O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

Nazorat savollari: 
1. Davlatimiz iqtisod va fan sohasidagi siyosati. 
2. Bozor iqtisodiyotiga o’tish «O’zbek modeli»ning mohiyati. 
3. Iqtisodiy nazariya metodologiyasi haqida tushuncha. 
4. O’zbekiston bozor iqtisodiyoti o’tish davrida iqtisodiy fan rivojlanishi. 
5. Demokratik jamiyatning yetti ustuvor yo’nalishni tushuntiring. 
 
7. TA’LIM JARAYONIDA ILMIY IZLANISH TEXNOLOGIK 
USLUBIYATI 
7.1. Oliy ta’lim muassasida talabalar ilmiy izlanish ishlarining 
olib borilishi 
 
Oliy o’quv yurtini bakalavrlar tayyorlashdagi asosiy vazifalardan biri, bu 
har tomonlama fikrlovchi, doimo o’z bilimini chuqurlashtirib, ko’paytirib 
boruvchi, o’zining ma’naviy-madaniy nazariy va professional darajasini 
ko’tarib, ilmiy-texnikaviy rivojlanishda faol qatnashuvchi mutaxassislarni 
tayyorlash hisoblanadi.
Shuning uchun ham bakalavriaturada doimo ularning tahsil olishlari 
ilmiy izlanish ishlari bilan birga olib borishga harakat qilinib, turli xil chora-
tadbirlar ishlab chiqiladi.



179 
Bunda, ayniqsa, o’qitishning yangi, zamonaviy texnologiyalarni, 
interaktiv uslublarning qo’llanilishi, tahsil olishda mustaqil ishlar olib borishga, 
olingan natijalarni amaliyotda tadbiqini amalga oshirishga o’rgatish samarali 
hisoblanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasto’rini ro’yobga chiqarishning ikkinchi sifat 
bosqichi talablaridan kelib chiqib, iqtidorli talabalarni faol ravishda ilmiy-
tadqiqot ishlariga jalb qilish oliy ta’lim muassasalari oldidagi muhim 
vazifalaridan biridir. Ushbu vazifa bajarilishi oliy ta’lim muassasalari “Iqtidorli 
talabalar bilan ishlash” bo’limi Nizomi va talabalar ilmiy jamiyati Nizomi 
ishlab chiqildi, hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining №279 - sonli 
30.03.2002 y. buyrug’i bilan kuchga kiritildi.
Nizom iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi Nizom bo’yicha, institutda 
ilmiy bo’lim qo’yidagi vazifalalr bo’yicha ishlar olib boradi: 
1.
Iqtidorli talabalarni aniqlash va tanlash, moyilligiga qarab, ularni 
maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
2.
Iqtidorli talabalarni faoliyatini yo’naltirish, muvaffaqiyatlashtirish;
3.
Talabalar 
ilmiy 
jamiyati 
faoliyatini 
yo’naltirish, 
muvaffaqiyatlashtirish;
4.
Ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning intelektual salohiyatini davriy 
ravishda aniqlab borish; 
5.
Talabalarni ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga, ilmiy to’garaqlar, 
(laboratoriya)ga faol jalb qilish; 
6.
Respublika va xalqaro miqyosda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlar, fan 
olimpiadalari, seminarlar, tanlovda iqtidorli talabalarning ishtirokini 
ta’minlash; 
7.
O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari, “Umid” jamg’armasi, 
joriy fanlar grantlariga, nomdor stipendiyalarga tavsiya qilish; 



180 
8.
Iqtidorli talabalar o’rtasida muntazam ravishda sosiologik tadqiqotlar 
o’tkazishdir. 
Shuning uchun bu ishga ilmiy maktablar va professor-o’qituvchilar faol 
ishtiroki ta’minlanadi, kafedralardagi dolzarb ilmiy-tadqiqot ishlariga 
talabalar jalb etiladi, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash lozim. 
Bunda ayniqsa, institut talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlari, ilmiy-
tadqiqot ishlari tanlovlarini, davra suhbatlarni, fan olimpiadalarini va boshqa 
talablar o’tkazilib boriladi. 
Fakultetlar bilan kelishilgan holda xorijiy tillarni o’rganish, informasion 
texnologiyalarni o’rganish mutaxassislik hamda boshqalar bo’yicha maxsus va 
maqsadli kurslarni tashkil etish, fan olimpiadalarini o’tkazish, “eng yaxshi 
talaba ilmiy ishi” tanlovini tashkil qilish va boshqalar katta ahamiyatga ega 
bo’layapti.
Institutimizning tashkiliy to’zilmasi sxemada keltirilgan. 
Sxemadan ko’rinib turibdiki, institut talaba, professor-o’qituvchilar 
ilmiy ishlarini boshqaruvi rektorning ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari 
bo’yicha prorektori olib boradi. Shu bilan birga fakultet dekanlarida (ilmiy 
ishlar bo’yicha dekan muovini) kafedralardagi – kafedra bo’yicha talabalar 
ilmiy ishlari bo’yicha ma’sul xodimlar ish olib borishadi. 
Institutda talabalarning kafedralar qoshidagi ilmiy to’garak va ilmiy 
mavzular doirasida olib borayotgan barcha shaqldagi ilmiy faoliyatini
muvofiqlashtirish va rag’batlantirish maqsadida - talabalar ilmiy jamiyati 
tashkil etilgan va bu jamiyat Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligining 
buyrug’i bilan (№279 sonli) tasdiqlangan Namunaviy Nizom asosida olib 
boriladi. Talabalar ilmiy jamiyatining vazifalariga: ularning o’quv jarayoni va 
ilmiy mehnat faoliyatini yaxlitligini ta’minlash, o’z kasbi va 
mutaxassisligining metodologiyasini egalashni, ularni ilmiy- tadqiqotlari 
samaradorligini oshirish, o’quv, tarbiyaviy va amaliyot masalalarini hal 



181 
qilishda fanning ta’siri kuchaytirish va kelajakda ilmiy va pedogogik kadrlar 
zahirasini shakillantirish va tayyorlash va x.k. kiradi.
Bu borada institutda olib borilayotgan muhim ishlardan biri - bu institut 
kafedralarida har o’quv yilining boshida, o’z professor-o’qituvchilari safidan 
ilmiy to’garak rahbarlarini, talabalarni individual ilmiy rahbarlarni tayinlaydi va 
ilmiy mavzularni tasdiqlaydi. Shundan so’ng muntazam ravishda bajariladigan 
ilmiy ishlar boshqarilib kafedra, dekanat, ilmiy bo’lim, rektorat tomonidan 
boshqarilib boriladi. 
 



182 



183 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin