O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

Nazorat savollari: 
1. Institutda talabalar ilmiy izlanish ishlarining olib borilishi. 



222 
2. Talabalar ilmiy jamiyatining mohiyati. 
3. Iqtidorli talabalar bilan ishlash Ilmiy bo’lim vazifalari. 
4. Ilmiy mavzuda bajariladigan kurs ishining mohiyati. 
5. Kurs ishlarining topshiriqlarini tuzilishi va berilishi. 
6. Kurs ishlarining bajarilish jarayonlari haqida. 
7. Kurs ishlarining tarkibiy qismlari. 
8. Kurs ishlarining rasmiylashtirishda qo’yilgan talablar. 
9. Ilmiy mavzuda bajariladigan bitiruv malakaviy ishlarining bajarilishi. 
10. Bitiruv malakaviy ishlarini bajarish umumiy qoidalari. 
11. Bitiruv ishlarining bajarilishdagi uslubiy ko’rsatmalar. 
12. Bitiruv ishlarining tarkibiy qismlari. 
13. Bitiruv ishlarining tushuntirish xatining rasmiylashtirilishi va uning 
himoya qilinishi.
14. Fallibilizm, verifikasiyaning ma’nolarini tushuntiring. 
15. Ilmiy izlanish strukturasi va dissertasiya mavzusini tanlash 
metodikasini tushuntiring. 
16. Ilmiy izlanish ishlari, magistrlik dissertasiyasini rasmiylashtirishdagi 
asosiy talablar. 
17. Fundamental va amaliy izlanishlarni ahamiyatini tushuntiring. 
18. Magistrlik dissertasiyalarni himoya qilish tartibi qanda amalga 
oshiriladi. 
19. Resenziya, referat qanday ma’nolarni anglatadi. 
20. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ilmiy-pedagogik xodimlar 
tayyorlash tizimi nimadan iborat?
21. Aspirantura, doktorantura ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash. 
22. Ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar tushinchasi va turlari. 



223 
8. INTELLEKTUAL MULK SOHIBI BO’LISH VA UNING 
MUHOFAZASI TO’G’RISIDA 
Ma’lumki, har qanday mamlakatning rivojlanganlik darajasi, undagi 
intellektual mulkning rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Shuning uchun barcha 
mamlakatlar o’z intellektual mulklarini rivojlantirish borasida, ayniqsa, uning 
davlatda va butun dunyoda himoyalanishiga katta e’tibor beradilar. 
Agar biz insonning aqlini, tafakko’rini, bilimini va ilmini, zakovatini, 
qobiliyatini va h.k. uning intellekti desak, unda ana shular yordamida 
yaratilgan, ijod etgan mahsulot yoki mulk uning intellektual mulki deb 
yuritiladi. 
Intellektual mulk asosini fan-ijod, texnika va ishlab chiqarish tashkil 
etadi, bular bir-biriga chambarchas bog’langan. Eng yangi ilmiy ijod 
mahsulidan uning amaliyotga tadbiq etilishigacha bo’lgan yo’lni tashkil tadi. 
Bundagi ilmiy-texnikaviy rivojlanish, xalq xo’jaligi ishlab chiqarish va 
xizmat sohasida iqtisodiy qonunlariga asoslangan holda, muntazam ravishda 
fan va texnika yutuqlarini amaliyotda qo’llab borish bilan olib boriladi. 
Ilmiy-texnikaviy rivojlanishda mamlakatdagi ixtirochilikga bo’lgan 
munosabat o’ta muhim hisoblanadi. Ixtirolarning xalq xo’jaligida qo’llanilishi 
natijasidan olingan iqtisodiy samara ilmiy-texnikaviy rivojlanishning hal 
qiluvchi omillaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham intellektual mulk bo’lgan 
ixtiro – patentlarning yangi texnologiya, texnika sifatida xalq xo’jaligiga tadbiqi 
yurtimiz iqtisodiyotiga yalpi ishlab chiqarish sur’atini jadallashtiradi. 
Iqtisodiyotimizning jadal rivojlanish vaqtida mavjud va bo’lajak 
intellektual mulkning muhofazasiga yurtimizga katta e’tibor berilayaptiki, 
bunga ayniqsa yuqorida keltirilgan mustaqillik yillarida qabul qilingan qonun 
va qoidalar buning isboti bo’la oladi. 



224 
Intellektual mulk strukturaviy tarkibi bo’yicha u asosan sanoat mulki, 
nosanoat mulki va fan adabiyot sanoat asarlari va ulardan foydalanish bo’yicha 
bo’linadi (rasm 1). 
Yurtimizda ko’pgina rivojlangan mamlakatlar qatori intellektual 
mulkning muhofazasi huquqiy asoslari yaratilgani, mulk sohiblarining barcha 
huquqlari, qabul qilingan qonun va qoidalar orqali to’la muhofazalanadi. 
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda bu borada juda muhim ishlar bajarildi. 
Jumladan: “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida”gi, 
“Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovarlar kelib chiqish joylarining 
nomlari to’g’risida”gi, “Seleksiya yutuqlari to’g’risida”gi, “Elektron hisoblash 
mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish 
to’g’risida”gi, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza 
qilish to’g’risida”gi, “Firma nomlari to’g’risida”gi, “Mualliflik huquqi va 
turdosh huquqlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul 
qilinishi, shulardan kelib chiqqan holda, intellektual mulklarni sohibiga 
aylanish uchun talabnomalar berish, uni ko’rib chiqish va Davlat ro’yxatidan 
o’tish qoidalarining yaratilishi misol bo’la oladi. Shu bilan birga O’zbekiston 
Vazirlar Mahkamasi qoshidagi vakolatli Davlat Patent idorasini tashkil etilishi 
va shu orqali sanoat mulki, jumladan ixtirolar, sanoat namunalari, foydali 
modellar, tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy 
namunalarini, shuningdek seleksiya yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari 
uchun 
dasturlar, 
ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar 
topologiyalarining huquqiy muhofazasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab 
chiqish va amalga oshirishga ishtirok etadi. 
O’zbekiston Patent idorasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 14 iyundagi 
209-sonli qaroriga asosan takshil etilgan bo’lib, shu qaror bilan tasdiqlangan 
Nizom asosida ish yuritadi. 



225 
Nizomning umumiy qoidalariga asosan, “Ixtirolar, foydali modellar va 
sanoat namunalari to’g’risida”, “Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va 
tovarlar kelib chiqishi joylarining nomlari to’g’risida”, “Seleksiya yutuqlari 
to’g’risida”, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar 
bazalarini huquqiy muhofaza qilish to’g’risida”, “Integral mikrosxemalar 
topologiyalarini 
huquqiy 
muhofaza 
qilish 
to’g’risida”gi O’zbekiston 
Respublikavi qonunlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat patent 
idorasining (keyingi o’rinlarda – Patent idorasi deb ataladi) asosiy vazifalari, 
funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi. 
Patent idorasi sanoat mulkini, shu jumladan, ixtirolarga, sanoat 
namunalariga, foydali modellarga, tovar belgilariga, xizmat ko’rsatish 
belgilariga va tovarlar kelib chiqishi joylarining nomlari (keyingi o’rinlarda – 
sanoat mulki obyektlariga) huquqlarni muhofaza qilish sohasida, shuningdek 
seleksiya yutuqlarini, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni (keyingi 
o’rinlarda – EHM uchun dasturldar deb ataladi), ma’lumotlar bazalarini va 
integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish borasida 
yagona davlat siyosatini shaqllantirish va ro’yobga chiqarishda ishtirok etuvchi 
vakolatli davlat organi hisoblanadi. 
Patent idorasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot 
beradi. 
Patent idorasi o’z faoliyatini davlat organlari, ixtirochilar va 
rasionalizatorlarning jamoat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, faoliyati 
intellektual mulk muhofazasi bilan bog’liq bo’lgan boshqa tashkilotlar bilan 
o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida” O’zbekiston 
Respublikasi qonunining mohiyati “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonuni 1994 yil 6 mayda 
mustaqilligimizning dastlabki kunlarida qabul qilingan edi (O’zbekiston 



226 
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil №5, 138-modda, 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil № 3, 38-
modda). Lekin ungacha, ya’ni 1 oktyabr 1992 yildan O’zbekistonda Prezident 
ho’zuridagi Vazirlar Mahkamasining 15 sentyabr 1992 yil №432 qarori bilan “ 
O’zbekiston Respublikasi sanoat mulki vaqtincha nizomi” qabul qilingan edi. 
Ushbu nizom, yuqorida qayd etilgan qonunni qabul qilingunga qadar qo’llanilib 
kelindi. 
O’zbekiston iqtisodiyotining jadal sur’atlarda rivojlanishi va uning 
xalqaro munosabatlarda salohiyatining oshishi bilan ushbu qonunning butun 
dunyo amaliyotini o’rgangan holda yangi tahriri ishlab chiqildi va O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 2002 yil 29 avgustda “Ixtirolar, foydali modellar 
va sanoat namunalari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul 
qilindi. 
Ushbu qonun jami 39 modda, VII bo’limdan iborat bo’lib, unda umumiy 
qoidalar (1-8 moddalar), Sanoat mulki obyektining huquq subyektlari (9-13 
moddalar), patent berish haqidagi talabnoma (14-19 moddalar), patent berish 
haqidagi talabnomani ekspertizadan o’tkazish (20-23 moddalar), Sanoat mulki 
obyektiga patent olish va bu patentning amal qilshishni tugatish (24-29 
moddalar), Sanoat mulki obyektlaridan foydalanish (30-33 moddalar) va 
yakunlovchi qoidalar (34-39 moddalar)dan tashkil topgan. 



227 
Rasm 8.1. Intellektual mulk strukturaviy tarkibi. 
Интеллектуал мулк 
Саноат мулки 
Носаноат мулки 
Фан, адабиёт, санъат 
асарлари ва улардан 
фойдаланиш 
Ихтиролар; 
Фойдали моделлар; 
Саноат 
намуналари; 
Товар белгилари: 
Хизмат књрсатиш 
белгилари; 
Товар келиб чиљиш 
жойларини 
номлари; 
Рационализаторлик 
ишланмалари 
ЭЌМ 
дастурлари; 
ЭЌМ маълумот 
баъзалари; 
Интеграл 
микросхемалар, 
топологиялари. 
Селекция 
ютуљлари; 
Фирма номлари 
Адабий асарлари 
(адабий-бадиий, илмий, 
њљув, публистик ва 
бошљалар); 
Драма ва сенарий 
матнли ёки матнсиз 
мусиља, мусиљали драма; 
Хореография асарлари 
ва пантанималар; 
Аудивизуал асарлар 
ранг тасвир, 
ќайкалтарошлик,
графика, дизайн, 
тасвирий асарлар; 
Манзарали амалий ва 
саќна безаги; 
Архитектура 
шаќарсозлик ва бођ-
парклар барпо этиш; 
Фотография ва уларга 
њхшаш асарлар; 
Жњђрофия, геология 
хариталари, топография 
ва ќ.к. 
Intellektual mulk 
Sanoat mulki 
Nosanoat mulki 
Fan, adabiyot, san’at 
asarlari va ulardan 
foydalanish 
Ixtirolar; 
Foydali modellar; 
Sanoat namunalari; 
Tovar belgilari: 
Xizmat ko’rsatish 
belgilari; 
Tovar kelib chiqish 
joylarini nomlari; 
Rasionalizatorlik 
ishlanmalari
EHM dasturlari; 
EHM ma’lumot 
ba’zalari; 
Integral 
mikrosxemalar, 
topologiyalari. 
Seleksiya 
yutuqlari; 
Firma nomlari 
Adabiy asarlari (adabiy-
badiiy, ilmiy, o’quv, 
publistik va boshqalar); 
Drama va senariy matnli 
yoki matnsiz musiqa, 
musiqali drama; 
Xoreografiya asarlari va 
pantanimalar; 
Audivizual asarlar rang 
tasvir, haykaltaroshlik,
grafika, dizayn, tasviriy 
asarlar; 
Manzarali amaliy va sahna 
bezagi; 
Arxitektura shaharsozlik va 
bog’-parklar barpo etish; 
Fotografiya va ularga 
o’xshash asarlar; 
Jo’g’rofiya, geologiya 
xaritalari, topografiya va 
h.k. 



228 
Ushbu qonunning maqsadi 1-moddada belgilanganidek – ixtirolar, foydali 
modellar va sanoat namunalarini (bundan buyon matnda sanoat mulki 
obyektlari deb yuritiladi) yaratish, huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan 
foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Sanoat mulki obyektlari to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va 
boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston 
Respublikasining sanoat mulki obyektlari to’g’risidagi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma 
qoidalari qo’llaniladi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi (bundan buyon matnda 
Patent idorasi deb yuritiladi) sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish 
sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. 
Patent idorasi sanoat mulki obyektlariga patent berish haqidagi 
talabnomalarni (bundan buyon matnda patent berish haqidagi talabnoma deb 
yuritiladi) ko’rib chiqish uchun qabul qiladi; ular bo’yicha davlat ekspertizasini 
o’tkazadi; ularni davlat ro’yxatiga oladi; sanoat mulki obyektlariga patentlar 
beradi; rasmiy axborotnoma nashr etadi; sanoat mulki obyektlari to’g’risidagi 
qonun hujjatlarining qo’llanilishiga doir qoidalar qabul qiladi va tushuntirishlar 
beradi. Hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadigan “Patent idorasi to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq boshqa 
vakolatlarni amalga oshiradi. 
Davlat byudjeti mablag’lari, patent bojlari, shuningdek Patent idorasi 
tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar va taqdim etiladigan materillar uchun 
to’lanadigan haq Patent idorasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari 
hisoblanadi. 



229 
Patent idorasining Apellyasiya kengashi (bundan buyon matnda 
Apellyasiya kengashi deb yuritiladi qarorlar chqarishda mustaqildir va o’z 
faoliyatida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 
Apellyasiya kengashi: 
Patent idorasining talabnomada ko’rsatilgan sanoat mulki obyektlari 
xususidagi qarori ustidan; 
- sanoat mulki obyektlariga patent berilganligiga qarshi manfaatdor 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan; 
- sanoat mulki obyektlari patentlarining huquqiyligiga qarshi berilgan 
apellyasiyalarni ko’rib chiqadi. 
Apellyasiya kengashi o’z vakolatlari doirasida apellyasiyalarning boshqa 
turlarini ham ko’rib chiqishi mumkin. 
Apellyasiya kengashi to’g’risidagi nizom O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
Sanoat mulki obyektiga bo’lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki 
uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorsilariga) tegishli bo’ladi va 
patent bilan tasdiqlanadi. 
Agar sanoat mulki obyektini bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil 
ravishda yaratgan bo’lsa, patent olish huquqi patent berish haqidagi 
talabnomani Patent idorasiga birinchi bo’lib topshirgan shaxsga tegishli bo’ladi. 
Muallif (hammualliflar), agar o’zi (o’zlari) yaratgan sanoat mulki 
obyektini boshqalar g’ayriqonuniy o’zlashtirib olishi natijasida, bu obyektga 
talabnoma topshirilgan yoki patent olingan bo’lsa, patent berilganligiga qarshi 
e’tiroz bildirish yoxud patent egasi sifatida o’ziga (o’zlariga) patentning 
o’tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega. 
Sanoat mulki obyektining huquqiy subyektlari. Ijodi mehnati bilan sanoat 
mulki obyektini yaratgan jismoniy shaxs shu obyektning muallifi deb e’tirof 
etiladi. 



230 
Agar sanoat mulki obyekti bir nechta jismoniy shaxsning birgalikdagi 
ijodiy mehnati asosida yaratilgan bo’lib, ular o’rtasida to’zilgan shartnomada 
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, ularning barchasi shu obyektning 
teng huquqli hammualliflari deb e’tirof etiladi.
Patent egasi; patent egasining sanoat mulki obyektidan foydalanish 
huquqi; patent egasi mutlaq huquqining bo’zilishi sifatida e’tirof etilmaydigan 
harakatlar; patent egasi mutlaq huquqining bo’zilishi; ixtiroga patent berish 
haqidagi talabnoma; foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma; sanoat 
namunasiga patent berish haqidagi talabnoma; sanoat mulki obyekti ustuvorligi; 
talabnomalarni o’zgartirish. 
Patent berish haqidagi talabnomani ekspertizadan o’tkazishda: patent 
berish haqida talabnomaning davlat ekspertizasi; rasmiy ekspertiza; foydali 
model haqidagi talabnoma ekspertizasi. 
Sanoat mulki obyektiga patent olish va bu patentning amal qilishini 
tugatishida: sanoat mulki obyektini davlat ro’yxatiga olish; sanoat mulki 
obyekti ro’yxatga olingani to’g’risidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilish; 
sanoat mulki obyektiga patent berish; sanoat mulki obyekti patentini haqiqiyo 
emas deb e’tirof etish; sanoat mulki obyekti patentining amal qilinishi tugatish; 
sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish. 
Sanoat mulki obyektlaridan foydalanishda: ixtiro, foydali model, sanoat 
namunasidan foydalanish; avval foydalanganlik huquqi; sanoat mulki 
obyektidan foydalanish huquqini berish; sanoat mulki obyektlaridan 
foydalanishning davlat tomonidan rag’batlantirilishi. 
Qonunning yakunlovchi qoidalarida: patent bojlari, ya’ni sanoat mulki 
obyektlariga huquqiy muhofaza berish bilan bog’liq yuridik ahamiyatga ega 
harakatlarni bajarganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari Patent 
idorasiga to’lanadi. 



231 
Patent bojlarining miqdori va ularni to’lash muddatlari, ularni to’lashdan 
ozod qilish, to’lov miqdorlarini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish uchun 
asoslar, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Patent vakillari; sanoat mulki obyektlarini boshqa davlatlarda patentlash; 
chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari; nizolarni hal etish; sanoat 
mulki obyektlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini bo’zganlik uchun javobgarlik. 
Sanoat mulki obyektlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini bo’zganlikda 
aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 
Intellektual mulkning sanoat mulki tarkibiga kiruvchi tovar belgilari, 
xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqish joylari nomlari to’g’risida 
huquqiy muhofazasi ham mustaqillikning dastlabki kunlaridan ishlab chiqilib, 
yurtimiz iqtisodiyoti hayotida qo’llanildi. 
O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan 
“Mahsulot belgilari va xizmat belgilari to’g’risida”gi qonun (Oliy Kengash 
axborotnomasi, 1993 yil №6, 244-modda), 1997 yil 26 dekabardagi hamda 
2000 yil 15 dekabrdangi qabul qilingan qo’shimchalar va o’zgartirishlar bilan, 
2001 yil 30 avgustgacha amaliyotda qo’llanilib kelindi. 
Ushbu qonunlar takomillashtirilib, davr talablaridan kelib chiqqan va 
butun dunyo tajribalari natijalaridan kelib chiqqan holda “Tovar belgilari, 
xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqish to’g’risida” O’zbekiston 
Respublikasi qonuni ishlab chiqilib 2001 yil 30 avgustda qabul qilinib, amalga 
kiritildi. 
Ushbu qonun 38 moddadan iborat bo’lib, tovar belgilari, xizmat 
ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari holda yuzaga keladigan 
munosabatlarni tartibga soladi. 
Qonunning 1-5 moddalarida asosan, qonun maqsadi, hujjatlari tovar 
belgisi, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqish joy nomlari, 



232 
ro’yxatdan o’tkazilishi va h.k. haqida ma’lumotlar berilgani bilan muhofazasi 
ko’rsatilgan. 
“Tovar kelib chiqqan joy nomini huquqiy jihatdan muhofazasi” ushbu 
qonunning 6-moddasida keltirilgan: Tovar kelib chiqqan joy huquqiy jihatdan 
uni 
ushbu 
Qonunda 
belgilangan 
tartibda 
shuningdek 
O’zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi. 
Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur jo’g’rofiy obyektdagi, nomi o’zlari 
ishlab chiqarayotgan, ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy 
shaxs tomonidan ro’yxatdan o’tkazilishi mumkin. 
Tovar kelib chiqqan joy nomini ro’yxatdan o’tkazgan shaxs bu nomdan, 
bashart mazkur shaxs yoki asosan mazkur jo’g’rofiy obyektga xos tabiiy 
sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy birikmasi bilan belgilanadigan 
tovarni ishlab chiqarayotgan bo’lsa, foydalanish huquqini oladi. 
Ushbu qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan tovar kelib 
chiqqan joy nomidan, jo’g’rofiy obyektda joylashgan va aynan shunday 
xususiyatlarga ega bo’lgan tovar ishlab chiqarish jismoniy shaxsga ham 
berilishi mumkin. 
Qonunning 7-moddasida ko’rsatilganidek O’zbekiston Respublikasi 
Davlat patent idorasi tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish 
sohasidagi vakolatli organi hisoblanadi. 
Qonunda: Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib 
chiqqan joy nomlarini ro’yxatga olish uchun talabnoma berish; tovar belgisini 
va tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy huquqini 
ro’yxatdan o’tkazish uchun beriladigan talabnomaga doir talablar; Tovar 
belgilari sifatida ro’yxatidan o’tkazilmaydigan belgilar; Tovar kelib chiqqan joy 
nomi sifatida ro’yxatdan o’tkazilmaydigan tovar belgilari; Tovar belgisining 
ustuvorligi; Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib 
chiqqan joy nomdan foydalanish huquqini ro’yxatdan o’tkazishga doir 



233 
talabnomani davlat ekspertizasidan o’tkazish; tovar belgisini, tovar kelib 
chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy huquqini ro’yxatdan o’tkazishga 
doir talabnomani rasmiy ekspertizadan o’tkazish; talabnoma ifodalangan 
belgini ekspertizadan o’kazish va davlat ekspertizasidan o’tkazish natijalari 
ustidan shikoyatlar haqida ham batafsil ko’rsatilgan. 
Tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan 
huquqiy ro’yxatdan o’tkazishga doir moddalar 17, 18, 19–moddalarda 
keltirilgan. 
Ro’yxatdan o’tkazilgan tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib 
chiqqan joy chiqqan joy nomidan foyda olish, amal qilish hamda 20, 21, 22 va 
unga o’zgartirishlar kiritish, 23-modda haqiqiy emas deb topish, tugatilishi 24, 
25 – moddalarda keltirilgan. 
Bundan tashqari qonunda: tovar belgisiga doir mutlaq huquq; tovar 
belgisidan foydalanish; tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish; 
ogohlantiruvchi tamg’alash; tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga 
o’tkazish; tovar belgisi egasi bo’lmish yuridik shaxsni qayta tashkil etish 
paytida; tovar belgisini takroriy ro’yxatdan o’tkazish shartlari haqida ham 
batafsil aytib o’tilgan. 
Qonunning 33-moddasida patent bojlari haqida shunday deyiladi: Tovar 
belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy 
nomidan foydalanish bilan bog’liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni 
amalga oshirganlik uchun patent bojlari olinadi. Bu uning Ushbu Qonunda 
nazarda tutilgan vazifalarni bajarishga doir harajatlarni qoplash uchun to’lanadi. 
Albatta, qonun so’nggida patent vakillari; tovar belgisini va tovar kelib 
chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda; chet ellik yuridik va jismoniy 
shaxslarning huquqlari; nizolarni hal etish; tovar belgilari va tovar kelib 
chiqqan joy nomlari to’g’risidagi qonun hujjatlarga javobgarlik to’g’risida ham 
ma’lumotlar yoritib o’tilgan. 



234 
Elektron hisoblash mashinalari integral mikrosxemalar topologiyalarini 
huquqiy muhofaza qilish to’g’risida qonunning mohiyati fan, texnika va ishlab 
chiqarishda elektron hisoblash mashinalarining (EHM) kirib borishi, hozirgi 
vaqtda ilmiy-texnika istiqbolini busiz tasavvur ham qilib bo’lmasligi va bu 
borada butun rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda istiqbolli 
dasturlarning bajarilishida, ularning asosi bo’lgan integral mikrosxemalar 
topologiyalarini huquqiy muhofazasini qonun bilan belgilanishi o’ta muhim 
hisoblanadi. 
“Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish 
to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qouni 30 avgust 2001 yilda qabul 
qilingan bo’lib, 21 moddadan iboratdir. 
Ushbu qonun bu to’g’risidagi barcha munosabatlarni tartibga solish bilan 
birga integral mikrosxemalar, integral mikrosxemalar topologiyasi, ularning 
huquqiy egasi tushunchalarini asoslab beradi (2-modda). 
Integral mikrosxemalar topologiyalarni huquqiy muhofaza qilish obyekti 
va shartlarida: Integral mikrosxemaning ushbu belgilangan tartibda ro’yxatdan 
o’tkazilgan o’ziga xos topologiyasi (bundan buyon matnda topologiya deb 
yuritiladi) integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish 
obyekti hisoblanadi. 
Muallifning ijodiy faoliyat natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida 
integral mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi yoki tayyorlovchilarga ma’lum 
bo’lmagan topologiya boshqacha holat isbotlangunga qadar o’ziga xos deb 
e’tirof etiladi. 
Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi yoki 
tayyorlovchilarga ma’lum bo’lgan elementlardan tarkib topgan topologiyaga, 
agar bunday elementlar yig’indisi ushbu modda ikkinchi qismining talablariga 
to’la muvofiq bo’lsagina, huquqiy muhofaza beriladi. 



235 
Ushbu Qonun bilan beriladigan huquqiy muhofaza topologiyaga 
singdirilgan g’oyalar, usullar, tizimlar, texnologiya yoki kodlashtirilgan 
axborotga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
Yaratilgan topologiyalar muallifi, hammualliflik, topologiyalardang 
foydalanish huquqining berilishi va mutloq huquqning bo’zilish hollari ham 
qonunning 4, 5, 6 – moddalarida keltirilgan. 
Masalan, topologiya muallifi deb, ijodiy mehnat bilan topologiyani 
yaratgan shaxs shu topologiya muallifi deb e’tirof etiladi. Agar topologiya ikki 
yoki undan ortiq jismoniy shaxslarning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan 
yaratilgan bo’lsa, ular birgalikda mualliflar (hammualliflar) deb e’tirof etiladi. 
Topologiyani yaratishga shaxsan ijodiy hissa qo’shmagan, biroq 
muallifga texnik, tashkiliy ko’maqlashgan jismoniy shaxslar mualliflar deb 
e’tirof etilmaydi. 
Muallifning 
topologiyaga 
bo’lgan 
huquqi 
boshqa 
shaxsga 
o’tkazilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va qonun bilan 
muhofaza qilinadi. 
Ushbu qonunda xizmat topologiyasi degan tushuncha kiritilib (7-modda), 
bu quyidagicha izohlanadi: Xodim o’z xizmat vazifalarini yoki ish 
beruvchining bajarishi vaqtida yaratgan (xizmat topologiyasi) topologiyaning 
ro’yxatdan o’tkazilgani to’g’risida guvohnoma olish huquqi, basharti bu ular 
o’rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan bo’lsa, ish beruvchiga tegishli bo’ladi. 
Xizmat topologiyasi uchun muallifga mukofot pulining miqdori, shartlari 
va tartibi, u bilan ish beruvchi o’rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi. 
Ushbu qonunda: topologiyani ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnoma 
berish; topologiyani ro’yxatdan o’tkazishga doir talabnomaning davlat 
ekspertizasi; davlat ekspertizasining xulosasi ustidan shikoyat qilish
topologiyani ro’yxatga olish; topologiya ro’yxatdan o’tkazilganito’g’risidagi 
ma’lumotnomalarni e’lon qilish tartiblari ham batafsil berilgan. 



236 
Ro’yxatdan o’tkazilgan topologiyalarga guvohnoma beriladi, guvohnoma 
foydalanish muddati, ularga bo’lgan huquqlarning boshqa shaxsga o’tkazilishi, 
guvohnomaning bekor bo’lishi, patent bojlarining to’lab borilishi va boshqalar 
haqida qolgan moddalarda berilgan. 
Albatta, 
ushbu qonun 
elektron hisoblash 
mashinalari 
integral 
mikrosxemalar toplogiyalarini O’zbekistonda rivojlanishida katta rol o’ynaydi 
deb hisoblaymiz. 
Firma nomlari, seleksiya yutuqlari va mualliflik huquqi va turdosh 
huquqlar to’g’risidagi qonunlar haqida umumiy ma’lumotlar yurtimizda so’nggi 
vaqtlarda tadbirkorlikka bo’lgan e’tibor ko’plab firma va korxonalarning tashkil 
etilishi, ularning kun sayin rivojlanib borayotganligi, bozor iqtisodiyoti 
munosabatida o’tishdagi shart-sharoit talablariga binoan ularning rivojlanishini 
va muhofazasini huquqiy himoyalanishi yo’lida qabul qilingan hujjatlardan biri 
bu “Firma nomlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni 
hisoblanadi. 
Ushbu qonun 2006 yil 20 iyunda qonunchilik palatasi tomonidan qabul 
qilingan. 2006 yil 25 avgustida Senat tomonidan ma’qullanib, 2006 yil 18 
sentyarbda № URQ-51 Prezident tomonidan amalga kiritilgan bo’lib, uning 
maqsadi firma nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan 
foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. 
Firma nomi deganda: Firma nomi yuridik shaxs bo’lgan tijorat 
tashkilotining (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) individual 
nomi bo’lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro’yxatidan 
o’tkazilgan vaqtda yuzaga keladi. 
Yuridik shaxs to’liq firma nomi bilan birga qisqartirilgan firma nomiga 
ham ega bo’lishi mumkin.
Yuridik shaxsning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shaqli 
ko’rsatilishi kerak. 



237 
Qonunda nazarda tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faolitining 
xususiyati ko’rsatilishi kerak. 
Qonunda firma nomida ko’rsatilishi lozim bo’lgan belgilar quyidagicha 
izohlanadi:
1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat 
notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to’liq nomi; 
2) tarixiy yoki O’zbekiston Respublikasida mashhur bo’lgan shaxsning 
to’liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz; 
3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan falokat 
xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg’itishi mumkin bo’lgan belgilar; 
4) jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid 
bo’lgan belgilar ko’rsatilmasligi kerak. 
Firma nomida: 
- ilgari O’zbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga 
ro’yxatdan o’tkazilgan yoki ro’xatdan o’tkazish so’rab talabnoma berilgan, 
ilgariroq ustuvorlikka ega bo’lgan firma nomlari; 
- ilgari O’zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro’yxatdan 
o’tkazilgan yoki ro’yxatdan o’tkazish so’rab talabnoma berilgan, shuningdek, 
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro’yxatdan
o’tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat ko’rsatish belgilari); 
- belgilangan tartibda qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan tovarlar 
kelib chiqqan joylarning nomlari bilan, shunday nomdan foydalanish huquqiga 
ega bo’lgan shaxs nomiga ro’yxatdan o’tkazish hollari bundan mustasno, 
adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o’xshash bo’lgan belgilar ham 
ko’rsatilmasligi kerak. 
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko’rsatib o’tilgan belgilar, 
agar bunga tegishli davlat organining yoki tashkilotning ruxsati bo’lsa, firma 
nomiga kiritilishi mumkin. 



238 
Firma nomi to’g’risidagi qonun jami 17 moddadan iborat bo’lib, unda 
muhofaza qilish, uning huquqi, foydalanishligi, huquqning boshqa shaxsga 
o’tish va boshqalar keltirilgan. 
O’zbekiston Respublikasi “Seleksiya yutuqlari to’g’risida”gi qonun 1996 
yil 30 avgustda qabul qilingan bo’lib, 2002 yil 29 avgustda esa uning 
takomillashgan, zamon talablariga javob beruvchi yangi tahririda qabul qilindi 
va amalga kritildi. 
Ushbu qonun 5 bo’lim, 45 moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi 
seleksiya yutuqlarini yaratish, huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Uning asosiy tushunchasini seleksiya yutuqlari, ya’ni o’simliklarning 
yangi navi, hayvonlarning yangi zoti tashkil etadi va asosan: seleksiya 
yutug’ining patentga layoqatliligi; seleksiya yutug’iga patent olish; patent 
egasining huquqi; patent amal qilishning tugatilishi haqida ma’lumotlar 
keltirilgan. 
O’zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar 
to’g’risida”gi qonuni 2006 yil 23 martda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul 
qilinib, 2006 yil 9 iyunda Senat tomonidan ma’qullangan va 2006 yil 20 iyunda 
Prezident tomonidan amalga kiritilgan. 
Ushbu qonun 6 bobdan 70 moddadan iborat bo’lib, maqsadi fan, adabiyot 
va san’at asarlarini (mualliflik huquqi), ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel 
orqali ko’rsatuv, yoxud eshittirish beruvchi takshilotlarning ko’rsatuvlari yoki 
eshittirishlarini (turdosh huquqlar) yaratish hamda ulardan foydalanish bilan 
bog’liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Qonunning asosiy tushunchalarini: asar nusxasi; asarni omma oldida 
namoyish etish; asarni oshkor qilish; audioviziual asar; audiovizual asarni 
tayyorlovchi; barchaning e’tiboriga yetkazish; barchaning e’tibori uchun 
yuborish; yozuv; ijro; ijrochi; kabel orqali yuborish; manzarali-amaliy sant’at 



239 
asari; ma’lumotlar bazasi; muallif; omma oldida ijro etish; ijaraga berish; 
reprografik takrorlash; retranslyasiya; takrorlash; fonogramma; fonogramma 
nusxasi; fonogrammani tayyorlovchi; xalq ijodiyoti asarlari; chop etish; efirga 
o’zatish; efir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot; 
efir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning 
ko’rsatuvi yoki eshittirishi va huquq egasi tashkil etadi. 
Bundan tashqari mualliflik huquqi, uning mulkiy huquqlari, turdosh 
huquqlar, mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish, mualliflik huquqi va turdosh 
huquqlarni himoya qilish va boshqalar ko’rsatilganki, ular hozirgi zamon 
talablariga to’la javob beradi. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin