mazmuni tez va
-
187
yaxshi tushunarli bo’lishi uchun ularni mazmun jihatidan abzaslarga bo’lamiz.
Tayyor ishning ustki qismiga qalin varaqdagi titul qog’ozi yopishtiriladi.
Titul qog’ozida oliy o’quv yurtining to’liq nomi, kurs ishining bajarilishiga
rahbarlik qiladigan kafedraning nomi, oliy o’quv yurti bo’ysunadigan mahkama
ko’rsatiladi. Titul qog’ozini o’rtasida katta harflar bilan kurs ishini to’liq nomi
yoziladi. Undan pastroq qismida, ya’ni kog’ozni talabaning kursi, guruxi,
familiyasi, ismi va otasining ismi: kurs ishiga rahbarlik qilayotgan
o’qituvchining ilmiy darajasi, unvoni familiyasi, ismi va otasining ismi
yoziladi. Qog’ozni pastki qismida esa oliy o’quv yurti joylashgan shaharni
nomi va defis orqali yil yoziladi.
Titul qog’ozidan keyin kurs ishining vazifalari qo’yiladi.
Kurs ishini oxirida hamda titul qog’ozida talaba o’zini imzosini qo’yadi.
Kurs ishi bezatilgan so’ng kafedraga topshiriladi.
O’qituvchi ishning oxirgi varag’iga ish haqida taqriz yozadi va o’z imzosi
bilan taqriz yozgan kunini qo’yadi.
Bakalavriaturada bitiruv malakaviy ishlarini bajarish va ularning
rasmiylashtirilishi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligining ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruv malakaviy ishini bajarishda
bitiruvchilar oldiga qo’yidagi vazifalar qo’yiladi:
- butun ta’lim davomida mutaxassislik bo’yicha olingan nazariy va amaliy
bilimlarni chuqurlashtirish, kengaytirish;
- olingan nazariy va amaliy bilimlarni aniq ilmiy texnikaviy topshiriqlarini
yechishda ishlata olish;
- berilgan topshiriqlarni bajarishda izlanish uslublarini o’rganish va
ulardan qo’yilgan muammo va topshiriqlarni yechishda va tajriba o’tkazishda
foydalanish;
- talabaning amaliyotda va ishlab chiqarish tizimida mustaqil ishlashga
tayyorgarligini aniqlash.
-
188
Shu maqsadda bugungi talabga, ertangi mustaqil fikr yurita oladigan
bakalavr, normativ materiallarni hozirigi zamon yutuqlarini xalq xo’jaligida
qo’llashni puxta o’rganishi kerak.
Bitiruv ishlarining bajarilishi Davlatimiz Prezidenti, hokimiyat qarorlarini
bajarish asosida, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani, mehnatni
ilmiy asosida tashkil etishning texnologiya jarayonlarini mexanizasiyalash,
avtomatlashtirish va ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishi bilan olib
borilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishlarini bajarish umumiy qoidalariga, eng avval,
bitiruv ishining mavzusi hozirgi mavjud muammolarni yechishda dolzarb
mavzular bo’lib, tarkibiy va sifat jihatidan Oliy kasbiy ta’lim Davlat andozasi
talablariga javob berishi lozim.
Oliy kasbiy ta’limning Davlat ta’lim andozasi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha
bakalavrlarning kasbiy faoliyat doirasi va obyektlari qo’yidagilardan iborat:
Bitiruv ishlari bajarilish sohasiga qarab turli xil: ilmiy-tadqiqot bitiruv
malakaviy ishi; loyiha bitiruv ishi; ilmiy-tadqiqot va loyiha ishi; texnologik
faoliyat bitiruv ishi, jihozlar va ekspluatasiya bo’yicha bitiruv ishi; ekologik
tadbirlar ishlab chiqish bo’yicha bitiruv ishi; iqtisodiy ishlar bo’yicha bitiruv
ishi va x.k.lar.
Bitiruv ishi mavzusini tanlashda xalq xo’jaligi, fan va madaniyatning aniq
topshirig’i va vazifalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bitiruv ishlarining mavzusi, eng avvalo dolzarb bo’lib, hozirgi zamon fan,
texnika va madaniyatning rivojlanishi, aks ettirishi, tarkibiy jihatdan oliy kasbiy
ta’lim Davlat andozasi talablariga javob berishi kerak.
Bitiruv ishi mavzularini mutaxassislarni shaqllantiruvchi kafedra
tomonidan belgilanadi va fakultet Ilmiy kengashida ko’rib chiqilib tasdiqlanadi.
Bitiruv ishlar ro’yxati ushbu ishlar bajarish semestri boshlanishidan bir oy
oldin e’lon qilinadi.
-
189
Bitiruv ishi talabalarning bitiruv ishi bajarilgunga qadar, bajargan kurs
loyihalari (ishlari), ilmiy (fundamental fanlar bo’yicha) va mutaxassislik fanlari
(texnologiyada EHMni qo’llash, jarayonlar va apparatlar, ularni loyihalash,
umumiy texnologik asoslari) hamda boshqa
yo’nalish fanlar bo’yicha kurs va loyiha ishlari, shuningdek bitiruv ishlari
kafedradagi “Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari” jamoasi mavzularining davomi
sifatida bajarilishi kerak.
Bitiruv ishlari mantiq jihatdan oldingi bajarilgan ishlarning mantiqiy
tugallanishi bo’lishini talab qiladi.
Bitiruv ishlar mavzularini talabalar erkin tanlash huquqiga ega, bunda
belgilangan mavzulardan tanlashlari yoki o’zlari ham asoslangan holda yangi
mavzularni berishlari mumkin.
Bitiruv ishlar mavzulari, talabalarga ularning shaxsiy arizalari bo’yicha
biriktirilgandan so’ng bitiruv ishi kafedra va fakultet taqdimnomasiga asosan,
institut
rektorining
buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Bu jarayon
bitiruvchilarning bitiruv ishlari oldindan bo’ladigan amaliyotgacha bajarilsa
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bitiruv ishlari mavzulari rasmiylashtirilgandan
so’ng ham har qanday o’zgarish va yana qaytadan rasimylashtirilishi mumkin.
Har bir bitiruv ishlarida kafedra tomonidan ma’qullangan dastur asosida
mavzu bajarilsada, u bilan birga hozirgi zamon perspektiv nazariy va amaliy
savollar ham ko’rilishi kerak. Shuning uchun bitiruv ishlarida asosiy mavzudan
tashqari qo’shimcha, boshqaruv tizimi, ekologiya standartizasiya va albatta
iqtisodiy baholash va mehnatni muhofaza qilish ham ko’rilishi kerak.
Mavzular amaliyotdagi korxonalar, tashkilotlar, ilmiy tadqiqot institutlari
va x.k. tomonidan berilgan, buyurtma qilingan mavzular bo’yicha bo’lsa, bu
vazifalar real topshiriqlar hisoblanadi.
Bitiruv ish mavzusiga muvofiq rahbar talabaga bitiruv ishga amaliyot
obyektini o’rganish va material yig’ish uchun topshiriq beradi. Shu bilan birga
-
190
maxsus formada rahbar tayyorlangan, kafedra mudiri tasdiqlagan, bajarish
muddatlari ko’rsatilgan bitiruv ishi topshirig’i ham beriladi.
Bitiruv ish rahbari topshiriqni talabaga berish bilan bitiruv ishini bajarish,
vaqtida ishlash taqvim rejasini ishlab chiqishda yordam berib, mavzu bo’yicha
keraqli kitoblarni, majmua materiallarini, turli loyihalarni va h.k. manbalarni
taklif etadi. Talabalar sistemali ravishda ishlash jadvali bo’yicha suhbat
o’tkazadi va ayrim savollar yechimi bo’yicha maslahat beradi. Talaba
tashabbusini har tomonlama taqdirlab, bitiruv ishining qismlari va bir
butunligicha bajarilishini tekshirib boradi.
Bitiruv ishining rahbari taklifi bilan kerak bo’lgan taqdirda, kafedrada
bitiruv ishining qismlarini bajarishga maslahatchilar taklif qilish huquqi
beriladi.
Bitiruv ishlari qismlarining maslahatchilari bo’lib, oliy o’quv yurt
professorlari va o’qituvchilari hamda korxona va tashkilotlar malakali
mutaxassislari va ilmiy xodimlari bo’lishlari mumkin. Maslahatchilar
belgilangan qismlarni bajarish uchun maslahat beradilar; talabalarning shu
qismlarni bajarishlarni tekshirib boradilar; tushuntirish xatining titul
varaqasiga va ko’rilgan qism grafik varag’iga o’z imzolarini qo’yadilar.
Bitiruv ishlarining bajarilishida qabul qilingan yechimlar va ulardagi
ishlatilgan, hisoblangan, keltirilgan ko’rsatgichlarni to’g’riligiga bitiruv ish
muallifi - talaba javob beradi.
Bitiruv ishlarini talaba tomonidan oliy o’quv yurtida ajratilgan “Bitiruv
ishlar” auditoriyasida, ilmiy izlanish laboratoriyasida bajarilishi kerak.
Ayrim mavzular bo’yicha rahbar va kafedra mudirining ruxsati bilan ishlab
chiqarish korxonalarida, tashkilotlar va ilmiy muassasalarida bajarilishi
mumkin.
Ishning boshlanishidan oldin talaba bitiruv ishi bo’yicha qilinadigan ishlar
taqvim jadvalini tuzish va unda ishlarning bajarilish bosqichlarini ko’rsatishlari,
-
191
rahbarning roziligi bilan bu ish rejasi kafedra mudiriga tasdiqga berilishi
maqsadga muvofiq bo’ladi.
Talabalarning bitiruv ishlarining bosqichlari bo’yicha bajarilishi to’g’risida
hisobotlarni berish vaqtlarini fakultet dekanati qo’yadi. Qo’yilgan muddatlarga
talaba, rahbar va kafedra mudiri olishda hisobot beradi, ular o’z navbatida
bajarilishi darajasini hisobga olib, fakultet dekanatiga ma’lum qilishadi.
Kurs ishlari (loyihasi) va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish tartibi
to’g’risida Oliy ta’lim muassasida bakalavriaturaning to’rt yil davomida har bir
talaba o’quv rejasiga binoan kamida 5-6 ta kurs ishlarini (loyihasi) bajaradi.
Kurs ishlari (loyihasi) talabaning professor-o’qituvchilar rahbarligida bajarilgan
mustaqil ishi bo’lganligi uchun uning natijasi kafedra tomonidan tayinlangan,
dekanat tomonidan tasdiqlangan uch kishidan iborat komissiyada, avvaldan
belgilangan reja asosida himoya qilinadi.
Kafedra tomonidan berilgan topshiriqga asosan talaba kurs ishlarini to’liq
bajarib, rasmiylashtiradi va kafedraga rasmiy ravishda topshiradi, shundan
so’ng kurs ishi rahbarining ijobiy taqrizini olgandan so’ng himoyaga qo’yiladi.
Himoyaning o’tkazilish tartibi quyidagidan iborat: komissiyaga taqdim
etilgan ish komissiya raisi tomonidan e’lon qilinadi, e’tirozlar bo’lmasa,
muallifga 5-10 min ishning maqsadi, mohiyati, olingan natija va xulosalar
haqida gapirishga ruxsat etiladi. So’ng savol-javoblar bo’lib, komissiya a’zolari
va qatnashuvchilar e’tirozi bo’lmasa, navbatdagi himoyaga o’tiladi. Himoya
vaqtida himoyachi – muallif kurs ishlari materiallaridan, grafik tasvirlari va
qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanishga haqli hisoblanadi.
Himoya rejada ko’rsatilgan barcha talabalar himoya qilingandan so’ng
komissiya a’zolari xoli qolib, bir qarorga kelinadi va reyting sistemasiga asosan
baholanadi. Shundan so’ng himoyachilar, qatnashuvchilarning barchalari taklif
etilib qo’yilgan baholar e’lon qilinadi. Qoniqarsiz baholanganlar, akademik
-
192
qarzdor hisoblanib, dekanat belgilangan rejaga asosan yana bir bor himoya
qilishlari mumkin.
Komissiyaga topshirilgan kurs ishlari rasmiy ravishda kafedraga so’ng
institut arxiviga kamida 5 yil muddatda saqlash uchun topshiriladi.
Bitiruv ishi tugallangandan so’ng talaba va maslahatchilar qo’l qo’ygan
tushuntirish xati va grafik materiallarni bitiruv ishi rahbariga taqdim etiladi.
Bitiruv ishning rahbari ishni tekshirib chiqqandan keyin qo’l qo’yadi va bitiruv
ishining bajarilishi, talabaning ishga bo’lgan munosabati haqida yozma
ravishda taqriz beradi. Taqrizda berilgan, qilingan ishlarning hamma qismlari
bo’yicha qisqacha tavsif berilishi kerak.
Talaba himoyagacha 7-10 kun oldin rasmiylashtirilgach bitiruv ishini,
rahbarning taqrizi bilan boshlang’ich himoyaga kafedraga beradi. Kafedraga
komissiya ko’rib chiqib, ishning mazmuni, rasmiylashtirilishi haqida
kamchiliklarini ko’rsatib, kafedra mudiriga himoyaga qo’yilishi to’g’risida
taqdim etadi. Kafedra mudiri talabani himoyaga qo’yilishi to’g’risidagi savolni
ko’rib chiqib, bitiruv malakaviy ishining titul varag’iga qo’l qo’yadi.
Agar kafedra mudiri bitiruv ishini himoyaga qo’yilishi mumkin
bo’lmasligini bildirsa, unda bu masala kafedra majlisida rahbarning ishtirokida
ko’rib chiqiladi. Kafedra majlisi qarori fakultet dekani orqali tasdiqlash uchun
institut rektoriga chiqariladi.
Kafedra mudiri tomonidan himoyaga qo’yilgan bitiruv ishlari fakultet
dekani tomonidan tashqi taqrizga yuboriladi.
Ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish xodimlaridan tarkib topgan taqrizchilar
ro’yxatini kafedra mudiri taqdimnomasi bo’yicha fakultet dekani tasdiqlaydi va
rektor buyrug’iga beradi. Taqrizchilar sifatida boshqa institut professor-
o’qituvchilari ham taklif qilinishlari mumkin, faqat ular shu yo’nalish bitiruv
kafedrasida ishlayotgan bo’lishlari kerak.
-
193
Taqriz olingandan so’ng fakultet dekani bu bilan kafedra mudirining
bitiruvchi - talabani tanishtiradi va bitiruv ishini taqrizi bilan Davlat Attestasiya
Komissiyasiga yuboradi (DAK).
Agar bitiruvchi - talaba, bitiruv ishi oldi amaliyoti o’tgan korxona yoki
tashkilot yoki muassasa rahbaridan fikrnoma olsa, bu yanada maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Bitiruv ishlarining himoyasi Davlat Atesstasiya Komissiyasining (DAK)
ochiq majlisida, kamida komissiyaning yarmi qatnashgan holda o’tkaziladi.
Davlat Atesstasiya Komissiyasining ish jadvali, uning raisi bilan
kelishilgan holda fukultet dekani taqdimnomasiga asosan institut o’quv ishlari
prorektori tomonidan tasdiqlanadi va bitiruv ishlari himoyadan bir oy oldin
e’lon qilinadi.
Bitiruv ishlarining himoyasiga DAKga quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:
- fakultet dekanining talabalar o’quv rejasini bajarganligi va olgan baholari
haqida ma’lumot;
- bitiruvchi - talaba haqida tavsifnoma;
- bitiruv ishi rahbarining mulohazasi;
- bitiruv ishiga olingan taqriz.
Bitiruv ishining himoyasida ishning mazmunini yetkazish uchun bitiruvchi
- talabaga ko’pi bilan 15 min. vaqt beriladi. Himoyachining natijasi “a’lo”,
“yaxshi”, “qoniqarli“ baholar bilan baholanadi.
Reyting tizimi bo’yicha bitiruv ishiga beriladigan ball - maksimal 100 ball
beriladi. Agar bitiruv ishi DAK tomonidan “qoniqarsiz” deb baholansa, shu
qo’yilishini (qo’yilmasligini) yoki kafedradan yangi mavzu olib ishlashini ham
DAK aniqlaydi.
Bitiruv ishini himoya qilolmagan talaba institutni bitirganidan so’ng 3 yil
ichida bitiruv ishini qayta himoyaga qo’yishi mumkin, bunda shu yo’nalishda
ishlaganligi to’g’risida hujjat va tavsiyanoma berilishi kerak.
-
194
Bitiruv ishi himoyadan so’ng (kamida 10 yil) oliy o’quv yurtida saqlanadi.
Har bir ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruv ishlarining bajarishdagi talab va
uslubiy ko’rsatmalar, maxsus kafedralar tomonidan to’zilib berilgan. Shuning
uchun ayrim umumiy talablarni aytib o’tamiz.
Bitiruv ishlari tarkibi tushuntirish xati (matn hujjati) va grafik qismidan
(grafik hujjatdan) iboratdir. Bitiruv ishining hajmi kamida 10-15 ming so’zdan
va grafik qismi esa 5-6 varaqdan iborat bo’lishi kerak.
Tushuntirish xati qisqa va aniq formada yozilib, bitiruv ishining maqsadini
yoritishi kerak. Unda hisoblash metodi, hisoblarning o’zi, tadqiqot ishlar
metodlari yozuvi, natijalar tahlili, ular bo’yicha xulosalar, texnikaviy, iqtisodiy
asoslash, mehnat muhofazasi, iqtisodiy samaradorlik to’g’risida tarkib topishi
maqsadga muvofiqdir.
Tushuntirish xati matnli hujjatlar Davlat standartiga (GOST) asosan
to’zilib A4 (297x210 mm) formatli qog’ozga tushunarli va aniq qilib
qog’ozning bir tomoniga yozilishi kerak. Bitiruv ishining yozuvi yozuv
mashinkasida yoki kompyuterda qilinishi ham mumkin. Ammo bunga bitiruv
kafedra ruxsati bo’lishi kerak. Bunda shrift standartga to’g’ri kelishi kerak va
qog’ozning atrofida quyidagi masofada joy qoldirilishi kerak: qog’ozdagi satr
boshida - 25 mm, satr oxirida 10 mm, yuqorisidan - 15 mm, pastdan esa - 10
mm. Tushuntirish xatida betlarning nomerlari betlar ketma-ketligida, har bir
betning yuqori o’ng burchagida arab sonida nuqta bilan qo’yilib borilishi kerak.
Tushuntirish xatidagi har bir bo’lim yangi betdan boshlansa, nomi quyuq yozuv
bilan (5 yoki 7 shrift nomer bilan), matnning har bir punkti abzasdan yozilsa
maqsadga muvofiq bo’ladi. Agar yozuvda harflar, so’zlar to’g’rilansa,
aniqlantirilsa, bunda ehtiyotkorlik bilan tozalash va yelimlash, yoki maxsus
tozalagich bilan tozalab to’g’irlash mumkin.
Tushuntirish xatining mazmuni, albatta, qo’yilgan talablarga asosan
tanlangan mavzulardan kelib chiqqan holda har xil bo’lishi mumkin.
-
195
Tushuntirish xati mazmunini yoritish uchun bo’lim va bandlarga bo’lish
kerak.
Tuzilish jihatdan har xil bo’lganda ham umumiy holda tushuntirish xati
mazmuni qo’yidagi qismlardan tarkib topilishi kerak:
Kirish
a) tanlangan mavzuni dolzarbligini asoslash va bitiruv ishi vazifalarini
aniqlash;
b) tadqiqot qismi;
v) texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimi;
g) ekologik, metrologiya va standartlash qismi;
ye) mehnatni muhofaza qilish;
j) iqtisodiy qism.
Masalan: “Oziq-ovqat texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha:
1. K i r i sh;
2. Adabiyotlar asosida analitik tahlil;
3. Ishning maqsadi va vazifalari;
4. Tadqiqot qismi;
5. “Standartlash” qismi;
6. Inson faoliyati xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi qismi;
7. Olingan ilmiy natijalarni “Iqtisodiy ko’rsatgichlar” qismi;
8. Xulosa qismi.
9. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qismi;
10. Ilovalar.
Bitiruv ish mazmuni har xil bo’lsada, uning tushuntirish xati tarkibi
qo’yidagicha joylashtirilishi kerak:
1. Titul varag’i;
2. Bitiruv ish rasmiy topshirig’i;
3. Mundarija;
-
196
4. Kirish;
5. Bayon matni, hisoblar, jadvallar, rasmlar va x.k. bilan;
6. Xulosalar va tavsiyalar;
7. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
8. Ilovalar.
Bitiruv ishining tushuntirish xati o’zining muqovasi bilan bo’lishi kerak.
Muqovaning ichki qismida keraqli hujjatlar (annotasiya, rahbar mulohazasi,
taqriz va x.k.) saqlash uchun cho’ntak kissa (konvertdan) qilish lozim.
Tushuntirish xatining birinchi varag’i bu titul varag’idir. Bunda: vazirlik,
institut, fakultet, kafedra, mavzu nomi, muallifning (talaba) ism-sharifi, kafedra
mudiri, rahbarning ism-sharifi, unvoni va lavozimi, qayerda bajarilganligi,
bajarilgan yili keltiriladi.
Agar titul varag’i bosma (blanka) shaqlida bo’lsa, unda tipografik uslubda
qo’l yozuvi bilan to’ldiriladi. Tushuntirish xatining mundarijasidan uning
tuzilishi rejasi bilan tanishib, butun ishning yoritilishi, uning tuzilishi bilan
tanishish, baholash mumkin.
Agar mundarija tushuntirish xatini rasmiylashtirishidan oldin to’zilsa,
ishning noaniq tuzilishi aniqlanadi va ko’pgina kamchiliklarning oldini oladi.
Har bir bo’limga arab soni bilan tartib raqamlari berilib, ularning ketma-
ketligi ta’minlanadi. Xuddi shunday bo’limchalar ham belgilanadi.
Har bir bo’lim nomlari qisqa, shu bo’lim mazmuniga munosib holda
yozilishi kerak. Agar bo’limlar katta harflarda yozilsa, bo’limchalar kichik
harflarda yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |